333
14.2.
Xarajatlar smetasi – byudjet tashkilotlari
moliyaviy rejasi sifatida. Smetaning elementlari.
Smetalarning turlari
Byudjet tashkilotlari bo‗ysunuviga ko‗ra respublika
byudjeti va mahalliy (viloyat, tuman, shahar) byudjetlardan
mablag‗ bilan ta‘minlanadilar, ularning joriy faoliyati byudjet
tashkilotlarini mablag‗ bilan ta‘minlashning o‗rnatilgan
tartibiga asosan moliyalashtiriladi, bunda yuridik shaxs
maqomiga ega bo‗lgan tashkilotlar mustaqil ravishda o‗z
moliyaviy rejalarini xarajatlar smetasi
shaklida qonunchilik
bilan belgilangan tartibda ishlab chiqadilar.
Xarajatlar smetasi
byudjet tashkilotining unga ajratilgan
byudjet mablag‗larining hajmi, maqsadli yo‗nalishi va yil
choraklari (har bir chorakning oylari) bo‗yicha taqsimlanishini
belgilab beruvchi asosiy moliyaviy hujjati hisoblanadi.
14.2-rasm.
Byudjet tashkilotlari smetalarining
guruhlanishi
163
163
―Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‗lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va
shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro‗yxatdan o‗tkazish tartibi to‗g‗risidagi Nizom‖
asosida.
Smetalarning guruhlanishi
Xarajat
manbalariga ko‘ra
Amal qilish
muddatiga ko‘ra
Muassasaning va
tadbirning turiga ko‘ra
Byudjet mablag‗lari
bo‗yicha xarajatlar
smetasi
Byudjetdan tashqari
mablag‗lar bo‗yicha
daromad va
xarajatlar smetasi
Vaqtinchalik
smeta
Doimiy
smeta
Yakka (individual) smeta
Jamlanma smeta
Markazlashtirilgan
tadbirlar uchun smeta
334
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirining O‗zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligida 2014-yil 15-dekabrda 2634-son
bilan ro‗yxatga olingan ―Byudjet tashkilotlari va byudjet
mablag‗lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat
jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro‗yxatdan o‗tkazish tartibi
to‗g‗risidagi Nizom‖
164
ga muvofiq, byudjet tashkilotlarida
smetalarning quyidagi
turlari
amalda qo‗llaniladi (14.2-rasm).
–
xarajatlar smetasi (yakka (individual) smeta);
–
jamlanma xarajatlar smetasi;
–
daromad va xarajatlar smetasi;
–
markazlashtirilgan tadbirlar uchun smeta.
Xarajatlar smetasi (yakka (individual) smeta)
yuridik shaxs
maqomiga ega bo‗lgan alohida
muassasa
bo‗yicha
tuziladi.
Masalan, muayyan hududda
yuridik manzilga ega bo‗lgan
yuridik shaxs maqomida faoli-
yat qiluvchi byudjet tashkiloti
(oliy ta‘lim muassasasi, kasb-
hunar kolleji, tibbiyot klinikasi, ilmiy-tibbiy markaz,
ixtisoslashgan dispanser va sh.k.) mustaqil ravishda
byudjetdan to‗lanishi ko‗zda tutilgan o‗z xarajatlarini yakka
smeta asosida rejalashtiradi.
Jamlanma xarajatlar smetasi
yuridik shaxs maqomiga ega
bo‗lmagan va/yoki tegishli davlat boshqaruv organlari
huzuridagi markazlashtirilgan buxgalteriyalar va tegishli
hokimiyatlarning
buxgalteriyalari
tomonidan
xizmat
ko‗rsatilayotgan tashkilotlar bo‗yicha tuziladi.
O‗zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksida keltirilishi-
cha, ―jamlanma xarajatlar smetasi – byudjet mablag‗larini
taqsimlovchi tomonidan o‗z tasarrufidagi byudjet tashkilot-
larining va byudjet mablag‗lari oluvchilarning xarajatlar
smetalari asosida tuziladigan xarajatlar smetasi‖ hisoblanadi.
164
―O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‗plami‖, 2014-yil, 51-son, 612-modda,
2017-yil, 3-son, 47-modda.
Do'stlaringiz bilan baham: