O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti «Kasbiy ta’lim» kafedrasi


 Shaxs rivojlanishining ijtimoiy asoslari



Download 3,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/196
Sana14.06.2022
Hajmi3,56 Mb.
#667625
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   196
Bog'liq
Kasbiy pedagogika 2018 avgust UUM. 1-semestr 14 soat

 
4. Shaxs rivojlanishining ijtimoiy asoslari 
 
SHaxsning ahloqiy muhitini shakllantirish o‘quvchining ahloqiy ongini va 
hulqini shakllantirishni taxmin etadi. 
Ahloqiy ong tushunchasi tagida biz inson ongida ahloqiylik insonlarning 
o‘zaro munosabatlarini, ularning jamoa ishiga, jamiyatga bo‘lgan munosabatlarining 
prinsiplari va normalarining inikosi deb tushunamiz. 
Bolaga ahloqiy tasavvurlarning katta xajmi, o‘zini murakkab vaziyatlarda 
qanday hulq tanlab o‘zini tutishi to‘g‘risida etarli ahloqiy bilim darkor. Lekin ahloqiy 
tushunchalarni egallagan bilan, u ham ahloqiy hhulqni shakllanganligini 
ta’minlamaydi. Psixologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bolalar ko‘pincha ahloqiy 
narsalarni bila turib ularga amal qilmaydilar. SHuning uchun tarbiyaviy jarayonni 
quruq so‘z bilan ta’sir ko‘rsatishga olib kelmaslik kerak, o‘quvchilar faoliyatini 


44 
tashkil etish juda ham darkor. O‘quvchilar tarbiyasining verbal usullari, ularning aniq 
faoliyati ustivor bo‘lmasligi kerak. Ahloqiy bilimlar tushunchalarini e’tiqodga 
aylanishi, ularni hulqning va ularga xos ahloqiy qiliqlar motivlari tizimsida 
mustaxkamlanishi kerak. Bolalarning ahloqiy tushunchalari orasida amalga 
oshiriladigan va ahloqiy emotsiyalar bilan boyitilgan maqsadli tashkil etilgan faoliyat 
ahloqiy hulq asosini shakllantirishni tashkil etadi. 
Ahloqiy hulqni shakllantirish ahloqiy qiliqlarni (mehnatga bo‘lgan odat, 
o‘rtoqlik yordami va h.k.) taqozo etadi. SHaxsning ahloqiy muhiti (ong, hulq, 
xisg‘tuyg‘ular va odatlar birligi) maxsus tashkil etilgan ta’lim tizimida shakllanadi. 
Unda nafaqat ahloqiy ma’rifat va o‘quvchilarning amaliy faoliyati birga olib boriladi, 
balki bu faoliyatda bolalarning bir-birlariga, jamoa, jamiyat bilan bo‘lgan ahloqiy 
munosabatlari maxsus ko‘chiriladi va boshqariladi. Bu shart-sharoitda bolalar 
berilgan qoidalar va normalar majmuyini o‘zlashtirishadi, balki hulq motivlariga va 
ahloqiy e’tiqodlarga aylanadigan ahloqiy hulqning shaxsiy tajribasini, ahloqiy qiliq 
va odatlarini to‘plashadi. 
SHaxsning yosh, gender, individual xususiyatlarini bilmasdan shaxsni 
shakllantirib bo‘lmaydi. O‘quvchilarga individual yondoshuv ularning differensial-
psixologik xususiyatlarini (xotira, diqqat, temperament turini, u yoki bu qobiliyatning 
rivojlanashini) bilishlik taqozo etadi, ya’ni bu o‘quvchi o‘z tenqurlaridan nimasi bilan 
farq qilishini aniqlash va shu bois tarbiyaviy ishni qanday tashkil lozimligi. 
Tarbiyada individual yondoshuv pedagogik va psixologik ko‘rinishlariga ega. 
Birinchi holda individual yondoshuv pedagogik taktni bir qismi bo‘ladi. Individual 
yondoshuv psixologik tomoni o‘quvchi shaxsining o‘ziga xosligi o‘rganish tarbiya 
jarayonini pedagogik maqsadda tashkil etish bilan ifoda etiladi. Tarbiya 
psixologiyasini shu o‘rinda o‘quvchilarda umumiy psixologik qonuniyatlarining 
individual namoish etilishi, va faqat ulargagina xos bo‘lgan va takrorlanmaydigan shu 
qonuniyat va xususitlarining birikmalari qiziqtiradi. 
SHaxs – bu psixologiya faninig asosida bo‘lgan kategoriyalaridan biridir. Va 
shuning uchun ham shaxs degani o‘zi nima? Uni shaklalntirish qanday kechishi 
pedagogik psixologiyaga nohoyatda ahamiyatlidir. 
K.P.Platonov bo‘yicha shaxs- bu “inson bilim tashuvchisi ; ikki tizimlidir: biri 
- organizm” va umuminsoniy qadriyatlaridir” K.P.Platonov shaxsni turtta tizm ostki 
tizimlar birligi deb ifodalagan: yo‘naltirilganligi, ijtimoriy tajriba, inikosning 
psixologik shakllari va biopsixik. Bular orasida yo‘naltirilganlik etakchisidir. U o‘z 
ichiga motivlarni, ehtiyojlarni, qiziqishlarni, e’tiqodlar va maqsadlarni oladi. 
Ijtimoiy malaka tizim ostki tizim inson ta’limda va shaxsiy tajribasida 
orttiradigan bilimlar, ko‘nikmalar, odatlar, malakalardir. Psixologik shakllar tizimlar 
tizm ostki tizimiga bilish jarayonlari (diqqat, xotira, tafakkur, tasavvur, idrok, sezgi) 
kiradi. Biopsixik tizim ostki tizimga psixologik xususiyatlar (asab tizimi 
xususiyatlari, tananing tuzulishiga, yoshiga, jinsiga, miyaning tuzilishiga bog‘liq 
bo‘lgan) kiradi. 

Download 3,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish