Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti



Download 5,02 Kb.
Pdf ko'rish
bet76/128
Sana30.10.2022
Hajmi5,02 Kb.
#858425
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   128
Bog'liq
Moliya bozori Darslik

oltin savdo opsionlari.
Xususiy spekulyativ talabni qondirish uchun chakana bozorda sotish uchun 
moʻljallangan opsionlar dastlab yuqori riskli edi. Chunki 1970-yillarning ikkinchi 
yarmida AQSHda bozorning yuqori dajada oʻzgaruvchi boʻlganligi tufayli juda 
koʻp firibgarlik holatlari qayd etilgan. Dilerlik opsionlari bilan savdo qilishni 
tashkil etish yangi talablarning kiritilishi hokimiyatning bunga aks taʼsiri boʻldi. 
Xususan, kastodial bankda oltinni deponentlash, shuningdek diler uchun opsionni 
ijro etguncha yoki uning amal qilish muddatini oʻtib ketguncha opsion mukofotini 
deponentlash nazarda tutilgan edi. 
Oltin savdo opsionlari.
Bu yerda bitimlar subyektlari tarzida oltin qazib 
oluvchi korxonalar, sanoat isteʼmolchilari va yirik dilerlar ishtirok etadilar. Bunday 
opsionlar bilan amalga oshiriladigan bitimlar katta hajmlari va amal qilish 
muddatlari uzoq vaqt talab qilishi bilan ajralib turadi. Bunday opsionlarning 
vazifasi metall ishlab chiqaruvchilarning va isteʼmolchilarining narxdagi 
xatarlarini silliqlash hisoblanadi, yaʼni jarayon ishtirokchilarini spekulyativ motivi 
emas, balki xedjirlashdir. 
Birja opsionlaridan farqli ravishda, uning muhim parametrlariga nisbatan 
axborotning har tomonlama ochiqligi bilan tavsiflanib, dilerlik opsionlari yoki 
toʻgʻridan toʻgʻri sotiladi yoki dilerlik tarmogʻi orqali sotiladi. Har qanday holatda 
ham opsionlar bilan amalga oshiriladigan barcha bitimlar tegishli hisobotni taqdim 
etish bilan birga kechishi kerak, bu esa opsion bitim shartlarini bajarilishini 
kafolatlashi va ishtirokchilarning xatarlarini kamaytirishi kerak. Fyucherslar va 
opsionlar bilan (qogʻozdagi oltin) savdo qilish sariq metallni xarid qilish-sotish 
aylanmasidan koʻp karra yuqoriroqdir (ular faqat bir necha foizni tashkil etadi). 
Shu bilan birga, tabiiy oltin bozoriga iqtisodiy maʼno boʻyicha ikkilamchi boʻlgan 
hosilaviy vositalar industriyasi keyingi vaqtlarda hajmi koʻp karrta ortiq boʻlgani 
tufayli baza aktivining narx dinamikasiga ulkan taʼsir koʻrsatadi. Oltin bilan birja 
bitimilari ishtirokchilari bozorning yuqorid darajada oʻzgaruvchanligidan 
manfaatdorlar, chunki bu daromadni oshirish imkonini yaratadi. Aynan 
spekuyantlarning harakatlari koʻpincha bozorning harakatini keskin kuchaytiradi. 
1980 yilda oltin narxining misli koʻrilmagan darajada koʻtarilib ketishi va 1997-
1999 yillarda keskin tushib ketishi koʻp jihatdan ana shu holat bilan izohlanadi. 


112 
Odatda, oltin narxi jahon iqtisodiyotidagi vaziyatga bogʻliq boʻladi. Undan 
tashqari, oltinning qiymati doim muqobil investitsion vositalarning samaradorligi 
yoki zararli ekanligining indikatori boʻlgan. Mablagʻlarning aylanishi oʻsgan, 
shuningdek oltin kapitali oʻsishining turli xil vositalari keng koʻllanilgan davrda 
oltin tabiiy ravishda narxi mos holda tushgan edi. Aksincha, iqtisodiyot 
stagnatsiyasi holatida, uning orqaga ketishi yoki retsessiyasi pastida oltin 
investorlar tomonidan kapitalni qayd etishning va uning bundan keyingi 
saqlanishining eng barqaror va likvid vositasi sifatida idrok qilingan edi. Bu yerda 
valyuta bozori bilan oʻxshashlikni qayd etish va oltinni shveysariya franki bilan 
taqqoslash mumkin boʻlib, bu valyuta oʻzgarishlarini kutib oʻtkazish mumkin 
boʻlgan bufer sifatida hisoblangan. Boshqacha aytganda, bozorda “buqalar” 
hukmronlik qilganda, ehtiyoj ortadi va iqtisodning barcha sektorlarini oʻz ketidan 
tortadi, oltin soyaga oʻtadi. Lekin faqat vaqtincha... Biroq, iqtisodiyotning hamma 
oʻzgarishlari xam global umumjahon tavsifga ega boʻlavermaydi. Misol uchun, 
ikki tanazzulli vaziyatni tahlil qilamiz: biri Rossiyada 1998 yilda yuzaga keldi; 
ikkinchisi hozir kechmoqda va butun jahon hamjamiyatida aks etmoqda. 
1998 yilning avgust oyida Rossiya ancha qiyin davrni boshidan oʻtkazdi: 
davlat qisqa muddatli obligatsiyalari narxining tushishi, neft inqirozi, shuningdek 
buning ketidan yuz bergan rublning devalvatsiyasi har bir kishiga taʼsir koʻrsatdi. 
Shunda rossiyaliklar oʻz jamgʻarmalarini saqlab qolish uchun banklarda mavjud 
boʻlgan barcha oltinni sotib olishdi va yutqazishmadi. 1998 yilning avgustidan 
boshlab, oltinning bir unsiyasi narxi uch martadan ortiq koʻtarildi. hatto oʻsha 
vaqtlar undiriladigan 20% QQSni hisobga olganda ham oltin investorlarning 
ishonchini oqladi. Biroq oʻsha vaqtda jismoniy shasxlar oltinni faqat oʻz 
mamlakatlari banklaridan sotib olish imkoniyatiga ega edilar. Bunda oltinning 
unsiyasi qiymati aynan ichki bozorda shakllanar edi, unda uning narxi yetkazib 
beruvchilarning cheklanganligi va Rossiya ichida talabning yuqoriligi tufayli 
umumjahon jarajasidan mos ravishda yuqori boʻlgan. Hozir esa rossiyaliklar uchun 
inqirozning mahalliyligiga bogʻliq boʻlmagan holda jahonning ochiq bozorida 
oltinni sotib olish uchun barcha imkoniyatlar bor. Bu Rossiyada moliyaviy va birja 
institutlarining rivojlanishi tufayligina mumkin boʻlmay, balki xalqaro bozorlargi 
chiqish imkoniyatini taqdim etuvchi koʻp sonli brokerlarning paydo boʻlishi bilan 
ham mumkin boʻldi. 
2008 yilgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi birmuncha fundamental 
xususiyatga ega. U turli xil mamlakatlarning faqat iqtisodiyotigagina singib 
kirmay, balki retsessiyani ham vujudga keltiradi. Shuning uchun oltinni xarid 
qilish ham jamgʻarmalarini saqlab qolishning eng ishonchli usullaridan biri sifatida 
qaraladi. 
Oltinning qiymatiga boshqa omillar ham shubhasiz taʼsir koʻrsatadi. 
Masalan, dollar va neftning qiymati. Bunda oltin qiymatining dinamikasi dollar 
kursi bilan teskari bogʻlanishda, neft narxlari bilan esa toʻgʻridan toʻgʻri 
bogʻlanishda boʻladi. Buning sababishu bilan izohlanadiki, valyuta bozorining 
oʻzgʻaruvchanligida va dollar kursining pasayishida oltin yana muqobil 
investitsion gavan sifatida ishtirok etadi. Neftga keldaigan boʻlsak, u holda bir 


113 
barel neft narxining oʻsishida oltin neftdollarlarini ishlab chiqarish vositasi sifatida 
ishtirok etadi. 

Download 5,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish