O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


 G„aznachilikda yuridik va moliyaviy majburiyatlarni



Download 5,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/257
Sana22.04.2022
Hajmi5,17 Mb.
#574312
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   257
Bog'liq
Давлат бюджети

 
13.4. G„aznachilikda yuridik va moliyaviy majburiyatlarni 
ro„yxatga olish va to„lovlarni amalga oshirish 
 
Ma‘lumki, davlat moliyaviy nazoratining dastlabki, joriy va 
so‗nggi nazorat shakllari mavjud. Agar byudjet amaliyoti 
nuqtayi nazaridan qaraydigan bo‗lsak, 
dastlabki byudjet 
nazorati 
turli darajadagi byudjetlar, davlat maqsadli 
jamg‗armalari byudjetlari loyihalarini tuzish, ko‗rib chiqish, 
tasdiqlash, byudjet tashkilotlarining byudjet mablag‗lari 
bo‗yicha xarajatlar smetasini hamda byudjetdan tashqari 
mablag‗lar bo‗yicha smetasini tuzish, tasdiqlash va tegishli 
moliya organlarida belgilangan tartibda ro‗yxatga olish 
jarayonida amalga oshiriladigan nazorat shakli hisoblanadi.
 

ilovasidan keltirildi. Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 04.11.2017 y., 


06/17/5228/0210-son 


315 
Joriy 
nazorat
shakli 
moliyalashtiruvchi 
organlar 
tomonidan mablag‗larning ajratilishida, bevosita to‗lovlarning 
amalga oshirilishida olib boriladi.
Davlat byudjeti g‗azna ijrosining joriy etilishi bilan 
dastlabki va joriy moliyaviy nazoratni amalga oshirish Moliya 
vazirligi tizimidagi hududiy va mahalliy moliya organlari bilan 
bir qatorda g‗aznachilik organlariga ham yuklatildi. (
Yakuniy 
nazorat
Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh 
boshqarmasi va uning hududiy bo‗linmalari hamda boshqa 
vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Dastlabki va joriy moliyaviy nazoratni amalga oshirish 
byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‗ oluvchilar 
majburiyatlarini hisobga olishni taqozo etadi.
Majburiyat
- bu odatda yozma ravishda rasmiylashtirilgan, 
so‗zsiz bajarilishi talab qilinuvchi va‘da demakdir. Iqtisodiy 
mazmuniga ko‗ra majburiyat fuqarolik huquqiy munosabati 
bo‗lib, ma‘lum bir shaxs (qarzdor) boshqa bir shaxs (kreditor) 
manfaati hisobiga ma‘lum bir harakatlarni amalga oshirishi, 
ya‘ni mol-mulkni berish, ish bajarish, xizmat ko‗rsatish, pul 
to‗lash yoki ma‘lum harakatlardan voz kechish va boshqa shu 
kabilarni amalga oshirilishini anglatadi. 
Majburiyatlarni qabul qilishda quyidagilar asos bo‗lib 
xizmat qiladi:

imzolangan va tegishli tarzda rasmiylashtirilgan 
kontrakt va shartnomalar, tender savdolari asosidagi tovar va 
xizmatlar xaridlari bo‗yicha hujjatlar, ishlab chiqaruvchilarning 
tovar va xizmatlari sifati va boshqa xususiyatlarini tasdiqlovchi 
patentlar, litsenziyalar va boshqalar; 

ish haqi, stipendiyalar, nafaqalar va boshqa to‗lovlarni 
amalga oshirish uchun qonuniy asos bo‗lib xizmat qiluvchi 
hujjatlar; 

jarimalar va sud qarorlariga asosan penyalar to‗lovini 
amalga oshirish uchun asos bo‗luvchi tegishli davlat vakolatli 
organlari qarorlari; 


316 

byudjet 
dotatsiyalari, 
subvensiyalari, 
ijtimoiy 
transfertlarini ajratish, davlat grantlari, mukofotlar bo‗yicha 
to‗lovlarni amalga oshirishga asos bo‗luvchi hujjatlar. 
Majburiyat qabul qilish huquqiga ega mas‘ul shaxslar
– 
byudjetdan mablag‗ oluvchilar va byudjet tashkilotlari 
rahbarlari yoki ular tomonidan vakolat berilgan boshqa mas‘ul 
shaxslar hisoblanadi. G‗aznachilikda o‗rnatilgan tartib-
qoidalarga muvofiq, yuridik shaxs maqomiga ega bo‗lgan 
byudjetdan mablag‗ oluvchi tashkilot rahbarining buyrug‗i 
asosida G‗aznachilik bo‗linmalari bilan ishlash uchun aniq 
xodimlar 
belgilanadi. 
G‗aznachilik organlarida 
byudjet 
tashkiloti rahbari va u tomonidan mas‘ul etib tayinlangan 
shaxslarning imzo namunalari va tashkilotning muhr izi 
namunalari 
g‗aznachilikning 
maxsus 
kartochkalarida 
saqlanadi. Imzo namunalari va muhr izi kartochkalari 
o‗rnatilgan tartibda tasdiqlanadi. Kartochkalarning bir nusxasi 
yuridik va moliyaviy majburiyatlarni ro‗yxatga oluvchi 
mutaxassisda, ikkinchi nusxasi xarajatlar to‗lovini nazorat 
qiluvchi mutaxassisda saqlanadi. 
G‗aznachilikda 
ikki 
turdagi 
majburiyat 
amal 
qiladi: yuridik majburiyat va 
moliyaviy majburiyat. 
Yuridik majburiyat
byud-
jetdan mablag‗ oluvchilar va 
ularga mol (tovarlar, ishlar, 
xizmatlar) yetkazib beruvchilar o‗rtasidagi shartnoma tegishli 
tartibda G‗aznachilikda ro‗yxatdan o‗tkazilganidan keyin 
vujudga keladi. Yuridik majburiyatlarni tegishli G‗aznachilik 
organlarida ro‗yxatga olishdan ko‗zlangan asosiy maqsad – 
byudjet nazoratining samaradorligini yanada oshirish, 
shartnomalarda nazarda tutilgan xarajatlarning tasdiqlangan 
rejadan (xarajatlar smetasi ko‗rsatkichlaridan) ortib ketishiga 
yo‗l qo‗ymaslik. 

Download 5,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish