O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Davlat investitsiya siyosatining milliy iqtisodiyot



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/101
Sana31.12.2021
Hajmi3,2 Mb.
#206674
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   101
Bog'liq
1829-Текст статьи-4007-1-10-20200627

 
10.1. Davlat investitsiya siyosatining milliy iqtisodiyot 
raqobatbardoshligini oshirishdagi roli. 
O’zbekiston 
o’z 
iqtisodiy 
siyosatini 
yuritishda 
bozor 
munosabatlariga  o’tishning  o’z  modelini  tanlagan  bo’lib,  u  davlat 
tomonidan  muvofiqlashtirib turiladigan ijtimoiy yo’naltirilgan xo’jalikdan 
iborat. 
Davlat 
investitsiya 
siyosatining 
bosh 
maqsadi 
xo’jalik 
sub’ektlarining  manfaatdorligini  oshirish,  moliyalashtirish  manbalari 
tuzilmasini  takomillashtirish,  xorijiy  sheriklar  bilan  birga  qo’shma 
korxonalar  tashqil  qilish  va  hokazolar  asosida  mamlakatning  investitsiya 


146 
 
salohiyatini oshirish va undan samarali foydalanishni ta’minlashdir
38
.  
U,  birinchi  navbatda,  investitsiya  jarayonlarini  davlat  tomonidan 
boshqarilishi 
va 
qo’llab-quvvatlanishining 
ta’sirchan 
tizimini 
shakllantirish  orqali  respublika  iqtksodiy  mustaqilligining  moddiy-
texnikaviy  bazasini  mustahkamlashga  ko’maklashishi  darkor.  Shu 
munosabat  bilan  investitsiya  siyosati  xam  mahalliy,  xam  xorijiy 
sarmoyadorlarning  xo’jalyk  faoliyatini  yuritish  uchun  qulay  sharoit 
yaratishi  kerak.  Bunda  korxonalar  va  aholining  investitsiya  faolligini 
rag’batlantirishga,  respublika  iqtisodiyotiga  xorijiy  kapitalni  keng  jalb 
qilishga muxim axamiyat qaratilmovda. 
Investitsiya  siyosatini  shakllantirishda  ishlab  chiqarish  kuchlari  va 
ishlab chiqarish munosabatlari rivojlanishining xususiyatlari va darajasini, 
jamiyatning  birinchi  navbatdagi  vazifalari  va  davlatning  real  iqtisodiy 
imkoniyatlarini hisobga olish zarur. 
Davlatning  investitsiya  siyosati  O’zbekistonda  islohotlarning  ilk 
bosqichida  iqtisodiyotni  chuqur  tarkibiy  o’zgartirishga,  tarmoqlarga  va 
ishlab 
chiqarishga 
kapital 
kiritmalar 
tuzilmasini 
o’zgartirishga 
yo’naltirilgan  edk.  Shu  maqsadda  Davlat  investitsiya  dasturlari  ishlab 
chiqildi  va  joriy  etildi.  Ushbu  dasturlarga  kiritilgan  loyihalarning  amalga 
oshirili-shi iqtisodiy rivojlanish sur’atlarini barqaror-lashtirish va ularning 
islohotlardan oldingi darajasini asta-sekin tiklashga yordam berdi. 
So’nggi  yillarda  olib  borilgan  investitsiya  siyosati  mamlakatning 
ijtimoiy-iqtisodiy  va  strategik  maqsadlarini  belgilash,  O’zbekistonning 
xalqaro iqtisodiy hamjamiyatdagi roli va o’rnini aniqlash imkonini berdi. 
Shulardan  kelib  chiqib  aytish  mumkinki,  ayni  paytdagi  investitsiya 
siyosatining  makrodarajadagi  bosh  maqsadi  qayta  ishlab  chiqarish 
jarayonlarini  takomillashtirish,  mamlakat  moddiy-texnikaviy  bazasini 
mustahkamlash,  uning  iqtisodiy  salohiyatini  yuk-saltirish,  umumiqtisodiy 
taraqqiyotga  erishish  (yalpi  ichki  mahsulot,  yalpi  ichki    mahsulot 
hajmining  usishi,  yangi  ish  joylari  sonini  ko’paytirish,  kiritilgan 
mablag’lar samaradorligini oshirish)ga qaratilgan investitsiya jarayonlarini 
davlat tomonidan tartibga solinishi va qo’llab-quvvatlanishining ta’sirchan 
                                                 
38
 Gorbunov A. Natsionalnaya konkurentosposobnost. – M.: «Ankil», 2010. – 256 s 


147 
 
ti-zimini yaratishdir. Mikrodarajada u xo’jalik sub’ektlari tomonidan foyda 
(daromad) olinishi maqsadiga bo’ysundiriladi. 
Iqtisodiy o’zgarishlar yillarida elektroenergetika, neft-gaz majmuasi, 
metallurgiya, kimyo, neftni qayta ishlash tarmoqlari, yengil va oziq-ovqat 
sanoati  korxonalarini  modernizatsiyalash  va  texnik  qayta  jixozlash 
dasturlari bosqichma-bosqich amalga oshirildi. 
Mikroiqtisodiy darajada ishlab chiqarish jarayonlarining faollashuvi, 
korxonalar moliyaviy axvolining barqarorlashuvi ko’zatildi, natijada ushbu 
korxonalarning o’z mablag’larini jamg’arish imkoniyati paydo bo’ldi. Bu, 
o’z  navbatida,  ichki  investitsiya  faoliyati  doirasining  kengayishiga,  ham 
yangi  qurilish  ob’ektlariga,  ham  amaldagi  ishlab  chiqarish  ti-zimini 
yangilashga, kapital quyilmalar hajmlarining ortishiga yordam berdi. 
Hozirgi  paytda  xorijiy  investitsiyalar  O’zbekiston  uchun,  birinchi 
navbatda,  qayta  ishlovchi  tarmoqlardagi  aksariyat  sanoat  korxonalarining 
texnik  va  texnologik  qoloqligini  yengish;  sanoat  sohasida  moddiy  va 
energetik  resurslar  sarfini  qisqartirish  maqsadida  moddiy-xomashyo 
resurslaridan  kompleks  va  tejamkorlik  bilan  foydalanishni  ta’minlash; 
mahsulotning  yuqori  texnologik  turlari  ulushini  sezilarli  ko’paytirish  va 
sanoat  ishlab  chiqarishining  eksport  imkoniyatlarini  kengaytirish  uchun 
zarur. 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish