O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent temir yo‘l muhandislari instituti «Buxgalteriya hisobi va audit»



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana22.04.2022
Hajmi1,56 Mb.
#572724
  1   2   3   4
Bog'liq
406-sonli ixtisoslashtirilgan qurilish-montaj poyezdi korxonasida ishlab ch



 
 


 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
TOSHKENT TEMIR YO‘L MUHANDISLARI INSTITUTI 
«Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi 
Himoya qilishga ruxsat berilsin 
«Buxgalteriya hisobi va audit»
kafedrasi mudiri 
i.f.n., dots. S.M. Sultanova
________________________ 
«___»_____________ 2016 y. 
 
 MALAKAVIY BITIRUV ISHI 
Mavzu: ―406-sonli Ixtisoslashtirilgan Qurilish-Montaj Poyezdi‖ korxonasida ishlab 
chiqarish xarajatlari buxgalteriya hisobi va auditi.
Ta’lim yo‘nalishi: 5230900 – “Buxgalteriya hisobi va audit” 
(temir yo’l transporti) 
Bitiruvchi: Nekiyev M 
Ilmiy rahbar: Yo’ldosheva M 
Taqrizchi:Mamajonov M 
Toshkent – 2016 y. 


 






 
Mundarija 


Kirish ……………………………………………………………............................... 3
 
I.Bob. Korxonaning asosiy ishlab chiqarish faoliyati va xarajatlari tahlili ……..……7
1.1. Korxona iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlari tahlili ………………………….7 
1.2. Korxona ishlab chiqarish xarajatlari tarkibi va ularning tahlili………………...14 
II.Bob. Korxona ishlab chiqarish xarajatlarining buxgalteriya hisobi va auditi…......26 
2.1. Korxonada ishlab chiqarish xarajatlarining buxgalteriya hisobi ………….........26 
2.2. Korxonada ishlab chiqarish xarajatlarining ichki auditi ………………………..32 
III.Bob. Korxonada ishlab chiqarish xarajatlarini optimallashtirish yo`llari…….…..37 
3.1. Ishlab chiqarish xarajatlari hajmiga ta`sir etuvchi omillar ……………………..37 
3.2. Ishlab chiqarish xarajatlarini optimallashtirish yo`llari ..…………………….....43 
Xulosa va takliflar…………………………………………………………………...46




Kirish 
O`zbekiston Respublikasi o`z mustaqilligini siyosiy va iqtisodiy jihatdan 
mustahkamlashi, hamda jahon hamjamiyatida to‘la qonli o`z o`rniga ega bo`lishi 
uchun iqtisodiyotimizning kuchli tarmoqlaridan biri bo`lgan, temir yo`l transporti 
xizmatini yanada yuqoriroq darajada rivojlantirish lozim. Transportdan foydalanish 
shartlari, ishonchliligi, sifati va qiymati jihatidan umumiy iste`molchilar uchun qulay 
bo`lsa, ushbu davlat iqtisodini rivojlantirishning asosiy omillaridan biriga aylanishi 
aniq. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 
2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo‗ljallangan 
iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‗nalishlariga bag‗ishlangan Vazirlar 
Mahkamasining majlisidagi ma‘ruzasida makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy 
o`sishni aks ettiradigan ko`rsatkichlarga to`xtalib o`tildi. O‗tgan yil yakunlarini 
sarhisob qilar ekanmiz, birinchi navbatda, iqtisodiyotimiz va uning yetakchi 
tarmoqlarini rivojlantirish borasida barqaror yuqori o‗sish sur‘atlariga erishganimizni 
ta‘kidlash joiz. Jumladan, mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8,1 foizga oshgan, 
joriy yil uchun soliq yuki 20,5 foizdan 20 foizga tushirildi, daromad solig‗i stavkasi 
esa 9 foizdan 8 foizga kamaytirildi, davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 
0,2 foiz profitsit bilan bajarilganligini ko`rish mumkin
1
.
Temir yo`l transporti sohasida ham, boshqa sohalar kabi oxirgi yillarda ijobiy 
o`zgarishlarni ko`rish mumkin. Temir yo`l transporti kommunikatsiyalarini yanada 
rivojlantirish ishlari, temir yo`l tarmoqlarini elektrlashtirish loyihalari izchillik bilan 
amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, o‗tgan 2015-yili yo‗lovchi aylanmasi hajmi 
3793 mln. yo‗lovchi-km.ni tashkil etib, 20,7 mln. yo‗lovchi o‗z manziliga etkazildi. 
Temir yo‗l stansiyalaridan 67,7mln. tonna yuk tashildi. Eksport xizmatlari 
ko‗rsatkichi 347,7 mln. AQSH dollar miqdoriga teng bo‗lib, bu prognozga nisbatan 
1
1
O‗zbekiston Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 
2016-yilga mo‗ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‗nalishlariga bag‗ishlangan Vazirlar 
Mahkamasining majlisidagi ma‘ruzasi.17.01.2015-y. 


100,2 foizni tashkil etgan. Sanoat korxonalarida taqqoslama narxlarda 388,2 mlrd. 
so‗mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Aholiga pullik xizmat ko‗rsatish turlarini 
ko‗paytirishga katta ahamiyat berilib, 2015 yilda bu ko‗rsatkich 323,8 mlrd. so‗mni 
tashkil etdi. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2264 sonli qarori bilan 
tasdiqlangan Investitsiya dasturiga muvofiq «O‗zbekiston temir yo‗llari» AJda 
moliyalashning barcha manbalari hisobidan 2015 yil prognozi 734, 9 mln. AQSH 
dollar mablag‗ o‗zlashtirish ko‗zda tutilgan edi. Yig‗ilishda o‗tgan yilda ushbu 
yo‗nalishda 17 ta loyiha bo‗yicha, jami 755,16 mln. AQSH dollari miqdorida yoki 
prognozga nisbatan 102,8 foiz kapital mablag‗lar o‗zlashtirilganligi aytib o‗tildi. 
Ma‘lumki, harakat xavfsizligini ta‘minlash, yo‗lovchilarga xizmat ko‗rsatish sifatini 
oshirish maqsadida sohada modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari muhim masala 
hisoblanadi. Bu borada 2015 yilda 105 ta lokomotiv seksiyalari ta‘mirlanib, 1258 ta 
vagonning xizmat muddati uzaytirildi. 240 km. temir yo‗l reabelitatsiya qilinib, 98,5 
km. yangi temir yo‗l qurilganligi alohida qayd etib o‗tildi. Temir yo‘l 
kampaniyasining istiqbolli rejalarida 2016 yilda ham temir yo‗l tizimida o‗sish 
sur‘atlarini kamaytirmaslikni, yanada ko‗proq ishlab daromad olishni va olingan 
daromadni texnik qurollanish hamda tarmoq ishchilarining yashash darajasini yanada 
yaxshilashga yo‗naltirish kabi mas‘uliyatni to‗liq bajarish maqsad qilingan, 
investitsiya dasturi bo‗yicha rejalashtirilgan mablag‗larni to‗liq o‗zlashtirish, 
―Angren—Pop‖ elektrlashtirilgan yangi temir yo‗l liniyasi qurilishini tugatish, 
"Samarqand—Buxoro" yo‗nalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezdlar 
harakatini tashkil etish loyihasi bo‗yicha ishlarni yakunlash ta‘kidlandi
2
.
Bitiruv malakaviy ishi

406-sonli ―Maxsus qurilish montaj poezdi‖

korxonasidaishlab chiqarish xarajatlarining buxgalteriya hisobi va auditi 


mavzusiningdolzarbligi shundan iboratki, O`zbekiston mustaqillikka erishgandan 
buyon mamlakatimizda turli-tuman mulk shakllari paydo bo‗lmoqda, hissadorlik 
2
Kompaniya raisining boshqaruv majlisida “Yil yakunlari va kelgusi yil istiqbolli rejalari”ga bag’ishlangan ma’ruzasi 
Temiryo’lchi gazetasi 15.01.2016-y 


jamiyatlari hamkorligidagi korxonalar, kichik korxonalar vujudga kelmoqda. 
Jamiyatimizdagi barcha faoliyat yuritib kelayotgan turli shakldagi korxonalar asosiy
maqsadi, bu - foyda olish. Tabiiyki, har bir korxona yuqori foydaga erishish yo‗llarini 
izlab topishga harakat qiladi. Foydani qanday bo‗lishiga esa xarajatlar hajmi bevosita 
ta‘sir ko‗rsatadi. 
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi bo`lib, ―406-sonli Ixtisoslashtirilgan 
Qurilish-Montaj Poyezdi‖ Unitar Korxonasining faoliyati bilan tanishish, ishlab 
chiqarish xarajatlari tarkibini o`rganish va tahlil qilish, ishlab chiqarish xarajatlari 
ichki auditi bo`yicha xujjatlar bilan tanishish, ishlab chiqarish xarajatlariga ta`sir 
etuvchi omillarni o`rganish va tahlil qilish, hamda korxona faoliyatini yanada 
yaxshilash uchun xulosa va takliflarni ishlab chiqish. 
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari bo‘lib, Korxona moliyaviy-xo`jalik 
faoliyati va xarajatlarini tahlil qilish, Korxona ishlab chiqarish xarajatlarining 
buxgalteriya hisobi va auditini o‘rganish, Korxonada ishlab chiqarish xarajatlarini 
optimallashtirish yo`llari― deb nomlangan, ushbu bobda ishlab chiqarish xarajatlari 
hajmiga ta`sir etuvchi omillar va ularni optimallashtirishdan iborat. 
Bitiruv malakaviy ish o`rganish obyekti bo`lib, ―406-sonli Ixtisoslashtirilgan 
Qurilish-Montaj Poyezdi‖ Unitar Korxonasi hisoblanadi. 
Bitiruv malakaviy ishinining tuzilmasi kirish, uchta bob, xulosa va takliflardan 
iborat bo`lib: 
Birinchi bob ―Korxona moliyaviy-xo`jalik faoliyati va xarajatlari tahlili‖ deb 
nomlangan bo`lib, unda korxona moliyaviy-xo`jalik faoliyati va ishlab chiqarish 
xarajatlari tarkibi va ularning tahlili keltirilgan. 
Ikkinchi bob ―Korxona ishlab chiqarish xarajatlarining buxgalteriya hisobi va 
auditi‖ deb nomlanib, unda ishlab chiqarish xarajatlarining buxgalteriya hisobi, 
hamda ishlab chiqarish xarajatlarining ichki auditi keltirilgan. 
Uchinchi bob ―Korxonada ishlab chiqarish xarajatlarini optimallashtirish 
yo`llari― deb nomlangan, ushbu bobda ishlab chiqarish xarajatlari hajmiga ta`sir 
etuvchi omillar va ularni optimallashtirish yo`llari keltirilgan. 


Bitiruv malakaviy ishining so`nggida o`rganilgan va tahlil qilingan 
ma`lumotlar asosida korxona faoliyatini yanada yaxshilash bo`yicha xulosa va 
takliflar keltirilgan.


I Bob. Korxonaning asosiy ishlab chiqarish faoliyati va xarajatlari tahlili 
1.1. Korxona iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlari tahlili 
«406-son Ixtisoslashtirilgan Qurilish-Montaj Poezdi» Unitar Korxonasi Toshkent 
shahar Mirobod tumani hokimiyati tadbirkorlik subyektlarini ro`yxatdan o`tkazish 
inspektsiyasi tomonidan 2007-yil 25-iyul kuni №001365-03 sonli raqam bilan 
ro`yxatga olingan bo`lib, korxona o`z faoliyatini ―Ozbekiston temir yo`llari‖ 
Aksiyadorlik Jamiyati boshqaruv raisi tomonidan tasdiqlangan ―Ustav‖ asosida 
tashkil etadi va olib boradi.
―406-IQMP‖ UK mol-mulki ―O`zbekiston temir yo`llari‖ AJ mulki hisoblanadi. 
―406-IQMP‖ UK faoliyatini ta`minlash maqsadida ta`sischi 41 835 ming so`m 
miqdorida korxona Ustav fondini shakllantirgan. 
―406-IQMP‖ UK O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq mustaqil 
yuridik shaxs hisoblanib, o‘z mustaqil balansiga va tegishli bankdagi hisob raqamiga 
ega. Korxona o‘z faoliyatini to‘liq xo‗jalik hisobi, o‘z - o‘zini moliyaviy ta‘minlash 
va o‗z xarajatlarini o‗zi qoplash asosida olib boradi.
Korxona ―O‘TY‖ AJ ro‗yxati bilan o‗z tuzilma bo‗lim, shu‘ba korxona, filial va 
vakolatxonalarini tashkil etish xuquqiga ega. Korxonaning tuzilma bo‗lim, shu‘ba 
korxona, filial va vakolatxonalari Korxona tomonidan tasdiqlangan nizom (ustav) 
asosida ish yuritadilar. 
―406-IQMP‖ UK O`zbekiston Respublikasi amaldagi qonun va belgilangan 
tartiblarga ko`ra buxgalteriya va statistika hisobotlarini yuritadi va moliyaviy 
hisobotni: 

"O`zbekiston temir yo`llari‖ AJ ga; 

Soliqlar va yig`imlar hamda majburiy to`lovlar bo`yicha soliq va tegishli 
hisobotlarini Mirobod tumani davlat soliq inspektsiyasiga topshiradi. 
Korxonaning asosiy faoliyati temir yo‘l transporti aloqalarida qurilish-montaj 
hamda sozlash bilan bog‗liq ishlarda xizmat ko‘rsatishdan iborat. O‗z faoliyat 
maqsadiga erishish uchun korxona quydagi faoliyat turlarini amalga oshiradi: 



Xarakatdagi
СЦБ va temir yo‗l transporti aloqalarida qurilish-montaj hamda 
sozlash mahsus ishlarini bajarish; 

Maxsus temir-beton buyumlarini tayyorlash; 

O‗t o‗chirish va muhofaza qilish signallari texnologik uskunalarini o‗rnatish va 
sozlash; 

Qurilish-ta‘mir ishlarini bajarish. 

Qidiruv-loyiha ishlarini bajarish. 

Aloqa xizmatini, shuningdek pullik xizmat ko‗rsatishni tashkil etish 
Korxona faoliyati bilan tanishgandan so‘ng korxona asosiy faoliyati bo‘yicha 
uning ko‘rsatkichlari holatini o‘rganib, ularni tahlil qilish korxona xolatiga baho 
berishga imkon beradi. Korxonaning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari dinamikasi 1.1-
jadvalda keltirilgan.
1.1-jadval 
Korxonaning texnik – iqtisodiy ko`rsatkichlari dinamikasi* 
Ko`rsatkichlar 
Yillar 
2015-yilning Nisbiy 
o‘zgarish, % 
2013 
2014 
2015 
2013-yilga 
nisbatan 
2014-yilga 
nisbatan
1. Boshqa korxonalar 
bilan birgalikda 
bajargan maxsus 
qurilish-montaj ish 
hajmi, mln so`m
Shu jumladan 
O`z 
kuchi 
bilan 
bajargan 
maxsus 
qurilish-montaj 
ish 
hajmi, mln so`m 
2.O`rtacha 
ishchilar 
soni, kishi 
3.Mehnat unumdorligi, 
ming so`m 
4. Mehnat haqi fondi, 
ming so`m 
5. O`rtacha ish haqi, 
so`m 
*Manba: ―406-IQMP‖ UK ning 2013-2015-yillar hisoboti 


1.1-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, korxona bajarayotgan ish hajmi 2015-yilda 
2013-yilga nisbatan 22,1% ga, 2014-yilga nisbatan 34,3% ga oshgan. Korxonaning 
jami bajarilgan ish hajmining ulushida korxona o‘z kuchi bilan bajargan ish hajmi 
90% dan ortiqni tashkil etgan. Bu albatta ijobiy ko‘rsatkichdir, chunki korxona o‘z 
kuchi bilan ish bajarsa, xizmatlardan tushayotgan tushum ulushi ham yuqori bo‘ladi. 
Mehnat unumdorligi ko`rsatkichi 2015-yilda 2013-yilga nisbatan 6,4% ga, 2014-yilga 
nisbatan 23% ga oshgan. Bu albatta ijobiy natija, chunki korxonaning mehnat 
unumdorligi qancha yuqori bo`lsa, uning doimiy faoliyati yaxshiligini ta`minlaydi.
Mehnat unumdorligining oshishiga 2 ta asosiy omil, ya`ni boshqa korxonalar bilan 
birgalikda bajargan maxsus qurilish-montaj ish hajmi 2015-yilda 2013-yilga nisbatan 
22,1% ga oshishi va o`rtacha ishchilar sonining 7,2% ga o`sishi ta`sir ko`rsatgan. 
2014-yilga nisbatan ko`proq oshishiga esa boshqa korxonalar bilan birgalikda 
bajargan maxsus qurilish-montaj ish hajmi 34,3% ga oshishi va shu bilan birgalikda 
o`rtacha ishchilar sonining 7,2% ga oshishi sabab bo`lgan. 
Korxonaning asosiy ish hajmi ko‘rsatkichlari o‘zgarishi 1.1-rasmda ko‘rsatilgan. 
*Manba: ―406-IQMP‖ UK ning 2013-2015-yillar hisobot 


1.1-rasm. O`z kuchi bilan bajargan maxsus qurilish-montaj ish hajmi, mln. so`m. 
1.1-rasmdan ko`rinib turibdiki, o`z kuchi bilan bajargan maxsus qurilish-
montaj ish hajmi 2015-yilda 2013-yilga nisbatan 14,1% ga oshgan, 2014-yilga 
nisbatan 31,8% ga oshgan. Yillar bo`yicha tahlil qiladigan bo`lsak, 2014-yilda ish 
hajmi qolgan yillarga nisbatan kamaygan, chunki, korxona yirik va bir necha yillar 
davomida bajariladigan buyurtmalar asosida ishlar bajaradi. Misol uchun: Yangiyer-
Jizzax elektrlashtirilgan temir yo`l ikki yo`lli liniyasi va Yangiyer-Farxod temir yo`l 
bir yo`lli liniyasini qurish; O`zbekiston Respublikasida yuqori tezlikda 
harakatlanuvchi yo`lovchi poyezdi xarakatini tashkil etish (Toshkent-Samarqand 
temir yo`l uchastkasida) va Navoi-Uchquduq-Sultonuvays-Nukus yangi temir yo`l 
liniyasi bo‘yicha ishlarni bajarish. 
Quyida keltirilgan 1.2-jadvalda korxona bo`yicha jami o‘z kuchi bilan qanday 
ishlarni bajarganligi bo‘yicha ishlar hajmi keltirilgan.
1.2-jadval 
Ishlab chiqarish-moliyaviy faoliyat ko`rsatkichlari* 
Ish nomi 
Yil boshidan bajarilgan ishning haqiqiy 
summasi,
ming so`m
2014-yil 
2015-yil 
1.Yangiyer-Jizzax elektrlashtirilgan temir yo`l 
ikki yo`lli liniyasi va Yangiyer-Farxod temir 
yo`l bir yo`lli liniyasini qurish 
2.SHCH-1 ma‘muriy binosini kapital ta‘miri 
3.O`zbekiston Respublikasida yuqori tezlikda 
harakatlanuvchi yo`lovchi poyezdi xarakatini 
tashkil etish (Toshkent-Samarqand temir yo`l 
uchastkasida) 
4.Maroqand-Qarshi temir yo`l uchastkasini 
elektrlashtirish 


5.―O`zbekiston temir yo`llari‖ DATK yagona 
axborotlashtirilgan aloqani o‘rnatish 
6.Navoi-Uchquduq-Sultonuvays-Nukus 
yangi 
temir yo`l liniyasi bo‘yicha ishlarni bajarish 
7.―QMZ‖ SHK uchun tezkor-texnologik aloqani 
tashkil etish 
8.Angren-Pop 
elektrlashtirilgan 
temir 
yo`l 
liniyasini qurish
9.Toshkent shahrining Sarakul ko`chasida uy-
joy majmuasini qurish 
10.13-Samarqand 
uchastka 
razyezdida 
markazlashtirilgan 
aloqa 
blokirovka 
moslamalari bilan bog‘liq ishlarni bajarish 
11.Yangiyo`l-Paxta va Nazarbek stantsiyasida 
aloqa kabellarni ta‘mirlash 
12.Toshkent-Samarqand temir yo`l liniyasi 
uchastkasida, hamda Toshkent-Janubiy va Keles 
stantsiyasida qo`riqlash tizimini tashkil etish 
13.Toshkent-Samarqand temir yo`l liniyasi 
uchastkasida, hamda Toshkent-Janubiy va Keles 
stantsiyasida qo`riqlash tizimini tashkil etish 
(MICEI-INTERNATINAL valyuta orqali) 
14.Samarqand-Buxoro ПК37557+35,0 temir 
yo`l 
uchastkasida 
temir 
yo`l 
ko`prigini 
reabelitatsiya ishlarini olib borish (Juma-24 
razyezd stan.)
15.To`qimachi 
stantsiyasini 
rekonstruktsiya 
ishlarini olib borish (VCHD-2) 
Jami o`z kuchi bilan bajargan qurilish-montaj 


ishi 
*Manba: ―406-IQMP‖ UK ning 2013-2015-yillar hisoboti 
1.2-jadvalda ko`rinib turibdiki, korxona 2014-yilda jami o`z kuchi bilan 
bajargan qurilish-montaj ishi 3 750 017 638 ming so`mni, 2015-yilda esa 4 942 
155 533 ming so`mni tashkil etgan va bu 2015-yilda 2014-yilga nisbatan 31,8% ga 
oshganligini ko`rsatmoqda. 2015-yilda bajarilgan qurilish-montaj ishining oshishiga 
sabab, yangi buyurtmalar bo`yicha ham ishlar bajarilganligidadir. 2015-yilda korxona 
yangi buyurtmalardan biri bo`lgan Toshkent-Samarqand temir yo`l liniyasi 
uchastkasida, hamda Toshkent-Janubiy va Keles stantsiyasida qo`riqlash tizimini 
tashkil etish bo`yicha katta miqdorda, ya`ni 1 508 408 437 ming so`mlik ish bajargan. 
Quyidagi keltirilgan 1.2 va 1.3-rasmlarda korxona tomonidan buyurtmalar
bo`yicha jami o`z kuchi bilan bajarilgan qurilish-montaj ishlari ulushlar hisobida 
ko`rsatilgan.


1.2-rasm 2013-yilda bajarilgan ish hajmi 


1.3-rasm. 2014-yilda bajarilgan ish hajmi 
1.2 va 1.3-rasmlardan ko‘rinib turibdiki, 2013-2014-yillarda korxona o‘z kuchi 
bilan bajargan ishlarining ichida eng katta ulushini, ya`ni 2013-yilda 69% ini va 
2014-yilda 43% ini O`zbekiston Respublikasida yuqori tezlikda harakatlanuvchi 
yo`lovchi poyezdi xarakatini tashkil etish (Toshkent-Samarqand temir yo`l 
uchastkasida) bo`yicha bajarilgan ishlar tashkil etgan. 2013-yilda bajarilgan ishlar 
ichida Maroqand-Qarshi temir yo`l uchastkasini elektrlashtirish 10% ni tashkil etgan. 
2014-yilda bajarilgan ishlar ichida eng katta ulushlardan yana birini, ya`ni 31% ini
Toshkent-Samarqand temir yo`l liniyasi uchastkasida, hamda Toshkent-Janubiy va 
Keles stantsiyasida qo`riqlash tizimini tashkil etish bo`yicha bajarilgan ishlar tashkil 
etgan.


1.2. Korxona ishlab chiqarish xarajatlari tarkibi va ularning tahlili 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday korxonani asosiy maqsadi foyda 
olishdir. Ammo, ushbu maqsadni amalga oshirish, unga erishish, ishlab chiqarish 
xarajatlarini miqdori va korxona bajaradigan maxsus qurilish-montaj ishlariga 
bo`lgan talab bilan chegaralangandir. Binobarin, ishlab chiqarish xarajatlari foydani 
asosiy chegaralovchisi va shu vaqtni ichida taklif hajmiga ta`sir e`tuvchi asosiy 
omildir. Shuning uchun ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish, uning tarkibini 
tahlil etish korxona samaradorligini oshirish, uni oqilona boshqarishning muhim 
shartlaridan biridir. Bu esa o‘z navbatida nafaqat temir yo‘l transporti balki 
mamlakatning barcha xizmat ko‘rsatish tarmoqlaridan foydalanuvchilar uchun ham 
katta ahamiyat kasb etadi. Temir yo‘l transportining asosiy faoliyati bilan 
shug‘ullanuchi korxonalar bo‘yicha jami xarajatlar bilan bir qatorda kompaniya 
tarkibiga kiruvchi boshqa korxonalar, jumladan, ta‘mirlash korxonalari xarajatlari 
kompaniyaning jami moliyaviy natijasiga o‘z ta‘sirini ko‘rsatadi. ―406-IQMP‖ Unitar 
Korxonasi ―O‘TY‖ AJ ning mulki hisoblanib, korxona bo‘yicha amalga 
oshirilayotgan barcha ishlar, jumladan, uning daromadlari va xarajatlar summasi ham 
bevosita kompaniya moliyaviy natijasiga ta‘sir qiladi. Shuning uchun ushbu 
korxonaning jami xarajatlari tarkibi, hamda uning tarkibida ishlab chiqarish 
xarajatlarini tahlil qilish korxonaning moliyaviy xolatini baholash uchun asosiy omil 
bo‘ladi. 406-IQMP korxonasida xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi tomonidan 1999-yil 5-fevralda tasdiqlangan 54-sonli ―Mahsulot (bajarilgan 
ish, ko‘rsatilgan xizmat)lar ishlab chiqarish tannarxi, mahsulot (ish bajarish va xizmat 
ko‘rsatish) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi va moliyaviy natijalarning 
shakllanish tartibi to‘g‘risida‖gi Nizom bilan belgilanadi. Xarajatlarni tahlil 
qilishning asosiy vazifalari bo‘lib, xarajatlar bashorat qilingan bilan haqiqatdagi
o‘rtasidagi o‘zgarishi sabablarini o‘rganishdir. Bundan maqsad avvalo xarajatlarni 
kamaytirish shu bilan bir qatorda korxonada ish samaradorligi oshirish uchun chora 


tadbirlarni aniqlashdan iboratdir. Bu chora tadbirlar quyidagi keltirilgan 
ko‘rsatkichlardan samarali foydalanish yordamida ishlab chiqiladi: 

Mehnat resurslari; 

Moddiy xarajatlar ya‘ni yoqilg‘i elektrenergiyadan samarali foydalanish; 

Asosiy vositalar, texnika texnologiya inshootlardan samarali foydalanish ularni 
yangilash va korxonaga yangi texnikalarni kiritish va h.k 
Bu o‘z navbatida nafaqat temir yo‘l transporti balki mamlakatning barcha 
xizmat ko‘rsatish tarmoqlaridan foydalanuvchilar uchun ham katta ahamiyat kasb 
etadi. Temir yo‘l transportida tashish tannarxini pasaytirish yo‘llarini aniqlash uchun 
avvalo korxonalar va temir yo‘l transporti kompaniyasi bo‘linmalarining xo‘jalik 
faoliyatini chuqur va kompleks tahlil qilish zarurdir. 
Ko`pgina korxonalarda ishlab chiqarish xarajatlarini rivojlantirish maqsadida 
buxgalteriya hisobi va hisobotida uning yo‘nalishlari bo‘yicha guruhlarga ajratish 
maqsadga muvofiqdir: 
1. Xarajatlarning iqtisodiy elementlari bo‘yicha; 
2. Xarajatlarning kalkulyatsion moddalari bo‘yicha. 
Xarajatlarni elementi bo‘yicha guruhlarga ajratishdan maqsad ularni 
strukturasi, dinamikasini nazorat qilishdan iborat.
Xarajatlarni elementlari bo‘yicha tahlil natijalariga muvofiq material sig‘imi, 
mehnat sig‘imi va fond sig‘imi darajalari bo‘yicha tannarxni pasaytirish 
imkoniyatlarini aniqlash mumkin. Tahlil etishda jami xarajatdagi har bir xarajat 
elementning tutgan salmog‘i aniqlanib, o‘tgan yildagi ko‘rsatkichlar bilan 
taqqoslanadi va bu ko‘rsatkichlarni o‘zgarish sabablari aniqlanadi.
Korxona xarajatlarini tahlil qilishdan asosiy maqsad, ishlab chiqarish 
xarajatlarining hajmini aniqlash va unga ta`sir etuvchi omillarni o`rganib, xarajatlarni 
imkoni boricha kamaytirish bo`yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat. 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda o‘rganilayotgan korxona xarajatlar tarkibi va 
jami xarajatlar tarkibiga ta‘sir ko‘rsatuvchi omillarni o‘rganish uchun korxonaning 
quyidagi asosiy axborot manbalaridan foydalaniladi:



3-M ―Korxona sarf-xarajatlari to‘g‘risida‖gi hisoboti ma‘lumotlari; 

1-T ―Mehnat hisoboti‖ ma‘lumotlari; 

Buxgalteriya hisobining ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olib 
boruvchi schyot ma‘lumotlari va boshqa turdagi qo‘shimcha ma‘lumotlar. 
1.3-jadvalda korxona faoliyatining umumiy xarajatlari tarkibi bo`yicha 
ma`lumotlar keltirilgan. 
1.3-jadval 
Korxona faoliyatining umumiy xarajatlari, ming so`m* 
Ko`rsatkichlar nomi 
Yillar 
2015-yilning 
O`zgarish% 
2013 
2014 
2015 
2013-yilga 
nisbatan 
2014-yilga 
nisbatan
1. Asosiy ishlab 
chiqarish xarajatlari 
2. Yordamchi ishlab 
chiqarish xarajatlari 
3. Davr xarajatlari 
Jami xarajatlar 
*Manba: 2013-2015-yillar 3-M ―Korxona sarf-xarajatlari to`g`risidagi hisobot‖ ma`lumotlari. 
1.3-jadvaldan ko`rinib turibdiki, korxonaning jami xarajatlari 2015-yilda 2013-
yilga nisbatan 24,7% ga, 2014-yilga nisbatan esa 37,4% ga oshgan. 2014-yilda 2013-
yilga nisbatan jami xarajatlar 9,2% ga kamaygan. Korxoan xarajatlarining katta 
qismini asosiy ishlab chiqarish xarajatlari tashkil etadi va bu ko`rsatkich 2014-yilda 
2013-yilga nisbatan 12,3% ga kamaygan, lekin 2015-yilda 2014-yilga nisbatan 
yuqori darajada ya`ni 40,1% ga oshgan. 
Quyidagi diagrammalar orqali 2013-2015-yillarda korxona xarajat moddalarining
jami xarajatlardagi ulushlari qanchaligini ko`rish mumkin. 


1.4-rasm. 2013-yilda korxona jami xarajatlar tarkibi, ulush hisobida 
1.5-rasm. 2014-yilda korxona jami xarajatlar tarkibi, ulush hisobida 


1.6-rasm. 2015-yilda korxona jami xarajatlar tarkibi, ulush hisobida. 
Yuqoridagi rasmlardan ko`rinib turibdiki, 3 yillik natijalarga ko`ra, korxona 
xarajatlarining 60% dan yuqori qismini asosiy ishlab chiqarish xarajatlari tashkil 
etgan bo`lsa, yordamchi ishlab chiqarish xarajatlarining ulushi 15-17% ini tashkil 
etgan. Davr xarajatlari 2013-2015-yillarda o`zgarishsiz ya`ni 23% ni tashkil etgan. 
Quyida keltirilgan 1.4-jadvalda korxonaning aynan asosiy ishlab chiqarish 
xarajatlar tarkibi keltirilgan va shu jadval orqali ularni tahlil qilish mumkin. 
1.4-jadval 
Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari tarkibi va dinamikasi, ming so`m* 
Ko`rsatkichlar 
Yillar 
Nisbiy o`zgarish % 
2013 
2014 
2015 
2013-
yilga 
nisbatan 

2014-
yilga 
nisbatan 

1.Moddiy xarajatlar 
2.Ish haqi xarajatlari 
3.Ijtimoiy 
sug`urtaga 
ajratmalar 
4.Asosiy 
vositalar 
va 
nomoddiy 
aktivlar 
amortizatsiyasi 
5.Boshqa xarajatlar 
Jami 
asosiy 
ishlab 
chiqarish xarajatlari 
*Manba: 2013-2015-yillar 3-M ―Korxona sarf-xarajatlari to`g`risidagi hisobot‖ ma`lumotlari
1.4-jadval ma‘lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, korxona asosiy ishlab chiqarish 
xarajatlari 2015-yilda 2013-yilga nisbatan 22,8% ga oshgan, 2014-yilga nisbatan 
40,1% ga oshgan. Asosiy ishlab chiqarish xarajatlar tarkibini ko‘rib chiqilar ekan, 
xarajatlarning katta qismini mexnatga haq to‘lash xarajatlari tashkil etgan. Bu 
ko‘rsatkich 2015-yilda 2013-yilga nisbatan 7,8 %ga oshgan, 2015-yilda esa 2014-


yilga nisbatan 8,9% ga oshgan. Bunga asosiy sabab, Respublika miqyosida eng kam 
ish xaqini oshganligidir. Shu jumladan yagona ijtimoiy to‘lov ham proportsional
ravishda o‘zgargan. Moddiy xarajatlar 2015-yilda 2013-yilga nisbatan 21.9% ga 
oshgan, bunga sabab korxona tomonidan katta hajmdagi qurilish-montaj ishlari 
bajarilgan. 2015-yilda esa 2014-yilga 35% ga oshgan.
Asosiy vositalar va nomoddiy 
aktivlar amortizatsiyasi 2015-yilda 2013-yilga nisbatan 28,8% ga oshgan, 2014-yilga 
nisbatan esa 1,5 barobarga oshgan. Bunga sabab, 2015-yilda ya`ngi asosiy vositalar 
harid qilingan. Bu ko‘rastkichlarning barchasi korxonaning ish hajmiga bog‘liq 
ravishda o‘zgargan. 
Quyidagi 1.7-rasmdan 2013-2015-yillar o`ralig`ida korxona asosiy ishlab 
chiqarish xarajatlarining o`sish dinamikasini ko`rish mumkin. 


1.7-rasm. 2013-2015-yillar bo‘yicha asosiy ishlab chiqarish xarajatlar dinamikasi
Quyidagi rasmlar orqali 2013-2014-2015-yillarda xarajatlarning ulushlarini 
bilib olish mumkin. 
1.8-rasm. 2013-yilda korxona asosiy ishlab chiqarish xarajatlari tarkibi, ulush hisobida


1.9-rasm. 2014-yilda korxona asosiy ishlab chiqarish xarajatlari tarkibi, ulush hisobida
1.10-rasm. 2015-yilda korxona asosiy ishlab chiqarish xarajatlari tarkibi, ulush hisobida
Yuqoridagi rasmlardan ko`rinib turibdiki, 2013-2015-yillarda korxona asosiy 
ishlab chiqarish xarajatlarining 50% dan yuqori qismini ish haqi xarajatlari tashkil 
etgan. Ijtimoiy sugu`rtaga ajratmalar ish haqiga proportsional ravishda 13% ni tashkil 
etgan. Moddiy xarajatlar va asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi 2 


yillikda ham o`zgarish holda 17% va 3% ni tashkil etgan. Boshqa xarajatlar esa 2014-
yilda 2013-yilga nibatan 43% ga kamaygan. 2015-yilga kelib ish haqi xarajatlarining 
jami xarajatlardagi ulushi 46% ga pasaygan. Boshqa xarajatlarning ulushi esa 
ko`paygan va 23% ni tashkil etgan. 
Quyida keltirilgan 1.5-jadvalda korxonaning yordamchi ishlab chiqarish 
xarajatlar tarkibi keltirilgan va shu jadval orqali ularni tahlil qilish mumkin.
1.5-jadval ma‘lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, korxona yordamchi ishlab 
chiqarish xarajatlari 2015-yilda 2013-yilga nisbatan 29,3% ga oshgan, 2014-yilga 
nisbatan 29,1% ga oshgan. Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlar tarkibini ko‘rib 
chiqilar ekan, xarajatlarning katta qismini mexnatga haq to‘lash xarajatlari tashkil 
etgan. Bu ko‘rsatkich 2015-yilda 2013-yilga nisbatan 2,5 barobarga oshgan, 2014-
yilda esa 2014-yilga nisbatan 2 barobarga oshgan. Shu jumladan yagona ijtimoiy 
to‘lov ham proportsional ravishda o‘zgargan. Moddiy xarajatlar 2015-yilda 2013-
yilga nisbatan 43,6% ga kamaygan, bunga sabab korxona tomonidan temir beton 
mahsulotlari kam ishlab chiqarilgan. 2015-yilda esa 2014-yilga 25,1% ga kamaygan.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi 2015-yilda 2013-yilga nisbatan 
19,1% ga kamaygan, 2014-yilga nisbatan esa 43,4% ga kamaygan. Bunga sabab, 
yordamchi ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar asosiy ishlab chiqarishga berilgan. 
Bu ko‘rastkichlarning barchasi korxonaning ish hajmiga bog‘liq ravishda o‘zgargan. 
1.5-jadval 
Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari tarkibi va dinamikasi, ming so`m* 
Ko`rsatkichlar 
Yillar 
2015-yilning Nisbiy 
o`zgarish % 
2013 
2014 
2015 
2013-yilga 
nisbatan 

2014-yilga 
nisbatan 

1.Moddiy xarajatlar 
2.Ish haqi xarajatlari 
3.Ijtimoiy 
sug`urtaga 


ajratmalar 
4.Asosiy 
vositalar 
va 
nomoddiy 
aktivlar 
amortizatsiyasi 
5.Boshqa xarajatlar 
6.Jami 
yordamchi 
ishlab 
chiqarish xarajatlari 
*Manba: 2013-2015-yillar 3-M ―Korxona sarf-xarajatlari to`g`risidagi hisobot‖ ma`lumotlari 
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi 2015-yilda 2013-yilga nisbatan 
19,1% ga kamaygan, 2014-yilga nisbatan esa 43,4% ga kamaygan. Bunga sabab, 
yordamchi ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar asosiy ishlab chiqarishga berilgan. 
Bu ko‘rastkichlarning barchasi korxonaning ish hajmiga bog‘liq ravishda o‘zgargan. 
Quyidagi 1.11-rasmdan 2013-2015-yillar o`ralig`ida korxona yordamchi ishlab 
chiqarish xarajatlarining o`sish dinamikasini ko`rish mumkin. 
1.11-rasm. 2013-2015-yillar bo‘yicha yordamchi ishlab chiqarish xarajatlar dinamikasi
Quyidagi rasmlar orqali 2013-2014-2015-yillarda xarajatlarning ulushlarini 
bilib olish mumkin. 


1.12-rasm. 2013-yilda korxonaning yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari tarkibi, ulush 
hisobida 
1.13-rasm. 2014-yilda korxonaning yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari tarkibi, ulush 
hisobida 


1.14-rasm. 2015-yilda korxonaning yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari tarkibi, ulush 
hisobida 
Rasmlardan ko‘rinib turibdiki, 2013-2015-yillarda korxona xarajatlarining 
katta qismini ish haqi xarajatlari tashkil etgan.
Ushbu bob bo‘yicha xulosa qilib aytganda, korxonaning asosiy ko‘rsatkichi, 
ya‘ni jami bajarilgan qurilish-montaj ishlari 2014-yilda 2013-yilga nisbatan kamayib, 
2015-yilda bu ko‘rsatkich yuqori darajada oshgan. Shuni ham aytib o‘tish kerakki 
jami bajarilgan ishlarning asosiy qismini o‘z kuchi bilan bajargan maxsus qurilish-
montaj ishlari tashkil etgan.
Korxonaning muhim texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlaridan biri boshqa korxonalar 
bilan birgalikda bajargan maxsus qurilish-montaj ish hajmi 2015-yil 2013-yilga 
nisbatan 34,3% ga oshgan. Bunga sabab 2015-yilga kelib, korxona ba`zi 
buyurmachilarga qurilish-montaj ishlarini to`liq bajarib bo`lgan va shu yilning o`zida 
buyurtmachilardan yangi buyurtmalar qabul qilinib, ularga ham katta hajmdagi 
maxsus qurilish-montaj ishlari bajarilgan. Shuning uchun 2015-yil bu ko‘rsatkichlar 
pasaygan, 2013-yilga nisbatan taxminan 9,1% ga pasaygan.
Korxona ishlab chiqarish-moliyaviy faoliyat ko‘rsatkichlari tahlili 2013-2015-
yillarda ko‘rsatkichlar quyidagicha o‘zgargan: korxona o`z kuchi bilan bajargan 
maxsus qurilish-montaj ish hajmi 2013-2015-yillarda oshgan, bunga sabab bajarilgan 
ish hajmi o‘tgan yillarga nisbatan yuqori bo‘lganidir. Korxona asosiy ish sifatini 


tavsiflovchi sifat ko‘rsatkichlariga baho berilar ekan mehnat unumdorligi 2014-yilda 
2013-2015-yillarga nisbatan kamaygan. Bunga sabab korxonadagi ishchilar soni 
2013-yil bajargan ish hajmiga va ishchilar soniga nisbatan solishtirganda noto`gri 
taqsimlangan, bu salbiy natija. Chunki, mehnat unumdorligining pasayishi to‘g‘ridan 
to‘g‘ri korxonaning moliyaviy natijasiga ta‘sir qiladi. Mehnat unumdorligini oshirish 
uchun ishchilar soni ish hajmiga mutanosib ravishda bo‘lishi kerak.
Korxonaning umumiy xarajatlari 2014-yilda 2013-yilga nisbatan 9,2% ga 
kamaygan. 2015-yilda 2014-yilga nisbatan esa aksincha 37,4% ga oshgan. Bunga 
sabab, 2014-yilda bajarilgan maxsus qurilish-montaj ish hajmi kamroq bo‘lgan. 
Xulosa qilib aytganda jami xarajatlar tarkibida 60-62% ini asosiy ishlab 
chiqarish xarajalari, 15-17% ini yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari, 23% ini davr 
xarajatlari tashkil etgan. Xar bir xarajatlar tarkibi o‘rganilganda, asosoy ishlab 
chiqarish xarajatlari tarkibida ish haqi xarajatlari, moddiy xarajatlar: material, xom-
ashyo, yoqilg`i, elektr energiya va boshqa xarajatlar katta qismni tashkil etgan. 
Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari tarkibida ham eng katta ulushni ish haqi va 
moddiy xarajatlar tashkil etgan.


II Bob. Korxona ishlab chiqarish xarajatlarining buxgalteriya hisobi va auditi 
2.1. Korxonada ishlab chiqarish xarajatlarining buxgalteriya hisobi 

Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish