Pedagogik jarayon
– bu o‘qituvchi va talaba bilimlarini, ko‘nikma va
malakalarini amaliyotda qo‘llashni o‘z ichiga qamrab oladi. Kasb ta’limi jarayonida
mazmun, o‘qish, o‘qitish, tarbiyalash asosiy bog‘lovchi komponentdir.
Ta’lim bilish faoliyatining turi sifatida pedagogika fanida bir necha asosiy
ma’noni anglatadi. YA’ni bu: talabalarda bilim, malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish:
ularda dunyoqarash, fikr va e’tiqodlarni shakllantirish; o‘quvchilarning muayyan
darajada o‘qimishli, madaniyatli, tarbiyali chin inson bo‘lishiga erishish; ularning
qobiliyatlarini o‘stirishdan iboratdir.
Ta’lim
– insoniyat tajribasining ma’lum tomonlarini, ya’ni talabalar ijtimoiy
taraqqiyotning hozirgi talablariga muvofiq darajada bilim va tarbiyaga ega
bo‘lishlarini ta’minlaydigan faoliyatdir.
Demak, pedagogik ta’lim jarayonining mazmunini bilim, ko‘nikma va
malakalar tashkil qiladi. Talabalar o‘qish orqali bilim bilan qurollanadilar. Bunda
bilimning o‘zi kifoya qilmaydi. Uni hayotda ko‘p unum beradigan qilib qo‘llay olish
lozim. Buning uchun esa talabada ko‘nikma va malaka hosil qilish lozim.
Ko‘nikma
– mashq qilish natijasida beriladigan harakatlar yig‘indisidir. Iqtidor
va ko‘nikma mashq qilish va takrorlash orqali malakaga aylanadi.
Bilim asosida ko‘nikma va malaka hosil qilinadi. Bilim bahsda kerak bo‘lsa,
ko‘nikma mehnatda, dunyoni o‘zlashtirishda zarur bo‘ladi
.
SHu jihatdan Oliy va o‘rta
maxsus o‘quv yurtlarida, kasb-hunar kollejlarida va ta’lim muassasasilarda bahslar,
61
bellashuvlar, o‘tkir zehnlilar mushoirasi, quvnoqlar va zukkolar bellashuvini tashkil
etish foydalidir.
Ta’lim oluvchining xarakteri va faolligi rivojlangan holda uning darajalari
turlichadir. Ammo shu bilan birga ta’lim oluvchilar passiv bo‘lsa, o‘qitish jarayonini
amalga oshirib bo‘lmaydi.
Ta’lim oluvchining ilm qabul qilishi faolligi uning shaxs sifatida
shakllantirishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Ta’lim oluvchida o‘z-o‘ziga, mehnatiga,
boshqa shaxslarga, jamiyatga, ishlab chiqarishga, atorof-muhitga munosabati
shakllanib boradi.
Pedagogik jarayonning muhim spetsifik sharoitlari. Oliy o‘quv yurtlarida
o‘qitishning muhim spetsifik shartlaridan biri bu amaliy o‘qitishdir. Bu uning muhim
tashkil etuvchi komponentidir. O‘qitish jarayoni amaliyotdan tubdan farq qiladi,
chunki ishlab chiqarishdagi o‘qitish uslubining asosiy maqsadi, bu ta’lim oluvchini
ma’lum bir kasbga yo‘naltirish va shakllantirishdir.
Pedagog va ta’lim oluvchi orasidagi o‘zaro birlik va aloqadorlik haqida
gapirganda boshqaruvchi va o‘rgatuvchi shaxs bu o‘qituvchi ekanligini unutmaslik
kerak. Faqat pedagog ta’lim oluvchiga bilim bera olishi, shaxs sifatida shakllantira
olishi va o‘z ta’sirini ko‘rsata olishi mumkin.
O‘qitish jarayonining muhim komponenti
Beriladigan bilim mazmuni o‘quv dasturi, Davlat ta’lim standartida
belgilangan bo‘lib, uning tarkibiga ijtimoiy maqsadlar davlat buyurtmasi, pedagogik
tizimni aniq maqsadlarini belgilaydi. Pedagogik jarayon faqat ta’lim mazmundaligiga
emas, balki uning qonuniyligiga ham ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni;
Pedagogik jarayonning sharoitiga qarab mazmun belgilanmasa, ta’lim
oluvchilar o‘zlashtirishlari qiyin va pedagogik jarayon bilan amaliyotdagi sharoit
orasidagi bog‘liqlik yo‘qoladi.
guruhning shaxsiy imkoniyatidan kelib chiqib o‘qituvchi dasturiga mantiqiy
o‘zgarishlar kiritib, shu bilan pedagogik jarayonning o‘zaro bog‘liqligini buzmagan
holda maqsadga erishiladi.
Ma’lumot berishning pedagogik jarayoni - o‘qituvchilarning ilmiy, texnik va
texnologik ishlab chiqarishdagi bilimlarni shakllantirishdir. Pedagogik jarayonda
o‘qituvchi va ustaning vazifasi ta’lim oluvchida ijobiy sifatlarni rivojlantirish uchun
tarbiyaviy vazifalarni maksimal qo‘llashi kerak. O‘qituvchi ta’lim oluvchilarda
jamoatchilik, do‘stlik, ishchi intizom, rostgo‘ylik, o‘z ishiga javobgarlik shu kabi
insoniy sifatlarni rivojlantirishga asosiy e’tibor qaratadi. Buning uchun
o‘qituvchining o‘zida tarbiyalovchi sifatlar mujassam bo‘lishi kerak.
Ta’lim tamoyillari
o‘quv yurtlari oldida turgan ulkan vazifalar asosida
belgilanadi. Ular o‘zaro bir-biri bilan mustahkam bog‘liq holda bir tizimni tashkil
etadi, har bir darsda didaktik tamoyillarning bir nechtasi ishtirok etishi mumkin. Ular
ta’lim oldida turgan asosiy maqsadlarni hal etishga o‘z hissasini qo‘shadi. Ta’lim
tizimi isloh qilinayotgan hozirgi jarayonda ûquvchi-talabalarga mustahkam bilim
berish, ularni erkin, mustaqil fikrlay oladigan insonlar qilib tarbiyalashda, ta’lim
tamoyillarining mohiyatini chuqur anglash va hayotga tadbiq etish muhim
muammolardan biridir.
62
O‘quv yurtlarida beriladigan bilim ilmiy xarakterga ega bo‘lishi fan-
texnikaning so‘nggi yutuq va kashfiyotlarini o‘zida ifoda etishi lozim. SHunday ekan,
ûqituvchi ilm-fandagi yangiliklardan xabardor bo‘lishi lozim. O‘quv fanlari ham ilm-
fan asosida yaratiladi. O‘qitishning ilmiylik tamoyillari ta’lim jarayonida ûquvchi-
talabalarni hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti darajasidagi ilmiy bilimlar bilan
qurollantirish, ayniqsa talaba yoshlarni ilmiy-tadqiqot usullari bilan tanishtirib
borishga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |