Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti


 Yapon shamlari turlari va modellari



Download 5,02 Kb.
Pdf ko'rish
bet84/128
Sana30.10.2022
Hajmi5,02 Kb.
#858425
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   128
Bog'liq
Moliya bozori Darslik

10.5. Yapon shamlari turlari va modellari 
«
Yapon shamlari
» uzoq yillardan buyon yapon treyderlari tomonidan texnik 
tahlil uchun qoʻllanib kelingan. Yaqin yillardan boshlab esa boshqa davlat 
treyderlarining diqqatini tortgan. 
Umuman olganda, qimmatli qogʻozlar bozorida sekʼyurimetrik tahlil 
usullaridan foydalanish bozor ishtirokchilari uchun (emitent, investor, professional 
qatnashchilar) qimmatli qogʻozlarning kurslarini kelajakdagi oʻzgarishlarini yoki 
muayan tendensiya boʻyicha xarakatini prognoz qilishga yordam beradi. Emitent 
aksiyalarini fond bozorida sekʼyurimetrik tahlil usullaridan foydalanib tahlil qilish, 
uning aksiyalari boʻyicha oldi-sotdi bitimlarini tuzish, emitent obroʻsiga ijobiy 
taʼsir koʻrsatadi.
Qimmatli 
qogʻozlar 
bozorida 
oldi-sotdi 
qilinayotgan 
moliyaviy 
instrumentlar narxi yoki kursi talab va taklifga qarab tez-tez oʻzgarib turishi 
mumkin. Shuning uchun, bozor professionallari kursning ijobiy va salbiy 
oʻzgarishida katta foyda yoki zarar koʻrishi mumkin. Zararni kamaytirish va 
maksimal foyda koʻrish uchun bozor professionallari qimmatli qogʻozlar 
kurslarining kelajakdagi oʻzgarishini prognoz qilishlari mumkin. Bunday holda
texnik tahlil usulidan foydalaniladi.
Rivojlangan fond bozorlarda qimmatli qogʻozlar kursining kelajakdagi 
oʻzgarishini prognoz qilishda texnik tahlil usullaridan biri yapon shamlaridan 
foydalaniladi.Texnik analizda markaziy oʻrinni yapon shamlari grafigini tahlili 
egallaydi. Yapon shamlari grafiklari orqali prognozlash 80-90 yillarning eng 
mashxur metodlaridan edi. Yapon shamlari odatda bar (kesmali) li grafikka mos 
ravishda yasaladi.
Jahon amaliyotida quyidagicha metod qabul qilingan, agar bar ochilish 
bahosiga nisbatan yuqori darajada yopilsa, oq rangdan; agar yopilish bahosi 
ochilish baxosidan past boʻlsa qora rangdan ifodalaniladi. Quyidagi 4.3.1 rasmda 
Boenig Co. kompaniyasi aksiyalarining dinamikasini yapon shamlarida 
koʻrishimiz mumkin. 
Bu rasmda Boenig Co. kompaniyasi aksiyalari oʻsuvchi tendensiyada 
ochilgan boʻlib, 1-raqamigachi davom etgan. 2-raqamida bozorda “ayiqlar” 
trendining kuchli namoyon boʻlishi koʻrsatilgan boʻlsa, 3-raqamda yapon 
shamining shakli asosiy ahamiyatga ega boʻlib, bu trend aksiya narxlarining 


127 
oʻzgarishiga, qayrilishiga olib kelgan, yaʼni keyingi savdo sessiyalarida bozorda 
“buqalar” hukmron boʻlishgan. Investor esa sotib olgan aksiyalarini 3-raqamdagi 
savdo sessiyasida sotishi kerak, aks holda katta zarar koʻrishi mumkin. 
Sham chizigʻi ochilish va yopilish bahosi, maksimal va minimal koʻtarilish 
baholariga bogʻliq holda turli xil koʻrinishlarda namoyon boʻladi.
Yapon shamlarining turlari va modellarini bilish va oʻrgansh investor uchun 
fond bozorida mavjud risklarni xedjirlashi yoki qimmatli qogʻozlar oldi-sotdisida 
koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni oldini olishi mumkin. 
 
Anʼanaviy yapon shamlari keng qoʻllanilishi bilan birga quyidagi turlari 
mavjud: 
Marubozu – bu yapon shami turida oʻsuvchi tendensiyani saqlagan holda, 
bozorda “buqalar” ning kuchli namoyon boʻlishi. 
Uzun tanli sham – bu yapon shami turida savdo sessiyasida qimmatli 
qogʻozning ochilish va yopilish narxlari oʻrtasidagi anchagina farqni koʻrishimiz 
mumkin.
Doji – savdo sessiyasida qimmatli qogʻozlarni ochilish va yopilish 
narxlarining bir xil boʻlishida kuzatiladi. Boshqa yapon shamlarining turlari bilan 
kombinatsiyasida uning ahamiyatini koʻrishimiz mumkin, lekin asosiy ahamiyatli 
yapon shamlari turlariga kiradi. Bundan tashqari, doji ahamiyatli sham modellari 
tarkibiga kiradi. Doji bozor ishtirokchilari xarakatidagi ishonchsizlik xolatlarini 
koʻrsatadi, shuningdek, bozordagi narxlarning qayrilishini, oʻzgarishini bildiradi. 
Doji xar doim xam fond bozorlarda uchramaydi, shuning uchun oʻz ahamiyatini 
yoʻqotmaydi, agar fond bozorlarda tez-tez uchraydigan boʻlsa, doji oʻz ahamiyatini 
yoʻqotadi. 
Dojining quyidagi turlarini mavjud:
1. Qimmatli qogʻozning maksimal va minimal nuqtalari boʻlmagan doji turi. 
2. Dojining eng koʻp uchraydigan turi. 
3. Uzun oyoqli doji – uzun maksimal va minimal nuqtalarga ega. Agar 
dojining maksimal nuqtasi qanchalik uzun boʻlsa, uning shunchalik “ayiq” trendi 
imkoniyati kuchli boʻladi.
Uzun oyoqli dojining ahamiyati, oʻsuvchi tendensiyada bu doji turining 
namoyon boʻlishi narxlarning qayrilishiga, yaʼni pasayuvchi tendensiyaga 
oʻzgarishiga olib keldi. Fond bozori ishtirokchilari uchun foyda koʻrish yoki 
zararni oldini olishda katta ahamiyatga ega.
Doji “qabr toshi” - uning minimal nuqtasi boʻlmagan doji, lekin maksimal 
nuqtga ega, yaʼni savdoning ochilish va yopilish bahosi tahlil etayotgan 
vaqtimizdagi minimumga toʻgʻri keladi.
Dojining bu turi ham uzun oyoqli dojiga oʻxshab uning “buqalar” trendida 
paydo boʻlishi keyingi savdolarda “ayiqlar” trendi imkoniyatlarini oshirayapti, 
yaʼni keyingi savdolarda fond bozorida “ayiqlar” trendi xukmron boʻladi. Investor 
uchun bu doji turining ahamiyatli tomoni shundaki, “qabr toshi” dojini bozorda 
namoyon boʻlishi bilan investor oʻz aksiyalarini sotishga tushadi va keyingi 
savdolarda aksiyalarni yanada arzon baxodan sotib olishga xarakat qiladi. 


128 
Doji “ninachi” – “qabr toshi” ning teskarisi: bu dojida yuqori maksimal 
nuqtaga mavjud emas, lekin uzun minimal nuqtaga ega. Xisoblanadiki, doji 
“ninachi” qanchalik uzun minimal nuqtaga ega boʻlsa, shunchalik bozor 
ishtirokchilari optimistik kayfiyatda boʻlishadi.
Doji “ninachi” ning ahamiyati doji “qabr toshi” ning teskarisi, faqatgina doji 
“ninachi” pasayuvchi trendda namoyon boʻlib narxlarning qayrilishi, burilishiga 
sabab boʻladi, yaʼni oʻsuvchi trendga oʻzgarishiga. 
Fond bozori professional qatnashchilari, investorlar qimmatli qogʻozlar oldi-
sotdisida ishtirok etishar ekan, ularning maqsadi katta foyda olish bilan bogʻliq. 
Shuning uchun, bu bozor qatnashchilari qimmatli qogʻozlar narxlarining 
kelajakdagi oʻzgarishini prognoz qilishi uchun yapon shamlaridan foydalanishadi. 
Lekin faqat doji turlari bilangina fond bozori xolatini tahlil qilish mumkin emas, 
xamda investor doji turlarini oʻrganish orqali fond boorida oʻz strategiya va 
taktikalarini bajara olmaydi, ammo doji yapon shamlari modellarida ham 
ahamiyatli hisoblanadi.
Shunday ekan, yapon shamlarining modellarini bilish va oʻrganish fond 
bozorining bugungi va kelajakdagi xolatlarini prognoz qilishda katta ahamiyatga 
ega. Yapon shamlari modellarining quyidagi turlari mavjud: 
1.
Yutish (qoʻshib olish) modeli. 
2.
Tongi va tungi yulduz modellari. 
3.
Uch qora qargʻa modeli. 
4.
Uchta oq askar modellari va boshqalar. 
Yutish (qoʻshib olish) modeli “buqalar” va “ayiqlar” turlariga ajraladi.
Yutish modeli ikkita sham orqali shakllanayapti. Bunda 2-shamning tanasi 
1-shamnikidan uzun boʻlib uni yutib yuborayapti, yaʼni 2-shamda savdolar hajmi 
oshgan, shuning uchun savdolarning ochilish va yopilish baxolari oʻrtasida katta 
farq mavjud va bu xolat 2-sham tanasiga taʼsir qilgan. ”Buqalar” modelida 2-
shamning namoyon boʻlishi va 1-shamning yutib yuborilishi qimmatli qogʻozlar 
savdolaridagi trendning pasayuvchidan oʻsuvchi trendga oʻzgarishiga olib keladi. 
Investor esa, 1-shamda, yaʼni pasayuvchi trendda aksiyalarni xarid qiladi ikkinchi 
va undan keyingi shamlarda, yaʼni oʻsuvchi trendda sotadi. “Ayiqlar” modeli 
“buqalar” modelining teskarisi. 
Yapon shamining tongi va tungi yulduz modellari oʻsuvchan hamda 
pasayuvchan tendensiyada shakllanadi.
Fond bozorida may oyigacha qimmatli qogʻozning narxlari “ayiqlar” 
trendiga boʻysungan boʻlib, kichik oq tanali va uzun minimal nuqtasiga ega 
boʻlgan shamning paydo boʻlishi (savdo hajmlarining kichik boʻlishi) aksiya 
narxlarning burilishiga, yaʼni “buqalar” trendiga oʻzgarishiga olib keldi. May 
oyining oxirigacha oʻtkazilgan savdolarda bozor oʻsuvchi tendensiyaga 
boʻysungan. Bu modelning namoyon boʻlishi orqali investorlar “ayiqlar” bozoridan 
“buqalar” bozorida xarakat qilishlari mumkin.
Uch qora qargʻa modeli baland narx atrofida paydo boʻlsa yoki uzoq muddat 
davom etgan oʻsuvchan tendensiyadan soʻng narx tushushini oʻlchab beradi. Uch 
qora qargʻada narxning yopilishi minimal narx atrofida yoki ularning yaqinida 


129 
boʻlishi kerak. Har bir shamda narxning ochilishi bundan oldingi sham tanasining 
“ichida” boʻlishi kerak. Uchta qora shamning ketma-ket namoyon boʻlishi keyingi 
savdolarda fond bozorida toʻla-toʻkis “ayiqlar” trendining xukmronligini 
koʻrsatayapti. Investorlar bu modeldan oʻz manfaatlari uchun foydalanishi 
mumkin, yaʼni ular qimmatli qogʻozlar juda arzon baxodan sotib olishga xarakat 
qilishadi va maʼlum savdo kuni oʻtkanidan keyin yoki bozor tendensiyasi 
“buqalar” trendiga oʻzgarganida qimmat narxda sotishadi. 
Yapon shamlarining boshqa modellari ham fond bozoridagi narxlarning 
muayan yoʻnalishini oʻrganishda, yaʼni qiimatli qogʻozlar trendining oʻsishini yoki 
pasayishini oʻrganishda, oldindan bilishda foydalaniladi. 
Xulosa qilib shuni aytish joizki, qimmatli qogʻozlar bozorida sekʼyurimetrik 
tahlil usulini qoʻllanilishi bu fond bozori infratuzilmasini rivojlanishiga, 
qatnashchilar sonining oshishi, bilimli mutaxassislarni ish bilan taʼminlanishi, 
yangi texnologik majmualarni qoʻllanilishi, bozor volatilligining oʻsishi kabi ijobiy 
xolatlarga olib kelishi mumkin. Bu rivojlanish oʻz navbatida mamlakatimizning 
yalpi ichki mahsulotining oʻsishiga katta taʼsir koʻrsatadi. 

Download 5,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish