2. Kasbiy ta’limni oshirish bloki
–
kadrlar tayyorlashning 2 tizimi bilan
bog‘liq. Agar 2 tizim – umumtexnik daraja va tarmoqli tayyorlashni kasbiy ta’limni
o‘rta darajasigacha olib borish masalasi bo‘lsa u holda kasbiy ta’lim diplomlari bilan
texnik diplomni ham oladilar.
1
O’.Q.Tоlipоv, M.Bаrаkаеv, SH.S.SHаripоv. Kаsbiy pеdаgоgikа. (Mа’ruzаlаr mаtni). – T.: TDIU, 2001.
100
3. Biznes blok
–
bozor iqtisodiyoti sharoitida muhimdir. Bu blok odamlarni
bozorga borishga va o‘z ishini ochishga yordam beradi. Blok – kasbiy
tayyorgarlikdan o‘tib ketuvchi bloki – o‘z kasbi bo‘yicha yangi texnika va
texnologiyalar haqida ma’lumotlar yangi texnika va texnologiyalarda ishlashi uchun
ishchi-xodimlar, mutaxassislar tayyorlashda muhimdir. Mazkur blok bo‘yicha
o‘qitish biror firma tomonidan uning iltimosiga ko‘ra o‘quv dasturiga kiritilishi
mumkin.
Biz asosiy va qo‘shimcha bloklarni ko‘rib chiqdik. SHular asosida uzluksiz
kasbiy ta’limda kasbiy ta’lim mazmuni quriladi. Uzluksiz kasbiy ta’lim yaxlitligini
tuzish uchun bloklarga ijtimoiy-iqtisodiy darajadagi bloklarni kiritish mumkin.
Ularga «Kompyuter asoslari», «Bozor iqtisodiyoti va kichik biznes», «Huquq
asoslari» kabi bloklar asosiy tuzilma elementi hisoblanadi. Ular yordamida ta’lim
mazmuni ham shakllanadi. Masalan, boshlang‘ich kasbiy ta’lim mazmunidagi
ko‘pgina kasblarni egallash bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Bunday
mutaxassislik boshlang‘ich darajada egallanadi.
4. O‘qitish vositalari didaktikaning kategoriyasi sifatida
O‘qitish vositalari bu moddiy va tevarak-atvorlar, tabiiy ob’ektlar, bundan
tashqari inson tomonidan o‘quv-tarbiyaviy jarayonda axborot olib yuruvchi pedagog
va o‘qituvchilar faoliyatida o‘z oldiga qo‘ygan o‘qitish, tarbiyalash va rivojlanish
uchun qo‘llaniladigan qurol sifatida yaratilgan sun’iy ob’ektlardir.
O‘qitish vositalari shu bilan birga uning mazmuni, uslublari, tashkiliy shakllari
o‘qitish tizimini loyihalashtirilgan va o‘quv-tarbiyaviy jarayonning tarkibiy
bo‘limlaridan biridir. Bundan tashqari har bir o‘quv-tarbiyaviy muassasaning eng
muhim tarkibiy qismidir. Pedagogika fani va amaliyotida qo‘llaniladigan turli xil
tizimlarning bo‘limlarida bo‘layotgan moddiy o‘qitish vositalari hozirgi paytda joriy
qilingan tizimlarning harakatlanishi, qayta qurilishi va bir-biri bilan bog‘liqligini
nazarda tutgan holda boshqa tarkibiy qismlarga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Didaktik nuqtai nazarga atrof-muhitni tavsiflashga bag‘ishlangan o‘quv
vositalarini tasniflash kiradi:
1. Tabiiy ob’ektlar – izlanish va o‘rganish uchun haqiqiy real fanlarni o‘z
ichiga oladi: moddalarning namunalari va kolleksiyalarini, xom-ashyo, asboblar,
detallar, o‘simliklar, gerbariylar, hayvonlar va ularning qotirib qo‘yilgan holati,
mikropreparatlar va hokazolar. O‘qitish vositalarining bu guruhiga yana maxsus
ishlov berilgan moslamalar va ularning mexanizmlari hamda kasbiy ko‘nikma va
malakalarni rivojlantirish uchun o‘quv ishlab chiqarish moslamalari kiradi.
2. Moddiy ob’ektlarni tasvirlash va aks ettirishga kiradigan guruhni quyidagilar
tashkil etadi: modellar, mulyajlar, maketlar, jadvallar, ko‘rgazmali qurollar (rasmlar,
fotoaksli chizmalar, portretlar), ekran-tovush vositalari (diafilmlar, diapozitivlar,
slaydlar), kinofilmlar, video va tovush yozuvlari, plastinkalar, radioeshittirish va
teleko‘rsatuvlar.
Alohida guruhga o‘qitishning texnik vositalari kiradi. Bunday o‘qitish
vositalariga o‘quv ma’lumotlarini etkazib beruvchi, uni ifodalash uchun maxsus
texnik moslamalar talab qilinadi. Bu moslamalar transportlar, diafilm va kinofilmlar,
videofilmlar, tovush yozish kompyuter dasturlari va boshqalardan iborat. O‘qitish
101
vositalarini shakllantirish tizimi nafaqat o‘qitish vositalarining turli xil belgilardan
aniqlab klassifikatsiya qilish emas, balki ularni funksiyalar va xususiyatlari haqida
bilimlari ham taxmin qilinadi.
O‘qitish vositalari quyidagicha tavsiflanadi:
1. Natural (tabiiy) ob’ektlar.
Tabiiy ob’ektlarga odatda jonli va jonsiz
tabiatning ob’ektlari kiradi, ular bilan ta’lim oluvchilar mashg‘ulotlarda tarqatma
yoki namoyish qilinadigan materiallar shaklida tanishadilar.
2. O‘quv modellar, mulyajlar, maketlar.
Modellar sun’iy yaratilgan tabiiy
ob’ektlarni ko‘rinishi ularning muhim sifatlarini, aloqalarini va munosabatlarini qayta
takrorlaydigan o‘quv ko‘rgazmali qo‘llanmalar deb qabul qilinadi.
Modellarning eng keng tarqalgan va tipik turlari bu moddiy ya’ni predmetli
modellardir. Modellar hajmiga ko‘ra ega va tekis modellarga bo‘linadi.
Mulyaj va maketlar predmetlarning tashqi belgi va xususiyatlarini va atrof-
muhit hodisalarini o‘rganishda qo‘llaniladi, modellar o‘rganilayotgan ob’ektlarning
ichki qurilmasi va harakatlanish tamoyili mashina va mexanizmlarning
kinematikasini o‘rganilayotgan hodisalarda o‘rin olgan boshqa aloqalar va
munosabatlar imkoniyatini beradi.
Ekran va ekran – tovushlik o‘qitish vositalari bugungi kunda keng tarqalgan.
Bu o‘qitish vositalariga qo‘yilgan talablar eng avvalo ularning mavzuga oidligi,
ikkinchidan, bu o‘qitish vositalarining sifati yaxshi bo‘lishi bilan ajralib turadi.
Diapozitiv – (slayd)
bu harakatlanmaydigan o‘qitish ekran vositasi
hisoblanadi. Diapozitivdagi chizmalar va rasmlar odatda plakatdagidan yaxshi qabul
qilinadi.
Diapozitiv – bu juda qulay o‘qitish vositasi, chunki o‘qituvchi uning bir
qismini, yoki bir kadrni alohida ko‘rsatishi mumkin. Har bir kadr to‘liq bir
informatsiyaga ega. Diafilm ham harakatlanmaydigan ekran o‘qitish vositasidir.
Transportlar –
bu ham harakatlanmaydigan ekran qo‘llanmasidir.
Transporantlar proektor yordamida ko‘rsatilishi va xonani qorong‘ilatish shart
emasligi bu o‘qitish vositasining katta yutug‘idir. Transporantlar sinf doskasini
o‘rnini bosadigan vositadir. O‘qituvchi ta’lim oluvchilarga yuzlangan holatda,
o‘tilgan yozuvlar yoki chizmalarni ekranga proeksiya qilib tushuntirishi mumkin.
So‘nggi yillarda o‘quv filmlari chiqarilmay qo‘ydi. Ularning o‘rnini o‘quv
video yozuvi informatsiyani aks ettiruvchi ekran-tovushli vositalarning o‘zida
mujassamlashtirgan; kino, radio, televidenie, videofilm, diapozitivlar egalladi. O‘quv
priborlari, moslamalari, asboblari, laboratoriya priborlari tizimining ahamiyatga ega
bo‘lgan qismini tashkil qiladi.
O‘quv ustaxonalarida olib borilgan ishlab chiqarish qulayliklarga o‘rgatish shu
ustaxonalarda qulay vaziyatlarni yaratishni talab qiladi.
Moddiy texnikaviy -
etarli maydonda ishlaydigan moslamalar, texnik
muhofazalashni ta’minlash.
Sanitar gigienik –
tabiiy va sun’iy yoritish, ustaxona sanitar gigienik
shartlariga javob berishi va birinchi yordam berish vositalarini ta’minlashi.
Estetik –
ustaxonaning ichki bezagi va moslamalarning ranglariga e’tibor
berish, o‘simlik va gullar bilan bezatish.
102
Texnik pedagogik –
o‘quv ishlab chiqarish xonalarining ishlar bajarishida bir-
biri bilan bog‘liqligi, ta’lim oluvchilarga mos bo‘lgan ish sharoitini yaratish va
shaxsiy ish joyi bilan ta’minlash va ishni ilmiy texnika asosida tashkillashtirish.
Ta’lim oluvchilarning ish joyini tashkillashtirish:
ish joyini texnik sozligi;
etarli darajada yoritilganligi;
kerak bo‘lgan holda avariya signalini ishlashi yoki usta bilan bog‘lanish
moslamasi;
ishlab chiqarish moslamasini tozalash, sozlash va yig‘ishtirishning qulayligi.
O‘qitish ustaxonasining ustasi uchun ish joyi shunday yoritilgan va tashkil
qilingan bo‘lishi kerak. O‘qitish jarayonida usta ishini ilmiy asosda tashkillashtirishi,
uni mazmuni va shaklini ta’lim oluvchilarning ish joylari bilan bog‘lanishi uning
pedagogik faoliyatini aniqlab beruvchi sifat bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |