1-laboratoriya ishi
Mavzu: Detallarning lotoklardagi o‘tkazuvchanligini tekshirish
Ishni bajarishdan maqsad: Laboratoriya ishidan maqsad detallarni lotoklardan siljishi va o‘tgazuvchanlikka ta’sir etuvchi faktorlarni o‘rganishidir.
Lotoklar to‘g‘risida umumiy
ma’lumotlar
Avtomatik yuklash-transport qurilmalaridan detallar og‘irligi kuchi, tashqi kuchlar va energiya kuchi ta’sirida siljiydi.
Og‘irlik kuchi ta’siridagi transportirovka bu xolda barcha moslamalar yo‘naltiruvchi vazifasini bajaruvchi lotokdan iborat bo‘lgani uchun keng qo‘llanilmoqda. Agar lotokda detallar tebranish yo‘li bilan siljisa lotok ishlab sirpanish yo‘li bilan siljisa skliz deb ataladi.
Lotoklarning kesimi detallarning shakli, lotoklarda ularni chamalash usuliga bog‘liq.
Lotoklar ochiq va yopiq tipga bo‘linadi.
Ochiq lotoklardan farqli ravishda yopiq lotoklar ustki tomonlarga ega bo‘lib, katta qiyalik va katta uzunlikda zagatovkalarni shishishi va ularni lotokdan tushib qolish xolatlari oldini olish uchun qo‘llaniladi.
Lotok tiplari
a) ochiq lotok b) yopiq lotok
Lotokli loyixalash ko‘ndalang kesim o‘lchamlari, lotokning og‘ish burchagi va detallarning undagi o‘tkazuvchanligiga ahamiyat berish kerak. O‘tkazuvchanlik deganda detallarni lotokda chamalanishini yo‘qotmay siljishi tushuniladi.
1-rasm. OVS dan
Bu erda: Dr – xisobiy diametr, L – detal uzunligi, α – og‘ish burchagi, A – zazor.
Maksimal A zazor bo‘lishi uchun α burilish burchagi ρ ishqalanish burchagidan katta bo‘lishi lozim, ya’ni α > ρ chegaraviy tirqishda α = ρ
tg α = tg ρ = f
bu erda f – sirpanish ishqalanish koeffitsinti
2 – formula va 1 – formuladan quyidagi formulani keltiramiz.
Lotokning qiyalik burchagini aniqlashda sirpanishga qarshilikdan tashqari, bortlarning tebranishga qarshiligi umumiy oqim olish darkor. YOlgiz detallar tebranishiga qarshiligi umumiy oqim tebranish qarshiligidan kichikdir.
LABORATORIYA QURILMASINI TAVSIFI
Labaratoriya qurilmasi 2 stoykaga sharnir yordamida mustahkamlangan to‘g‘ri chiziqli lotokdan iborat. Lotokning og‘iz burchagi (0 dan 30° gacha) 3 vint yordamida o‘zgartiriladi.
Lotokning xaqiqiy og‘ish burchagi 2 bo‘linmalariga ega 4 burchak o‘lchagichda o‘lchanadi.
Lotokning kengligi lotokning borti bo‘lib xizmat qiladigan jilvirlangan burchak 5 yordamida rostlanadi.
To‘g‘ri chiziqli lotok (nov) qurilmasi
Ishni bajarish tartibi:
Satx o‘lchagichli yordamida lotok gorizantal holatga keltiriladi.
Guruhdagi har bir talaba bir xil diametr detallarni tanlab olib, L va D dopusklarni aniqlaydi va A max eng katta chegaraviy tirqishni xisoblaydi.
O‘lchamlar to‘plami yordamida lotokning xisobi o‘rnatiladi.
YOlg‘iz va umumiy oqim detallari minimal yumalash burchagi aniqlanadi. Buning uchun detal’ lotokka ogish burchagini detal harakatga kelguncha oshirib boriladi. Tajriba 3 marta qaytariladi. Xuddi shunday usulda umumiy oqim bilan ham tajriba o‘tkaziladi. O‘rta qiymat aniqlangandan so‘ng bog‘liqlik grafigi ko‘rinadi.
Lotokning og‘ish burchagi a = YU ga keltiriladi. Xar bir student tanlangan detalning o‘tgazuvchanlik foyizini aniqlaydi. Olingan o‘rtacha qiymatiga ko‘ra grafik ko‘riladi.
Nazorat savollari
Lotokning qaysi tiplarini bilasiz?
Detalning lotoqdagi o‘tgazuvchanligi qanday aniqlanadi?
Detalning lotokdagi o‘tgazuvchanligi qaysi asosiy parametrlarga bog‘liq?
Lotok devori bilan detal toretsi orasidagi minimal tirqish qanday tanlanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |