O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti «Kasbiy ta’lim» kafedrasi


 Bosqichli o‘qitish nazariyasi. Texnologik bilimlarning uzluksizligi



Download 3,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/196
Sana14.06.2022
Hajmi3,56 Mb.
#667625
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   196
Bog'liq
Kasbiy pedagogika 2018 avgust UUM. 1-semestr 14 soat

3. Bosqichli o‘qitish nazariyasi. Texnologik bilimlarning uzluksizligi 
Ta’limning asosiy maqsadi - zamonaviy ilmiy bilimlarni egallagan, mustaqil 
fikrlash va muammolarni echish imkoniyatiga ega bo‘lgan ma’naviy jihatdan boy 
shaxslarni shakllantirishdir. Jamiyat rivojlanar ekan, hayotiy talablarning darajasi 
ham ortib boradi. Demak, ilmiy bilimlarning hajmi kengayib, ilmiylik darajasi 
1
O’.Q.Tоlipоv. vа bоshq. Kаsbiy pеdаgоgikа. – T.: TDIU, 2001. 


53 
chuqurlashib borar ekan, mantiqiy fikrlash va muammolarni tezda hal etishga 
bo‘lgan talab yanada kuchayib boradi. Bu fikrdan kelib chiqqan holda ta’lim tizimi 
bugungi kun talabinigina hisobga olgan holda emas, balki kelajak talablarini 
aniqlagan va hisobga olgan holda ish olib borishi kerak degan xulosaga kelamiz. 
CHunki, bugungi kun talablari kelajakda jamiyatning asosiy o‘zagiga aylanadi. 
Demak, ta’lim tizimi talabalarni bugungi kundagi hayotga emas, balki kelajakdagi 
hayotga tayyorlashi lozim. Bu ham ta’limning o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir.
5
Didaktik tizim negizini tarbiyaviy o‘quv jarayoni tashkil etib, u o‘z vaqtida 2 
bosqichga bo‘linadi. 
a) doimiy 
b) dinamik 
Buning asosida o‘quv dasturlar ishlab chiqishni asosiy va maxsus jarayoni, 
kerakli kasb olingan kasb ta’limiga muvofiq aniq va puxta shu bilan bir qatorda 
o‘zaro bog‘liqlikda dastur asosida olib boriladi. 
Asosiy o‘quv jarayoni
– 
bu bosqichda ta’lim oluvchilar umumiy talablarga 
javob beruvchi bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lib, ular shunday bilim 
oladilarki, u ilmiy-texnik o‘zgarishlar ta’siriga mos keladi. Umumiy mehnat 
egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarga kasbiy bilimlarga asos bo‘lib, uning 
mustahkamligi ishlab o‘qitishni samaradorligiga olib keladi. Asosiy o‘quv jarayonida 
ta’lim oluvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilimlar kelajakdagi uning faoliyati, mehnat 
turi va ishlab chiqarishdagi egallaydigan o‘rniga bog‘liq bo‘ladi. Asosiy bilim berish 
jarayoni maxsus bilim berishni negizi bo‘lib xizmat qiladi, shuning uchun ta’lim 
oluvchi ko‘rsatilgan fanlar bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni mustahkam 
egallab bormog‘i lozim. 
Maxsus o‘quv jarayoni
– 
asosiy o‘quv bosqichdan maxsusga o‘tish sekin-asta 
ro‘y berib, butun o‘quv jarayoni shu maqsadlarga qaratilgan vaqt ichida olib boriladi. 
Maxsus bosqichda o‘qitish tanlangan kasbga yo‘naltirish bo‘yicha olib borilib, 
o‘qitish jarayoni shu sohadagi texnik va texnologik rivojlanish talablariga javob 
bermog‘i lozim, ammo markazlashtirilgan tartibda ishlab chiqilgan o‘quv dasturi 
xo‘jalik sohasidagi yoki korxona talablariga javob Bera olmaydi, chunki bir sohada 
texnologik jihozlarning bir turi o‘rganilsa, ikkinchi turida mutaxassislarni 
tayyorlashda turli sohalar bo‘yicha o‘qitish afzaldir. 
Maxsus o‘qitish jarayonida ta’lim oluvchilarni korxonaning xususiyatlari bilan 
aniq va mukammal tanishtirish jarayonida uning korxonadagi hamma ish turlarida 
egallagan bilim va malakasini amalda qo‘llay olishni ta’minlash lozimdir. Ta’lim 
oluvchilar ishlab chiqarishdaga texnik va texnologik jarayonlar, qurilma va 
moslamalar haqida bilim olib amalda qo‘llay bilishlari kerak. Maxsus o‘qitish 
jarayonida o‘qituvchi ustaning ishlab chiqarish jarayoniga o‘qitishda quyidagilarga 
erishmog‘i lozim: 

Ta’lim oluvchini hozirgi zamon texnika jarayoni metodlari va 
zamonaviy metodlarga, qurilmalarda ishlashni o‘rgatish; 

Mehnatni tashkil etish metodi ham ta’lim oluvchini zarur bo‘lgan bilim, 
ko‘nikma va malakalariga, kasbiy malakasiga qarab turli ish 
5
Uzbеkistоn Rеspublikаsining “Tа’lim tugrisidаgi Kоnuni” Tоshkеnt 1997 yil.


54 
operatsiyalarini bajarishni zamonaviy texnologiya talabiga javob 
beruvchi ishlab chiqarishni tashkil etish; 

Ta’lim oluvchini ish me’yorini bajarishga yondoshishga o‘rgatish; 

Korxonadagi ish chizmalarini to‘g‘ri o‘qishga, texnologik hujjatlardan 
to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatish; 

Korxona jamoasida ta’lim oluvchi ishidan muhim tarbiya sifatida 
foydalanish; 

Ta’lim oluvchini mehnat xavfsizligi, ishlab chiqarishdagi va yong‘in 
xavfsizligi talablariga amal qilishga o‘rgatish; 

Ta’lim oluvchini ish o‘rni va ish qurollariga nisbatan javobgarlik va 
qadrlash hissini singdirish; 

Ta’lim oluvchida ish madaniyati haqida taassurot berish, ish joyini 
to‘g‘ri tashkil qilishni o‘rgatish; 
Umuman olganda, bugungi kunda shunday mutaxassis kadrlarni tarbiyalashga 
erishish kerakki, u anglagan holda ish unumdorligini oshirishga o‘z hissasini 
qo‘shsin. Ularni ishlayotgan korxonaning obro‘si, ish sifatini oshirish ruhida, mehnat 
intizomiga qat’iyan rioya qilish ruhida tarbiyalash lozim. 

Download 3,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish