O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 1,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/40
Sana08.10.2019
Hajmi1,52 Mb.
#23197
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40
Bog'liq
F.Bazarova MARKETING


Sof raqobatda talab va taklif o‘yini determinant hisoblanadi.  

Narx ustidan nazorat darajasi yuqori. Narx ustidan nazorat yetakchi 

firma birinchi bo‘lib narxlarni o‘zgartirsa, qolganlari unga ergashsa, 

yetakchilikning «Firmaga qarab tekislaning!» prinsipi bo‘yicha amalga 

oshirilishi mumkin. Bunday bozorda bozordagi hamma sotuvchilarga 

zarar keltirishga tahdid qiluvchi narx urushi xavfi bor. 

Raqobatli firmalar ko‘p bo‘lgan bozorda raqobat yuqori, ularning 

soni kamroq joyda – raqobat kam yoki yo‘q, deb hisoblash noto‘g‘ri. 

Ko‘pincha, bozorda 2-3 firma faoliyat yuritsa-da, ularning bozordagi 

jamlangan ulushi o‘ta yuqori 70-90% bo‘lishi kuzatiladi, shuning uchun 

ushbu raqobat bozordagi raqobat darajasi yuqori sifatida belgilanadi va u 

joyga kirish o‘ta qiyin hisoblanadi. 



Monopolistik yoki nomukammal raqobat. Monopolistik raqobat 

sof raqobat bilan monopoliya o‘rtasidagi holat bo‘lib, u differensiatsiya 

strategiyasi tashqi raqobatli afzallikka asoslanadi. Buning ma’nosi shuki, 

raqobatchilar juda ko‘p bo‘lib, ularning tovarlari differensiyalangan, 

ya’ni xaridorlar nuqtayi nazaridan ular ajralib turuvchi sifatlarga egadir. 

Monopolistik (nomukammal) raqobat bozorida raqobatchilar soni 

yuqori (biroq sof raqobat bozoridagidan kam), ularning kuchi taxminan 

teng, lekin ularning tovarlari differensiallashgan (sifati, sotish shartlari, 

do‘konning joylashgan yeri va uning ish vaqti, joylash, reklama, savdo 

belgisi bo‘yicha). Narx ustidan nazorat cheklangan, monopollashgan 

raqobatli tarmoqqa kirish oson amalga oshiriladi, lekin mahsulotning 

xususiy xilma-xilligi va reklamaga ishlab berishga qo‘yilmalar zarur. 

Narxsiz raqobat ustun turadi. Narxsiz (bahosiz) raqobatning rivojla-

nishiga imkon bermaydigan sifat darajasida katta farqlar bo‘lmagan 

standartlashtirilgan mahsulotlar bozorida sof raqobat vaziyati o‘z o‘rniga 

ega bo‘ladi. Ushbu narxda xaridor uchun qaysi sotuvchidan xarid qilish 

farqsiz. Har bir firma ishlab chiqarish umumiy hajmining narx ustidan 

nazorat bo‘lmagan uncha katta bo‘lmagan qismini ishlab chiqaradi. 

Tovarga narx unga bo‘lgan talab va taklifning nisbatigagina bog‘liq 

bo‘ladi. Sotuvchilar daromad (foyda)lari darajasidagi farq ishlab 

chiqarish sarfi darajasida va tovarlar taqsimlanishi bilan bog‘liq. 


106 

 

Kompaniya uchun yagona mumkin bo‘lgan xarid chegarasi bozordagi 



narxning yuzaga kelgan darajasiga bog‘liq holda tovar ishlab chiqarish 

yoki sotish hajmini o‘zgartirish (variatsalash) hisoblanadi (qulay narxlar 

bo‘lganda ishlab chiqarishni ko‘paytirish naxlar pasayganda ishlab 

chiqarishni kamaytirish). 

Iqtisodiyot nazariyasi va hozirgi zamon amaliyoti ko‘rsatadiki, sof 

monopoliya va sof raqobat raqobat vaziyatining ikkita oxirgi (ideal) turi 

(ko‘rinishi) sifatida uzoq mavjud bo‘la olmaydi: 

-samarasi kam kompaniyalar o‘z o‘rnini o‘zining rivojlanish davo-

mida yiriklashadigan kompaniyalarga bo‘shatib, qashshoqlashadi: sof 

raqobat bozori oligopoliya yoki monopolistik raqobat holatiga o‘tadi; 

-davlat tomonidan monopoliyadan  chiqarish, yangi kompaniya-

larning bozorga kirib borishi, boshqasining o‘rnini bosuvchi tovarlarning 

paydo bo‘lishi sof monopoliyalashgan bozor ham oligopoliya yoki 

monopollashgan raqobat holatiga intilishiga olib keladi. 

Marketing tadqiqotlarida firma uchun muhimi raqobat darajasini va 

uning raqobatchilarining bozorda tutgan o‘rnini aniqlash hisoblanadi. 

Buning uchun nafaqat bozordagi raqobatchi firmalar sonini, shuningdek, 

ushbu bozordagi ularning ulushi miqdori va firmaning o‘zining bozorga 

oid ulushini ham bilish muhim.  

Ma’lum tovarning bozordagi ulushga bog‘liq holda firma raqobat 

kurashida to‘rt xil rol o‘ynashi mumkin. 

1.  Peshqadam (lider) (bozordagi ulushi – 40%), o‘zini boshqalarga 

nisbatan dadilroq his qiladi. Biroq ko‘pchilik unga yetib olishga urinadi, 

shuning uchun u yangi tovarni narxlash, sotish – (o‘tkazish)ni 

rag‘batlantirish sohasida birinchi bo‘lib tashabbus ko‘rsatadi. 

2.  Peshqadamlikka da’vogar (bozordagi ulushi–30%), peshqadam-

dan unchalik qolishmaydi, shuning uchun nafsoniyatli, peshqadamga 

hujum qilib turadi. 

3.  Davom ettiruvchi yoki o‘rgatuvchi (bozordagi ulushi – 20%) – 

bu rol kuch va mablag‘larini tejab, peshqadam ortidan sezilarli masofada 

ergashib borish, uning tovarlarini nusxalashda ko‘rinadi. 

4.  Nisher – bozordagi ulushi 10 % bo‘lib yetarlicha qanoatlangan 

miqdorda daromad oladi, ma’lum faoliyatga ixtisoslashadi, xaridorga 

ajoyib tovar yoki xizmatlar taqdim etadi. Bu rolda, qoidaga ko‘ra, yangi 

ish boshlaganlar bo‘ladi. Yangilar uchun, agar u o‘z joyi o‘sish 

imkoniyati bilan, lekin raqobatchilar uchun unchalik jozibador 

bo‘lmagan holda topgan bo‘lsa, muvaffaqiyatli (omadli) bo‘ladi. 


107 

 

Bozor ishtirokchilarining roli, ularning ichki va tashqi muhitiga 



ko‘plab omillarning ta’siri natijasida vaqti bilan almashadi. Masalan, 

avval o‘z ishini nisher sifatida boshlagan Sony bugungi kunda maishiy 

elektronika bozorida jahon peshqadami hisobalandi, 1973 – yilda mobil 

telefonni kashf etgan va 1983 yilda uni bozorga olib chiqqan Motorola 

bugungi kunda birinchilikni Nokiaga berib, jahonda ikkinchi o‘rinni 

band qildi va ikkinchi o‘rinni Samsungga bo‘shatib, uchinchi o‘ringa 

joylashdi. 

Va nihoyat, raqobat tahlilida muhim payt tovar va firmaning 

raqobatbardoshligini aniqlash hisoblanadi. Raqobat ustuvorligini 

yaratish va tutib qolish asosida bozor muhitining 3 ta subyektining mos 

holda o‘zaro ta’siri va munosabatlari tahlili yotadi. Birinchi subyekt – 

ma’lum mahsulot ishlab chiqaruvchi «bizning firma». Ikkinchi subyekt 

– ushbu mahsulotni sotib olishi mumkin bo‘lgan xaridor. Uchinchi 

subyekt – «bizning» firmamiz ishlab chiqaradigan mahsulot bilan 

xaridorning ehtiyojini qanoatlantirishga tayyor turgan, unga ana shunday 

mahsulotni sotishga tayyor raqobatchilar. Bu «uchlik» da asosiy xaridor 

hisoblanadi. 

Vositachilar - firma yoki jismoniy shaxslar ishlab chiqargan tovar 

va xizmat turlarini iste’molchilarga yetkazib berishga yordam beruvchi 

subyektlardir. Vositachilarning quyidagi turlari ko‘proq uchraydi: 

1) savdo vositachilari-mijozlarni qidirib topish va tovarlarni 

sotishga yordam beradi; 

2) logistika vositachilari - tovarlarni harakatlanishini tashkil qilishga 

ixtisoslashgan, tovarlarni transportirovka qilish va ularni saqlashga 

yordam beradigan firmalar; 

3) marketing vositachilari-marketing xizmati ko‘rsatuvchi tashkilot-

lar masalan, reklama, axborotlar va h.k.); 

 4)  moliyaviy  vositachilar-operatsiyalarni moliyalashtirish va 

sug‘urtalashga yordam beradigan kredit-moliya muassasalari mavjud. 

Savdo vositachilariga chakana va ulgurji savdogarlar kiradi.  

Logistik vositachilar-tovarlarni omborlarda saqlash, ularni 

transportirovka qilish, taxlash va bir shahardan ikkinchi shaharga 

yuborish funksiyalari bilan shug‘ullanadilar.  

 

Marketing vositachilari firmalar mahsulotiga talabni shakllantirish, 



bozorni o‘rganish, talabni optimallashtirishga yo‘naltirilgan chora-

tadbirlarni amalga oshiradilar.  



108 

 

Moliyaviy vositachilar firmalarning bank opertsiyalarini, sug‘ur-



talash, kreditlar olish kabi funksiyalarini amalga oshirishga yordam 

beradilar. 

Mahsulot yetkazib beruvchilar (ta’minotchilar) - bu kompaniya va 

uning raqobatchilarini resurs materiallari bilan ta’minlovchi firmalar 

yoki alohida shaxslar. Marketing bo‘yicha boshqaruvchilar o‘zlari 

ta’minlanadigan predmetning narxi, yetkazib berilishining me’yoriy va 

muntazam, sifatli bo‘lishini diqqat bilan kuzatib borishlari zarur, chunki 

bu borada turli xil tartib buzilishlari tayyor mahsulotlarni jo‘natish 

jadvalini izdan chiqarishi mumkin, demak savdo imkoniyatlari boy 

beriladi va firmaga nisbatan uning mijozlarining ishonchi yo‘qoladi. 



Iste’molchilar-bozorda o‘z talab va ehtiyojlarini qondirish maq-

sadida firmalarining tovar va xizmatlarini sotib oluvchi firmalar yoki 

alohida jismoniy shaxslardir. Iste’molchi bozorda - shoh. Shuning uchun 

marketologning asosiy vazifasi iste’molchini doimo o‘rganish, uning 

xohishini aniqlash, tahlil qilishdan iborat. 

Firma - bu korxonadan farqli o‘laroq ishlab chiqarish va noishlab 

chiqarish sohalarida turli-tuman tadbirkorlik faoliyatini bildiradi. 

Bunday nomni sanoat korxonasi davolash muassasi uchun ham, qurilish 

tresti va vositachilik tashkiloti uchun ham, savdo va konsullik faoliyati 

uchun ham, xodimlar tayyorlash va malakasini oshirish, sayyohlik va 

boshqa tashkilotlar uchun ham nisbatan ishlatish mumkin. Bozor 

munosabatlariga o‘tish jarayonida butunlay yangi tipdagi firmalar 

vujudga kelmoqda. 

 

 

Nazorat uchun savollar 



 

1. Marketing tizimi haqida tushuncha bering. 

2. Marketingni boshqarish, deganda nimani tushunasiz? 

3. Marketing xizmatini tashkil etish funksiyalari nimalar bilan 

bog‘liq? 

4. Gorizontal marketing tizimi, deganda nimani tushunasiz?  

5. Marketing xizmatining asosiy funksiyalarini ayting. 

9. Marketingda boshqarish jarayonini tushuntiring! Firmaning 

marketing muhiti nima ? 

10.  Marketingning makro muhitiga qaysi omillar kiradi? 

11.  Korxonaning mikro muhit omillari qaysilar? 


109 

 

12. Raqobat sharoitida kompaniyalar faoliyatiga marketingning 



qanday muhiti ta’sir ko‘rsatadi? 

13. Firmangizning mikromuhitini tasvirlab bering. 

14. Firmangiz makromuhit omillarining o‘zgarishini qanday qabul 

qildi? 


15. Firmangiz duch kelayotgan raqobatchilar guruhi haqida gapirib 

bering. 


16. O‘quv yurtingiz yonida yangi oshxona ochishni o‘ylab yurgan 

tadbirkor duch keladigan raqobatning 4 turi haqida gapirib bering. Nima 

uchun ular tadbirkorga halaqit berishlari mumkin? 

 17. Atrof-muhitning ahvoli jamoatchilikni kundan-kunga xavotirga 

solmoqda. Aytingchi, plastik qadoqlashdan foydalanuvchi korxona 

faoliyatiga bu tendensiya qanday ta’sir etadi? 

18. Yarim fabrikatlar ishlab chiqaruvchi Rossiya oziq-ovqat sanoati 

kompaniyasi yutuqlariga yaqin yillarda makromuhitning qanday 

tendensiyalari ta’sir etadi? 

19. “Kitoblar olami” do‘koniga tashrif buyuruvchilarning kitob 

xarid qilgan qismini foizlarda baholash kerak. Bunday vaziyatda axborot 

yig‘ishning qanday usulidan foydalanish maqsadga muvofiq? 

 


110 

 

 



 

 

 

V bob. MARKETING DASTURI 

 

5.1. Marketing dasturi tushunchasi 

 

Tashkilotlarni strategik boshqaruv faol marketing konsepsiyalariga 

asoslangan. Strategik rejalarni realizatsiya qilish umumfirma taktik yoki 

operativ rejalari tizimini tuzishni ko‘zda tutadi. Masalan, ishlab 

chiqarish rejasi, marketing rejasi, moliyaviy reja va boshqalar. 

Jamlangan (yig‘ma) reja ko‘p hollarda biznes-reja ko‘rinishida rasmiy-

lashtiriladi. 

Bozorda aniq faoliyat ko‘rsatishi uchun korxona biznes rejasining 

asosi – marketing dasturini qo‘llaydi. Marketing dasturini tuzishda 

boshqaruvning marketingga oid rejalar xarakteri (marketing-menejment) 

bozor muhitini o‘rab olgan o‘zgarishlarga moslashishni ta’minlabgina 

qolmasdan, bozorga faol ta’sir etishga qodir va iste’molchilar talablarini 

firmaning o‘z vazifalari va strategik maqsadlariga mos holda shakllan-

tira oladigan tadbirlarni ham o‘z ichiga olishini bildiradi. Marketing 

dasturi biznesning rivojlanishidagi ko‘pgina muqarrar muammolarning 

oldini olish va munosib kutib olishga yordam beradi. U o‘z xatti-

harakatlarini o‘ylab ko‘rish imkonini beradi. U hodisalarni shunchaki, 

kuzatish emas, oldindan tayyorlangan reja asosida boshqarish imkonini 

beradi. Marketing dasturlarini ishlab chiqishda korxonaning 

imkoniyatlari (resurslari) tahlili, rivojlanish maqsadlarini aniqlash, 

strategiyalarni aniqlash, maqsadga erishish rejalari va uning bajarilishini 

nazorat qilish kabi tadbirlar tizimi aks ettiriladi.  

Firmaning boshqa rejalariga nisbatan biznes-reja (marketing dasturi) 

tashqi yo‘nalganlikka ega, sotilishi maksimal imkoniyatli yutuq kel-

tirishi lozim bo‘lgan o‘ziga xos tovarga aylanadi.  

Marketing dasturi endigina tuzilayotgan yangi korxona uchun ham, 

avvaldan mavjud bo‘lgan tashkilotning navbatdagi rivojlanish bosqichi 

uchun ham ishlab chiqilishi mumkin. Tuzilgan biznes-rejaning darajasi 

tadbirkor va uning ishining ishonchliligi va jiddiyligi ko‘rsatkichi 

bo‘ladi. Qoidaga ko‘ra, biznes-reja tadbirkor va ehtimoliy investor 

(masalan, bank) orasida muzokaralar boshlanishi uchun asosiy nuqta 


111 

 

hisoblanadi. Biznes-reja, ayniqsa, xorijiy firmalar bilan muzokaralar 



o‘tkazishda zarur bo‘ladi. Aksariyat ko‘plab firmalar tashqi moliya-

lashtirishga o‘ta ehtiyojmand bo‘ladi. Biroq birorta bank, birorta xorijiy 

investor kreditdan samarali foydalanishini, uni o‘z vaqtida, foizi bilan 

qaytara olishini ishonchli isbotlab, talabnomasini asoslay olmaydigan 

biznesmenga sarmoya bermaydi. 

Boshlovchi tadbirkor uchun biznes-reja – bu u investorlarning 

e’tiborini jalb qilishi mumkin bo‘lgan hujjatdir. Biznes-reja faraz 

qilinayotgan loyihaning foydaliligini ko‘rsatishga imkon beradi. U 

investorlarni, ko‘zda tutilganlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga 

imkon beruvchi, ishlab chiqarishni rivojlantirishni jozibador (jalb 

etuvchi) imkoniyatlar topilganiga, korxona loyihaning maqsad va 

vazifalarini amalga oshirishning samarali, realistik va izchil dasturiga 

egaligiga ishontira olishi mumkin. Investor o‘z pulini yetarlicha ishonch 

bilan unga foyda olishni kafolatlaydigan loyihagagina qo‘yadi. 

Marketing dasturi quyidagi muhim muammolarni hal qiladi:  

-biznesning istiqbolini rivojlanishning miqdoriy va sifat ko‘rsat-

kichlari ko‘rinishida tahliliy aniqlashtiradi; 

-korxonaning yashovchanligi (gullab-yashnashi) va kelgusi barqa-

rorligi darajalarini aniqlaydi, tadbirkorlik faoliyati riskini pasaytiradi; 

-e’tiborni jalb etadi va qiziqish uyg‘otadi, firmaning potensial 

investorlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlaydi. 

Tashkilotning an’anaviy rejasidan farqli ravishda marketing dasturi 

tashkilotning ichki maqsadlarinigina emas, shuningdek, yangi ishda 

foydasi tegishi mumkin bo‘lgan shaxslarning tashqi maqsadlarini ham 

hisobga oladi. Investorlar bilan bir qatorda yangi biznesdan manfaatdor 

shaxslar potensial iste’molchilar va firmaning mol yetkazib beruvchilari 

ham hisoblanadi. 

 

5.2. Marketing dasturini ishlab chiqish ketma-ketligi va                    



asosiy bo‘limlari 

 

Marketing dasturi (biznes-reja)ning qat’iy belgilangan shakl va 

struktura (tuzilma) lari yo‘q. Biroq qoidaga ko‘ra, unda quyidagi asosiy 

bo‘limlar ko‘zda tutiladi: 

-titul varag‘i; 

-rezyume yoki biznes-rejaning qisqacha bayoni; 

-biznes tarixi (agar korxona mavjud bo‘lib, faoliyat yuritayotgan 

bo‘lsa); 



112 

 

-mahsulotlar (xizmatlar) tarifi; 



-savdo (o‘tkazish) bozori tahlili; 

-raqobatchilarni tariflash; 

- raqobat strategiyasini baholash va tanlash; 

-ishlab chiqarish rejasi; 

-marketing rejasi; 

-tashkiliy reja; 

-moliyaviy reja va risklarni baholash; 

-tadqiqotlar va ishlanmalar rejasi; 

-takliflar. 

Bundan ko‘rinadiki, ishlab chiqaruvchilar faoliyatining asosiy qismi 

biznes-rejalashtirishda marketing xarakteriga ega. Masalan, “Marketing 

rejasi” bo‘limi nafaqat marketingga bag‘ishlangan. Biznes-

rejalashtirishda marketing – bu ham loyihalashtirilayotgan mahsulot 

tarifi, ham bo‘lg‘usi savdo-sotiq bozorining tahlili, ham raqobatchilar 

tahlilidir. 

Korxonani boshqarishga asoslanuvchi faol marketing konsepsiyasi 

marketing dasturi (biznes-reja) strukturasida yaxshi ko‘rinib turadi. 

Marketing rejasi biznes-reja ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi. U 

biznes-rejaning bir emas, bir necha bo‘limida tarkibiy qism sifatida 

qo‘shiladi. 



Mahsulotlar (xizmatlar) tarifi. Biznes-rejaning eng muhim qismi 

korxona ishlab chiqarishni rejalashtirayotgan tovar va xizmatlar tarifla-

nadigan bo‘limdir. 

Korxona yuqori iste’mol qiymatiga ega bo‘lgan tovar ishlab chiqa-

rishi zarur, ya’ni ularning sotilishidan tushgan foyda iste’molchining uni 

sotib olish uchun qilgan xarajatlariga mos kelishi lozim. Faqat bunday 

hollardagina iste’molchi uning uchun pul to‘lashga rozi bo‘ladi. 

Biznesga yoki firma tarixida yangi sahifa ochilishiga asos bo‘lishi 

lozim bo‘lgan tovar va xizmatlarni tanlash yoki raqobatchilarga nisbatan 

ancha past xarajatlar bilan xaridorlarni nisbatan arzon tovarlarga jalb 

qila borib ixtisoslashuv – birinchi navbatda, yuqori sifatni talab qiluvchi 

va buning uchun mukofotli narxlarga ega bo‘lgan (buning uchun 

raqobatchilar orasidan ajralib chiqishni o‘rganish zarur) o‘ta talabchan 

xaridorlarning alohida ehtiyojlarini qondira olish hisobiga barqaror 

raqobatbardoshlikni ta’minlashni ko‘zda tutadi. 

Tovarning ko‘rgazmali tasvirini ko‘rsatish zarurati o‘ta muhim 

hisoblanadi. Hech bo‘lmasa bitta yangi turdagi tovarning paydo 


113 

 

bo‘lishiga olib kelmagan g‘oya ostida pul olish juda qiyin bo‘ladi. 



Tadbirkorlarni bankning tovar haqida umumiy tasavvur olish emas, 

shuningdek, qanday holatda, mahsulot qanday qadoqlanishi, uning 

dizayni, tovarning aniq xossalari, uning himoyalanganlik darajasi, 

narxini asoslanganligi kabilarni ham bilish istagi juda hayratlantiradi. 

Bank mutaxassislari uchun tovarning sifati, demak, uning raqobat 

potensiali, uning iste’mol tendensiyalari haqida ham bilish juda muhim, 

chunki tovarni bozorga kirib borish va daromad olish imkoniyatlari ana 

shularga bog‘liq. 

Tovarni tariflash quyidagi savollarga javob berishni ko‘zda tutadi: 

Tovarning aniq tarifi va uning qo‘llanish usullari. Bunda tovarning 

xossalari uning potensial sotib oluvchilar talablariga bog‘liq bo‘lishi 

lozim. 


Tanlangan tovarni qo‘llash tendensiyalari (vaqt o‘tishi bilan uning 

iste’moli o‘sadimi yoki kamayadimi, uni qo‘llashning yangi usullari 

bo‘lishi mumkinmi?) Firma tovarning hayot siklini qanday ahvolda 

ko‘radi? 

Raqobatchilar tomonidan taklif qilinayotgan shunga o‘xshash 

tovarlarning tashxisi qanday? Tanlangan tovar raqobatchilarning 

modeliga solishtirilganda noyoblikka egami, bozor (iste’molchilar) 

tovarning noyobligi, o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lishini talab qiladimi? 

Tovarning himoyalanganlik darajasi qanday, ya’ni tadbirkor 

patentga, mualliflik huquqiga, ro‘yxatga olingan tovar markasi va 

boshqalarga egami? 

Xaridorlar nima uchun raqobatchilarning tovar yoki xizmatlarini 

emas, aynan ushbu tovarni tanlashlarini, ya’ni taklif qilinayotgan tovar 

qanday raqobat ustuvorligiga egaligini tushuntirish kerak. Dasturning 

ushbu bo‘limida narxlarning taxminiy belgilanishini, sotuvdan keyingi 

texnik xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini taklif etish mumkin. 

Agar tovarning xossalari uning sotilishidagi ayrim kattaliklardagi 

tebranish - (o‘zgarish)larni – davriylik, mavsumiyliklarni belgilasa, bu 

haqida alohida aytib o‘tish lozim (masalan, avtomobillar – davriy, 

bolalar chanasi – mavsumiy tovar). 



Savdo (o‘tkazish) bozori tahlili. Bu bo‘lim birinchi navbatda 

ishlab chiqilishi kerak, chunki boshqa bo‘limlar, masalan, “Ishlab 

chiqarish faoliyati”, “Moliya”, “Bozor” bo‘limida ko‘rsatilgan 

ma’lumotlarga asoslanadi. 



114 

 

Savdoning bo‘lg‘usi bozori tahlili – biznes-reja tayyorlashning eng 



muhim bosqichlaridan, bunday ishdan mablag‘ni ham, kuchni ham 

ayamaslik kerak. Tajribalar ko‘rsatadiki, vaqti kelib, barbod bo‘lgan 

ko‘pchilik tijorat loyihalarining sababi bozorni sust o‘rganish va uning 

sig‘imini yaxshi baholay olmaslik bilan bog‘liq bo‘lgan. 

Bozorning jozibadorligi (jalb etuvchanligi)ni baholashda quyidagi-

larni ko‘rsatish muhim: 

- korxona tovar (xizmat)lari realizatsiyasi amalga oshiriladigan 

hududni; 

- bozorning natural va qiymat ko‘rinishida ifodalangan sig‘imini; 

- bu bozorning o‘sishga yoki turg‘unlikka moyilligini; 

- bozorning asosiy segmentlari o‘lchamlarini; 

- bozorning diversifikatsiyalanganligi; 

- bozorning narxlarga, xizmat ko‘rsatish darajasiga, tashqi omillar 

o‘zgarishiga ta’sirchanligi; 

- davriylikka moyillikni

- mavsumiylikka moyillikni; 

- yetkazib beruvchilarning tuziladigan bitimlar xarakteriga ta’sir 

etishi. 


Firmangizning strategik holati tahlili quyidagi tariflarni ko‘zda 

tutadi: 


- raqobatchilarni; 

- raqobatchilar egallab olgan bozorning ulushini; 

- bozorning taxmin qilinadigan ulushini; 

- bozorning asosiy segmentlarini qamrab olinishini; 

- ta’minotchilar bilan munosabatlar xarakterini; 

- rejalashtirilayotgan mahsulotning sotilishi bashoratini. 

Dasturning bu bo‘limini tuzishda tadbirkor o‘ta obyektiv bo‘lishi, 

bozorning holati haqidagi xulosalarini o‘tkazilgan marketing tadqiqotlari 

natijasida olingan ishonchli ma’lumotlarga asoslanishi kerak. Mutaxas-

sislar marketing dasturi (biznes-reja) tuzuvchilarda savdo (o‘tkazish) 

bozori imkoniyatlariga, sotish bashoralariga nisbatan ortiqcha optimizm-

ni ta’kidlaydilar. Potensial investorlar savdo bozorini baholashlarini 

so‘ralganda, ko‘pincha, ularga “savdo bozori cheklanmagan”, – deya 

standart javob berishadi. 

“Taklif qilinayotgan tovarning qadri nihoyatda baland, uni korxona 

ishlab chiqarishi bilan iste’molchilar xarid qiladi”, – degan ishonch 

chuqur ildiz otgan. Ishlab chiqaruvchi uchun esa yoqimli tashvish – 

foydani sanab olishgina qoladi”. 



115 

 

Bunday o‘ziga ishonch – bizning yaqin o‘tmishimizdagi, hamma 



narsa o‘ta taqchil bo‘lgan paytdagi qayg‘uli sarqit. Shundan beri ko‘p 

narsa o‘zgardi va savdo imkoniyatlari sezilarli yomonlashdi. Iste’mol va 

resurslar bozori tadqiqotlarining ko‘rsatishicha, iqtisod qayta ishlab 

chiqarishning talabning jiddiy pasayishi bilan xarakterli klassik inqiroz 

chizig‘iga kirib qoldi, demak, tarmoq bozorlari miqdori ham toraydi. 

Tadbirkorlar tomonidan bozorni ustuvor baholanishining yana bir 

sababi bor: bu ularning narsalar holatini o‘ta bezab ko‘rsatishga, 

biznesning ehtimoliy istiqboli yo‘lidagi hiylasi. Biroq bu zararli, 

ishonchni yo‘qotishiga xizmat qiladigan holat.  


Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish