407
tekshirishlarda siydikda albuminlar miqdori uncha baland bo'lmaydi.
Uncha katta bo'lmagan proteinuriya ayrim hollarda kasallikning
boshlanishidanoq yuzaga chiqadi,
boshqa hollarda esa umuman
bo'lmasligi ham mumkin. Siydikda oqsillarning kam miqdordaligi o'tkir
nefritda ko'p vaqt saqlanishi mumkin va bu 3-4-6, ba'zida 9-12-oylarda
umuman yo'qoladi. Gematuriya - o'tkir glomerulonefritning doimiy
belgisidir. 13-15% hollarda makrogematuriya ko'zga tashlanadi, boshqa
hollarda mikrogematuriya aniqlanadi, bunda siydik cho'kmasida
eritrotsitlar miqdori ko'rish maydonida 10-15 tadan ko'p bo'lmaydi.
O'tkir glomerulonefritda 75% bemorda gialin, donali, ba'zan epitelial
tsilindrlar topiladi, 25% ida tsilindruriya kuzatilmasligi mumkin.
Leykotsitlarning eritrotsitdan kamligini siydik cho'kmasini Addis-
Kakovskiy, Nechiporenko usullarida tekshirib bilish mumkin.
Buyrak faoliyati pasaygani tufayli ba'zan qonda azot qoldig'i,
mochevina miqdori bir oz ko'payishi mumkin. Azotemiya uzoq davom
etmaydi. O'tkir nefritda qon tarkibida gemoglobin va eritrotsitlar
kamayishi kuzatiladi. Eritrotsitlarning cho'kish tezligi oshadi.
Glomerulonefritning nefrotik, gipertonik va aralash turlari
farqlanadi.
Birinchi turi-nefritning tsiklli turi keskin boshlanib, shish, hansirash,
bosh og'rig'i, bel og'rig'i,
siydik miqdorining kamayishi, siydikda oqsil
va qon paydo bo'lishi, arterial qon bosimining ko'tarilishi bilan
ifodalanadi. Shish 2-3 hafta mobaynida kuzatiladi, so'ngra siydik
miqdori ko'paya borib (poliuriya) arterial qon bosimi pasayadi,
siydikning
solishtirma
og'irligi
kamayadi,
lekin
proteinuriya,
mikrogematuriya uzoq davom etishi mumkin. O'tkir nefritning ikkinchi
— yashirin o'tuvchi turi ko'pincha surunkali nefritga o'tadi. Bu turida
kasallik asta-sekin boshlanadi, sezilar-sezilmas hansirash, oyoqlarda
shish paydo bo'lishi bilan ifodalanadi. Eklampsiya
arterial qon bosimi
baland bo'lganda va haddan tashqari shish ko'payganda rivojlanadi.
Buyrak eklampsiyasida bemorning ko'zi zaiflashadi, tez-tez mushaklari
tirishib, tomir tortishadi, hushidan ketadi, u tilini tishlab olishi, beixtiyor
axlat va siydigini tuta olmasligi mumkin. Bu asorat to'g'ri davolansa
tuzaladi.
O'tkir glomerulonefritning yana bir og'ir asorati nefrotik sindrom
bo'lib, u ko'p oqsil yo'qotish, nihoyatda og'ir shishlar, qon tarkibida
oqsilning kamayishi, disproteinemiya bo'lishi, xolesterinning ko'payishi
(giperxolesterinemiya)
bilan
ifodalanadi.
Nefrotik
sindromning
408
patogenezi
ko'pchilik
tomonidan
tan
olingan
immunologik
konseptsiyaga asoslangan, nefrotik sindrom rivojlanishida buyrak bazal
membranasining buzilishi ahamiyatlidir. Bazal membranada buyrak
oqsillariga qarshi antitanalar o'tirib
oladi va doimiy ravishda
komplementar reaktsiya sodir bo'lishiga olib keladi. Nefrotik sindrom
avjiga chiqqanda qonda komplement kamayadi. Buyrakka qarshi
antitanalar ko'payadi, immunitetga ta'sir qiluvchi dorilar, steroid
gormonlarning nefritga ijobiy ta'siri bu kasallikning immunoallergik
xususiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi. Nefrotik sindrom rivojlanishini
izohlovchi ikkinchi taxmin, modda almashinuvi (metabolizm) ning
buzilishi konseptsiyasidir. Bu konseptsiya bo'yicha oqsilning siydik
bilan qo'shilib chiqishi buyrak koptokchalarining filtrlash xususiyati
buzilishi natijasidir. Tekshiruvlarning ko'rsatishicha, nefrotik sindromda
buyraklarda va siydikda eruvchan oqsillarning aktivligi oshishi,
qonda
gistamin ko'payishi, buyraklarda lizosom fermentlarning yuqori
kontsentratsiyasi, ularning yallig'lanish reaktsiyasini keltirib chiqarishi
aniqlangan. Zardobda oqsil muvozanatining buzilishi, ularning mayda
dispers
oqsil
fraktsiyalarining
chiqishiga
hamda
organizmda
immunologik siljishga olib keladi. Boshqa ma'lumotlar shuni
tasdiqlaydiki,
oqsil
sintezining
buzilishi
nefrotik
sindromda
retikuloendotelial tizimning ish qobiliyati o'zgarishi natijasida vujudga
keladi. Nefrotik sindromda hosil bo'ladigan qon tarkibidagi yog'larning
ko'payishi kompensator xarakterga egadir va bu qon tarkibidagi
oqsillarning kamayishi bilan birga kechadi. Nefrotik sindromda
organizmda natriyning ushlanib qolishi, uning qayta reabsorbtsiyasi
kuchayishi, giperaldosteronizm bilan ikkilamchi
aldosteronning qayta
ko'p ishlab chiqarilishi bilan bog'liqdir va bu o'z navbatida qon
aylanishining buzilishiga olib keladi. Faqat buyrak kapillyarlari
o'tkazuvchanligining kuchayishi emas, balki boshqa to'qimalarda
kapillyar
larining
immunologik zararlanishi ham nefrotik sindromga olib
keluvchi omildir. Klinik nuqtai nazardan patogenezda eng muhimi
oqsilning siydik orqali chiqishi bo'lib, bu nefrotik sindromda kuniga 3 g
va undan ko'proq chiqadi. Siydikda oqsilning paydo bo'lishi asosan
koptokchalarning
bazal
membranasining
zararlanishi
va
o'tkazuvchanligining kuchayishiga bog'liq bo'lib, shu bilan birgalikda
koptokchalarning filtri orqali yirik oqsil molekulalarining kirishiga
bog'liqdir. Yana shuni ham aytish kerakki, podoltsitlarning normal
funksiyasi bu bazal membranalarda oqsil molekulalarining kirishiga
409
to'sqinlik
qilishidir, podoltsitlarning funksiyasi buzilishi natijasida
oqsillar ushlanib qololmaydi va ular bazal membrana orqali kiradi.
Shuni ham ko'rsatib o'tish kerakki, o'tkir boshlangan diffuz
glomerulonefrit ba'zan o'rtacha o'tkir ekstrakapillyar nefritga olib keladi
va uning progressiv kechishi yaqin oylarda surunkali buyrak
yetishmovchiligiga sabab bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: