O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti «Kasbiy ta’lim» kafedrasi



Download 3,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/196
Sana14.06.2022
Hajmi3,56 Mb.
#667625
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   196
Bog'liq
Kasbiy pedagogika 2018 avgust UUM. 1-semestr 14 soat

Ta’lim muassasasining maqsadi
– o‘quvchilarda arb madaniyati ijtimoiy 
qoidalari, talablari va ko‘zlagan maqsadlariga mos keladigan moslashtiruvchi “xulqiy 
repertuar”ni shakllantirishdir. SHu bilan bir vaqtda, “xulqi” atamasi bilan “insonga 
xos hamma ta’sirlanishlar – uning fikrlari, sezgi va harakatlari” ifodalanadi 
(R.Tayler). 
Bunda ta’limning asosiy metodlari, o‘rgatish, trening, test sinovlari, 
individual ta’lim, tuzatishlari bo‘lib qoladi. Buning oqibatida, ta’limninggina emas, 
balki dars berishning ham ijodiy xarakterini aniqlash muammosi muhokama 
qilinmaydi. 
Ilmiy-texnik, texnokratik paradigmaning asosiy maqsadi amaliyotni 
takomillashtirish asosida ta’lim oluvchilarga “aniq” ilmiy bilimlarni berish va 
ularning o‘zlashtirilishini ta’minlashdir. Bilim - kuchdir, shu bois shaxs qimmati 
uning o‘rganish, bilim olish, imkoniyatlari bilan belgilanadi. SHaxs muayyan 
(o‘rtacha, standartlashtirilgan) bilim yoki xulq-atvor egasi bo‘lsagina qadriyat sifatida 
e’tirof etiladi degan oya ushbu paradigmaning asosini tashkil etadi. 
So‘nggi yillarda noinstitutsional paradigma
 
rivojlana boshladi. U ta’limni 
ijtimoiy institutlar, ya’ni, ta’lim muassasasi va oliy ta’lim muassasalaridan tashqarida 
tashkil etish oyasini ilgari suradi. Bu ta’lim “tabiatda” - Internet, “ochiq ta’lim 
muassasasilar” – kompyuterlar vositasida ta’lim dasturlariga (masofadan o‘qitish) 
muvofiq o‘qitish samarali deya hisoblaydi. 
 


76 
3. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standarti 
Davlat ta’lim standartlari ta’lim tizimining eng zarur va etarli darajasi hamda 
o‘quv yuklamalari hajmiga qo‘yiladigan asosiy davlat talablarini belgilab beradi. 
Ta’lim mazmunining zaruriy o‘zagi hisoblanmish ta’lim standarti vositasida 
mamlakat xududidagi turli o‘quv muassasalarida ta’limning barqaror darajasini 
ta’minlash sharti amalga oshiriladi. O‘quv yuklamalari me’yoriga keltiriladi, ta’lim 
oluvchilar bilimini baholash mezonlari ishlab chiqiladi. 
Ta’lim oluvchi davlat belgilagan ta’lim standarti bilan cheklanishi mumkin 
yoki bilimlarni chuqurroq egallash maqsadida mustaqil ravishda, ya’ni kengroq, 
chuqurroq bilim olishga va yuqori reyting bali to‘plash huquqiga ega. Natijada, qiyin 
yoki ta’lim oluvchi xush ko‘rmaydigan predmetni o‘rganishda unga standartda 
belgilangan me’yor bilan cheklanishga imkon beriladi. Bunda ta’lim oluvchi o‘zining 
qiziqishi, xohishi, qobiliyatini va intilishlarini ro‘yobga chiqarishga, o‘zi uchun eng 
maqbul yo‘lni ongli va mustaqil ravishda tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Davlat ta’lim standartlari o‘quv-tarbiya jarayonining barcha ishtirokchilari 
uchun majburiy tayyorgarlikka qo‘yiladigan talablar ochiq bo‘lishini nazarda tutadi. 
Ta’lim oluvchilar uchun shakl va mazmun jihatidan tushunarli tarzda ifoda qilingan 
mazkur talablar ta’lim oluvchilar va ularning ota-onalariga oldindan ma’lum qilinadi. 
Davlat ta’lim standarti talablaridan kelib chiqib, Oliy va o‘rta maxsus, kasb-
hunar ta’limining davlat ta’lim standarti ishlab chiqiladi. O‘rta maxsus, kasb-hunar 
ta’limi tarmoqli standarti – malaka talablariga mos holda kasbiy tavsifnoma asosida 
muayyan tayyorlov yo‘nalishi va kasb-hunar bo‘yicha ta’lim mazmunining zarur va 
etarli hajmi va so‘nggi maqsadlarini, o‘quv yuklamalari hajmini aniqlovchi hamda 
ta’lim sifatining standart talablariga muvofiqligini ta’minlovchi me’yoriy hujjatdir. 
Kasb-hunar ta’limi dasturi kasb-hunar kolleji bitiruvchisiga egallagan kasbi 
bo‘yicha ishni malakali bajarish imkonini berish hajmidagi ma’lum kasbga doir 
umumkasbiy va maxsus fanlarni hamda ishlab chiqarish ta’limi va amaliyotini o‘z 
ichiga oladi. 
Kasb-hunar ta’limi dasturini muvaffaqiyatli egallash kasb-hunar kollejlari 
bitiruvchilarini kasbi va ixtisosligi bo‘yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish 
huquqi bilan ta’minlaydi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini standartlashtirishning 
maqsadi va vazifalari – o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yuksak sifatini hamda 
mamlakatda amalga oshirilayotgan chuqur iqtisodiy va ijtimoiy islohatlarni, 
rivojlangan demokratik davlat barpo etish talablariga javob beruvchi raqobatbardosh 
kadrlar tayyorlashni ta’minlash, sifatli ta’lim xizmatlari ko‘rsatish, kadrlar tayyorlash 
sohasida shaxsning manfaatlarini himoya qilish, kadrlar tayyorlash sifatini, ta’lim 
faoliyatini baholash mezonlari va tartibini belgilashdan iboratdir. 
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sifatiga va kadrlar tayyorlashga, 
ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari turlariga nisbatan qo‘yiladigan maqbul talablarni 
belgilash, ta’lim oluvchilarning bilimi va kasb malakasi darajasini vaqti-vaqti bilan 
baholash tartibiga, xalqning boy merosi va umuminsoniy qadriyatlar asosida ta’lim 
oluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy 
etishdan iborat bo‘ladi. 
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, o‘quv-tarbiya jarayonini, pedagogik va 
axborot texnologiyalari bilan ta’minlashga, ta’lim darajasini nazorat qilishga, ta’lim 


77 
muassasalarida ta’lim oluvchilar va ularni bitiruvchilarning malakasiga nisbatan 
me’yorlar va talablarni belgilash; kadrlarning maqsadli va sifatli tayyorlash uchun 
ta’lim, fan, ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlashdan iboratdir. 

Download 3,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish