157
Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
-qimmatli qogʻozlarni hisobga qoʻyish;
-hujjatli qimmatli qogʻozlarni saqlash;
-qimmatli qogʻozlar chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni saqlash;
-qimmatli qogʻozlar egalarining reyestrlarini yuritish;
-davlatning qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarini, shuningdek qimmatli
qogʻozlarni boshqarish boʻyicha davlat vakolat bergan shaxslarning qimmatli
qogʻozlarga boʻlgan huquqlarini hisobga olish;
-investitsiya vositachilarining depo hisobvaraqlarini yuritish;
-qimmatli qogʻozlardagi hisob-kitoblarni belgilangan tartibda amalga
oshirish;
-Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari
tomonidan chiqarilgan,
Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalaga kiritilgan qimmatli qogʻozlarni
hisobga olish;
-Oʻzbekiston
Respublikasining rezidentlari tomonidan chiqarilgan,
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida muomalaga kiritilgan qimmatli
qogʻozlarni hisobga olish;
-agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, investitsiya
fondlari tomonidan chiqarilgan va ularga tegishli qimmatli qogʻozlarga boʻlgan
huquqlarni hisobga olish;
-Deponentlarning yagona bazasini yuritish;
-Oʻzbekiston
Respublikasining
rezidentlari
tomonidan
chiqarilgan
emissiyaviy qimmatli qogʻozlarga xalqaro kodlarni berish;
-depo hisobvaraqlari boʻyicha emissiyaviy qimmatli qogʻozlar
harakati
toʻgʻrisidagi axborotni toʻplash va tizimlashtirish.
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariy huquqlariga: qimmatli qogʻozlar
markaziy depozitariysi qimmatli qogʻozlar egalarining reyestrlarini yuritishga doir
vazifalarini bajarayotganda investitsiya vositachilaridan mazkur reyestrlarni
shakllantirish uchun zarur maʼlumotlarni soʻrash va olish hamda boshqa
huquqlarni ham kiritish mumkin.
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi majburiyatlariga
quyidagilar
kiradi:
-
manfaatdor shaxslarning qimmatli qogʻozlarni Qimmatli qogʻozlar
markaziy depozitariysida saqlash va hisobga olish qoidalari bilan tanishib chiqish
imkoniyatini taʼminlashi;
-
saqlash uchun qabul qilib olingan hujjatli qimmatli qogʻozlarning but
saqlanishini taʼminlashi;
-
oʻzining har bir deponentiga tegishli qimmatli qogʻozlar sonining va
nominal qiymatining hisobini yuritishi;
-
qimmatli qogʻozlarga
majburiyatlar yuklatilganligi, shuningdek ularning
tugatilganligi faktlari hisobini yuritishi;
-
oʻz deponentlarining depo hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni amalga
oshirishga asos boʻlgan birlamchi hujjatlarni idoraviy arxivda saqlashi;
158
-
oʻz deponentlarining depo hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni
deponentlarning yoki ular vakil qilgan shaxslarning
yozma topshiriqlari asosida
amalga oshirishi;
-
oʻz deponentining qimmatli qogʻozlarga boʻlgan mulk huquqi va boshqa
ashyoviy huquqlarini uning depo hisobvaragʻidan tegishli koʻchirma bergan holda
tasdiqlashi;
-
depo hisobvaraqlari boʻyicha qimmatli qogʻozlarning mavjudligi va
harakati, holati toʻgʻrisidagi axborotning maxfiyligini taʼminlashi;
-
oʻz deponentining depo hisobvaragʻi boʻyicha
operatsiyalarni qimmatli
qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining,
monopoliyaga qarshi davlat organining, shuningdek sudning, surishtiruv va tergov
organlarining qarorlari asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻxtatib
turishi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: