O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti «Kasbiy ta’lim» kafedrasi



Download 3,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/196
Sana14.06.2022
Hajmi3,56 Mb.
#667625
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   196
Bog'liq
Kasbiy pedagogika 2018 avgust UUM. 1-semestr 14 soat

2. Kasb ta’limining tamoyillari 
Inson vujudga kelibdiki, o‘z farzandiga bilganlarini o‘rgatish, o‘zi ega bo‘lgan 
bilim, malaka va ko‘nikmalarini keyingi avlodga o‘tkazish dastavval anglanmagan 
holda bo‘lsada mavjud edi. Bu yashash uchun kurash qonunidan kelib chiqib, 
yashashning zaruriy sharti hisoblangan. Jamiyat rivojlanar ekan avloddan-avlodga 
o‘tkazish lozim bo‘lgan bilimlar hajmi ortib bordi. Bilimlar, egallash lozim bo‘lgan 
malaka va ko‘nikmalar murakkablashib bordi. Bu jarayon olimlar tomonidan tahlil 
qilinib asta-sekin ma’lum qoidalar ishlab chiqildi. 
Qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy (973-1048) ta’lim jarayonini chuqur 
o‘rgangan olimlardan biri. U ilmiy bilimlarni egallash yo‘llari, usullari haqida 
shunday fikrlarni bildiradi. O‘quv jarayonida pedagog quyidagi qonuniyatlarga: 
talabani zeriktirmasligi; 
bilim berishda turlilikka asoslanishi; 
uzviylikka, izchillikka rioya qilish kerak. 
Beruniy yangi mavzularni qiziqarli, asosan ko‘rgazmali bayon etish samarali 
natijalar berishini ham ta’kidlaydi. 
Abu Ali Ibn Sino (980-1037) bilim olishda yoshlarni o‘quv muassasasida 
o‘qitish zarurligini qayd etar ekan, ta’limda quyidagi tomonlarga rioya etish 
zarurligini ta’kidlaydi: 
talabaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo‘ymaslik; 
o‘qitishda jamoa bo‘lib, o‘quv muassasasida o‘qitishga e’tibor berish; 
bilim berishda talabalarning maylini, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish; 
o‘qitishni jismoniy mashqlar bilan qo‘shib olib borish. 
Ushbu ishlab chiqilgan qoidalar ta’limda mustahkam o‘rin egallay boshladi. 
SHunday qilib, ta’lim tamoyillari asrlar osha sayqal topib bordi. Albatta 
didaktika tamoyillari har bir davrning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarini hisobga 
olgan holda o‘zgarib boradi. CHunki ta’lim tamoyillari jamiyat va davlat oldida 
turgan ulkan vazifalar asosida belgilanadi. Ta’lim (o‘qitish) jarayoni murakkab 
hamda ko‘p qirralidir. Unda pedagog va talabalar faol ishtirok etadilar. Bu 
jarayonning muvaffaqiyatli va samarali natijasi ta’lim jarayonining qonun qoidalari 
ya’ni ta’limga quyilgan didaktik talablarga qay darajada amal qilishlariga bog‘liq. 
Ta’lim tamoyillari pedagogning faoliyatini va talabalar tomonidan ilmiy 
bilimlarning o‘zlashtirilishi tegishli ko‘nikma va malakalar xosil qilishning asosiy 
qonun va yo‘l yo‘riqlarini o‘z ichiga oladi. SHu bilan bir vaqtda ta’lim tamoyillari 
har ikkala faoliyatning ya’ni pedagog va talaba tomonidan o‘z oldiga qo‘yilgan 
vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish imkoniyatini beradigan bir qancha 
talablarni ham umumlashtirib beradi. SHunga ko‘ra ta’lim qoidalari o‘qitishning eng 


63 
muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to‘g‘ri hal qilishning asosiy negizi 
hisoblanadi. 
Ta’lim tamoyillari deb, umuminsoniy tarbiyaning maqsad va vazifalarini 
amalga oshirishga qaratilgan o‘qish va o‘qitish jarayonlarining yo‘nalishi talabalar 
tomonidan ilmiy bilimlarning o‘zlashtirilishi, bilim va malaka xosil qilishning asosiy 
qonun va qoidalarining yig‘indisiga aytiladi.
6
Keyingi yillarda ta’lim qoidalarini o‘rganish ularni tahlil qilish va 
mukammallashtirish ustida ish olib borilmoqda. Ta’lim qoidalarini sistemalashtirish 
masalasi ham doimo faol masala bo‘lib kelgan. 
Bugungi kunda pedagogika fani quyidagi ta’lim tamoyillarini ajratib 
ko‘rsatmoqda: 
Ta’limning ilmiy bo‘lishi; 
Ta’lim va tarbiyaning birligi; 
Ta’limning tizimli va izchil bo‘lishi; 
Ta’limda nazariyaning amaliyot bilan bog‘liq bo‘lishini ta’minlash; 
Ta’limda onglilik, faollik va mustaqillikka erishish; 
Ta’lim jarayonining ko‘rsatmali va ko‘rgazmali bo‘lishi; 
Bilimlarni puxta va tizimli o‘zlashtirib olish; 
Ta’lim jarayonida shaxsiy xususiyatlarni hisobga olish; 
Umumdidaktik tamoyillar bilan pedagogik jarayon qonunlari o‘zaro aloqada 
bo‘lib, u o‘zining spetsifik xususiyatlariga egadir. “Kasbiy pedagogika” fanining 
asosiy tamoyillari quyidagilar: 
Politexnik tamoyil 
Ta’lim oluvchilarda amaliyot va nazariyani o‘zaro bog‘lash tamoyili 
Modellashtirish tamoyili 
Mobillik tamoyili 
Tartibli ketma-ketlik tamoyili 
Atrof-muhitni tashkil etish tamoyili 
Kompyuterlashtirilgan pedagogik jarayon tamoyili 
Politexnik tamoyil – bu tamoyil zamonaviy ishlab chiqarishning ilmiy asoslari 
tizimini egallashni nazarda tutib, shu bilimlar asosida umumkasbiy politexnik va 
maxsus bilimlarni shakllantiradi. 
Politexnik tamoyillarni o‘qitishda quyidagi shartlarga amal qilish lozim: 
asosiy yo‘nalishdagi rivojlangan texnika va ilmiy o‘qitish; 
o‘zaro bir-birlari bilan bog‘langan o‘quv materiali tizimini tashkil qilish; 
o‘qitilayotgan fanni kelajakda amaliyotda qo‘llash; 
ta’lim oluvchilarning yoshlariga mo‘ljallab o‘qitish; 
umumta’lim bilimlariga tayanish; 
ta’lim oluvchilarning qiziqishlarini qoniqtirish; 
o‘quv materialining ketma-ketligi va turg‘unligiga rioya qilish. 
Ta’lim oluvchilarda amaliyot va nazariyani o‘zaro bog‘lash tamoyili 
6
I.P.Pоdlаsiy. Pеdаgоgikа.Uchеb.dlya stud.vыssh.uchеb. zаvеdеniy.2 kn.Mоskvа.Vlаdоs, 2003.439str.


64 
O‘quv jarayonida nazariy va amaliy bilim berish o‘zaro aloqadorlik va o‘quv 
predmetini asosiy maqsadi amaliyotda qo‘llashga qaratilgan bo‘lib, quyidagi 
shartlarga amal qilishga bog‘liq: 
nazariy bilimlarni amaliyotda sinalishi; 
ish jarayonida sohaviy bilimlar va ularni fanda qo‘llanilishi; 
mutaxassis-xodimlarni samarali o‘qitish uchun kasbiy ishlab chiqarishga qarab 
kasbiy bilim berish. 
Mutaxassis faoliyatini o‘quv jarayonida modellashtirish tamoyili 
Modellashtirish orqali mazmun va maqsadlarni isbotlash uchun engilliklarini 
oldin o‘zlashtirish, o‘qitish metodlarini o‘quv rejasi va o‘quv dasturini olish mumkin. 
Mobillik tamoyili 
Bu tamoyil shaxsning texnik bilimlarini tez o‘zlashtirish qobiliyatiga 
qaratilgan. Ishchining ijodiy ish xarakteri, dunyoqarashining kengligi muammolarni 
anglab olish, ishlab chiqarishdagi rivojlanishini ko‘ra bilishdir. 
Tartibli ketma-ketlik tamoyili 
Bu tamoyil quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
o‘quv rejasini planlashtirish; 
o‘quv jarayonida ketma-ketlikka rioya qilish; 
deduktiv o‘qitish metodlarini qo‘llash; 
umumta’lim bilimlarini tayanch qilib olish; 
o‘quv materiallarini o‘zaro bog‘liq holda tartibli berib borish. 
Atrof-muhitni tashkil etish tamoyili 
Atrof-muhit deganda avvalom bor ta’lim muassasasida o‘quv qurollari bazasini 
ishlab chiqarish va didaktik vositalarni, texnik, texnologik, ekologik talablar, shu 
bilan birga mehnat muhofazasini ta’minlash va ta’lim oluvchilarning sog‘lig‘ini 
saqlash sharoitlarini yaratish lozim. 
Kompyuterlashtirilgan pedagogik jarayon tamoyili 
Bu tamoyil bugungi kunda o‘ta dolzarb bo‘lib, kompyuterlar hayotimizning 
turli sohalariga kirib kelmoqda. Pedagogik sohaga ham kirib kelib ta’lim 
oluvchilarga 
kompyuterlar 
yordamida 
mavzuni 
kengroq, 
qiziqarliroq 
va 
tushuntirilayotgan mavzuni amaliyotini ham ekranda ko‘rsatib berish imkonini 
yaratadi. 

Download 3,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish