O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/101
Sana31.12.2021
Hajmi3,2 Mb.
#206674
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   101
Bog'liq
1829-Текст статьи-4007-1-10-20200627

 
7.1. 
Raqobatning 
turli 
ko’rinishlari 
sharoitida 
raqobatbardoshlikni oshirishda narx omilidan foydalanish 
Narx bo’yicha raqobatga iqtiosdiyot nazariyasi darsliklarda “…ishlab 
chiqaruvchilarning  o’z  tovarlari  narxini  boshqa  ishlab  chiqaruvchilarning 
shunday  mahsulotlarni  narxiga  nisbatan  pasaytirish  asosidagi  kurash”
29
 
deb  ta’rif  berilgan.  Globallashuv  iqtisodiyotning  rivojlanishi  uchun  ham 
ijobiy,  ham  salbiy  ahamiyatga  ega.  Agar  mamlakatda  raqobatbardosh 
mahsulot  ishlab  chiqarish  uchun  sharoitlar  mavjud  bo’lsa,  bu  holatda 
mamlakat uchun globallashuv jarayoni foydali hisoblanadi. Agar mahalliy 
                                                 
29
 Ш.Ш.Шодмонов, У.Б. Faфурoв  “Икдисодиёт назарияси”.  Дарслик  «Iqtisod-moliya»  2010.  235-249 б. 


99 
 
korxonalar  qo’shimcha  (ustama)  qiymatning  yuqori  ulushiga  ega  yuqori 
texnologik  mahsulotlar  ishlab  chiqarsa,  vaziyat,  ayniqsa,  ijobiy  ta’sir 
kursatadi.  Bunda  ishchilarning  bandligi  ortadi,  byudjet  daromadi 
ko’payadi, xom ashyodan oqilona foydalaniladi. Agar iqtisodiyotda o’zoq 
vaqt  davomida  ishlab  chiqarishning  xom  ashyoga  yo’naltirilganligi 
bartaraf  etilmasa,  demak,  iqtisodiyotni  tartibga  solish  mexanizmlari  kam 
samarali  hisoblana-di.  Bunday  holatda  jamiyat  cheklangan  resurslarni 
oddiy  tarzda  sarflab,  kelgusi  rivojlanish  to’g’risida  qayg’urmaydi.  Ishlab 
chiqariladigan tovarlar sifatini oshirish jamiyatning eng muxim vazifasidir. 
Maxsulot  sifatini  oshirish  ko’plab  omillarga  bog’liq.    Birinchidan,  yuqori 
sifatli  mahsulot  tayyorlash  uchun  yuqori  malakali  ishchi  kuchlari  zarur 
bo’la-di.  Ikkinchidan,  korxona  yaxshi,  zamonaviy  jihozlarga  ega  bo’lishi 
kerak.  Uchinchidan,  raqobatbardosh  maxsulotlarning  ma’lum  miqdoriga 
ega  savdo  bozorlariga  kira  olish  uchun  yetarli  darajada  tajribaga  ega 
bo’lish  kerak.  Bundan  tashqari,  sifatli  mahsulot  ishlab  chiqarish  uchun 
o’zoq muddatli rag’bat (foyda, dividend va boshqalar) zarur. Shuningdek, 
mamlakatda  "sifatga  yuqori  darajada  e’tibor  qaratish"  muhiti  bo’lishi, 
ya’ni  iqtisodiy  munosabatlarning  xar  bir  ishtirokchisi  mahsulot  ishlab 
chiqarishning  har  bir  bosqichida  uning  yuqori  sifatiga  erishishni  maqsad 
qilib  qo’ygan  bo’lishi  shart.  Mehnatga  sifatli  munosabatda  bo’lishni 
insonda  yillar  davomida  qaror  toptirish  mumkin.  Shu  sababli,  bu 
vazifalarni  tez  sur’atlarda  bajarib  bo’lmaydi,  ko’pgina  mamlakatlar  isloh 
qilishning  dastlabki  bosqichlarida,  eng  avvalo,  tovarning  raqobatbardosh 
narxiga 
eri-shishga 
harakat 
qilganlar, 
mahsulot 
"sifati" 
esa 
raqobatbardoshlikni  rivojlantirish  jarayonida  oshirib  boriladi.  Narx 
raqobatbardoshligiga  erishishning  muximligi,  shuningdek,  xozirgi  zamon 
dlshyosida  ko’pgina  iste’molchilar  yuqori  sifatli  tovarlarni  yuqori 
narxlarda  sotib  olish  uchun  yetarli  daromadga  ega  emasliklari  bilan  ham 
tushuntiriladi.  
Xarajatlarni  kamaytirishga  muvofiq  ravishda,  narx  bo’yicha 
raqobatbardoshlikka  erishishga  arzon  tabiiy  va  inson  resurslariga  ega 
bo’lish, energiya va transport xarajatlarini kamaytirish, shuningdek, ishlab 
chiqarishga davlat tomonidanyordam kursatilishi - imtiyoz va dotatsiyalar 
berish kabilar ta’sir kursatadi. 


100 
 
Integratsiya  jarayonlari  kuchaygan  sharoitlarda,  hatto,  nisbatan 
yuqori  raqobatbardosh  resurslar  ustunliklariga  ega  davlatlar  iqtisodiyoti 
xam narx raqobati ta’siri ostida juda zaiflashib qoladi. 
Ko’pgina  rivojlanayotgan  mamlakatlar  chiqarayotgan  tovarlarining 
narx  bo’yicha  raqobatbardoshligida  ko’p  jixatdan  mehnatga  kam  xaq 
to’lash oqibatida katta muvaffaqiyatlarga erishdilar. 
Offshor  IT-autsorsingining  jadal  rivojlanishiga  bog’liq  ravishda 
AQSh  va  Yevropada  yuqori  darajada  haq  to’lanadigan  ish  joylarining 
qisqarishi  kuchaydi.  Bu  mamlakatlar  kompaniyalari  ish  joylarini 
Hindiston,  Braziliya,  Filippin  va  Malayziya  va  boshqa  rivojlanayotgan 
mamlakatlarga  ko’chirib,  mehnatga  haq  to’lashda  katta  mablag’larni 
tejamoqdalar. 
Narx 
raqobatbardoshligining 
boshqa 
muxim 
omili 
moddiy 
resurslarning,  shu  jumladan,  energiya  manbalarining  bahosi  hisoblanadi. 
Energiya  manbalari  narxining  o’sishi  jahon  narxlarini  oshirgan  holda 
ko’pgina  mamlakatlar  sanoatiga  kuchli  ta’sir  kursatadi.  Bu,  ayniqsa,  juda 
ko’p elektr energiyasi talab etadigan rangli metallar olish va qayta ishlash 
soxasida yaqqol ko’zga tashlanadi. Alyuminiy ishlab  chiqarishda iste’mol 
qilinadigan  elektr  energiyasi  bahosi  umumiy  xarajatlarning  1/3  qismini 
tashqil  etadi.  Shu  sababli,  alyuminiy  bozoridagi  raqobatbardoshlikka  turli 
mamlakatlarda  nafaqat  xom  ashyoning  mavjudligi,  balki  elektr 
energiyasining arzonligi xam o’z ta’sirini kursatadi.  
Xalqaro  savdoni  faollashtirish  sharoitlarida  boshqa  mamlakatlar 
bozorlariga  chiqish  uchun  ishlab  chiqaruvchilar  tomonidan  narx  omilidan 
foydalanish strategiyasi juda ko’p miqdordagi savdo tortishuvlarini keltirib 
chiqardi, nisbatan keng tarqalgan ko’rinishi - demping ularning eng muhim 
ob’ektidir. 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish