Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti


Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi



Download 5,02 Kb.
Pdf ko'rish
bet104/128
Sana30.10.2022
Hajmi5,02 Kb.
#858425
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   128
Bog'liq
Moliya bozori Darslik

Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi 
– yuridik shaxsning – 
ishonchli boshqaruvchining oʻziga egalik qilish uchun topshirilgan va boshqa 
shaxsga tegishli boʻlgan: 
-qimmatli qogʻozlarni, shu jumladan investitsiya aktivlarini boshqarish 
jarayonida olinadigan qimmatli qogʻozlarni; 
-qimmatli qogʻozlarga investitsiya qilish uchun moʻljallangan va investitsiya 
aktivlarini boshqarish jarayonida olinadigan pul mablagʻlarini shu shaxsning yoki 
u koʻrsatgan shaxsning manfaatlarini koʻzlab, oʻz nomidan ishonchli boshqaruvni 


155 
belgilangan muddat mobaynida amalga oshirishi investitsiya aktivlarini 
boshqarish. 
Transfer-agent
– qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish 
tizimiga taalluqli hujjatlarning qabul qilinishi, ularga ishlov berilishi va ularning 
oʻtkazilishi boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxsdir. 
Emitentlar, shuningdek qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar tuzuvchi shaxslar 
transfer-agentning 
mijozlaridir. 
Transfer-agent 
emitentga 
aksiyadorlarning 
umumiy yigʻilishini tashkil etish va oʻtkazish yuzasidan xizmatlar koʻrsatadi. 
Qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi 
– 
investorlarga vositachilarni jalb etmay turib savdoda ishtirok etish imkoniyatini 
beruvchi, qimmatli qogʻozlar savdosini tashkil etish boʻyicha faoliyatni 
buyurtmalar qabul qilish punktlaridan, maxsus kompyuter savdo tizimlaridan 
foydalangan holda amalga oshiruvchi yuridik shaxsdir. 
Qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi faoliyatini 
amalga oshirish tartibi qonun hujjatlarida belgilangan. 
Diler
– fond birja bitimlarini oʻz nomidan va oʻz hisobidan tuzuvchi birja 
aʼzosidir. 
Market
-
meyker 
– fond birja tovarlari narxlarining, talab va taklifning 
darajasini saqlab turish uchun oʻz zimmasiga birja bitimlarini tuzish majburiyatini 
olgan dilerdir. 
Broker
– mijozning topshirigʻiga koʻra, uning hisobidan birja bitimlarini 
tuzuvchi birja aʼzosidir. 
Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisi va uning mijozi 
munosabatlari qonun hujjatlari hamda shartnoma bilan tartibga solinadi.Mijozlar 
hisobidan bitimlar tuzish mijozlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida faqat 
investitsiya vositachisi va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi 
tomonidan amalga oshirilishi mumkin. 
Fond birjasida savdolarni amalga oshirish, yuqorida aytib oʻtilgan fond birja, 
jumladan, qimmatli qogʻozlar ishtirokchilarining turli faoliyati bilan bogʻliq 
boʻladi. Fond birja savdolarida asosan broker, diler, market meyker bevosita 
qatnashadi. Aytib oʻtish joizki, fond birjasida emissiyaviy qimmatli qogʻozlarga 
doir bitimlar tuzilganda, sotuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga 
bitim summasining 0,01 foizi miqdorida yigʻim toʻlaydi. Bunda sotuvchining, shu 
jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining tuzilgan bitim boʻyicha 
daromadlariga yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi va jismoniy 
shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinmaydi. 
Qimmatli qogʻozlarga doir narxlarning, talab va taklifning darajasini saqlab 
turish uchun birja bitimlari tuzilganda market-meyker birjaga, Qimmatli qogʻozlar 
markaziy depozitariysiga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy 
faoliyat milliy bankiga yigʻimlar va boshqa toʻlovlar toʻlashdan ozod qilinadi. 
Oʻzbekiston Respublikasi “Qimmatli qogʻozlar bozori” toʻgʻrisida 
Qonunning 21-moddasida belgilanishicha, qimmatli qogʻozlar savdosining 
tashkilotchilari sifatida quyidagilar belgilangan: 
-
fond birjasi; 


156 
-
fond boʻlimini tashkil etgan valyuta birjasi; 
-
qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi. 
Barcha qimmatli qogʻozlar savdosining tashkilotchilari oʻz faoliyatini 
amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga ega boʻlishlari lozim. 
Tashkil etilgan tovar savdolarida qatnashishga Oʻzbekiston Respublikasi 
qonun osti hujjatlarida belgilangan ravishda faoliyat yuritayotgan yuridik 
shaxslarga ruxsat beriladi. Bunda, savdoda qatnashayotgan ishtirokchi boshqa bir 
shaxs manfaatini koʻzlab, uning nomidan harakat qilsa, brokeryoki tegishli 
professional litsenziyaga ega boʻlgan qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchisi 
hamda markaziy kontragent savdo tashkilotchisining savdoda qatnashish 
roʻyxatiga kiritilishi mumkin. Ushbu roʻyxatga savdo qatnashchilarini kiritish va 
roʻyxatdan chiqarish tartibi va shartlari savdo tashkilotchisi tomonidan qatʼiy 
belgilanadi.
Fond birjasi yopiq birja turiga kiradi. Bu degani, faqat birja aʼzolari (yaʼni, 
professional ishtirokchilar) qimmatli qogʻozlar savdosini amalga oshirishi 
mumkin. Odatda, fond birja aʼzolari yuridik shaxslardir, lekin xalqaro amaliyotda 
fond birja aʼzolari kategoriyasiga ham yuridik, ham jismoniy shaxslar kirishi 
mumkin. Ayirim mamlakatlarda, masalan AQSHda jismoniy shaxslarga, boshqa 
davlatlarda, misol uchun, Yaponiya, Kanada – yuridik shaxslarga va boshqa 
koʻpgina davlatlarda jismoniy va yuridik shaxslar oʻrtasida farqlilik qilmaydi, fond 
birja aʼzosi boʻlish afzalligi beriladi. 
Fond birjaning barcha ishtirokchilari bir xil sharoit va vaziyatda boʻladi, 
yaʼni har xil kategoriyaga ega boʻlgan ishtirokchilar boʻlishi mumkin emas, misol 
uchun, tovar birjalaridagi ishtirokchilar singari.

Download 5,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish