107
9.2. Oltin bozori amal qilish mexanizmi
43
Hozir deyarli har bir manfaatdor kishi jahon oltin bozoriga kirish va oʻz
mablagʻlarini bu qimmatbaho metallga sarflashi mumkin.
Bunda oltin faqat
moddiy yuk tarzida emas, balki foizli depozit sifatida ham ishtirok etishi mumkin.
Bundan tashqari, oltindan sezilarli daromad keltiruvchi shoshilinch bitimlarda
foydalaniladi. Ayniqsa inqirozli vaziyatlar davrida, yigʻilgan mablagʻlarning
boshqa vositalari va mablagʻlarini investitsiya qilish kerakli samarani koʻrsatmasa,
oltinga investitsiya qilish nisbatan risksiz hisoblanadi.
Oltin kapitalni, boylikni yoki farovonlikni oʻlchashning eng eski va samarali
oʻlchovi hisoblanadi. Oltin bilan birga shu maqsadlarda boshqa rangli metallardan
ham foydalanilgan. Insoniyat tarixi davomid uzoq davrlar mobaynida oltin pul
vazifasini bajarib keldi, keyin pul ekvivalenti boʻlib hisolana boshladi. XIX-XX
asrlarda iqtisodiyotning rivojlanishiga uning negizida qaror topgan “Oltin
standarti” tizimi katta taʼsir koʻrsatdi. Oltin oldida milliy chegaralar ham chekindi
va XX asrning taxminan 70-yillarigacha u jahon valyuta tizimining asosi boʻlib
xizmat qildi, shu munosabat bilan qimmatli metallar
bilan bajariladigan
operatsiyalar qattiq nazoratga olingan edi. Asosan operatsiyalar monitar siyosat,
davlatlar va xalqaro moliya tashkilotlari darajasida amalga oshirilar edi. Biroq
tizimda toʻplanib qolgan ziddiyatlar natijasida sifat jihatidan oʻzgarishlar yuz berdi
va valyuta kurslari qatʼiy belgilangan kurslardan oʻzgaruvchi kurslarga aylandi.
Natijada, oltinning roli oʻzgardi, yuridik jihatdan u jahon valyuta aylanmasidan
chiqib ketdi. Oltin bilan bitimlarning liberallashuvi boshlandi, xususiy
shaxslarning metallga egalik qilish huquqi kengaydi. Qimmatli metallar bozori
butunlay oʻzgarib ketdi,
bozorning tuzilmasi ham, uning ishtirokchilari tarkibi
ham, bozordagi operatsiyalar spektri ham oʻzgardi. Hozir oltin toʻlov vositasi
sifatida boshqa ishlatilmaydi, biroq u iqtisodiy munosabatlar tizimini tark etgani
ham yoʻq. Bugungi kunga kelib jahon oltin bozori davlat tomonidan juda kam
tartibga solinadigan ichki va xalqaro bozorlar yigʻindisidan iborat. Bu qimmatbaho
metallning oʻzi bilan ham, hosilaviy vositalar bilan ham kunu-tun va global savdo
qilishni taʼminlaydi. Jahon oltin bozorida talab tuzilmasini shartli ravishda uchta
sektorga ajratish mumkin – barcha
darajalarda tezavratsiya, sanoat-maishiy
isteʼmol, chayqovchilik bitimlari. Taklif yangi qazib olingan qimmatli metallar,
xususiy va davlat zaxiralarini sotishdan, ikkilamchi oltinni boʻlgan xomashyoni
qayta ishlash va kontrabandadan iborat. Taklifning asosiy manbalari yangi oltinni
ishlab chiqaruvchilar, asosiy xaridorlar - uni sanoat maqsadlarida foydalanuvchilar
hisoblanadi. Bularning ikkalasi ham turli omillar munosabati bilan bozorda
muntazam paydo boʻlmaydi. Ammo qimmatli metallar bozoridagi koʻtarilishlar va
tushishlar toʻgʻrisida biz keyinroq gaplashamiz.
Xalqaro
oltin bozorlari Syurix, Gonkong, London, Nyu-York, Dubay kabi
shaharlarda joylashgan. Xalqaro bozorlarning uncha koʻp boʻlmagan
ishtirokchilariga nisbatan yuqori talablar qoʻyiladi. Bunday ishtirokchilar odatda
obroʻsi yuqori va moliyaviy ahvoli yaxshi boʻlgan ixtisoslashgan kompaniyalar va
yirik banklardir. Qimmatbaho metallar bilan yirik operatsiyalar bozorlarda kunu-
43
Мазкур параграф
https://www.instaforex.com/oz/gold
сайти махлумотлари асосида киритилди.
108
tun oʻtkaziladi, bu esa oltinga aloqasi boʻlgan keng tarmoqlangan mijozlar
tarmogʻi bilan taʼminlanadi. Operatsiyalar qatʼiy tartibga solinmagan,
qoidalarni
bozor ishtirokchilarining oʻzlari belgilashadi. Oltinning ichki bozorlari - bular bitta
yoki bir nechta mamlakatning bozorlari boʻlib, ular asosan mahalliy investorlarga
moʻljallangan. Ular erkin va tartibga solinuvchi bozorlarga boʻlinadi. Erkin
bozorlarga koʻpchilik Yevropa bozorlari, masalan, Milan, Parij, Amsterdam,
Frankfurt-na-Maynedagi bozorlar kiradi. Tartibga solinuvchi bozorlarga –
koʻpchilik uchinchi dunyo mamlakatlari bozorlari kiradi. Ichki bozorlarda bitimlar
asosan mayda quymalar va tangalar bilan amalga oshiriladi, hisob-kitob vositasi
sifatida esa mahalliy valyutalar ishtirok etadi. Qora
bozorlar toifasiga Osiyo
qitʼasidagi ayrim mamlakatlarning oltin bozorlari kiradi. Ularning vujudga kelishi
oltin bilan operatsiyalarni amalga oshirishga yoppasiga davlatlar tomonidan
cheklashlar kiritilishi bilan bogʻliq. Qora bozorlar yopiq bozorlar bilan parallel
ravishda mavjuddir. Qora bozorlar - bu radikal tarzda tashkil etilgan ichki
bozorlarning bir shakli boʻlib, bu yerda oltinni olib kirish/olib chiqish taqiqlangan
va soliq tartibi tufayli qimmatli metallar bilan savdo qilish ichki narxlar jahon
narxlaridan ortiq boʻlgani sababli foyda keltirmaydi.
Tabiiy oltin bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning eng katta hajmi
London va Syurixga toʻgʻri keladi. Dastlab oltin bilan savdo qilishning katta qismi
Londonga toʻgʻri kelar edi, bunga, xususan, metallni
Britaniya Hamkorlik
mamlakatlaridan (avvalo, JARdan) yetkazib berilishi imkon bergan boʻlib, bu
mamlakatlarni qimmatbaho metall bilan savdo savoli tarzda tashkil etilgani jalb
qilar edi. Oltin Londondan Yevropa qitʼasiga, u yerdan Yaqin va Uzoq Sharq
mamlakatlariga koʻchirilar edi.
Metallni oldi-sotdi qilishning joriy operatsiyalari bitim tuzilgan kundan
keyin 2 ish kunida valyutalash sanasi (metall va valyutani hisobdan chiqarishni
belgilash sanasi) bilan spot sharti bilan amalga oshiriladi. Joriy amallarning
xalqaro bozori spot-bozori (spot market) deb ataladi. Spot shartlaridagi lotning
stardart oʻlchami besh ming troya unsiyasini tashkil etadi. Troya unsiyasi – jahon
amaliyotida umum qabulqilingan qimmatli metallarning ogʻirligini oʻlchovi boʻlib,
u 31,1034807 grammdan iborat. Mazkur amallarni
bajarishdan maqsad kredit
tashilotining qimmatbaho
metallar
fondini shakllantirish
yoki
mijozlar
buyurtmasini bajarish hisoblanadi. Tabiiy oltin bilan narx parametrlarini aniqlash
uchun tayanch nuqtasi London bozori narxi, loko London (“loko” atamasi metallni
yetkazib berish joyini anglatadi) qimmatbaho metallar bilan bitim tuzishning
muhim sharti hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: