O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 1,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/40
Sana08.10.2019
Hajmi1,52 Mb.
#23197
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40
Bog'liq
F.Bazarova MARKETING


Analitik soha: 

- Marketing tadqiqotini o‘tkazish qobiliyatini. 

- Firma raqobatda aniq ustuvorlikka ega bo‘la oladigan segmentni 

tanlay olish qobiliyatini. 

-Korxonaning marketing axborot tizimini shakllantiradi. 

Ishlab chiqarish va savdo sohasi bu: 

-Iste’molchiga zarur bo‘lgan tovarni yaratish va ishlab chiqarish 

qobiliyati (tovar siyosati). 

-Tovarga iste’molchini jalb eta oladigan qiymat bera olish qobiliyati 

(narx siyosati). 

-Tovarni iste’molchi uchun imkoniyatli qila olish qobiliyati (savdo 

siyosati). 

Iste’molchilarga axborot berishga yo‘naltirilgan kommunikativ 

soha: 

- Reklamani. 

- Xususiy savdoni. 

-Jamoatchilik bilan aloqalarni. 

- Savdoni rag‘batlantirishni yaratadi. 

Mutaxassislarning baholashlaricha, korxonalar tomonidan mar-

keting sohasidan hozirda juda sust foydalaniladi: analitik – 30 %, ishlab 

chiqarish va savdo – 45 %, kommunikativ – 29 %. 

Marketingni tashqi sohasi rivojlanish bosqichlarini ham quyidagicha 

ajratish mumkin: 

-marketing taqsimlash vositasi sifatida; 

-sotish vazifasi sifatida marketing vazifalarini tashkiliy jamlash; 

-marketingni mustaqil xizmatga ajratish; 

-marketing korxonaning asosiy vazifasi sifatida. 

Marketing taqsimlash vositasi sifatida shuning bilan tariflanadiki, 

bu bosqichda tovarlarni sotish muammo emas, shuning uchun marketing 

bu bosqichda sotish vazifalari bilan cheklanadi. Marketing faoliyatining 

bunday tashkiliy tuzilmasi AQSh va Germaniyada 50-yillarning o‘rta-

larigacha mavjud bo‘lgan. 

Sotish bilan bog‘liq muammolar va marketingning ahamiyatini 

yaxshi tushunish muhim tashkiliy o‘zgarishlarga olib kelgan, ya’ni 

sotish bo‘yicha faoliyat bitta rahbar ixtiyoriga o‘tgan, bunday tuzilma 

50-yillardagi Amerika va 70-yillargacha Germaniya uchun xos bo‘lgan. 


87 

 

Marketing faoliyati rivojlanishining uchinchi bosqichi korxonaning 



boshqa xizmatlari bilan teng huquqli bo‘lgan marketing ixtisoslashgan 

xizmatining paydo bo‘lishi bilan tariflanadi. Bunday xizmat mahoratni 

rejalashtirish va rivojlantirish, narxini tashkil qilish, mahsulotning tashqi 

ko‘rinishi, idishi va nomi haqidagi masalalarini hal qiladi. Shuning bilan 

birga har bir bo‘lim o‘z manfaatlarini o‘ylaydi, shu sababli ularni tashkil 

etishda eng muvofiq kombinatsiyalari yo‘q va marketingning ahamiyati 

ham uncha katta emas. 

Korxona marketing talablarini mo‘ljal qilib faoliyatning boshqa 

sohalarini qamrab olishi keyingi bosqich bo‘ladi, ya’ni marketingga 

asosiy vazifa sifatida qaraladi. Shuning uchun barcha bo‘limlar 

marketing xizmatiga bo‘ysunadi. Lekin amaliyotda teskari holatlar ham 

uchrab turadi. Masalan, ayrim Germaniya va AQSh kompaniyalarida 

maxsus marketing bo‘limlari qisqartirilib boshqarish tizimidan chiqa-

rilgan.  

Marketing korxona (firma) faoliyatiga to‘liq holda yoki qisman 

integratsiyalashuvi mumkin. Qisman integratsiyada marketing firmaning 

turli huquqiy xizmat ko‘rsatishini bildiradi. To‘liq integratsiyada 

marketing asosiy funksiya hisoblanadi. Mamlakatimiz va xorij tajribalar 

shuni ko‘rsatadiki, ko‘pchilik korxonalar rivojlanishning uchinchi 

bosqichida turibdi. To‘liq integratsiya - ko‘proq umumiy ehtiyoj tovar-

lari sohasidagi Amerika korxonalarida qo‘llanilgan. Korxonada mar-

ketingni rivojlanishi qabul qilinayotgan qarorlar birligini ta’minlovchi 

uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish, marketing vazifalarini bajarish 

bo‘yicha bo‘linmalar faoliyatining o‘zaro aloqalari va muvofiqlashuvini 

talab qiladi. Bu o‘z navbatida, kompleks maqsadli guruhlarni matritsali 

tashkil qilish va yaratish yordamida marketing tizimini tatbiq etishning 

keyingi bosqichiga o‘tishga imkon beradi. Shu bilan birga ta’kidlash 

kerakki, korxonada marketingni tatbiq etish avvalo ma’lumotlarni 

yig‘ish, ishlab chiqish va jamlash tizimini, ya’ni marketing axborot 

tizimi (MAT)ni tashkil qilishini talab qiladi.  

Korxonada marketingning ichki sohasi o‘sib borish ahamiyati uning 

tashkiliy tuzilmasida o‘z aksini topadi. Marketingni boshqarish – tovar 

va xizmatlarga bo‘lgan talabni oshirish, foydani ko‘paytirish uchun 

bajariladigan rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish, nazorat, 

audit va rag‘batlantirish funksiyalari majmuyidan iborat. Marketingni 

boshqarish marketing faoliyatini intensivlashtirsh vositasi va falsafasi 

sifatida ko‘rilib, uning maqsadi sotuvni tashkil etish va rag‘batlantirish 


88 

 

emas, balki firma tovar va xizmatlariga raqobatli bozor sharoitida talabni 



boshqarishdir. F.Kotler fikricha, marketingni boshqarish –firma oldida 

turgan maqsadga yetish uchun kerakli vaqtda, kerakli darajada firma 

tovarlariga talabni shakllantirishdir. J.J.Lamben esa bu tushunchaga 

xaridorlarning yangi talablarini shakllantirish va rag‘batlantirish, deb 

tarif  bergan. Marketingni boshqarish bozorda firmalarning raqobat 

ustunligini ta’minlash va shakllantirish uchun yo‘naltirilgan faoliyat 

bo‘lib, u o‘z ichiga quyidagi tahlil turlarini oladi. 

1.  Tashqi muhit tahlili. 

2.  Vaziyatli tahlil. 

3.  Bozor istiqbolini belgilash. 

4.  Korxona imkoniyatlarini aniqlash. 

5.  Bozordagi maqsad va strategiyani ishlab chiqish. 

6.  Konkret vaziyatda korxonaning marketing maqsadlarini 

rejalashtirish. 

7.  Marketing – miks rejasini ishlab chiqish. 

8.  Marketing rejasini amalga oshirish, tashkil etish, boshqarish, 

nazorat va natijani baholash. 

Shunday qilib, marketingni boshqarish ijtimoiy-iqtisodiy tizimning 

turli iyerarxik boshqaruv pog‘onasida marketingning funksional va 

institutsional faoliyatini integrallashgan, ya’ni bir-biriga chambarchas 

bog‘langan holda boshqaradi. 

Funksional ma’noda marketing menejment biror bir qarorni 

shakllantirish jarayoni, rejalashtirish va amalga oshirishni boshqarish 

sifatida tushuniladi.  

Institutsional ma’noda esa, marketing menejment - bu rahbarlik, 

boshqaruv kuchi sifatida talqin etilib, huquqiy va tashkiliy vakolatlar 

asosida firmaning barcha bo‘limlari o‘rtasida funksional vazifalarni 

to‘g‘ri va muvofiqlashgan ravishda taqsimlash orqali ko‘zlangan 

maqsadga erishishni samarali boshqarishdir. Marketing – menejment 

muhitini shakllantiruvchi asosiy omillarga madaniyat, siyosat va tizim 

yoki struktura kiradi. 

Hozirgi vaqtda marketing xizmatini tashkil qilishning turli xil 

shakllari mavjud, shuning uchun faqat ba’zi bir zamonaviy tashkiliy 

tuzilmalarni ko‘rib chiqish bilan cheklanamiz. Boshqaruv jarayolarining 

ixtisoslashtirilishi va standartlashtirilishi bu tashkiliy tuzilmaning yuqori 

samaradorligini belgilaydi. Marketingni tashkil qilish - korxonada bir 

necha yo‘nalishda amalga oshiririlishi mumkin: 


89 

 

1. Funksional – bunda javobgarlik taqsimot, sotish, ta’minot va 



tovar harakatini tashkil qilish doiralariga qo‘shiladi. 

2.  


Tovarlar tamoyili bo‘yicha tashkil etish. Unda funksional 

tamoyillarga yana bir tovar markasi uchun boshqaruvchilar qo‘shiladi. 

3.  

Bozor tamoyili bo‘yicha tashkil etish. Unda funksional 



tamoyillariga, yana bir hudud bozorlari va iste’molchilar turi bo‘yicha 

boshqaruvchilar qo‘shiladi. 

Vazifaviy tashkil qilish doirasi muvofiqlashtiruvchi muammolarni 

hal qilish uchun ba’zida mahsulot bo‘yicha menejment kiritiladi. 

Mahsulot bo‘yicha menejer bitta yoki bir turli buyumlar guruhini 

ishlab chiqarishga tatbiq etishdan toki uni chiqarib sotishgacha javobgar 

bo‘ladi. Menejerning bu bilan bog‘liq asosiy vazifasi - ushbu mahsulotni 

ishlab chiqarish munosabati bilan korxona xizmatlari ishini muvofiq-

lashtirishdan iborat. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

4.1-rasm. Marketingni vazifaviy tashkil qilish doirasidagi mahsulot  

bo‘yicha boshqaruv 

 

Mahsulot bo‘yicha boshqaruv mahsulotni rejalashtirish, bozorga 



moslashish, xizmatlarni muvofiqlashtirishni yaxshilashi mumkin. Dastur 

qanchalik turli-tuman bo‘lsa, korxona shunchalik kuchli diversifikat-

siyalashgan va bozori jadallashgan, mahsulot bo‘yicha marketing 

xizmatini tashkil qilish shunchalik yaxshiroq mos tushadi. Bunday 

tuzilma divizionli, deb ataladi. Qoidaga ko‘ra u korxonani vazifalar 

bo‘yicha emas, balki obyektlar bo‘yicha tashkil qilishni ko‘zda tutadi, 

buning ustiga obyektlar sifatida mahsulotlar, mijozlar, bozorlar va 

h.k.lar harakat qilishlari mumkin. Bundan tashqari marketingni tashkil 

qilish mijozlar, grafik alomatlar bo‘yicha ham ko‘riladi. 

Firmalar marketing xizmati tuzilmasining eng qulay mo‘ljalini 

tanlashga harakat qilib, marketing xizmatini segmentli mo‘ljallashga 

murojaat qiladilar. Marketing tuzilishining segmentli mo‘ljallanishi 



Marketing xizmati 

Bozorni tadqiq 

qilish

 

Mahsulot



 

Bahoning 

shakllanishi

 

Reklama 



 

90 

 

shundan iboratki, har bir marketing - boshqaruvchi bo‘lajak xaridor-



larning belgilangan segmentlari bilan, bu segment qanday geografik 

bozorda bo‘lishidan qat’iy nazar ishlash uchun javob beradi. Marketing 

xizmati tuzilishining mo‘ljalini tanlashdan qat’iy nazar u quyidagi 

belgilangan talablarga javob berishi kerak: 

-alohida bo‘linmalarning huquqlari, majburiyatlari

-huquq doiralarining tartibga solinishini ta’minlovchi epchillik, 

uyushqoqlik, muntazamlik, moslashuv hamda ularni firmaning uzoq 

muddatli strategiyasiga mosligi. 

-Marketing xizmati ko‘lamining samaradorlik darajasi va tovarlarni 

sotish hajmiga mos kelishi.  

O‘zbekiston Respublikasi korxonalari tashqi bozorga chiqishi uchun 

marketing keng ko‘lamda zarur, jumladan, eksport va import sotuvlar 

hajmini hisobga olish ham juda muhim. 

Tuzilmaning ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlarning turlari 

bo‘yicha mos kelishi o‘ziga xos ahamiyatga ega. Firma, korxona, 

assotsiatsiya tarkibida tuzilma tovar tamoyili asosida tuzilgan bo‘lishini, 

kompleks bozor siyosati masalalarini hal qilish esa xo‘jalik mustaqilligi 

berilgan alohida tezkor bo‘linma doirasida to‘plangan bo‘lishi 

kerakligini bildiradi. 

Tashkiliy tuzilmaning sotish bozorlari soni va hajmiga mos kelishi, 

avvalo, tashkiliy tuzilmani bozorni segmentlarga bo‘lib guruhlash, 

iste’molchilarning alohida guruhlariga darajalangan yondashishni 

qo‘llashi, ularning eng yaxshi xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilganligi 

ko‘zda tutiladi. 

Ixtisoslashgan bo‘linmada rahbarlikning eng yuqori darajada 

strategik boshqaruvning markazlashuvi eng yuqori boshqaruv xodim-

larini strategik masalalarni hal qilishda faol ishtirok etish imkoniyatlarini 

nazarda tutadi. 

Korxonada marketingning asosiy maqsadi – faoliyatni berilgan vaqt 

chegarasida mablag‘lar bilan ta’minlanishi doirasida rentabellikni 

ta’minlash va belgilangan xo‘jalik hisobidagi foydani olishdan iborat. 

Yapon firmalarining tan olingan yetakchilarining fikricha mar-

ketingning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: 

- sotish hajmi; 

- o‘sish sur’ati; 

- bozordagi ulush; 



91 

 

- rejalashtirilgan foyda, foyda miqdori, foydani sotish hajmiga 



nisbati, butun sarmoyaga nisbatan foydaning me’yori, foydaning 

hissadorlik sarmoyaga munosabati va h.k. larda aks ettirilishi mumkin; 

- sarmoyaning tarkibi, ya’ni yordamga berilgan sarmoyalarni 

aktivlarning umumiy miqdoriga nisbati. 

Qo‘yilgan maqsadlarga muvofiq marketingning bozor vaziyatlarini 

ko‘proq ilmiy-texnik taraqqiyot tomonidan aniqlanadigan talabning 

to‘lov qobiliyati va tovarning tarkibidagi tendensiyalarini bashorat 

qilishga mo‘ljallanganlini qo‘llab-quvvatlash darkor. Mamlakatimiz 

tajribasi ko‘rsatishicha, marketing xizmatlarini tashkil etish turli xil 

tartibda amalga oshirilishi mumkin. Ammo shuni ta’kidlash kerakki, 

bunday xizmat qoidaga ko‘ra, bosqichma-bosqich korxonaning turli xil 

bo‘linmalariga tarqatib yuborilgan marketingning barcha asosiy 

vazifalari birlashtirib shakllantiriladi. Shuning bilan bir vaqtda 

korxonaning marketing xizmati birga emas, balki bir necha bo‘linmalar 

bilan ko‘rsatilishi mumkin.  Bunday holatda barcha marketing vazifalari-

ni aniq muvofiqlashtirish kerak. 



4.2-jadval 

 

Marketing bo‘linmalarida marketing xizmatini tashkil etishda 

bosqichma-bosqich yondashish 

 

Marketingning 

funksiyalari 

Faoliyat turi 

Bozorni kompleks 

tadqiq qilish 

Bozorning asosiy ko‘rsatkichlarini aniqlash. Bozorning rivojlanish 

istiqbollari. Iste’molchilarni o‘rganish (iste’molchilarning tovarga 

munosabati, xarid qilish sabablari, xarid qilish usullari). 

Raqobatchilar pozitsiyalarining va faoliyat amaliyotining tahlili. 

Bozorni segmentlash. «Muvaffaqiyatning hal qiluvchi omillari»ni 

aniqlash. 

Tovar 


assortimentini 

rejalashtirish 

Ishlab chiqarishning assortiment tarkibini ishlab chiqish. Tovarning 

rivojlanish an’analari. Tovarning iste’mol va texnik ko‘rsatkichlari 

o‘rtasida o‘zaro aloqani o‘rnatish. Yangilik kiritish siyosati. Tovar 

raqobatbardoshligini baholash. Baho siyosati. 

Talabni 

shakllantirish va 

sotishni 

rag‘batlantirish 

Aloqalar o‘rnatishni rivojlantirish. Reklama. Sotishda ishlovchilarni 

ixtisoslashtirish. Korxona imijini shakllantirish. 

Savdo sotish 

faoliyatini 

rejalashtirish va 

tashkil etish 

Sotish va tovar harakati kanallarini tanlash. Tovar aylanishi, 

assortiment pozitsiyalari bo‘yicha rejalashtirish. Mahsulotni 

sotishning optimal sharoitlarini aniqlash. Sotishni bashoratlash. 

 

Marketingning hozirgi zamon konsepsiyasi quyidagicha: 



-bozorni kompleks o‘rganish;  

92 

 

-tovar navlarini rejalashtirish;  



-talabni shakllantirish va sotishni rag‘batlantirish; 

 -savdo-sotiq faoliyatini rejalashtirish va tashkil qilish. 

Marketingning asosiy vazifalari bo‘linmalarning xizmat vazifalarini 

taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi. Bir tomondan mahsulotlar turlarining 

keskin yetishmasligi, boshqa tomondan ishlab chiqarilgan lekin sotilmay 

qolgan tovarlar mavjud bo‘lgan vaziyatda iste’molchilar talablari va 

ishlab chiqarish dasturlari o‘rtasida epchilroq va tezkor o‘zaro aloqalarni 

ta’minlash uchun marketingdan foydalanish zarurati tug‘iladi. 



 

4.3-jadval 

 Marketing xizmat bo‘limlari faoliyatining asosiy turlari 

 

Bo‘limlar Faoliyat 



turi 

Bozorni tadqiq qilish 

bo‘limi 

Bozorning asosiy ko‘rsatkichlarini aniqlash. Bozorning 

rivojlanish istiqbolini bashoratlash. Iste’molchilarni o‘rganish. 

«Muvaffaqiyatning asosiy omillari»ni aniqlash. Raqobatchilar 

faoliyatini tahlil qilish. 

Mahsulot 

assortimentini 

rejalashtirish bo‘limi 

Ishlab chiqarishning assortiment tarkibini ishlab chiqish. 

Tovarning iste’mol va texnik kattaliklari o‘rtasida o‘zaro 

bog‘liqlikni o‘rnatish. 

Realizatsiya 

bo‘limi  Sotish va tovar harakati kanallarini tanlash. Mahsulot 

assortimenti bo‘yicha tovar aylanishini rejalashtirish. 

Mahsulotni realizatsiya qilishning optimal sharoitlarini 

aniqlash. Sotishni bashoratlash. 

Firma do‘konlari 

Xaridorlar talabini o‘rganish. Xaridorlarni rag‘batlantirish. 

Sotish kanallari ishlovchilarini rag‘batlantirish. Korxona 

obro‘- e’tiborini shakllantirish. 

Reklama byurosi 

Mahsulotni  reklama  qilish. Korxona obro‘- e’tiborini 

shakllantirish. Axborot almashuvchanlikni rivojlantirish. 

 

Korxonalarda marketing xizmatini tashkil etishda bosqichma-



bosqich yondashish maqsadga muvofiq hisoblanadi.  

Mamlakatimiz korxonalari, assotsiatsiyalari faoliyatining marketing 

xizmatlari bo‘yicha tahlili shuni ko‘rsatadiki, bajarilayotgan vazifalar-

ning asosiy qismi tijorat xizmatlari bo‘linmalari zimmasiga yuklatilgan. 

Shu sababli marketing xizmatini tijorat bloki asosida tashkil qilish 

maqsadga muvofiqdir.  

Bozorning rivojlanishi va uning “xaridorlar bozori”ga aylanishi 

korxonaning marketing bo‘limi tashkiliy strukturalaridagi o‘rnini va 

uning boshqa bo‘limlar bilan o‘zaro harakatini asta-sekin o‘zgartiradi. 

Tashkilot tomonidan amalga oshiriladigan marketing funksiya-

laridan biri asta-sekin uning asosi (o‘zagi)ga aylanadi va tashkilot 


93 

 

faoliyatining shunday funksional sohasiga aylanadiki, bu uning boshqa 



sohalarining funksiyalanishini ko‘p tomondan belgilaydi, ya’ni ishlab 

chiqarish, xodimlarni boshqarish, ITTKI (ilmiy-tadqiqot tajriba – 

konstrukturlik ishlari) va b.  

Bozor sharoitlarida marketing asosiy funksiya sifatida korxona 

faoliyatining strategiyasini belgilaydi. Korxonaga marketingni o‘zi 

uchun hayot tarzi, korxonaning esa falsafasi, deb bilgan odam rahbarlik 

qiladi. Marketing xizmati nafaqat ishlab chiqarish va savdoga xizmat 

qilish bo‘limi, shuningdek, tashkilot faoliyatini yakuniy iste’molchi-

larning chiqarilgan mahsulotga yo‘naltiruvchi strategik ishlab chiqarish–

savdo boshqaruv rejalashtiruvchi va nazorat qiluvchi organlari hamdir. 

Marketing korxonaning hamma xizmatlari va bo‘limlariga kirib boradi. 

Shuning uchun korxonada marketingni boshqaruv strukturalarini tashkil 

etish alohida ahamiyat kasb etadi. Marketing xizmati shunday tashkil 

etilishi kerakki, u ushbu korxonaning o‘ziga xos xususiyatlariga 

(spetsifikasiga), uning resurs imkoniyatlariga, chiqarilayotgan mahsuloti 

va xizmat qilayotgan bank xarakteriga mos kelsin. U aniq, qaror qabul 

qilishda moslashuvchan, sodda va tezkorligi (mobilligi) bilan ajralib 

turadigan bo‘lishi lozim. Korxonalar marketing bo‘limi shunday hisob-

kitob bilan tashkil etiladiki, u eng yaxshi tarzda marketing maqsadlariga 

erishishga, ya’ni xaridorlarning qondirilmagan talablarini aniqlash, 

bozorlarni geografik jihatdan kengaytirish, bozor ulushlarini oshirish, 

bozorning yangi segmentlarini qidirib topish, foydani ko‘paytirishga 

yordam berizi zarur. Hozirgi zamon korxonalar faoliyati amaliyotining 

ko‘rsatishicha, marketing xizmati strukturasining rang-barangligiga 

qaramasdan marketingning tashkiliy tarkibiy turlari quyidagilar: 

− funksiyalar bo‘yicha; 

− mahsulot bo‘yicha; 

− bozorlar bo‘yicha; 

− iste’molchilar guruhi bo‘yicha; 

− hudud (region)lar bo‘yicha bo‘ladi. 

Marketing xizmatini tashkil etishda qat’iy standartlar mavjud 

bo‘lmaydi, shuning uchun har bir kompaniya, marketingni boshqarish 

strukturasiga asosiy talab–uning samaradorligi, aniq-ravshan (ochiq)ligi, 

tejamkorligi ekanligini anglay borib, bu masalani hal etishga mustaqil 

yondashadi. 

Marketing xizmati boshqa bo‘limlar va xizmatlar bilan o‘zaro 

aloqada harakatlanishi zarur va u marketingni korxona faoliyatiga joriy 

etilish darajasi bilan belgilanadi. Marketing va ta’minot bo‘limlarining 

o‘zaro munosabatlari, ularning faoliyatlarini muvofiqlashtirish shuning 


94 

 

uchun kerakki, bunda muhim xom – ashyolar va butlovchilarning oldin-



dan ko‘zda tutilmagan va kutilmagan holda yetmay qolishi kabilarning 

oldi olinadi. Bunday holatlar, agar marketing bo‘limi ta’minotchilarga 

rejalarning istiqboli va tuzilgan shartnomalar haqida ma’lumot 

bermaganlarida yuz beradi. Va aksincha, noto‘g‘ri prognozlar yoki 

marketing bo‘limi ta’minot bo‘limiga talablarning kamaygani haqida 

xabar bermaganidan materiallar hamda butlovchilarning haddan ortiq 

zaxirasi to‘planib qolganidan, boshqa ish (vazifalar) da muvaffaqiyatli 

foydalanilishi mumkin bo‘lgan bu vositalarni faoliyatdan to‘xtatib, ya’ni 

“muzlatib” qo‘yishga to‘g‘ri keladi. 

Tovarlar bo‘yicha smeta va marketingning umumiy budjetini 

samarali realizatsiya qilish uchun marketing bo‘limi mutaxassislari 

xarajat va foyda ko‘rsatkichlarini doimo nazorat ostida tutishlari kerak 

bo‘ladi. Marketing bo‘limining yuridik xizmat bilan o‘zaro birgalikdagi 

harakati marketing bo‘limi mutaxassislariga xo‘jalik va tijorat 

faoliyatining turli tomonlarini ishlab chiqish, yangi buyumni ishlab 

chiqarish, narxlarni belgilash, qadoqlash, reklama, sotish shartlari 

kabilarni qonunchilik bo‘yicha boshqarishda tez va malakali yuridik 

maslahatlar olish imkonini beradi. Patent ishlari, tovar belgilarini 

ro‘yxatdan o‘tkazish, litsenziya bitimlari, reklamatsiyalar va xaridorlar-

ning e’tirozlariga taalluqli qonunlar va yo‘l-yo‘riqlar mavjud. 

Cheklangan savdo amaliyoti, monopolistik kelishuvlar, kechiktirilgan 

to‘lov bilan xarid va savdo narxlar haqida kelishuvlar va boshqalar 

bo‘yicha masalalarda yuridik normalarga amal qilish zarur. 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

4.2-rasm. Korxona marketingini marketing funksiyalari bo‘yicha 

boshqarishning chiziqli-funksional strukturasi 

Korxona direktori 

Ishlab 


chiqarish 

bo‘yicha 

boshqaruvchi

Marketing 

bo‘yicha 

boshqaruv-

chi 

Ta’minot 



bo‘yicha 

boshqaruv-

chi 

Kadrlar 


bo‘yicha 

boshqaruv-

chi 

Moliya 


bo‘yicha 

boshqaruv-

chi 

Marketing 



tadqiqotlar 

bo‘limi 


Yangi 

tovarlarni 

ishlab chiqish 

bo‘limi 


Reklama va 

PR bo‘limi 

Sotish 

(o‘tkazish, 



savdo) 

bo‘limi 


Marketing 

bo‘yicha 

rejalashtirish

bo‘limi 


95 

 

Marketing bo‘limi faoliyatini kadrlar bo‘limi ishi bilan muvofiq-



lashtirish marketing xizmati rahbarlariga marketing bo‘yicha yuqori 

malakali mutaxassislarni aniqlash va jalb etishga yordam beradi. 

Takliflarni amalga oshiruvchi, suhbat o‘tkazuvchi va ehtimoliy 

nomzodlarni tanlovchi shaxslar qidirilayotgan odamning kelgusi ishlari 

tavsifini, uning statusini u tayinlanadigan bo‘limning boshqa xodimlari 

bilan xizmat bo‘yicha o‘zaro munosabatlarini, uning xizmatda o‘sish 

istiqboli va ushbu ishni bajarish uchun zarur bo‘ladigan kasbiy va umum 

ta’lim tayyorgarligi, shaxsiy sifatlari va ish tajribasidagi qobiliyatlari 

haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishlari kerak. Shuning uchun marketing 

xizmatida o‘zining har bir xodimining xizmat majburiyatlarini va ular 

mos keladigan talablarni aniq tarifini tayyorlash uchun kadrlar bo‘limi 

bilan eng mustahkam aloqada bo‘lishlari zarur. Bu masala boshqa 

kasblardagi mutaxassislarga nisbatan marketing sohasidagi mutaxassis-

lar uchun ancha murakkab.  

Marketing bo‘limi va kadrlar bo‘limi hamkorlikda yo‘l-yo‘riqlar 

(instruktajlar) tavsifini va yangi ishchilar yaxshi tayyorlanishi va 

o‘zlariga yuklatilgan xizmat vazifalarini a’lo darajada bajarishlari uchun 

ularni o‘qitish dasturlarini ishlab chiqishlari zarur. Shu bilan birga 

umumiy yo‘l-yo‘riq odatda, kadrlar bo‘limi tomonidan o‘tkaziladi. 

Marketing bo‘yicha maxsus tayyorgarlik marketing bo‘limining 

majburiyati hisoblanadi. 

Marketingni boshqarishning maqsadi firmaga marketing 

maqsadlariga erishishni ta’minlab beruvchi marketing muhiti bilan 

o‘zaro munosabatni ta’minlashdan iborat. Kompaniyaning bozorga 

chiqishidan avval o‘z ichiga ham ichki, ham tashqi marketing muhitini 

o‘rganishni olgan marketing tadqiqotlari kompleksi olib boriladi. Har 

qanday faoliyat yurituvchi korxona, tashkilotning marketing sohasi 

biror-bir muhitda bo‘ladi. Tashkilotning ichki muhiti uning hayotiylik 

kuchlari manbayidir. Unda faoliyat yuritish imkonini beruvchi quvvat 

mujassamlashgan. Ammo ichki muhit uning muammolari manbayi va 

hatto halokat sababchisi bo‘lishi mumkin.  

Tizimli yondashuv nuqtayi nazaridan marketingning ichki va tashqi 

sohalari bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq ochiq tizim hisoblanib, tashqi muhit 

bilan o‘zaro ta’sirini xarakterlaydi. 



Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish