O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


  Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini davlat tomonidan



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/101
Sana31.12.2021
Hajmi3,2 Mb.
#206674
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   101
Bog'liq
1829-Текст статьи-4007-1-10-20200627

9.1.  Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini davlat tomonidan 
tartiblashni sababalari 
Davlatning asosiy vazifasi resurslardan foydalanish samaradorligiga, 
shuningdek,  davlat  boshqaruvining  samaradorligiga  erishishdan  iborat. 
Shuning  uchun  iqtisodiyot  fani  doirasida  ushbu  muxim  va  ko’p  qirrali 
muammoga bag’ishlangan tadqiqotlar doimiy ravishda olib boriladi. 
Sog’lom  raqobat  muxitini  shakllantirishning  davlat  tomonidan 
tartibga  solinishi  respublika  bozorlarida  raqobatni  rivojlantirish  uchun 
zarur  tashqiliy-huquqiy  va  iqtisodiy  sharoitlarni  yaratish,  bozorlarning 
monopollashtirishga  urinishlarga  yo’l  qo’ymaslik,  bozor  iqtisodiyoti 
talablariga  javob  beruvchi  monopoliyaga  qarshi  tartibga  solish 


131 
 
mexanizmlarini  takomillashtirish,  shuningdek,  iste’molchilar  huquqlarini 
himoyalash chora-tadbirlarini o’z ichiga oladi. 
Bozorga  o’tish  bosqichida  davlat  tomonidan  tartibga  solishning  roli 
shakllangan bozor xo’jaligidagiga qaraganda katta ahamiyatga ega. Bunga 
ikkita  asosiy  sabab  bor.  Birinchidan,  o’tish  bosqichida  bozor  shakllanish 
bosqichida  bo’ladi  va  uning  tartibga  soluvchi  imkoniyatlari  unchalik 
yuqori  emas,  bu  davlatning  iqtisodiy  jarayonlarga  jadal  aralashuvi 
zaruratini  belgilab  beradi.  Ikkinchidan,  rejali  xo’jalikdan  bozorga  o’tish 
avtomatik  tarzda  va  stixiyali  kechadi.  Davlat  o’tish  jarayonini  tartibga 
solishga, bozor infratuzilmasining barpo etilishini rag’batlantirishga, uning 
normal faoliyat kursatishi uchun sharoitlar yaratishga da’vat etilgan. 
Davlatning 
iqtisodiyotdagi 
roli 
"uning 
funksiyalari 
da 
muayyanlashadi.  Davlatning  o’tish  iqtisodiyotidagi  barcha  funksiyalari  
bozor munosabatlarini shakl-lantirish va rivojlantirish bilan bog’liq. Ushbu 
bog’liqlikning xususiyatiga qarab davlatning tartibga soluvchi funksiyalari 
ning  ikkita  guruxini  ajratish  mumkin.  Birinchidan,  bu  bozorning  samarali 
faoliyat kursatishi uchun shart-sharoitlar yaratish funktsiyasi. Ikkinchidan, 
bu  bozorning  o’z  tartibga  so-luvchilarini  ta’sirini  to’ldirish  va  unga 
tuzatishlar kiritish. 
Birinchi  guruxga  bozor  xo’jaligi  faoliyat  kursatishining  huquqiy 
bazasini 
ta’minlash  funktsiyasi  hamda  bozor  muxitida  asosiy 
harakatlantiruvchi  kuch  sifatida  raqobatni  rag’batlantirish  va  himoyalash 
funktsiyasi kiradi. 
Ikkinchi  guruxga  esa  daromadlarni  qayta  taqsimlash,  resurslarni 
taqsimlashga  tuzatishlar  kiritish,  iqtisodiy  barqarorlikni  ta’minlash  va 
iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish funksiyalari  kiradi
35

Hozirgi  zamonda  davlat  milliy  iqtisodiyotning  raqobatbardoshligini 
oshirish  siyosati  bilan  shug’ullanishi  mumkin  va  lozim  bo’lgan  yagona 
institutdir.  Har  yillik  Jahon  iqtisodiy  forumi  (Davos)  tomonidan  161  ta 
asosiy  kursatkich  bo’yicha  raqobatbardoshlikning  integral  indeksi  ishlab 
chiqilgan  bo’lib,  ular  quyidagi  sakkizta  blok  bo’yicha  guruxlangan: 
ochiqlik,  davlat  (davlat  siyosatining  samaradorligi),  moliya,  infratuzilma, 
                                                 
35
 
1
 Портер М.Э. Конкуренция.: Пер. с англ. - М: Издат. дом "Виль-ямс", 2002. С. 207. 


132 
 
texnologiya, boshqaruv, mehnat va institutlar. 
Jahon iqtisodiy forumining ma’lumotlariga asoslangan hisob-kitoblar 
shuni 
kursatmoqdaki, 
tadbirkorlik 
muxitining 
omillari 
umuman 
mamlakatlar  bo’yicha  iqtisodiy  o’sish  dinamikasiga  eng  katta  ta’sir 
kursatdi (60 foiz). 
Tadbirkorlik  muxiti  tomonidan  raqobatbardoshlikning  eng  muxim 
omillari  bo’lib  quyidagilar  hisoblanadi:  ichki  bozorda  raqobatning 
jadalligi,  axborot  infratuzilmasining  rivojlanishi,  talab  xususiyat-larining 
murakkablashuvi  va  ichki  taklifning  miqdor  va  sifat  bo’yicha  talabga 
mosligi. 
Raqobatbardoshlik kursatkichlari va bozor institutlarini shakllantirish 
hamda  rivojlantirish  jarayonlari  bo’yicha  orqada  qolnsh  O’zbekistonda 
ham  ko’zatilmoqda.  Bunga  barham  berishda  innovatsion  tad-birkorlikni 
tashqil  etish  va  rivojlantirishga  davlat  tomonidan  kursatiladigan  ko’mak 
asosiy rolni o’ynashi mumkin. 
Sarmoyaning  yetishmasligi  muammosini  xal  etish  uchun  samarali 
fond  bozorini  shakllantirish,  ishonchli  investitsiya  jarayonini  yo’lga 
qo’yish  zarur.  Omonatlarni  investitsiyalarga  aylantirish  mexanizmi 
ishlamayapti.  Buning  ustiga  sarmoya  tarmoqlararo  harakatlanmaydi. 
Bunday  ahvolda  mamlakat  uchun  hayotiy  zarur  bo’lgan  iqtisodiyotdagi 
tarkibiy siljishlar, tayyor mahsulotlar va xizmatlar bozorlarida mavqelarni 
egallash,  ya’ni  ishlab  chiqariladigan  mahsulotning  raqobatbardoshligini 
oshirish haqida gap-so’z bo’lishi mumkin emas. 
Milliy  iqtisodiyotning  raqobatbardoshligini  oshi-rish  vazifalarini  hal 
etish  uchun  o’zoq  muddatli  rejada,  jahon  tajribasi  kursatib  turganidek, 
kadrlarni  tayyorlash  va  ular  malakasini  oshirishga,  bi-limlarni  baham 
ko’rish  va  ITTKIni  qo’llab-quvvatlashga  hamda  infratuzilmani 
rivojlantirishga  in-vestitsiyalar  davlat  tomonidan  tartibga  solishning  eng 
samarali choralari hisoblanadi. 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish