52
jarayonida qo‘llaniladigan metodlarni aniqlashga yordam beradi. Yuqori malakali
xodim-mutaxassisni modeli quyidagicha ko‘rinishda tuzilishi mumkin:
1
Prognostik –
oldindan bilish va ish rivojini xarakterlash.
Malakaviy-
texnik mazmuniga qo‘yiladigan talablar.
1. Bu maqsadda maxsus ruxsat etilgan va tasdiqlangan hujjatlarni: maqola,
qo‘llanma, ilmiy-texnik kutubxona axborotlardan turli xil ilmiy tashkilotlar,
dissertatsiyalar, axborot va konferensiya materiallaridan keng foydalaniladi.
2. Ishchi-xodimlarni malakaviy tayyorlashda ishlab chiqilgan talab va mazmun.
Oldindan tashxislangan ma’lumotlar modelda qayd qilinib ilmiy tayangan holda
xodimni malakasini oshirishga imkon beradi. SHu bilan birga didaktik prognozni
ham ajratish zarur bo‘ladi. O‘quv rejasini va dasturlarni mukammalligidan va ishchi
reja ustida ishlashda tashxisli ma’lumotlar zarur.
Rivojlanishning ilk bosqichlaridayoq pedagogik faoliyat o‘z o‘rnini topib oldi.
Bugungi kunga kelib ilm va fan va ishlab chiqarishning o‘zaro bog‘liqligini hamda
malakali pedagogika bu sohalarda o‘zining ta’sirini ko‘rsatib kelmoqda. Buni yana
samarali shakllantirish uchun pedagogik qonuniyatlarni bilish kerak bo‘ladi.
Ular quyidagilardan iborat:
Ishlab chiqarish turiga qarab xodimlarni shu sohaga tayyorlash.
Ishlab chiqarish turiga qarab o‘qitish dasturlari 3 ta katta guruhga bo‘linadi:
YAkka holda ishlab chiqarish
Guruhlab ishlab chiqarish
Ommaviy ishlab chiqarish
Ishlab chiqarishning har bir turi o‘zining texnik jarayonlariga ega bo‘lib, shu
bilan birga o‘zining shakllariga ham egadir. Ishlab chiqarishning u yoki bu turidan
qat’iy nazar bir sexning o‘zida 3 ta ishlab chiqarish turi mavjud bo‘lishi mumkin.
YAkka holda ishlab chiqarish
–
o‘z xarakteriga ko‘ra o‘zining afzalliklariga
ega bo‘lib, u yoki bu operatsiyalarni universal uskunalarda bajarish imkonini berib,
mahsulotga qo‘yiladigan turli talablarni aniq bajarish imkonini beradi. Mutaxassisdan
o‘lchov asboblaridan to‘g‘ri foydalana bilishni talab etadi.
Guruhlab ishlab chiqarish
–
bu tur yakka holda ishlab chiqarishdan ozgina
farq qilib, bunda chiqariladigan mahsulot donalab emas, balki qism-qism qilib ishlab
chiqarishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Har bir operatsiya alohida-alohida uskunalarda
bajariladi. Bu erda ishlab chiqarish xizmati ko‘rsatish ya’ni moslash, sozlash, kichik
ta’mirlash ishlari maxsus ishchilarga yuklatiladi.
Ommaviy ishlab chiqarish
–
ularning ish joylarida tinimsiz ravishda
qaytarilishi bilan bu operatsiyalar ish joyida xarakterlanadi. Sexlardagi asboblarning
sifati va samaradorligi ishlab chiqarilayotgan mahsulotga mos bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: