112
Odatda, oltin narxi jahon iqtisodiyotidagi vaziyatga bogʻliq boʻladi. Undan
tashqari, oltinning qiymati doim muqobil investitsion vositalarning samaradorligi
yoki zararli ekanligining indikatori boʻlgan. Mablagʻlarning aylanishi oʻsgan,
shuningdek oltin kapitali oʻsishining turli xil vositalari keng koʻllanilgan davrda
oltin tabiiy ravishda narxi mos holda tushgan edi. Aksincha,
iqtisodiyot
stagnatsiyasi holatida, uning orqaga ketishi yoki retsessiyasi pastida oltin
investorlar tomonidan kapitalni qayd etishning va uning bundan keyingi
saqlanishining eng barqaror va likvid vositasi sifatida idrok qilingan edi. Bu yerda
valyuta bozori bilan oʻxshashlikni qayd etish va oltinni shveysariya franki bilan
taqqoslash mumkin boʻlib, bu valyuta oʻzgarishlarini kutib oʻtkazish mumkin
boʻlgan bufer sifatida hisoblangan.
Boshqacha aytganda, bozorda “buqalar”
hukmronlik qilganda, ehtiyoj ortadi va iqtisodning barcha sektorlarini oʻz ketidan
tortadi, oltin soyaga oʻtadi. Lekin faqat vaqtincha... Biroq, iqtisodiyotning hamma
oʻzgarishlari xam global umumjahon tavsifga ega boʻlavermaydi. Misol uchun,
ikki tanazzulli vaziyatni tahlil qilamiz: biri Rossiyada 1998 yilda yuzaga keldi;
ikkinchisi hozir kechmoqda va butun jahon hamjamiyatida aks etmoqda.
1998 yilning avgust oyida Rossiya ancha qiyin davrni boshidan oʻtkazdi:
davlat qisqa muddatli obligatsiyalari narxining tushishi,
neft inqirozi, shuningdek
buning ketidan yuz bergan rublning devalvatsiyasi har bir kishiga taʼsir koʻrsatdi.
Shunda rossiyaliklar oʻz jamgʻarmalarini saqlab qolish uchun banklarda mavjud
boʻlgan barcha oltinni sotib olishdi va yutqazishmadi. 1998 yilning avgustidan
boshlab, oltinning bir unsiyasi narxi uch martadan ortiq koʻtarildi. hatto oʻsha
vaqtlar undiriladigan 20% QQSni hisobga olganda ham oltin investorlarning
ishonchini oqladi. Biroq oʻsha vaqtda jismoniy shasxlar oltinni faqat oʻz
mamlakatlari banklaridan sotib olish imkoniyatiga ega edilar. Bunda oltinning
unsiyasi qiymati aynan
ichki bozorda shakllanar edi, unda uning narxi yetkazib
beruvchilarning cheklanganligi va Rossiya ichida talabning yuqoriligi tufayli
umumjahon jarajasidan mos ravishda yuqori boʻlgan. Hozir esa rossiyaliklar uchun
inqirozning mahalliyligiga bogʻliq boʻlmagan holda jahonning ochiq bozorida
oltinni sotib olish uchun barcha imkoniyatlar bor. Bu Rossiyada moliyaviy va birja
institutlarining rivojlanishi tufayligina mumkin boʻlmay, balki xalqaro bozorlargi
chiqish imkoniyatini taqdim etuvchi koʻp sonli brokerlarning paydo boʻlishi bilan
ham mumkin boʻldi.
2008 yilgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi birmuncha fundamental
xususiyatga ega. U turli xil mamlakatlarning faqat
iqtisodiyotigagina singib
kirmay, balki retsessiyani ham vujudga keltiradi. Shuning uchun oltinni xarid
qilish ham jamgʻarmalarini saqlab qolishning eng ishonchli usullaridan biri sifatida
qaraladi.
Oltinning qiymatiga boshqa omillar ham shubhasiz taʼsir koʻrsatadi.
Masalan, dollar va neftning qiymati. Bunda oltin qiymatining dinamikasi dollar
kursi bilan teskari bogʻlanishda, neft narxlari bilan esa toʻgʻridan toʻgʻri
bogʻlanishda boʻladi. Buning sababishu bilan izohlanadiki, valyuta bozorining
oʻzgʻaruvchanligida va dollar kursining pasayishida oltin yana muqobil
investitsion gavan sifatida ishtirok etadi. Neftga keldaigan boʻlsak,
u holda bir