O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


-jadval  Insoniy kapital rivojlanishining ijtimoiy kursatkichlari



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/101
Sana31.12.2021
Hajmi3,2 Mb.
#206674
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   101
Bog'liq
1829-Текст статьи-4007-1-10-20200627

6.2-jadval 
Insoniy kapital rivojlanishining ijtimoiy kursatkichlari
27
 
Qo’rsatqich 
 
Minimum 
Maksimum 
Kutilayotgan hayot davomiyligi, yil 
25 
85 
Katta yoshdagi aholining savodxonligi 

100 
O’quvchilarning  tegishli  yoshdagi  aholi 
sonidagi umumiy ulushi 

100 
Aholi jon boshiga real YaIM, doll. 
100 
40000 yoki 5448 
(diskont.) 
 
 
6.2.  Ta’lim milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirishning 
omilli sifatida. 
Ta’lim 
xizmatlarining 
shakllantirilishi 
bozor 
iqtisodiyoti 
mamlakatlaridagi  muxim  soxalardan  biridir.  Shu  sababli  yaqinda 
prezidentning  yoshlarga  oid  davlat  siyosati  haqidagi  farmoni  ham 
mamlakatimizda  ta’lim  tizimini  rivijlantirish,  yoshlarni  jamoa  ishlariga 
keng jalb qilishga qaratilgandir
28

Ta’lim  tizimidagi  ta’lim  xizmatlari  bozorini  o’zgartirish  zarurati 
                                                 
27
 Shodmonov Sh.Sh., G’ofurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. – T.: IQTISOD-MOLIYA, 2010. – 728 b 
28
 “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo`llab-quvvatlash 
to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi prezidentining farmoni № ПФ -5106, 5-iyul 2017. 


88 
 
muassasalar  va  tashqilotlarga  sifatli  servis  xizmatlarini  kursatishga  qodir 
bo’lgan  turli  mutaxassislarga  bo’lgan  talab  va  taklifning  qaror  topganligi 
bilan  izohlanadi.  O’z  kasbini  chuqur  biladigan,  keng,  har  tomonlama 
gumanitar  tayyorgarlikka  ega  bo’lgan,  rivojlangan  ijodiy  qobiliyatli, 
muqobil  tafakko’rli,  mustaqil  qaror  qabul  qila  oladigan  raqobatbardosh 
mutaxassislarni tayyorlash zarurati tug’ildi. 
O’zbekiston Respublikasi mustaqillik sharoitida eski ta’lim tizimidan 
voz  kechib,  o’zluksiz  ta’limni  rivojlantirishning  o’z  strategiyasini  - 
Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturini  ishlab  chiqdi.  Uning  mohiyati, 
ta’limning  zamonaviy  maqsadlariga  muvofiq,  shaxsning  ijtimoiy  zarur 
faollikka  qo’shilishi  uchun  o’ziga  va  jamiyatga  kerak  bo’ladigan 
qobiliyatlarini  rivojlantirish,  ta’lim  tizimidan  tashqarida  bilimini  oshirish 
samaradorligini ta’minlashdir. 
O’zluksiz  ta’lim  O’zbekistonda  kadrlar  tayyorlash  tizimining  asosi 
bo’lib, ta’limning quyidagi turlarini o’z ichiga oladi: 
- maktabgacha ta’lim; 
- umumiy o’rta ta’lim; 
- o’rta maxsus, kasbiy ta’lim; 
- oliy ta’lim; 
- oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim; 
- malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash; 
- maktabdan tashqari ta’lim. 
Tamomila  yangi  o’rta  maxsus  o’quv  yurtlari  -  kasb-hunar  kollejlari 
va akademik litseylar tashqil qilindi. 
MDH. respublikalari ichida birinchi bo’lib xalq ta’limi soxasini isloh 
qilishni boshlagan O’zbekiston Respublikasi bugun ham ta’limning yuqori 
dara-jasini 
saqlab 
qolmovda. 
O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Mahkamasining  Ijtimoiy-iqtisodiy  tadqiqotlar  markazi  ma’lumotlariga 
qaraganda, mamlakatda har 1000 ta xizmatchilarning 948 tasi ma’lumotga, 
jumladan  to’liq  bo’lmagan  o’rta  ma’lumotga  127,  o’rta  ma’lumotga  480, 
o’rta maxsus ma’lumotga 199, oliy va tugallanmagan oliy ma’lumotga 142 
kishi  ega.  Axolining  99,0  foizidan  ortig’i  savodli.  Bu  kursatkich 
rivojlangan mamlakatlar erishgan kursatkichlarga mos keladi. 
O’zbekiston  Respublikasida  oliy  ta’lim  shunday  darajaga  yetishi 


89 
 
kerakki,  u  mamlakatda  va  xorijda  ilm-fan,  texnika,  texnologiyalar  va 
iqtisodiyotning  rivojlanishini  hisobga  olib  raqobatbardosh  kadrlarni  jadal 
sur’atlarda  tayyorlash  imkonini  berishi  kerak.  Raqobatbardosh 
mutaxassislarning  yangi  avlodi  istiqbolini  ko’zlab  vazifalarni  qo’yish  va 
ularni  hal  qilish  qobiliyatiga,  yuqori  madaniy  tafakko’r  va  ilmiy-
texnikaviy  va  ijtimoiy-iqtisodiy  axborotlar  oqimida  mustaqil  harakat  qila 
olish ko’nikmasiga ega bo’lishi lozim. 
Jamiyatimizni  mamlakatni  oldingi  qatorlarga  olib  chiqa  oladigan 
raqobatbardosh mutaxassislar bilan ta’minlash uchun biz yoshlarni xorijiy 
oliy  o’quv  yurtlarida  ta’limni  davom  ettirishga  tayyorlashimiz  kerak. 
Bunga  Boloniya  jarayoni  bo’yicha  sheriklar  bilan  hamkorlikda  erishish 
mumkin. 
Boloniya  deklaratsiyasi  (1999  yil  iyun),  Sorbonna  Deklaratsiyasi 
(1998  yil  may)  qarorlarini  bajarish  asnosida  Yevropada  oliy  ta’lim 
bo’shlig’ini tashqil etish zaruratini belgilaydi. 40 ta mamlakat o’zining oliy 
ta’lim tizimlari tuzilmalarini isloh qilishdagi faoliyatini muvofiqlashtiradi. 
O’zbekiston  Respublikasi  ta’lim  tizimining  Boloniya  jarayoniga 
integratsiyalashuvi quyidagilarga yordam beradi: 
Birinchidan,  Boloniya  jarayonining  maqsadlari  -  raqobatbardoshlik, 
moslanuvchanlik,  sifat  –  kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  manfaatlariga 
javob beradi. 
Ikkinchidan,  Boloniya  jarayoni  oliy  ta’lim  sifati  madaniyatining 
takomillashuviga  ta’sir  kursatadi.  Sifatni  attestatsiyalash  va  nazorat 
qilishning yanada mukammal tizimini yaratish zarurati tug’ildi. 
Uchinchidan,  O’zbekiston  Respublikasi  oliy  ta’limi  tizimi  o’z 
tarkibiga  ko’ra  tashqil  qilinayotgan  Yevropa  tizimiga  o’xshash.  Ammo 
o’qish muddatlarida farq mavjud. O’zbekistonda ikki bosqichli oliy ta’lim 
4  +  2  formulasiga  muvofiq  amal  qiladi,  Boloniya  deklaratsiyasida  esa 
ta’limning  qator  yo’nalishlari  uchun  3  +  2  formula  ko’zda  tutilgan 
(bakalavriatda  ijtimoiy-iqtisodiy  fanlar  blokini  kamaytirish  va  ularni 
fakultativ fanlar turiga o’tkazish hisobiga o’qish-ning me’yoriy muddatlari 
qisqaradi). 
To’rtinchidan,  O’zbekiston  Respublikasida  talabalar  bilimini 
baholash tizimi YeST5 da amal qiladigan tizimga osonlikcha o’zgartirilishi 


90 
 
mumkin. 
O’zbekiston  Respublikasida  oliy  ta’lim  shunday  darajaga  yetishi 
kerakki,  u  mamlakatda  va  xorijda  ilm-fan,  texnika,  texnologiyalar  va 
iqtisodiyotning  rivojlanishini  xisobga  olib  raqobatbardosh  kadrlarni  jadal 
sur’atlarda  tayyorlash  imkonini  berishi  kerak.  Raqobatbardosh 
mutaxassislarning  yangi  avlodi  istiqbolini  ko’zlab  vazifalarni  qo’yish  va 
ularni  hal  qilish  qobiliyatiga,  yuqori  madaniy  tafakko’r  va  ilmiy-
texnikaviy  va  ijtimoiy-iqtisodiy  axborotlar  oqimida  mustaqil  harakat  qila 
olish ko’nikmasiga ega bo’lishi lozim. 
Raqobatbardosh  kadrlar  tayyorlash  strategiyasining  negizida  sifatni 
ta’minlashning uchta asosiy sikllariga kompleks yondashuv yotadi. 
Birinchi bosqichda, mutaxassislar ehtiyojlari prognozlanadi va ularga 
nisbatan talablar belgilanadi, ya’ni  mutaxassis  modeli yaratiladi, sifatning 
ilgarilab  boruvchi  yuqori  darajasi  aniqlanadi.  Ikkinchi  bosqichda 
mutaxassislarni  tayyorlash  amalga  oshiriladi,  bu  esa  belgilangan  sifat 
darajasini ta’minlashi lozim. Uchinchi, mutaxassisdan professional faoliyat 
sohasida  foydalanish  bilan  bog’liq  bosqichda  ta’minlangan  sifat  darajasi 
muntazam oshib borishi kerak. 
Va nihoyat, O’zbekiston Respublikasining ta’lim standartlari xalqaro 
standartlar  asosida  ishlab  chiqilishi  kerak,  bu  mutaxassislarni  tayyorlash 
sifatiga  erishish  va  uni  baholashga  yagona  yondashuvni  ta’-minlaydi.  Bu 
raqobatbardosh  kadrlarni  tayyorlash  va  intellektual  sohada  yaqin 
hamkorlikni  tashqil  qilishda  xalqaro  tajribadan  foydalanishga  yordam 
beradi. 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish