Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti



Download 5,02 Kb.
Pdf ko'rish
bet72/128
Sana30.10.2022
Hajmi5,02 Kb.
#858425
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   128
Bog'liq
Moliya bozori Darslik

металлар бозори 
иштирокчилари 
Қазиб олувчи 
саноат 
корхоналари 
Қайта 
ишловчи 
саноат 
корхоналари 
Биржалар 
Инвесторлар 
Банклар 
Профессионал 
воситачилар 


107 
9.2. Oltin bozori amal qilish mexanizmi
43
Hozir deyarli har bir manfaatdor kishi jahon oltin bozoriga kirish va oʻz 
mablagʻlarini bu qimmatbaho metallga sarflashi mumkin. Bunda oltin faqat 
moddiy yuk tarzida emas, balki foizli depozit sifatida ham ishtirok etishi mumkin. 
Bundan tashqari, oltindan sezilarli daromad keltiruvchi shoshilinch bitimlarda 
foydalaniladi. Ayniqsa inqirozli vaziyatlar davrida, yigʻilgan mablagʻlarning 
boshqa vositalari va mablagʻlarini investitsiya qilish kerakli samarani koʻrsatmasa, 
oltinga investitsiya qilish nisbatan risksiz hisoblanadi. 
Oltin kapitalni, boylikni yoki farovonlikni oʻlchashning eng eski va samarali 
oʻlchovi hisoblanadi. Oltin bilan birga shu maqsadlarda boshqa rangli metallardan 
ham foydalanilgan. Insoniyat tarixi davomid uzoq davrlar mobaynida oltin pul 
vazifasini bajarib keldi, keyin pul ekvivalenti boʻlib hisolana boshladi. XIX-XX 
asrlarda iqtisodiyotning rivojlanishiga uning negizida qaror topgan “Oltin 
standarti” tizimi katta taʼsir koʻrsatdi. Oltin oldida milliy chegaralar ham chekindi 
va XX asrning taxminan 70-yillarigacha u jahon valyuta tizimining asosi boʻlib 
xizmat qildi, shu munosabat bilan qimmatli metallar bilan bajariladigan 
operatsiyalar qattiq nazoratga olingan edi. Asosan operatsiyalar monitar siyosat, 
davlatlar va xalqaro moliya tashkilotlari darajasida amalga oshirilar edi. Biroq 
tizimda toʻplanib qolgan ziddiyatlar natijasida sifat jihatidan oʻzgarishlar yuz berdi 
va valyuta kurslari qatʼiy belgilangan kurslardan oʻzgaruvchi kurslarga aylandi. 
Natijada, oltinning roli oʻzgardi, yuridik jihatdan u jahon valyuta aylanmasidan 
chiqib ketdi. Oltin bilan bitimlarning liberallashuvi boshlandi, xususiy 
shaxslarning metallga egalik qilish huquqi kengaydi. Qimmatli metallar bozori 
butunlay oʻzgarib ketdi, bozorning tuzilmasi ham, uning ishtirokchilari tarkibi 
ham, bozordagi operatsiyalar spektri ham oʻzgardi. Hozir oltin toʻlov vositasi 
sifatida boshqa ishlatilmaydi, biroq u iqtisodiy munosabatlar tizimini tark etgani 
ham yoʻq. Bugungi kunga kelib jahon oltin bozori davlat tomonidan juda kam 
tartibga solinadigan ichki va xalqaro bozorlar yigʻindisidan iborat. Bu qimmatbaho 
metallning oʻzi bilan ham, hosilaviy vositalar bilan ham kunu-tun va global savdo 
qilishni taʼminlaydi. Jahon oltin bozorida talab tuzilmasini shartli ravishda uchta 
sektorga ajratish mumkin – barcha darajalarda tezavratsiya, sanoat-maishiy 
isteʼmol, chayqovchilik bitimlari. Taklif yangi qazib olingan qimmatli metallar, 
xususiy va davlat zaxiralarini sotishdan, ikkilamchi oltinni boʻlgan xomashyoni 
qayta ishlash va kontrabandadan iborat. Taklifning asosiy manbalari yangi oltinni 
ishlab chiqaruvchilar, asosiy xaridorlar - uni sanoat maqsadlarida foydalanuvchilar 
hisoblanadi. Bularning ikkalasi ham turli omillar munosabati bilan bozorda 
muntazam paydo boʻlmaydi. Ammo qimmatli metallar bozoridagi koʻtarilishlar va 
tushishlar toʻgʻrisida biz keyinroq gaplashamiz. 
Xalqaro oltin bozorlari Syurix, Gonkong, London, Nyu-York, Dubay kabi 
shaharlarda joylashgan. Xalqaro bozorlarning uncha koʻp boʻlmagan 
ishtirokchilariga nisbatan yuqori talablar qoʻyiladi. Bunday ishtirokchilar odatda 
obroʻsi yuqori va moliyaviy ahvoli yaxshi boʻlgan ixtisoslashgan kompaniyalar va 
yirik banklardir. Qimmatbaho metallar bilan yirik operatsiyalar bozorlarda kunu-
43
Мазкур параграф 
https://www.instaforex.com/oz/gold
 сайти махлумотлари асосида киритилди. 


108 
tun oʻtkaziladi, bu esa oltinga aloqasi boʻlgan keng tarmoqlangan mijozlar 
tarmogʻi bilan taʼminlanadi. Operatsiyalar qatʼiy tartibga solinmagan, qoidalarni 
bozor ishtirokchilarining oʻzlari belgilashadi. Oltinning ichki bozorlari - bular bitta 
yoki bir nechta mamlakatning bozorlari boʻlib, ular asosan mahalliy investorlarga 
moʻljallangan. Ular erkin va tartibga solinuvchi bozorlarga boʻlinadi. Erkin 
bozorlarga koʻpchilik Yevropa bozorlari, masalan, Milan, Parij, Amsterdam, 
Frankfurt-na-Maynedagi bozorlar kiradi. Tartibga solinuvchi bozorlarga – 
koʻpchilik uchinchi dunyo mamlakatlari bozorlari kiradi. Ichki bozorlarda bitimlar 
asosan mayda quymalar va tangalar bilan amalga oshiriladi, hisob-kitob vositasi 
sifatida esa mahalliy valyutalar ishtirok etadi. Qora bozorlar toifasiga Osiyo 
qitʼasidagi ayrim mamlakatlarning oltin bozorlari kiradi. Ularning vujudga kelishi 
oltin bilan operatsiyalarni amalga oshirishga yoppasiga davlatlar tomonidan 
cheklashlar kiritilishi bilan bogʻliq. Qora bozorlar yopiq bozorlar bilan parallel 
ravishda mavjuddir. Qora bozorlar - bu radikal tarzda tashkil etilgan ichki 
bozorlarning bir shakli boʻlib, bu yerda oltinni olib kirish/olib chiqish taqiqlangan 
va soliq tartibi tufayli qimmatli metallar bilan savdo qilish ichki narxlar jahon 
narxlaridan ortiq boʻlgani sababli foyda keltirmaydi. 
Tabiiy oltin bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning eng katta hajmi 
London va Syurixga toʻgʻri keladi. Dastlab oltin bilan savdo qilishning katta qismi 
Londonga toʻgʻri kelar edi, bunga, xususan, metallni Britaniya Hamkorlik 
mamlakatlaridan (avvalo, JARdan) yetkazib berilishi imkon bergan boʻlib, bu 
mamlakatlarni qimmatbaho metall bilan savdo savoli tarzda tashkil etilgani jalb 
qilar edi. Oltin Londondan Yevropa qitʼasiga, u yerdan Yaqin va Uzoq Sharq 
mamlakatlariga koʻchirilar edi. 
Metallni oldi-sotdi qilishning joriy operatsiyalari bitim tuzilgan kundan 
keyin 2 ish kunida valyutalash sanasi (metall va valyutani hisobdan chiqarishni 
belgilash sanasi) bilan spot sharti bilan amalga oshiriladi. Joriy amallarning 
xalqaro bozori spot-bozori (spot market) deb ataladi. Spot shartlaridagi lotning 
stardart oʻlchami besh ming troya unsiyasini tashkil etadi. Troya unsiyasi – jahon 
amaliyotida umum qabulqilingan qimmatli metallarning ogʻirligini oʻlchovi boʻlib, 
u 31,1034807 grammdan iborat. Mazkur amallarni bajarishdan maqsad kredit 
tashilotining qimmatbaho 
metallar 
fondini shakllantirish 
yoki 
mijozlar 
buyurtmasini bajarish hisoblanadi. Tabiiy oltin bilan narx parametrlarini aniqlash 
uchun tayanch nuqtasi London bozori narxi, loko London (“loko” atamasi metallni 
yetkazib berish joyini anglatadi) qimmatbaho metallar bilan bitim tuzishning 
muhim sharti hisoblanadi. 

Download 5,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish