37
bo‘ladi. Innovatsiyalarni qidirib topishning boshlang‘ich
bosqichida marketing
bo‘linmalarining birinchi darajali vazifasini bajarish:
1. Talab va raqobatning darajasi;
2. Xaridorning xulqi va uning afzalliklarining dinmikasi;
3. Raqobatlashuvchi mahsulotlarning mavjudligi
va yangilik bozorida
raqobatlashib qolish imkoniyatini o‘rganishdan iboratdir.
Innovatsion marketing tushuncha sifatida innovatsion marketingdan kengroq,
u o‘z ichiga tashkilotning vazifasi, tafakkurning falsafasi ilmiy-tadqiqotlar sohasi,
boshqaruv uslubi va xulqni oladi. Bu cheklangan, majbur qilingan novatorlik emas,
munosabatlarning alohida turi va hattoki to‘liq qabul qilinishidir.
Innovatsion marketing uchun marketingning barcha tadbirlari,
ishlab
chiqarilayotgan tovarlar va xizmatlarning navlari, o‘zaro bir birlarini to‘ldiradigan
va o‘zaro bog‘liq bo‘lishini bildiruvchi sinergizm tamoyili muhim bo‘ladi.
38
II-BOB. TASHQI IQTISODIY FAOLIYATDA XALQARO
MARKETING STRATEGIYASINI QO’LLASHNING HOZIRGI HOLATI.
2.1 Ijtimoiy soha tashqi iqtisodiy faoliyatida innovatsion marketing
strategiyasini ishlab chiqishda xorij tajribasidan samarali foydalanish
Marketingni strategik rejalashtirish - bu bir necha variantdagi muqobil
rejalar ichidagi eng yaxshisini tanlab olish jarayonini hisoblash mumkin.
Kichik
shakldagi korxonalarni marketing strategiyasini rejalashtirishga quyidagilar kiradi:
- korxona ichidagi bo‘linmalarining faoliyat harakatlarini muvofiqlashtirish;
- tashqi muhitining kutiladigan taraqqiyoti omillarini va uni o‘zgaruvchilik
darajasini aniqlash;
- korxona xodimlarini kutilmagan holda paydo bo‘lganda befoyda
harakatlarini kamaytirish;
- bajaruvchilar oralig‘idagi samarali munosabatlarni ta’minlash.
Marketingning strategik
rejasi korxonaning xom-ashyo, mehnat, moliya va
boshqa resurslarni samarali ishlatilishiga mo‘ljal qilib yo‘naltiriladi.
Korxonaning
maqsadlarini va imkoniyatlarini navbatdagi 3-5 yil uchun o‘zaro bog‘lanishi uchun
marketing sohasida strategik marketing dasturi kelajagi ishlab chiqiladi. Ushbu
dastur bozor kon’yunkturasining o‘zgarishlari asosida tartibga solib turiladi.
Firmaning ishlab chiqaradigan mahsuloti hamda ko‘rsatadigan
xizmati
firmaning xo‘jalik portfelini tashkil etadi. Ushbu portfel tovarlarning assortiment
va
xizmatlari guruhlari asosida, bozorning yo‘llanishiga qarab strategik
bo‘linmalariga (SB) taqsimlanadilar. SB portfeli hamda
ularni taraqqiyot topish
yo‘nalishlari asosida firmaning xo‘jalik portfeli strategiyasi aniqlanadi.
Firmaning o‘sish strategiyasi - faoliyat doirasini kengaytirishning asosiy
yo‘nalishlarini belgilash bilan bog‘likdir. Amerikaning «Boston konsalting guruhi»
kichik firmalar strategiyasini to‘rtta asosiy turini taklif etadi (2.1-rasm).