Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti


 Fond birjasi infratuzilmasi va birja savdolari qatnashchilari



Download 5,02 Kb.
Pdf ko'rish
bet102/128
Sana30.10.2022
Hajmi5,02 Kb.
#858425
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   128
Bog'liq
Moliya bozori Darslik

 
12.2. Fond birjasi infratuzilmasi va birja savdolari qatnashchilari 
Fond birja savdolari birja tomonidan birja savdosi qoidalariga muvofiq 
tashkil etiladigan fond birja tovari savdolari, ushbu savdolarda fond birja barcha 
ishtirokchilari 
bir 
vaqtda 
ishtirok 
etish 
imkoniyati 
berilgan 
holda, 
markazlashtirilgan tarzda elektron shaklda oʻtkazililishi lozim. 
Fond birja savdolarida qatnashuvchi ishtirokchilar mavjud. Ushbu 
ishtirokchilar professional ishtirokchilar deyiladi va fond birja professional 
ishtirokchilariga birja tomonidan belgilangan tartibda birja savdolarida ishtirok 
etish huquqi berilganinvestitsiya vositachisi, investitsiya maslahatchisi, investitsiya 
fondi, investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi, tranfer-agent, qimmatli 
qogʻozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi, dilerlar, market-meykerlar 
va brokerlar hisoblanadi, odatda ular yuridik shaxs maqomiga ega boʻlishlari 
darkor.Qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyat bilan shugʻullanuvchi 
ushbu ishtirokchilarni kengroq koʻrib chiqamiz: 
Investitsiya vositachisi 
– mijozning topshirigʻiga binoan, mijoz nomidan va 
uning hisobidan qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar hamda operatsiyalarni amalga 
oshiruvchi qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisidir.Investitsiya 
vositachisi mijozlarining qimmatli qogʻozlari va pul mablagʻlari investitsiya 
vositachisining oʻz hisobvaraqlaridan alohida hisobvaraqlarda turadi. Investitsiya 
vositachisi har bir mijozning qimmatli qogʻozlari va pul mablagʻlari hisobini 
yuritadi, qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar va operatsiyalarni mijoz bilan tuzilgan 
shartnomaga muvofiq amalga oshiradi, tuzilgan bitimlar va amalga oshirilgan 
operatsiyalar toʻgʻrisida unga hisobot beradi. 
Investitsiya vositachisi mijozlarning qimmatli qogʻozlarni sotib olish va 
sotishga buyurtma berish mumkin, oʻtkazish borasidagi topshiriqlarini vijdonan 
hamda ularning kelib tushishi tartibida bajarishi lozim. Mijozlarning topshirigʻiga 
binoan amalga oshiriladigan bitimlar investitsiya vositachisining oʻz dilerlik 
operatsiyalariga nisbatan ustun ravishda bajariladi.Agar investitsiya vositachisi 
tomonidan tegishli topshiriq olinguncha investitsiya vositachisi va uning mijozi 
oʻrtasidagi mijoz xabardor qilinmagan manfaatlar toʻqnashuvi mijozga zarar 
yetkazsa, investitsiya vositachisi zararning oʻrnini qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda qoplab beradi.Investitsiya vositachisi tomonidan investitsiya vositachisi 
sifatidagi faoliyatni toʻxtatib turish, tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan yoki u 
tugatilgan taqdirda, tegishli axborot qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran ikki ish 
kuni ichida ommaviy axborot vositalarida va fond birjasining rasmiy veb-saytida 
eʼlon qilinadi. Investitsiya vositachisi sifatida oʻz faoliyatini toʻxtatib turayotgan
tugatayotgan yoki tugatilayotgan investitsiya vositachisida hisobi yuritilayotgan 
qimmatli qogʻozlar mijozning qaroriga koʻra bir haftalik muddatda boshqa 
investitsiya vositachisiga oʻtkazilishi lozim, bunday qaror mavjud boʻlmagan 
taqdirda esa, qimmatli qogʻozlarning egasi tanlagan investitsiya vositachisiga 
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi 


154 
tomonidan belgilangan muddatlarda keyinchalik oʻtkazish uchun Qimmatli 
qogʻozlar markaziy depozitariysiga oʻtkaziladi. 

Download 5,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish