166
XIII bob. MOLIYA BOZORIDA BANKLAR VA NOBANK KRЕDIT
INSTITUTLARI
13.1. Moliya bozorida banklarning ishtiroki
Banklar moliya bozorining faol ishtirokchilari hisoblanadi.
Zamonaviy
moliya bozori murakkab tizimga ega boʻlib, pul bozori, kredit bozori,
qimmatli
qogʻozlar bozori, valyuta bozori va boshqalarni oʻz ichiga oladi hamda ularning
har birida banklar ishtiroki kuzatiladi. Umumiy holda banklar moliya bozorida
emitent, investor, investitsion vositachilar sifatida ishtirok etadi. Ayrim davlatlarda
banklar depozitariy vazifasini ham bajaradi.
Banklarning emitent
sifatida faoliyati aksiyalar, korporativ obligatsiyalar,
depozit sertifikatlari muomalaga chiqarishi va investorlar oʻrtasida joylashtirishi
bilan izohlanadi.
Shuningdek, “Markaziy bank davlatning qimmatli qogʻozlari,
shuningdek Markaziy bankning oʻzi chiqargan qarz majburiyatlarini xarid qilishi
va ochiq bozorda sotishi mumkin”
87
.
Oʻzbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi
Qonuniga asosan tijorat banklari “qimmatli qogʻozlar chiqarish,
xarid qilish,
sotish, hisobini yuritish va ularni saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan
qimmatli qogʻozlarni boshqarish, qimmatli qogʻozlar bilan boshqa operatsiyalarni
bajarish”
88
kabilarni amalga oshiradi. Umumiy holda banklar qimmatli qogʻozlar
bozorida quyidagi operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin:
- qimmatli qogʻozlarni chiqarish, sotib olish, sotish, saqlash;
- qimmatli qogʻozlarga mablagʻlar kiritish;
- ishonchli boshqaruvchi sifatida mijoz topshirigʻi asosida qimmatli
qogʻozlarni boshqarish;
- qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi jarayonida mijoz topshirigʻi asosida uning
hisobidan vositachilik funksiyalarini bajarish, broker vazifasini bajarish;
- qimmatli qogʻozlar chiqarish va muomalasi masalalari boʻyicha
konsultatsion xizmatlar koʻrsatish (invetitsiya maslahatchiligi);
-
investitsion kompaniya, anderrayter sifatida qimmatli qogʻozlar
chiqarilishini tashkil etish;
- qimmatli qogʻozlarni joylashtirish boʻyicha uchinchi shaxslar foydasiga
kafolat berish.
Oʻzbekiston Respublikasi “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi
Qonuniga asosan, mamlakatimizda korporativ obligatsiyalar investorlarga tegishli
mablagʻlarning emitentlar tomonidan toʻlanishi boʻyicha toʻlov agentlari vazifasini
bajaruvchi tijorat banklari ishtirokida chiqariladi.
Infratuzilma obligatsiyalari chiqarilganda esa ularni joylashtirishdan tushgan
mablagʻlar alohida bank hisobvaragʻida jamlanadi
va emitentning ulardan
maqsadli foydalanilishini nazorat qiluvchi kuzatuv kengashi yoki yuqori boshqaruv
organi qaroriga koʻra sarflanadi.
87
“Ўзбекистон Республикасининг Марказий банки тўғрисида”ги Қонуни, 25-модда.
88
Ўзбекистон Республикаси “Банклар ва банк фаолияти тўғрисида”ги Қонуни, 4-модда.
167
Emitent majburiyatlarining bajarilishi garov, bank kafolati yoki qonunda
nazarda tutilgan boshqa usullar bilan qoʻshimcha taʼminlanadigan obligatsiyalarni
chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda qoʻshimcha taʼminot bergan shaxs toʻgʻrisidagi va
taʼminot shartlari haqidagi maʼlumotlar ham koʻrsatilishi kerak.
Bu holda
obligatsiyalarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror qoʻshimcha taʼminot bergan shaxs
tomonidan ham imzolanishi kerak. Bundan ham koʻrinib turibdiki tijorat banklari
kafolati ostida ham obligatsiyalar chiqarilishida chiqarilishi mumkin.
Tijorat banklari tomonidan depozit sertifikatlarini chiqarish qimmatli
qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan
holda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan
belgilangan tartibda
amalga oshiriladi.Bunda
Do'stlaringiz bilan baham: