O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 5,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/257
Sana22.04.2022
Hajmi5,17 Mb.
#574312
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   257
Bog'liq
Давлат бюджети

Yuridik 
majburiyatlar
 
– 
tuzilgan 
shartnomalar, shuningdek tegishli davlat 
hokimiyati va boshqaruvi organlarining 
qarorlari asosida byudjet tashkilotlari va 
byudjet mablag‗lari oluvchilar, shuningdek, 
boshqa maqsadli jamg‗armalar byudjetidan 
mablag‗ oluvchilarda yuzaga keladigan 
majburiyatlar. 
2850-son Qoidalardan
 


317 
Byudjet kodeksida: ―
yuridik majburiyatlar
– byudjet 
tashkilotlarida va byudjetdan mablag‗ oluvchilarda tuzilgan 
shartnomalar, shuningdek, tegishli davlat hokimiyati va 
boshqaruvi organlarining qarorlari asosida yuzaga keladigan 
majburiyatlar‖
155
deb belgilab qo‗yilgan. 
Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‗lari oluvchilar 
tomonidan yuridik majburiyatlarni qabul qilish, ularni 
G‗aznachilikda ro‗yxatdan o‗tkazish hamda hisobga olish 
ishlari O‗zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi bilan
shuningdek, O‗zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida
 
2850-
raqam bilan
 
ro‗yxatdan o‗tkazilgan ―O‗zbekiston Respublikasi 
byudjet tizimi byudjetlarining g‗azna ijrosi Qoidalari‖
156
(22.12.2016) bilan tartibga solinadi va amalga oshiriladi. 
Yuridik majburiyatlar byudjet tasnifining turi bo‗lgan 
iqtisodiy tasnif kodlari bo‗yicha byudjetdan ajratiladigan 
mablag‗lar doirasida byudjet tashkilotlari va byudjetdan 
mablag‗ 
oluvchilar 
tomonidan 
qabul 
qilinadi 
hamda 
G‗aznachilik bo‗linmalari tomonidan ro‗yxatdan o‗tkaziladi.
Byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‗ oluvchilarning 
byudjetdan ajratiladigan mablag‗lar bo‗yicha tovarlar (ishlar, 
xizmatlar) yetkazib beruvchilar bilan tuzgan shartnomalari
shuningdek, ularga kiritilgan o‗zgartirish va qo‗shimchalar, 
ular G‗aznachilik bo‗linmalarida ro‗yxatdan o‗tkazilganidan 
keyin kuchga kiradi.
Yuridik majburiyatni G‗aznachilik va uning hududiy 
bo‗linmalarida majburiy tarzda ro‗yxatdan o‗tkazilishi yoki 
hisobga olinishidan maqsad – shartnomalarning to‗g‗ri 
tuzilganligi, 
ularning 
tasdiqlangan 
smetalar 
doirasida 
tuzilganligi, narxlar to‗g‗ri belgilanganligini nazorat qilishdan 
iborat. Bu faoliyatning to‗g‗ri amalga oshirilishi G‗aznachilik 
faoliyatining 
samaradorligini 
ko‗rsatadi, 
byudjet 
mablag‗larining maqsadli sarflanishini ta‘minlaydi, byudjetdan 

155
O‗zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, 3-modda 


156
Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 10/17/2850-1/0476-
son 


318 
mablag‗ oluvchilar va ularga mol yetkazib beruvchilarning 
shartnomaviy-huquqiy 
munosabatlarining 
to‗g‗ri 
yo‗lga 
qo‗yilishini talab etadi. 
Vazirliklar, davlat qo‗mitalari va idoralari o‗zlari uchun 
belgilangan byudjetdan tashqari jamg‗armalari mablag‗lari 
hisobidan ham tovar (ish, xizmat) yetkazib beruvchilar bilan 
shartnomalar tuzadilar. Byudjet kodeksida belgilanishicha, 
byudjetdan tashqari jamg‗armalar mablag‗lari hisobidan ijro 
etilishi lozim bo‗lgan yuridik majburiyatlar g‗aznachilik 
bo‗linmalari tomonidan vazirlik va idoralarning daromadlar va 
xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan mablag‗lar doirasida 
hisobga olish uchun qabul qilinadi.
―O‗zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarining 
g‗azna ijrosi Qoidalari‖da byudjet tizimining tegishli bo‗g‗inidan 
(respublika byudjeti, viloyat, tuman va shahar byudjetlaridan) 
mablag‗ oluvchilarning byudjet hisobidan mahsulot yetkazib 
beruvchilar bilan tuzgan shartnomalari, shuningdek, kapital 
qurilish buyurtmachilarining shartnomalari G‗aznachilik 
bo‗linmalarida ro‗yxatdan o‗tkazilishi yoki hisobga olinishi 
shart, deb belgilab qo‗yilgan. 
Byudjet tashkilotlari smeta-
larining I va II guruh xarajatlari 
bo‗yicha 
yuridik 
majburiyatlar 
g‗aznachilik bo‗linmalari tomoni-
dan shartnomalar asosida hamda I 
va II guruh xarajatlari bo‗yicha yuridik va moliyaviy 
majburiyatlarni ro‗yxatdan o‗tkazishga (hisobga olishga) 
buyurtmalar asosida ro‗yxatdan o‗tkaziladi yoki hisobga 
olinadi. Bunda ―UzASBO‖ DMga ulangan buyurtmachilar 
buyurtmani ―UzASBO‖ DMda shakllantiradi va elektron 
raqamli 
imzo 
bilan 
tasdiqlagan 
holda 
g‗aznachilik 
bo‗linmalariga elektron hujjat shaklida yuboradi, ular qog‗oz 
shaklida rasmiylashtirilmaydi, ularning elektron shaklda 
rasmiylashtirilishi va ulardagi ma‘lumotlarning to‗g‗riligi uchun 
buyurtmachilar javobgar hisoblanadi. 

Download 5,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish