45
5. SHaxs shakllanishining psixologik mexanizmlari
YU.B.
Gippenreyter fikricha, shaxsning shakllantirish asosiy mexanizmlariga
motivni maqsadga qarab ko‘chirish, ijtimoiy rolalrni qiyoslab o‘xshatish
(identifikatsiya qilishi) Ular tartibsiz mexanizmlar bo‘lib xisoblanadi,
chunki inson
ular ta’siri ostida ularni to‘liq anglay olmaydi, va ongli ravishda ularni boshqara
olmaydi. Bu mexanizmlar shaxsning o‘spirinlik davrida
shakllanishda etakchi rol
o‘ynaydi va keyin insonning rivojlanishida ishtirok etishini ongli shakllari bilan o‘zi-
o‘zini tarkib toptirishida davom ettiradi.
Barcha
ko‘rsatilgan
mexanizmlar
muloqotga
bo‘lgan
ehtiyojni
moddimylashtirishda xarakatga tushadi.
Motivatsion maqsadga qarab, ko‘chirish mexanizmini ko‘rib chiqaylik. Bu
jarayon emotsiyalar bilan ko‘p muddat ichida boyitilgan predmet (g‘oya, maqsad),
mustaqil motivga aylanadi (ya’ni motivni maqsadga qarab ko‘chiriladi yoki maqsad
motiv mavkeyini egalladi deyiladi).
Albatta bolaga hamma narsani ham yo‘naltirilgan tarbiyaviy ta’sir shaklida
uzatsa bo‘lmaydi. “SHaxsiy tajribani” o‘zatishda bilvosita ta’sirlar katta rol o‘ynaydi.
– masalan, “yuqtirishni” ushbu mexanizm identifikatsiya mexanizmi nomini ollgan.
Identifikatsiya jarayonini ta’riflovchi xususiyati bu birinchi
paytlarda bola ongidan
tashqari amalga oshiriladi va ota-onalar tomonidan to‘liq boshqariladi. Bu
tarbiyachilardan alohida mas’uliyatni talab etadi. Keyingi yosh davrlarida
identifikatsiya qilinadigan ob’ekt tanlanilayotganida tanlanadiganlarning soni orti
boradi. Ijtimoiy rollarni qabul qilish va mexanizmi ko‘proq
identifikatsiya
mexanizmiga
o‘xshaydi,
lekin
undan
umumlashganligi
va
o‘pincha
o‘zlashtirilayotganetalonni personalizatsiyasi yo‘qligi bilan farq qiladij. Bu
mexanizm psixologiyada “ijtimoiy o‘rin” va “ijtimoiy ro” tushunchalari orqali
tariflanadi. Ijtimoiy o‘rin – bu insonni boshqa insonlarga nisbatan egallashi mumkin
bo‘lgan joyidir. U xuquqlar va majburiyatlar majmualari bilan ifodalanadi. Ushbu
o‘rinni egallab, inson ijtimoiy rolni bajarishi kerak bo‘ladi, ya’ni
uni atrofdagilar
tomonidan kutilayotgan xarakatlarni bajarilishidir.
Barcha mexanizmlar bir- biri bilan bog‘liq.
SHaxsning psixologik xususiyatlari quyidagi shart-sharoitlarga amal qilingan
holda muvaffaqiyatli shakllantirish mumkin.
SHaxsning emotsional muhitiga ko‘rsatiladigan uning butun sub’ektiv olamiga
ta’sir etilishi kerak. Tarbiyachining mahorati shundaki, u o‘quvchilarda
nimani
shakllantirishi bilan va o‘quvchiga sub’ektiv ravishda ahamiyatli bo‘lgan o‘rtasidagi
bog‘liqlikni o‘rnatishdir.
O‘quvchining faolligi va mustaqilligi.
Rivojlanishi va faoliyat prinsipi. Bolaning faoliyati – shaxs shakllanishining
kerakli shartidir. SHu o‘rinda shuni esda tutish kerakki, zarur bo‘lgan
motivlarni
shakllantirishda bolaning faoliyati mutanosib tashkil etilishi kerak. Faoliyatda
hulqning odatiy ko‘rinishlari shakllanadi. Mustaxkamlab qo‘yish. Mustaxkamlab
qo‘yishlikni, ra’batlantirish yoki koishni yo‘qligi bolani vaziyatdan to‘g‘ri
chiqib
ketishida halaqit beradi va motivni so‘nishiga olib keladi.
46
SHaxsning faolliyatini yo‘naltirib turadigan va mavjud vaziyatlarga nisbatan
bog‘liq bo‘lmagan barqaror motivlar majmuyi
Do'stlaringiz bilan baham: