8.2. “Barqaror strategiya, tuzilma va raqobatchilik” sifatida
belgilangan raqobat jihatdan ustunligini shakllantirishning eng
muhim omili
Milliy iqtisodiyotning "Barqaror strategiya, tuzilma va raqobatchilik"
sifatida belgilangan raqobat jihatdan ustunligini shakllantirishning eng
muxim omilini ko’rib chiqamiz. Demak, mamlakatda kompaniyani tashqil
etish va boshqarish tendentsiyalariga ta’sir kursatuvchi ma’lum
sharoitlarning mavjudligi ham ichki raqobatning xususiyatini belgilab
beradi.
Ta’kidlash joizki, raqobat jihatdan ustunliklarni shakllantirish uchun
mehnatga va xodimlarning kasbiy ko’nikmalarini oshirishga shaxsiy
qiziqtirish ham muxim rol o’ynaydi. So’nggi o’n yilliklar iqtisodiy
amaliyoti shuni isbotlamoqdaki, buyuk iqtidor va qobiliyat sohiblari millat
uchun eng katta va ahamiyatli resurs hisoblanadi, chunki mamlakat
erishayotgan yutuqlar ko’p jihatdan ushbu iqtidor sohiblari tanlaydigan
ta’limning darajasi va xiliga, qaerda ishlashni afzal ko’rishiga, ularning
ishlashiga va harakat qilishiga bog’liq. Shuning uchun mamlakatlar
insonlar nuqtai nazaridan nufo’zli yoki undan milliy qahramonlar yetishib
118
chiqadigan iqtisodiy faoliyatni raqobatbardosh qilishga intiladi.
Jahon iqtisodiyotining rivojlanishi turli bosqichlarda iqtisodiyot
raqobatbardoshligining turli omillarini dastlabki o’ringa chiqaradi.
Iqtisodiyotning u yoki bu tarixiy davrda raqobatbardoshligini belgilab
beruvchi u yoki bu omillarning ta’siriga ko’ra quyidagi bosqichlarni
ajratish mumkin:
- omillar bosqichi;
- investitsiyalar bosqichi;
- innovatsiyalar bosqichi.
Omillar bosqichida mamlakatning barcha raqobatbardosh tarmoqlari
ishlab chiqarishning asosiy omillari: tabiiy resurslar, arzon ishchi kuchi va
mamlakatning mavqei va hududi bilan belgilanadigan foydalar hisobidan
o’z mavqelariga erishadi.
Raqobat jihatdan ustunliklar omillarning qiymati bilan belgilanadi,
bunda texnologik rivojlanish ko’pincha chet eldan xarid qilish yo’li bilan
keltirilgan texnologiyalarga asoslanadi.
Raqobatbardoshlikning yanada yuqori bosqichi - bu investitsiyalar
asosidagi raqobatbardoshlik
33
. Ushbu bosqichda mamlakatlarning raqobat
jihatdan ustunliklari faol investitsyya siyosatiga asoslanadi. Bunda ham
texnologik rivojlanish chetdan keltirilgan texnologiyalarga asoslanadi,
biroq bu o’zlashtirish birinchi bosqichdagi kabi passiv hisoblanmaydi.
Firmalar eng yaxshi texnologiyalar, litsenziya, nou-xauga investitsiya
qilishadi, bunda texnologiyalar mamlakat ichida doimiy ravishda
takomillashib boradi. Iqtisodiyot ichida sarmoyaning kuchli safarbar
qilinishi sodir bo’ladi, kapital qo’yilmalarning o’sishi omillarning
takomillashuviga (infratuzilmaning rivojlanishiga, mehnat resurslari
sifatining oshishiga) olib keladi, shu bilan birga, u ularning
qimmatlashuvini ham keltirib chiqaradi. Rivojlanishning eksportga
yo’naltirilgan strategiyasi ishlab chiqiladi, chunki ichki bozor hali unchalik
katta va talabchan emas va shuning uchun mahsulot sifatini
takomillashtirishga undamaydi.
33
Samuel L. Hayes, A. Michael Spence, David van Praag Marks “Competition in the Investment Banking Industry ”
Harvard University Press May 1983 y. 106-109 p.
119
Do'stlaringiz bilan baham: |