8.3. Iqtisodiyot raqobatbardoshligini belgilab beruvchi omillar
ta’siriga ko’ra bosqichlarga bo’linishi
Innovatsiyalar bosqichi iqtisodiyot raqobatbardoshligining ichki
salohiyati to’liq ishga tushishi bilan tavsiflanadi. Mazkur bosqichda
firmalar nafaqat xorijiy texnologiyalarni qo’llashadi va takomillashtiradi,
balki o’z texnologiyalarini barpo etishadi. Daromadlarning yuqori bo’lishi,
ta’lim darajasining oshishi va jadal ichki raqobat tufayli ichki bozor
sig’imli va talabchan bo’ladi. Ushbu bosqichda firmalar global
strategiyalarni
ishlab
chiqishadi
va
chet
elda
keng
ko’lamli
investitsiyalarni amalga oshiradi.
Shunday qilib, raqobat jihatdan ustunliklar o’zgaruvchan va insoniy
kapital rivojlanishi, innovatsion texnologiyalar, intellekt bilan bog’liq va
o’z nav-batida o’z tabiatiga ko’ra cheksiz. Mamlakatning qiyosiy
ustunliklari va raqobat jihatdan ustunliklarini aniq farqlash lozim.
O’zbekiston haqida to’xtaladigan bo’lsak, milliy iqtisodiyot
rivojlanishining
hozirgi
bosqichida
biz
respublikamiz
eksport
salohiyatining asosini tashqil etuvchi qiyosiy ustunliklarga egamiz.
Shu o’rinda O’zbekiston ega bo’lgan quyidagi qiyosiy ustunliklarni
ajratish mumkin;
1. Kam xarajatlar evaziga qimmatbaho qishloq xo’jaligi ekinlarini
yetishtirishni rivojlantirish im-konini beruvchi qulay tabiiy-iqlimiy
sharoitlar. O’zbekistonda har yili taxminan 4,5 tonna paxta xom ashyosi
tayyorlanadi, undan 1,3 tonna paxta tolasi ish-lab chiqiladi. 30 ming
tonnaga yaqin ipak qurti pillasi, 1,5 mln. tonna yuqori sifatli qoraqo’l terisi
va 18 ming tonnadan ortiq qo’pol qo’y yungi tayyorlanadi. Har yili 2,7-3
mln. tonna turli xildagi sabzavot ekinlari yetishtiriladi.
Biroq, O’zbekiston nafaqat paxta bilan, balki o’zining sabzavoti,
mevalari, o’zumi, poliz ekinlari bi-lan ham mashhur, ularning ko’plab
turlari va navlari o’zining ta’m sifati bilan ajralib turadi. O’zbekis-ton
jahonda yirik tomat pastasi, magiz, ajoyib ta’mga ega bo’lgan quruq
mevalar ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi. Tomat pastasi bo’yicha
O’zbekiston jahon ishlab chiqaruvchilarining dastlabki beshligiga, quruq
mevalar ishlab chiqarish bo’yicha esa dastlabki o’nlikka kiradi.
120
O’zbekistondan ketchuplar va tomat pastasi asosida ziravorlar
muvaffaqiyatli eksport qilinadi.
O’zbekiston qudratli resursli qishloq xo’jaligi salohiyatiga va bir
yilda 10 mln. tonna meva-sabzavot mahsuloti ishlab chiqarish
imkoniyatiga ega. Hozirgi vaqtda har yili 1 mln. 700 ming tonna
bog’dorchilik va o’zumchilik mahsulotlari, 5 mln. tonna umumiy poliz
ekinlari va kartoshka yetishtirilmoqda. So’nggi 25 yil ichida
O’zbekistonda sabzavotchilik, polizchilik va o’zumchilik jadal
rivojlanmoqda. Shu yillar mobaynida bog’lar va o’zumzorlar maydoni
qariyb ikki marta kengaytirildi, mevalar va o’zumni yalpi yig’ish hajmi esa
4 martadan ko’pga oshdi.
II. O’zbekistonning tabiiy resurslari, xususan:
a) boy ma’danli xom ashyo bazasi. O’zbekistonda hozirgi vaqtgacha
2,7 mingdan ortiq foydali qazilmalar va minerallar koni aniqlangan bo’lib,
ular Mendeleevning butun jadvalini tashqil qiladi. Foydali qazilmalar
konlarining umumiy xom ashyo salohiyati 3,3 trillion AQSh dollari
qiymatida baholanmoqda. Har yili mamlakat konlaridan taxminan 5,5
mlrd. AQSh dollari qiymatidagi foydali qazilmalar qazib olinadi;
b) O’zbekistonning energetika tarmog’ini rivojlantirishning asosini
tashqil etuvchi suv-energetika resurslari, xususan, eng yirik energetika
inshootlari Chirchiq-Bo’zsuv o’zanida qurilgan bo’lib, u stantsiyalar soni
bo’yicha (19 ta) jahonda dastlabki o’rinlar-dan birini egallaydi.
O’zbekiston gidroelektr stantsiyalarida elektr energiyasining quvvatini
ishlab chiqish mamlakatda boshqa elektr stantsiyalarida ishlab
chiqiladigan elektr energiyasi butun quvvatining 14,5 foizini tashqil qiladi;
v) rekreatsiya resurslari. O’zbekiston tabiati, ayniqsa, tog’
massivlarining davolovchi havosi to’laqonli dam olish imkoniyatini beradi.
O’zbekiston hududidan tashqarida Chimyon, Shohimardon, Nanay,
G’ovasoy, Chortoq, Sitorai-Mozi Xosa kabi salomatlik va dam olish
maskanlarimiz mavjud bo’lib, ular landshaft yoki "yashil" turizmni
rivojlantirish imkonini beradi;
III. Boy madaniy-tarixiy meros. Xiva, Buxoro, Termiz va Samarqand
shaharlarida 4 mingdan ortiq tarixiy, madaniy va diniy yodgorliklar
madaniy va diniy turizmni rivojlantirishning asosi xisoblanadi.
121
IV. O’zbekistonning qulay geografik holati. Respublika Markaziy
Osiyoning sots markazida joylashgan bo’lib, Qozog’iston, Qirg’iziston,
Turkmaniston, Tojikiston va Afg’oniston bilan chegaradosh. Osiyo
qit’asining markazidagi bunday qulay geografik holat mavjud resurs
salohiyatini samarali amalga oshirish imkonini berish bilan birga yuklar va
energiya tashuvchilarning xalqaro tranzitida faol ishti-rok etish uchun keng
imkoniyatlarni ochadi.
V. O’zbekiston aholining tug’ma mehnatsevarlik va tadbirkorlik
qobiliyatlari, mutaxassislar ta’lim darajasi va malakasining yuqoriligi,
shuningdek, yoshlar va mehnatta yaroqli insonlar ko’pchilikni tashqil
etgan va qariyalar salmog’i kam bo’lgan aholining yosh tarkibini o’z
ichiga oluvchi katta mehnat resurslariga ega. O’zbekiston aholisining soni
26386,7 ming kishini tashqil qiladi
34
.
Bir mamlakatda qiyosiy va raqobat jixatdan ustunliklarning
integratsiyalashuvi
uning
global
iqtisodiy
kenglikdaga
raqobatbardoshligini kuchaytiradi.
Mamlakatning raqobat jihatdan ustunliklari quyidagilar bo’lishi
mumkin:
1) davlat byudjetidan ITTKI (ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik
ishlanmalari) uchun katta xarajatlar;
2) insonni rivojlantirishga (ta’lim, sog’liqni saqlash, ijtimoiy
ehtiyojlarga) katta qo’yilmalar;
3) mamlakat siyosiy va huquqiy tizimining barqarorligi;
4) aholi jon boshiga to’g’ri keladigan YaIM ulushi;
5) aholi hayot kechirishining o’zoqligi;
6) resurslardan foydalanishning yuqori samaradorligi;
7) optimal eksport;
8) past inflyatsiya;
9) raqobatbardosh firmalarning katta ulushi;
10) mehnat resurslarining raqobatbardoshligi;
11) moliyaviy tizimning qayishqoqligi;
34
Statisticheskiy yejegodnik regionov Uzbekistana. 2015. –T.: Goskomstat Uzbekistana. 2015. - 130 str.
122
12) ichki bozorning o’zgaruvchanligi;
13) me’yordan ortiq davlat qarzlarining mavjud emasligi;
14) mamlakat aholisi ta’lim darajasining yuqoriligi;
15) faoliyatning barcha sohalarida bilimlar asosidagi kuchli raqobat;
16)
mamlakatning
ochiqligi,
xalqaro
integratsiya
va
kooperatsiyalashning yuqori darajasi;
17) bozorlar va mintaqalar infratuzilmasining yuqori sifati;
18) past soliq va bojxona stavkalari;
19) mamlakatda biznesning yuqori madaniyati. Agar O’zbekistonning
raqobat jihatdan ustunliklarini tahlil qiladigan bo’lsak, quyidagilarni
alohida ajratish mumkin: 1) mamlakat siyosiy va hukuqiy tizimining
barqarorligi; 2) insonni rivojlantirishga (ta’lim, sog’liqni saqlash, ijtimoiy
ehtiyojlarga) katta qo’yilmalar; 3) aholi hayot kechirishining o’zoqligi; 4)
mehnat resurslarining raqobatbardoshligi; 5) mamlakat aholisi ta’lim
darajasining yuqoriligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |