O’qituvchinig kommunikativ qobiliyatida pedagogic ta’sir ko’rsatish reja: I. Kirish: II. Asosiy qism



Download 18 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi18 Kb.
#892330
Bog'liq
PEDAGOGIKA


O’QITUVCHINIG KOMMUNIKATIV QOBILIYATIDA PEDAGOGIC TA’SIR KO’RSATISH

REJA:

I.KIRISH:

II.ASOSIY QISM:
1. O’qituvchi shaxsining fikr almashuv bilan bog’liq xususiyatlari
2. Pedagogik qobiliyatlar strukturasiga kiradigan yordamchi xislat va xususiyatlar.
3. Dilkashlik va odamlarga aralashmaslikning shaxsiy xususiyatlari
4. Pedagogning o’quvchiga ta'sir etish turlari.
5. Ishonch. Ishonch hosil qilish shakllari.
6. Ishontirish – pedagogik ta'sir qilish usuli.

III.XULOSA

IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH:
O'qituvchining bolalar bilan muomilasi muvaffaqiyatli bo'lishi ko'p jihatdan unda pedagogik qobiliyatni mavjudligiga, mahoratiga bog’liq bo'ladi. Psixologiyada pedagogik qobiliyatlar deganda insonning muayyan psixologik xususiyatlarini tushunish qabul qilingan. Bu xususiyatlar uning o'qituvchi vazifasida bolalarni o’qitish va bolalarga ta'lim bsrishda yuksak natijalarni qo'lga kiritilganining sharti hisoblanadi. Malumki, shaxsning u yoki bu qobiliyatlarini hosil qiluvchi xislatlar va xususiyatlar orasida bir xillari etakchi rol o'ynasa, boshqalari yordamchi rol o'ynaydi.
Birinchi navbatda perseptiv, ya'ni idrok qilish sohasiga taalluqli bo'lgan xususiyatlar (ulardan eng muhimrog’i kuzatunchanlikdir) etakchi rol o'ynaydi, o'qituvchiga o'quvchining psixologiyasini, uning psixik holatini o'xshash tarzda idrok etish, muayyan holda umuman snnf jamaosining ahvoliga to'g’ri baho berish imkonini beradi. O'qituvchi shaxsining o'zaro fikr almashuv bilan bog’liq xususiyatlari tarkibiy qismi sifatida empatiya, ya'ni o'quvchilarning psixik holatini tushunishga va ularga achinishga tayyorgarlikni hisoblash mumkin. Buning zarur sharti bolalarga bo'lgan muhabbatdir. Nihoyat, o'qituvchi shaxsining o'zaro fikr almashuv bilan bog’liq xususiyatlarning uchinchi tarkibiy qismi, deb ijtimoiy o'zaro harakatda bo'lgan yuksak rivojlangan ehtiyojni hisoblash mumkin. U bilimlarni boshqalarga berishda, bolalar bilan muomala jarayonini tashkil etish istagida namoyon bo'ladi. Tashkil etish qobiliyati ham pedagogik qobiliyatlarning tarkibiy qismidir. U barcha o'quvchilarning har xil faoliyat turlariga jalb qilinishida, jamoaning har bir o'quvchiga ta'sir ko'rsatish quroliga aylanishida, har bir o'quvchiga faoliyat, vaziyatni ta'minlab berishda namoyon bo'ladi. O'qituvchida ijtimoiy o'zaro harakatda bo'lgan, unda mavjud bo'lgan pedagogik nazokat maydonga chiqadi. Endi pedagogik qobiliyatlar strukturasiga kiradigan yordamchi xislatlar va xususiyatlardan ayrimlarini ko'rib chiqamiz.
Bu, avvalo, aql-idroknnng muayyon xislatari: hozirjavoblik, tanqid ko'zi bilan qarash, sobitqadamlik va boshqa bir qator xislatlardir.
O'qituvchining nutqi, notiqlik qobiliyatlarining mavjudligi, so'z boyligi va hokazolar ham muhim rol o'ynaydi. Tabiatida bir qadar artistlik xususiyatiga ega bo'lishi (xayol, fantaziya ishlata bilish) ham o'quvchilar bilan muomalada muvaffaqiyatga erishishda muayyan rol o'ynaydi. Pedagogik qobiliyatlar faqat pedagogik faoliyat samarali bo'lishinnng shartigina emas, balki ko'p jihatdan o'qituvchining muvaffaqiyatli ishlashining natijasi hamdir. Shu munosabat bilan o'qituvchining o'zida pedagogik qobiliyatlarniig aniq maqsadini ko'zlab tarkib topish va rivojlanishi katta rol o'ynaydi. Tajriba va maxsus tadqiqotlar buning batamom xaqiqiy narsa ekanligini ko'rsatmoqa.
Masalan, shaxs persevtiv xususiyatlarning eng muhim elementi bo'lgan kuzatuvchanlik o'qituvchining pedagogik tajriba hosil qilish jarayonida ham, uning maxsus kuch-g’ayrati natijasida ham rivojlanadi, takomillashadi. O’qituvchi o'zining ijtimoiy-psixologik kuzatuvchanligini, ya'ni o'quvchilarda turli xarakter xususiyatlari, mayllarini payqab olish qobiliyatigina emas, shu bilan birga ularning paydo bo'lish vaziyatiga muvofiq baho berish mahoratini rivojlantirishga qodirdir. O'qituvchi o'z o'quvchilarining, ular muhitidagi o'zaro munosabatlarni, o'zining ular bilan o'zaro munosabatlarini hozirgi daqiqada qanday bo'lmasin, xuddi shunday idrok etish va ko'rish mahoratini, ya'ni ta'lim-tarbiya jarayonida ro'y berayotgan narsalarni ichdan idrok etish mahoratini doimo takomillashtirib borishi lozim.
Bu esa osongina qo'lga kiritilmaydi. Gap shundaki, pedagogning idrok etishi har qanday kuzatuvchining idrok etishiga o'xshaydi, chunki pedagog hamisha o'quvchilarga iisbatan tashqi vaziyatda turadi, ma'lum darajada ulardan, ular faoliyatidan (uning tashkilotchisi bo'lsa ham) uzoqlashgan bo'ladi. Shu sababli pedagog o'zi ko’rayotgan narsalarga o'zining ijtimoiy rivojlanish jarayonida idrok qilgan normativ mulohazalarini ongli va ongsiz ravishda kelishi mumkinki, pedagog uchun yangi bo'lgan hodisalar uning o'zida mavjud bo'lgan normalar va tasavvurlar asosida an'anaviy tarzda talqin etilishi mumkin. Bundan tashqari, pedagogning muayyan masalaga javob izlashga intilishi unda ahamiyatli biror faktni o'tkazib yubormaslik uchun qulay yo'nalish hosil qiladi. Agar o'qituvchi bolalarniig xatti-harakatlarini faqat to'g’ri idrok etib, baho bersa, ularni vujudga keltirgan sabablarni chuqur ko'ra olsagina, shu bilan birga o'zida sabot, o'zini tuta bilish, sabr-toqat, sezgirlik kabi fe'l-atvor xususiyatlarini rivojlantira olsagina, yuqoridagi vazifaga erishishi mumkin. O’qituvchining o'z o'quvchilarini: ularning; fe'l-atvorlari, tengdoshlari va kattalar bilan munosabatlarini turli voqealarga, muammolarga va hokazolarga munosabatlarini doimo o'rganib va bilib borishga intilishi muhimdir. O’qituvchi bolalarni qanchalik bilib olsa, unda bolalar bilan munosabatda xushmuomala bo'lish imkoniyatlari shu qadar ko'proq bo'ladi. Lekiin o'qituvchi o'z o'quvchilari bilan yaqinroq bo'lishga harakat qilar ekan, ba'zan tegishli daqiqalarda o'zi eshitmasligi lozim bo'lgan narsalarni eshitmasdan o'tib ketishi lozim. Bunga sabab zshitish odobsizlik bo'lishi mumkinligi, yoki vaziyat noaniq bo'lib turganda, eshitish darhol aniqlik kiritish zarurligini taqozo qilishdir. O'quvchilar bilan o'z muomalasini baqiriq va mayda chuyda narsalarga aralashishga aylantirib yubormaslik uchun kundalik ishlarda nimanidir sezmay qolishni o'rgatish muhimdir.
Nihoyat, ba'zan biror narsani tushunmay qolish ham foydali bo'ladi. Bularning hammasi o'qituvchilarning o'quvchilar bilan bo'ladigan kichik ixtiloflarga barham beradi, unga o'kuvchilar bilan bo'ladigai kelishmovchiliklarga tegishli darajada odob bilan aralashuvga yordam beradi. V. A. Suxomlinskiy takidlab o'tganidek, pedagog bolalar, ayniqsa, katta yoshdagi o'quvchilar o'rtasidagi ziddiyatlarga juda ehtiyotkorlik bilan aralashuvi lozim. U shuningdek ziddiyatlarning shunday sohasi borki, unda pedagogning aralashuvi nihoyatda cheklangan bo'lishi, hamma kelishmovchiliklar va ziddiyatlar ham jamoada muhokama qilish ob'ekti bo'lmasligi mumkin va lozim, deb hisoblagan edi.
Pedagogning tarbiyalanuvchilar idroki, hissiyoti va tarbiyasiga ta'sir etishning qanday imkoniyatlari bor?
Har bir endi ish boshlovchi pedagog ta'sir etish yo’llari, o’quvchilar bilan muloqotda bo’lish va ularga ta'sir etish yo’llarini biladimi?
Ijtimoiy-psixologik tekshiruvchilar va pedagogik muloqot malakasiga asosan ikkita asosiy kommunikativ ta'sir etish turlarini ajratishi mumkin: ishonch hosil qilish va ishontirish.
Pedagogning har bir harakati tarbiyalanuvchining munosabatlari, fikrlari, hissiyotlari, faoliyatlarini shakllantirishga, ya'ni ularning psixikasi va xulqiga har tomonlama ta'sir etishga qaratilgan. Lekin ishonch hosil qilish va ishontirishning psixologik jarayoni turlichadir. Ta'sir etishning har bir yo’li o’z spesifik xarkteriga ega.
Pedagogik adabiyotda «Pedagogik ta'sir qilish» termini qabul qilingan. Bu tarbiyalanuvchilarning tarbiyasi bilan munosabatida uning passivligini anglatadi. Lekin bola kelajakda har tomonlama kamol topgan inson bo’lib etishishini istasak, pedagogik o’zaro ta'sir etishni qaysi yo’llar bilan amalga oshirishni o’ylashimiz kerak.
O’sayotgan bola ijtimoiy borliq tabiat bilan o’zaro ta'sirda bo’ladi. O’zaro ta'sir etishning natijasi sifatida uning ishonchi shakllanadi, ya'ni bilimlar sistemasi, qarashlari, munosabati va xulq ta'sir etish natijasi sifatida ko’rib chiqaylik. Ishonch hosil qilish haqiqiy va noto’g’ri bo’ladi. Haqiqiy ishonch hosil qilish real voqea-hodisalarga mos keladi. Noto’g’ri ishonch esa xavfli, noto’g’ri ishlarni va salbiy hayotiy masalalarning sintezi tarzida namoyon bo’ladi.
Pedagoglar juda ko’p o’quvchilarning noto’g’ri ishonchlari bilan to’qnashadilar. Ba'zi o’quvchilarning noto’g’ri ishonchlariga A.I.Kochetov quyidagilarni kiritadi.
- a'lo o’qish – me'yordan tashqari, faqat maqtanchoqlar a'lo o’qiydi;
- me'yordagi o’quvchi o’qituvchidan ogohlantirish olishi kerak, aks holda uni hech kim mensimaydi;
- o’qituvchini aldash – aql va topqirlik belgisi;
- mas'uliyat bilan mehnat qilish – ortiqcha kuch ishlatish.
Bunday ishonchlar mustahkamlanib, aqliy va jismoniy passivlikka o’tadi. Noto’g’ri ishonchni to’g’rilash pedagogda ko’p harakat talab qiladi. Buni 3 yo’nalishda amalga oshirish mumkin.
1. Sinf jamoasida sog’lom ijtimoiy fikrlarni shakllantirish.
2. Maxsus shaxsiy malakani ixtiro qilish.
3. Noto’g’ri ishonchni qabul qilmaslik, rad etish. Noto’g’ri ishonchda haqiqiy fikrlar va ustanovkalar almashinishi kerak.
Insonning ishonchi 3 ta komponentga yig’ilgan: bilim-hissiyot-xulq. Ishonch hosil qilish quyidagi formulasi bor: tushunarli-hayotda ortda qolmoq- qabul qilmoq-ishlab berdimlar.
Ishonch hosil qilish yangi qarashlar, munosabatlarni shakllantiradi, noto’g’ri qarashlar va munosabatlarni o’zgartiradi. Ishonch hosil qilish yangi qarashlar, munosabatlarni shakllantiradi va noto’g’ri qarashlar, munosabatlarni o’zgartiradi. Ishonch hosil qilish shakllari: disputlar, diskussiya, suhbat, o’qituvchi himoyasi, shaxsiy namuna.
Ishonch hosil qilishda o’zaro ta'sir qilish metodi sifatida maksimal ta'sirli bo’lishi uchun, u bir qancha shartlarga rioya qilish kerak:
- ishonchning mazmuni va formasi bolalarning yosh xususiyatlarining darajasiga yordam beradi;
- ishonch hosil qilish tarbiyalanuvchining shaxsiy dunyoqarashiga mos kelishi kerak;
- tarbiyachi bolalarda ishonch hosil qilishda avvalo o’zi shu narsaga nisbatan ishonch hosil qilish kerak.
Ishonch hosil qilishning natijasi o’qituvchining so’zlari va harakatlariga ham bog’liq. Tarbiyachining ham so’zi bilan harakatlari bir-biriga mos tushishi kerak. Masalan, tarbiyachi jahl ustida bolaga qattiq jazo berishini aytadi, lekin esidan chiqib ketadi. Yoki biror nima va'da qilib, o’z so’zining ustida turmaydi. Bolalar bunday pedagogning so’zlariga ahamiyat bermay qo’yadilar. Yanayam yomonki, agar o’qituvchi balandparvoz, to’g’ri so’zlarni gapirsa-yu, lekin kundalik hayotida bunga amal qilmasa bunday o’qituvchilar jamiyatga zarar etkazadilar.
Ishontirishning yuqori effekti o’quvchilarning olgan bilimlarining mustahkamlaydigan mashqlar (ruhini tetiklash, to’g’ri xulq hosil qilish)lari orqali hosil bo’ladi. Ishontirishning usulini boshqatdan tarbiyalash, ya'ni qarash va muomalarni hosil qilish maqsadida qo’llash mumkin, qachonki tarbiyalanuvchilar u yoki bu xususiyatlarini ko’rsata oladigan maxsus sharoitlar yaratilsa.
Isbotlash mantiqi. Shaxs dunyoqrashining etakchi struktura elementi bo’lib, ishontirishning o’zagi bo’lgan bilmilar hisoblanadi. Bilimlar ishontirishga oson ko’chadi. Agar ular argumentli isbot qilinadigan bo’lsa. Shunda ularni to’g’riligiga ishonch hosil qilinadi. Isbot orqali bilim egallayotgan o’quvchida unga to’g’ri kelmaydign hamma ishontirishni qattiqqo’llik, argumentli isbotlash yo’li bilan qaytara olish qobiliyati rivojlanadi.
Isbotlash usuli. – tezis, argument va demokstraniyalardan tuzilgan. Tezis—bu isbot qilish kerak bo’lgan fikr. Argument - bu tezisni isbotlashga yordam beradi. Demonstrasiya davomida turini isbotlaydigan teokritik chiqishlar, hayotiy va eksperimental faktlariga tayanib qilinadigan fikr yuritishlar.
Isbotlash uchun to’g’riligiga o’quvchilar ishonadigan argumentlardan foylalaniladi.
Ishontirish - pedagogik ta'sir qilish usuli. Pedagogik ta'sir qilish usuli bo’lgan ishontirish bilan birga pedagogik jarayonda ta'sir etish ham o’ziga xos o’rniga ega. Ta'sir etish - odamlarning ish va muomala jarayonida bog’liqlikni belgilaydigan vositalarning biri. Uning asosiy o’ziga xosligi shundaki, u odamning psixikasiga va xarakteriga o’zi bilmagan holda ta'sir qiladi, shaxsning psixika strukturasiga nazoratsiz holatda kirib, kundalik ishi, xarakterida ko’rinadi. Bu paytda bajarayotgan insonning faol roli pasayadi. Pedagogik ta'sirning foydalanish sharoitlari bo’lib: ta'sir qilinayotganning yoshi, ta'sir qilayotgan va qilinayotganning bir-biriga munosabati va boshqalar xizmat qiladi.
Pedagogik ta'sirning shakllari va effektiv sharoitlari. Pedagogik praktikasida ko’p uchraydigan ta'sir formalariga to’xtaymiz. Maktab uchun eng qo’llash yaxshi bo’lgan ta'sir bu oldindan ko’zlangan ta'sir etishdir. U buyruq, komandalar orqali ko’riladi.
O’z-o’zini ishontirish. Shaxsning o’sishda o’ziga-o’zi ta'sir etish asosiy o’rin egallaydi. Odatda o’z-o’ziga ta'sir so’zini o’quvchi o’zining kamchiliklarini tushunib, ularni yo’qotishi deb bilishadi. «Samovnushenie» qiyinchiliklarni engishdagi qo’rquvni o’zining kuchiga ishonmasligini va ichki qarama-qarshiliklarni engishda juda foydalidir.
Xalq xujaligining barcha soxalaridagi kabi Yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish borasida xam keskin o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy kamolati Yosh avlodning saiiy xarakatiga bog’liq ekanligi endi xech kimga sir emas.
Download 18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish