O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Inson kapitali rivojlanishining nazariy asoslari



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/101
Sana31.12.2021
Hajmi3,2 Mb.
#206674
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   101
Bog'liq
1829-Текст статьи-4007-1-10-20200627

6.1  Inson kapitali rivojlanishining nazariy asoslari. 
Davlat  siyosati  ijtimoiy  sohaning  ham  asosiy  yo’nalishlarini, 
xususan,  mexnatning  rag’batlantiruvchi  omillari,  mehnatga  xaq  to’lashni 
boshqarish  tizimi,  mehnat  samaradorligini  oshirish  va  boshqalarni  bel-
gilaydi. Shu bois mexnat iqtisodiyoti masalalarini, uning nazariy jihatlarini 
tadqiq  etish  zarurati  mavjuddir.  U  o’tish  iqtisodiyoti  xususiyatlarini 
hisobga  olgan  holda  mehnatning  ishlab  chiqarishni  kengaytirish  toifasi 
sifatidagi  mohiyatini  tushuntirib  beruvchi  masalalarni  aks  ettirishi  lozim. 
Fikrimizcha,  bu  -  inson  kapitalini  takror  barpo  qilish  nazariyasi,  ya’ni 
mohiyatan  iqtisodiy  va  o’zining  shakl-shamoyi-liga  ko’ra  ijtimoiy 
nazariyadir. 
Insoniy 
kapitalni 
takror 
barpo 
qilishning zamonaviy kontseptsiyalari erkin 
raqobat 
mexanizmini 
ideallashtirishni 
tadqid 
qilish 
va 
ma’lum  ma’noda 
A.Marshallning 
xo’jalik 
yurituvchi 
sub’ektlarni  sub’ektiv  baholashdan,  ya’ni 
mikroiqtisodiy darajadagi tadqiqotlardan kelib chiqadigan tanlash erkinligi 


84 
 
kontseptsiyasiga  asoslanadi.
1
  Bu  tanqiddan  siyosiy  iqtisodda  yangi 
yo’nalish iaydo bo’ldi va "neoklassik" nomini oldi. Uning eng "hosildor" 
vaqillari  -  M.Fridmen  ("Kapitalizm  i  svoboda",  (1962),  "Svoboda 
vmbora",  1979)  va  boshqalar.  J.Mut,  R.Lukas,  T.Sarjent  va  N.Uolles 
yagona  mikroiqtisodiy  asosni  makroiqtisodiy  muammolar  taxliliga 
keltirishga, ya’ni "sintez" nazariyasini yaratishga xarakat qildilar. Mazkur 
nazariyaning  markaziy  bo’g’ini  axborotdan  oqilona  foydalanish  hisobiga 
o’zgarib  turuvchi  bozor  sharoitlariga  tez  moslasha  oladigan  bozor 
agentlaridir.  Buni  bugun  tadbirkorlik  deb  ham  ataydilar.  Agar  xar  bir 
tadbirkor  bozorning  o’zgarishiga  moslasha  olsa,  u  xolda  mikrodarajada 
davlat  tomonidan  boshqarilshn  zarurati  keskin  yo’qoladi  va  shu  tariqa 
tanlash  erkinligi  ta’minlanadi.  Mazkur  nazariyaning  zaif  tomoni  shundan 
iboratki,  u  bozor  agentlari  qobiliyatlarining  va  ratsional  axborotdan 
foydalanish imkoniyatlarining bir xil emasligini xisobga olmaydi. 
Shu  munosabat  bilan  institutsional-sotsiologik  yo’nalish  paydo 
bo’lib, mustaqil yo’nalish sifatida jadal rivojlanmoqda. J.R.Kommons,  
U.K.Mitchell,  J.K.Gelbreyt  ishlarida  "institutlar"  tushunchasiga 
korporatsiyalar,  kasaba  uyushmalari,  davlat  va  shuningdek  iqtisodiy 
nazariya  va  uning  predmeti  chegaralarini  keskin  oshiruvchi  psixologik, 
huquqiy, axloqiy, texnik va boshqa hodisalar xam kiritilgan. Bu yo’nalish 
XX  asr  oxirida  "postindustrial",  "informatsion",  "servis"  jamiyat 
nazariyalari ta’sirida, turli ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning konvergentsiyasi 
asosida ommaviylashdi. 
Institutsionalistlarning  fikricha,  tadqiqotning  bosh  ob’ekti  har 
tomonlama kamol topgan shaxs bo’lishi kerak. 
Uni  tushunish,  jamiyat  rivojlanishi  tendentsiyasini  baholash  faqat 
keng  ilm-fan  bo’yicha  taxlil  asosida  amalga  oshirilishi  mumkin,  bunday 
taxlil  (iqtisodiyotdan  tashqari)  ijtimoiy  psixologiya,  sotsiologiya,  huquq, 
siyosatshunoslik va boshqa ijtimoiy fanlarni o’z ichiga olishi lozim. 
XX  asrning  ikkinchi  yarmidan  milliy  boylik  kapitalning  h.am 
moddiy, ham moddiy bo’lmagan shakli tomonidan yaratiladi, degan fikrga 
iqtisodiy  fanda  deyarli  hech  kim  qarshi  chiqmagan,  shu  bilan  "insoniy 
                                                 
1
 Маршалл А. Принципн экономической науки. - М.: Прогресс, 1993, Т. 2. С. 310. 


85 
 
kapital"  rasmiy  mavqega  ega  bo’ldi.  AQShda  milliy  boylikning 
kengaytirilgan talqini qaror topa boshladi va u T.Shults - "insoniy kapital" 
va "insonga investitsiya kiritish" nazariyasi bo’yicha ishlar mual-lifi nomi 
bilan bog’liq edi. 
XX asrning 60-yillari o’rtasida G.Bekker inson xulq-atvorig iqtisodiy 
yondashgan holda "insoniy kapital" nazariyasi apparatini yaratdi. Iqtisodiy 
yondashuv  deganda  individlarning  oqilona,  eng  maqbo’l  xatti-harakati 
tamoyili  nazarda  tutiladi.  Bunday  yondashuv  negizida  oqilona  umidlar 
gipotezasi  yotadi,  unga  ko’ra  inson  qarorlar  qabul  qilishda  iqtisodiy 
maqsadga muvofiqlik tamoyilidan kelib chiqadi, ya’ni eng ko’p foyda, naf 
keltiradigan qarorlarni qabul qiladi. G.Bekkerga asosan, "insoniy kapital" - 
bu  tug’ma  qobiliyatlar  va  orttirilgan  bilimlar,  ko’nikmalar  va  asoslar 
yig’indisi bo’lib, ulardan maqsadli foydalanish daromadning oshishiga olib 
keladi (individ, kor-xona yoki jamiyat darajasida). 
 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish