O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti «Kasbiy ta’lim» kafedrasi


 Mutaxasislarning o`z bilimini oshirish metodlari



Download 3,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/196
Sana14.06.2022
Hajmi3,56 Mb.
#667625
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   196
Bog'liq
Kasbiy pedagogika 2018 avgust UUM. 1-semestr 14 soat

 
5. Mutaxasislarning o`z bilimini oshirish metodlari 
Ta’lim oluvchilarning o‘zi 
oliy ta’lim muassasalari
(OTM)dagi o‘quv-tarbiya 
jarayonining asosiy va yakuniy natijasi hisoblanadi: uning shaxsini, qobiliyatini 
rivojlantirish, vakolatliligini va kasbiy bilim, o‘quv va malakalarini ta’minlash. 
O‘quv-tarbiya jarayoni
(O‘TJ) tashkiliy tomondan ikkita asosiy bosqichga 
bo‘linadi: 
qidiruv tadqiqoti va loyihalash; 
amalga oshirish va nazorat. 


91 
Qidiruv tadqiqoti tegishli mutaxassislarga talabni istiqboli, ularga oldindan 
bo‘ladigan malakaviy talabni belgilash, mazkur talablarni raqobatbardoshlik 
darajasida amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganishdan iboratdir. Tegishli 
mutaxassislarni tayyorlash zarurligi va imkoniyatlari haqidagi vakolatli ijobiy (yoki 
salbiy) xulosa mazkur tadqiqotlarning natijasi hisoblanadi. 
Har qanday muvaffaqqiyatsizlikning boisi - boshqaruvdagi o‘quvsizlik. 
Rezyume. Qidiruv tadqiqotlari va O‘TJni loyihalash O‘TJ tashkil etishning 
muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi. Bunda O‘TJ me’yoriy-huquqiy va o‘quv-
metodika bazasini tashkil etuvchi o‘zaro bog‘liq va o‘zaro taalluqli hujjatlar majmui 
ishlab chiqiladi. Bunda mutaxassislar tayyorlash sifatiga bo‘lgan talab belgilanadi. 
Ta’lim oluvchilarning asosiy o‘quv faoliyati bilimlarni o‘zlashtirishdan iborat 
bo‘lib, mazkur faoliyat quyidagi komponentlarni o‘z ichiga oladi: o‘quv 
materiallarini qabul qilish, fikrlash, egallab qolish va qo‘llash. Bu komponentlar bir-
biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ular o‘quv jarayonida ketma-ket qo‘llanilib, butun bir 
o‘quv jarayonini tashkil etadi. 
1
. Ta’lim oluvchining o‘quv materialini qabul qilishi

O‘quv materialining qabul qilish o‘quv jarayonining eng muhim qismidir. 
O‘quv materialini yaxshi qabul qilinishi o‘quv ishlab chiqarish faoliyatida 
mustahkam fundament rolini o‘ynaydi. 
2
. O‘quv materialini samarali o‘zlashtirishning ichki sharoitlari. 
O‘quv materialini samarali o‘zlashtirish uchun eng avvalo ta’lim oluvchining 
ichki ehtiyoji bo‘lishi kerak. Ichki o‘zlashtirish javob bergandan imtihongacha esda 
saqlanib, keyin esdan chiqadi. O‘zlashtirishning muvaffaqiyati ta’lim oluvchining 
faoliyatiga ham bog‘liq bo‘ladi. CHunki ta’lim oluvchi berilayotgan materiallarga 
qiziqsa va o‘z ustida ishlasa o‘zlashtirishning eng yuqori cho‘qqisiga erishishi 
mumkin. 
O‘zlashtirishning ichki faktlaridan yana biri berilayotgan materialni ta’lim 
oluvchi tomonidan tushunishdir. CHunki ta’lim oluvchi mavzuni tushunmasa, qancha 
o‘z ustida ishlamasin, oldingi mavzular bilan bog‘liq bo‘lmasa, mavzuning 
o‘zlashtirilishi sodir bo‘lmaydi va juda sayoz bo‘ladi. 
3
. Qabul qilishning tashqi faktorlari. 
O‘quv materialini qabul qilishning asosiy faktorlari asosan o‘quv materialining 
mazmuniga bog‘liq bo‘ladi. Uning qiyinligi shundaki, o‘quv materialida 
qo‘llaniladigan texnik materiallar aniq va abstraktligiga, amaliyotga bog‘liqligiga 
qarab farq qiladi. 
4
. Eslab qolish. 
O‘quv materialini qabul qilishning eng muhim komponenti bu yangi materialni 
eslab qolish va xohlagan vaqtda uni nazariy va amaliy qo‘llay bilishdir. Ta’lim 
oluvchi o‘quv materiali bilan faol ishlaganda uni yaxshi eslab qolib, samarali 
qo‘llaydi. Eslab qolishning eng asosiy samaradorligi ta’lim oluvchining irodaviy 
xususiyatlariga bog‘liq. 
5.
 Bilimlarni qo‘llashda ko‘nikma va malakalarni shakllantirish. 
Bizga ma’lumki bilimlarni amaliy faoliyat davomida qo‘llay bilish, bilimlarni 
egallaganlik darajasini ko‘rsatadi. Nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay bilish, ya’ni 
laboratoriya ishlarini bajarish davomida egallagan bilimlar asosida uy vazifasini 


92 
bajarish, bilimlarni mustaqil egallashdan iborat. Bu jarayonda bilimlar kengayib va 
mukammallashib, chuqur o‘zlashtirilgan bilimga aylanadi. 
Ta’lim oluvchilar o‘quv faoliyatini tashkil qilishda o‘z ustida mustaqil ish olib 
borishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. SHaxsiy bilimlarni oshirish, ta’lim 
olishning alohida turi hisoblanib, o‘z-o‘zini o‘qitish jarayoni ko‘proq ta’lim 
oluvchining zimmasiga yuklatiladi. Bu jarayonda ijtimoiy-psixologik shartlar 
quyidagilar hisoblanadi: 
Ta’lim oluvchining shaxsiy kasbiy malakasining yuqoriligi. 
Mutaxassislarning bilim darajasi mehnatning raqobatbardoshligini ko‘taradi. 
Hozirgi zamon texnologiyalari va mutaxassislar faoliyati ishsizlikni keltirib 
chiqarib, ishsizlarni yangi mutaxassislik turiga qayta o‘qitishni taqoza etadi. 
Dunyo 
iqtisodiyotining 
rivojlanishi 
mutaxassis 
kadrlar 
bilimining 
mukammallashib borishiga olib keladi. 

Download 3,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish