160
-
savdo maydonchalari va seksiyalarining roʻyxati va nomlari, agar ular
birja tomonidan tashkil etilgan boʻlsa;
-
birja savdolarini oʻtkazish tartibi;
-
birja aʼzolariga axborot xizmati koʻrsatish tartibi;
-
birjada narx-navoning yuzaga kelish jarayoni ustidan nazorat qilish
tartibi;
-
birjadagi nizolarni hal etish tartibi;
-
birja savdolari qoidalarini buzganligi uchun birja aʼzolari va
xodimlarining javobgarligi toʻgʻrisidagi qoidalar.
Ishlab chiqilgan fond birjasi savdo mexanizmi qoidalari birja aʼzolarining
umumiyyigʻilishida kelishilib, birjaning
Kuzatuv Kengashi tomonidan
tasdiqlangandan coʻngqabulqilinishi lozim. Birja aʼzolarining umumiy yigʻilishida
qoidalar kelishiladi va fond birja kuzatuv kengashiga tasdiqlash uchun kiritiladi.
Agar fond birja savdo mexanizmi qoidalarining matni birja aʼzolari bilan keliishish
yoki Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanish jarayonida qabul qilinmasa,
qoidalarga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganidan soʻng kelishish va
tasdiqlash uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Fond birja savdolarida ishtirok etishga ruxsat quyidagi talablar bajarilganda
beriladi:
-
qimmatli qogʻozlar prospekti roʻyxatga olinishi;
-
emissiya natijalari hisobotini davlat roʻyxatidan oʻtish;
-
qimmatli qogʻozlar emitenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi
“Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida” qonunining toʻliq bajarilishi.
Savdoni tashkillashtiruvchi savdoni birja nizomi talabi va hujjatlariga binoan
tashkil etishi lozim. Savdoni oʻtkazish vaqti savdo tashkilotchisi tomonidan erkin
belgilanishi mumkin, lekin savdoni oʻtkazish qoidalari boʻyicha savdoni oʻtkazish
vaqti asosiy savdo sessiyasi mobaynida belgilanishi kerak. Savdolar qoʻshimcha
savdo sessiyalarda ham oʻtkazilishi mumkin, kun tartibidagi
savdolarga kiritilgan
qimmatli qogʻozlar savdosi asosiy savdo sessiyasiga kiritilishi talab etiladi.
Savdolar amalga oshishi va bajarilishi tartibi tegishli talablar bajarilganidan
keyin savdoni tashkil etuvchi tomonidan belgilanadi. Savdolarda bitimlar kelib
tushgan arizalar asosida kelishiladi. Kliring tashkiloti tomonidan amalga oshgan
bitimlar natijalarini aniqlashtirish savdoni tashkil etuvchi majburiyatlari boʻyicha
amalga oshadi.
Savdoda qatnashuvchi nomi yozilmagan arizalar boʻyicha bitimlar tuzish
market meyker tomonidan qilinadi.
Fond birja savdolari turli shakllarda tashkil etilishi mumkin.
Oʻtkazish shakli boʻyicha savdolar:
a) doimiy va sessiya shaklida;
b) kontakt (anʼanaviy) va kontaktsiz (elektron).
Amalga oshish shakli boʻyicha:
a) ishonchnoma asosida birja savdosi (brokerlar);
b) mustaqil birja savdolari (dilerlar).