O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 5,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/257
Sana22.04.2022
Hajmi5,17 Mb.
#574312
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   257
Bog'liq
Давлат бюджети

maorif sohasida: 

kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, bolalar uylari; 

umumta‘lim 
maktablari, 
gimnaziyalar, 
litseylar, 
maktablararo o‗quv-ishlab chiqarish kombinatlari – o‗quvchilar 
kontingenti 400 kishidan kam bo‗lmasa; 

internatlar – o‗quvchilar kontingenti 200 kishidan kam 
bo‗lmasa; 

maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari – bolalar 
kontingenti 350 kishidan kam bo‗lmasa; 

viloyat va tuman (shahar) ahamiyatiga molik maktabdan 
tashqari muassasalar; 
sog‗liqni saqlash sohasida


kasalxonalar 
(ixtisoslashtirilgan 
markazlar 
bilan), 
tug‗ruqxonalar, 
tibbiy-sanitariya 
qismlari, 
dispanserlar, 
shifoxonalar; 

bolalar uylari, bolalar sanatoriylari, kattalar uchun sil 
kasalliklari sanatoriylari; 

tajriba tariqasida ochilgan qishloq vrachlik punktlari. 
2007-yilga kelib, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2007-yil 26-fevral ―Xalq ta‘limi muassasalarini moliyalashtirish 
mexanizmini takomillashtirish to‗g‗risida‖gi farmoni ijrosini 
ta‘minlash doirasida esa barcha turdagi ta‘lim muassasalariga 
ularning kontingentidan (o‗quvchilar, bolalar, tarbiyala-
nuvchilar sonidan) qat‘iy nazar yuridik shaxs maqomi berildi. 
2017-yilga kelib respublikamizda amalga oshirilayotgan 
ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar byudjet tashkilotlarining xo‗jalik-


331 
moliyaviy faoliyatini tashkil qilish masalalariga ham 
o‗zgartirishlar kiritishni taqozo etdi. ―Byudjetdan moliyalash-
tirish, hisob va hisobot mexanizmini takomillashtirish, vazirlik 
va idoralarning bo‗ysunuvidagi muassasalarda byudjet 
intizomini mustahkamlash borasidagi mas‘uliyatini oshirish 
maqsadida‖ O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 
21-avgustdagi ―Ta‘lim va tibbiyot muassasalarini moliyalash-
tirish mexanizmini hamda davlat moliyaviy nazorati tizimini 
yanada takomillashtirish to‗g‗risida‖gi PQ-3231-sonli qarori
162
bilan 2017-yilning 1-sentabridan boshlab eng keng tarqalgan 
byudjet tashkilotlari bo‗lgan ta‘lim va tibbiyot muassasalarida 
buxgalteriya xizmatlari tugatilib, ularning yuqori tarmoq 
boshqaruv organlari – xalq ta‘limi tuman (shahar) bo‗limlarida 
va 
tibbiyot 
birlashmalarida 
markazlashtirilgan 
moliya-
buxgalteriya xizmatlari 
tashkil qilindi. Ushbu xizmatlarning 
asosiy vazifalari
quyidagilardan iborat: 

markazlashtirilgan 
tartibda 
quyi 
muassasalarning 
xarajatlar smetasi tuzilishi va ijro etilishini ta‘minlash; 

ish haqining hisoblanishi va to‗lanishini, tovar, ish va 
xizmatlarning xarid qilinishini, byudjet va byudjetdan tashqari 
mablag‗lar hisobining yuritilishini ta‘minlash; 

byudjet tashkilotining faoliyat turi bo‗yicha tovarlar 
(ishlar, xizmatlar) realizatsiyasidan tushadigan daromadlar 
monitoringini yuritish.
Bundan kelib chiqadiki, endilikda ta‘lim va tibbiyot 
muassasalarida byudjet mablag‗larining buxgalteriyasi bo‗yicha 
buxgalter lavozimi bo‗lmaydi, tashkilot buxgalteriyasini 
markazlashgan moliya-buxgalteriya xizmati yuritadi. Lekin 
yuqorida nomi keltirilgan PQ-3231-sonli qaror bilan byudjet 
tashkilotlariga byudjetdan tashqari mablag‗lar hisobini 
yurituvchi buxgalter lavozimini joriy etishga ruxsat berilgan 
bo‗lib, uning asosiy faoliyati byudjet tashkilotining Vazirlar 
Mahkamasining 414-sonli (03.09.1999) qarori bilan belgilab 

162
O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‗plami, 2017-y., 35-son, 920-modda. 




332 
berilgan faoliyat yo‗nalishiga mos ravishda tovar ishlab 
chiqarish, xizmatlar ko‗rsatish va ishlar bajarish bilan bog‗liq 
faoliyatining buxgalteriyasini yuritishdan iborat bo‗ladi. Bu 
lavozimni saqlash bilan bog‗liq xarajatlar ham byudjetdan 
tashqari (faoliyat turi bo‗yicha ishlab chiqarilgan tovarlar 
(ishlar va xizmatlar) realizatsiyasidan tushgan) mablag‗lar 
hisobiga ta‘minlanadi. 
Byudjet tashkilotlari xo‗jalik-moliyaviy faoliyatining o‗ziga 
xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: 

byudjet tashkilotlari davlatga tegishli muassasa va 
tashkilot bo‗lib, ularning asosiy faoliyati davlat byudjeti 
mablag‗lari hisobidan ta‘minlanadi; 

byudjet tashkilotlari davlat tomonidan kafolatlangan 
xizmatlarni ko‗rsatish uchun tegishli moddiy-texnik bazaga ega 
bo‗ladilar, ularga davlat mulki (binolar, inshootlar, qurilmalar, 
jihozlar) egalik qilish huquqi bilan emas, tasarruf etish, 
foydalanish huquqi bilan beriladi, ularni joriy va kapital 
ta‘mirlash, eskirganlari o‗rniga yangilarini sotib olish byudjet 
mablag‗lari hisobiga amalga oshiriladi; 

byudjet tashkilotlari mustaqil ravishda o‗zlarining 
moliyaviy rejalarini (smetalarini) tuzadilar, buxgalteriya 
balansiga ega bo‗ladilar, mustaqil ravishda xo‗jalik-moliyaviy 
faoliyatni olib boradilar, byudjet mablag‗lari bo‗yicha xarajatlar 
smetasining ijrosi yuzasidan buxgalteriya hisobi va hisobotini 
yuritadilar (davlat ta‘lim va tibbiyot muassasalaridan tashqari) 
va buxgalter lavozimi shtatlariga ega bo‗ladilar; 

byudjet tashkilotlari tegishli me‘yoriy-huquqiy hujjatlar 
bilan ruxsat etilgan, faoliyat turiga mos keluvchi pullik 
xizmatlar ko‗rsatishi, tovarlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish 
orqali byudjetdan tashqari mablag‗larni ishlab topishi, 
shuningdek, homiylik va xayriya asosida mablag‗ jalb qilishi 
mumkin.

Download 5,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish