Dt 0500 Kt
9098,12
Dt
6710 Kt
1567597,81
Dt 6520 Kt
388260,94
Dt 4310,6010,6110 Kt
777841,74
3409507,84 3409507,84
2.1-rasm. 2014-yilda asosiy ishlab chiqarish xarajatlarining buxgalteriya o`tkazmalari
2.2-jadval
Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlariga doir operatsiyalar schyotlarda
quyidagicha aks ettiriladi*:
Operatsiyalar mazmuni
Debet
Kredit
Summa,
ming so`m
1.Materiallar yordamchi ishlab chiqarishga sarflandi
2.Yordamchi ishlab chiqarishlardagi ishchilarga ish
haqi hisoblandi
3.Ijtimoiy sug`urta organlariga ajratmalar
4.Yordamchi ishlab chiqarishlardagi asosiy vositalarga
amortizatsiya hisoblandi
5.Yordamchi ishlab chiqarishga doir boshqa xarajatlar
6.Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari schyotini
bajarilgan ishlar va xizmatlar tannarxiga kiritish
*Manba: 2013-2015-yillar 3-M ―Korxona sarf-xarajatlari to`g`risidagi hisobot‖ ma`lumotlari
2.2-jadvaldan ko`rinib turibdiki, bajarilgan ishlar va xizmatlar tannarxining
863 624,16 ming so`mini yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari tashkil etgan.
Dt 1000 Kt Dt 2320 Kt Dt 9130 Kt
145333,77
863624,16
Dt 0200 Kt
90060,96
Dt
6710 Kt
482951,62
Dt 6520 Kt
114472,81
Dt 4310,6010,6110 Kt
30805,00
863624,16 863624,16
2.2-rasm. 2014 –yilda yordamchi ishlab chiqarish xarajatlarining buxgalteriya o`tkazmalari
Ushbu schyotlarning barchasi aktiv, doimiy schyotlardir. Ularning debetida
xarajatlarning ko‗payishi, kreditida esa xarajatlarning hisobdan chiqarilishi, ya‘ni
kamayishi aks ettiriladi. Bu schyotlarning qoldig‗i mos ravishda asosiy, yordamchi
ishlab chiqarishning tugallanmay qolgan qismini pulda ifodalaydi.
2010 ―Asosiy ishlab chiqarish ― schyotining debetida to‗plangan summa (uning
kreditida aks ettirilgan ayrim summalardan tashqari) ishlab chiqarilgan barcha
mahsulotlarning (ishlarning, xizmatlarning) umumiy tannarxini pulda ifodalaydi.
2010 ―Asosiy ishlab chiqarish ― schyotining debetida to‗plangan summa (uning
kreditida aks ettirilgan ayrim summalardan tashqari) ishlab chiqarilgan barcha
mahsulotlarning (ishlarning, xizmatlarning) umumiy tannarxini pulda ifodalaydi.
2.2. Korxonada ishlab chiqarish xarajatlarining ichki auditi
Ishlab chiqarish xarajatlari va tannarxni hisoblashni auditorlik tekshiruvidan
o‗tkazishdan maqsad xarajatlar moddasi sodir bo‗lgan xo‗jalik muomalalarini
hisobga olish va soliqqa tortishda qo‗llanilayotgan tartibning O‗zbekiston
Respublikasi me‘yoriy xujjatlari talablariga muvofiqligini aniqlashdan iborat.
Buning uchun korxonalarda ishlab chiqarish xarajatlari va soliqqa tortish hisobini
tartibga soluvchi quyidagi asosiy xujjatlardan foydalaniladi:
O`zbekiston Respublikasi ―Buxgalteriya hisobi to`g`risida‖ va ―Audit
faoliyati to`g`risida‖gi qonunlari;
O`zbekiston Respublikasi auditorlik faoliyati milliy standartlari;
O`zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi;
O`zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standartlari;
O`zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi bo`yicha ―Nizom‖ va
―Tartib‖ lari;
O`zbekiston
Respublikasi
Moliyaviy
hisobotlari
Soliq
hisobotlari
shakllarini to`ldirish bo`yicha me`yoriy xujjatlar;
406-IQMP Ustavi va boshqa ichki lokal aktlari va buyruqlari.
Korxonada ishlab chiqarish xarajatlari hisobining to‘g‘riligini va ish hamda
xizmatlar tannarxi to‘g‘risidagi hisobotni tuzishning to‘g‘riligini nazorat qilish
uchun quyidagilarni tekshirish lozim:
hisobot davridagi haqiqiy xarajatlarning ishlab chiqarish xarajatlari
schyotlarida o‘z vaqtida, to‘liq va ishonarli aks ettirilishi;
ishlab chiqarishga xarajat qilingan xom ashyolar, materiallar, yoqilg‘ilar,
ehtiyot qismlar va yoqilg‘i-moylash materiallarini baholashning to‘g‘riligi;
belgilangan xarajat smetalari, lavozim maoshlari, tarif stavkalari, ishlab
chiqarish xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va mukofatlash haqidagi Nizomga
rioya qilish ustidan nazoratning ta‘minlanganligi;
noishlab chiqarish sarflari va yo‘qotishlarning paydo bo‘lish sabablari
hamda hisobdan o‘chirilishning asoslanganligi;
ularni kamaytirish bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlar; asosiy
vositalar va nomoddiy aktivlarga eskirish hisoblashning to‘g‘riligi;
tovarlar va boshqa qiymatliklar tabiiy kamayishini hisobdan o‘chirishning
to‘g‘riligi;
quyidagi xarajatlarni mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga qo‘shishning
to‘g‘riligi va asoslanganligi:
1.
xizmat safarida va yo‘lda bo‘lgan vaqt, turar joy ijarasi, xizmat safari
joyiga borib qaytish yo‘l xarajatlari uchun tasdiqlangan me‘yorlar doirasida,
ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq chet el xizmat safari xarajatlari.
Auditor shuni yaxshi bilishi zarurki, bajarilgan ish va xizmatlar tannarxi
buxgalteriya hisobida oddiy faoliyat turlari bo‘yicha hisobot davrida ish bajarish,
xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq sarflar yig‘indisi kabi aniqlanadi. Tannarx soliqqa
tortish maqsadlarida hisob elementi sifatida, ya`ni soliqqa tortiladigan bazani
kamaytiradigan miqdor bo‘lib hisoblanadi. Soliqqa tortish maqsadida
hisoblanadigan tannarxga odatdagi faoliyat turlariga doir sarflar belgilangan
me‘yorlar va cheklashlarni hisobga olgan holda qo‘shiladi. Mahsulot ishlab
chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) xarajatlari to‘langan vaqtidan qat‘iy
nazar (oldin yoki keyinchalik to‘langan), qaysi hisobot davriga taalluqli bo‘lsa,
shu davr tannarxiga qo‘shiladi. Xo‘jalik faoliyatidagi faktlarning vaqtinchalik
aniqlik tamoyili tannarxni to‘g‘ri shakllantirish uchun tovar-moddiy zaxira (ish,
xizmat)lar qiymatining to‘langanlik fakti emas, balki ularni ishlatish(sarflash)
fakti ahamiyatli ekanini bildiradi. O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi
to‘g‘risida»gi qonunining 9-moddasiga muvofiq korxonada sodir etilgan barcha
xo‘jalik muomalalari amalga oshirilayotgan vaqtda yoki amalga oshirilib
bo‘lingandan so‘ng tegishli dastlabki xujjatlar bilan rasmiylashtirilishi lozim.
Xarajatlarni xujjatlashtirish tamoyili auditorning xarajatlarni asoslash uchun
isbotlovchi xujjatlarning mavjudligi, hamda ushbu muomalalarni buxgalteriya
hisobida aks ettirishning to‘g‘riligini tasdiqlash vazifasini belgilab beradi.
Shuning uchun auditor har bir xarajat elementi tarkibining «Nizom»ga
muvofiqligiga ishonch hosil qilishi lozim. ―Ishlab chiqarish moddiy xarajatlari‖
bo`yicha auditor qaytarib olinadigan chiqindilar qiymati va idish hamda o‘rash
materiallari qiymati ularni sotish, foydalanish yoki omborga kirim qilish mumkin
bo‘lgan narxda baholanib, mahsulot tannarxiga kiritiladigan moddiy resurslar
xarajatlaridan chegirib tashlanganligini aniqlashi zarur. Shuningdek, mazkur
element bo‘yicha aks ettiriladigan moddiy resurslar qiymati ularni sotib olish
narxidan, shu jumladan barter kelishuvlarida, qo‘shimcha narx(ustama)dan,
ta‘minlovchi,
tashqi
iqtisodiy
tashkilotlarga
to‘lanadigan
vositachilik
taqdirlashlaridan, tovar birjalari xizmatlari qiymatidan, shu jumladan brokerlik
xizmatlari bilan birga, bojlar va yig‘imlardan, yuklash-tushirish hamda tashishga
haq to‘lashdan, tashqi yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan saqlash va
yetkazib berishga haq to‘lashdan kelib chiqib shakllanishini ham nazarda tutishi
zarur. Bulardan tashqari auditor mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxiga olib borilgan
moddiy resurslarni baholashning to‘g‘riligini ham tekshirishi kerak. №4-«Tovar-
moddiy zahiralar»nomli BHMSga muvofiq har bir xo‘jalik yurituvchi sub‘yekt
materiallarni baholash usullaridan (FIFO, AVECO) birini tanlaydi va hisob yuritish
siyosatida aks ettiradi
Auditor xarajatlarning sarf-xarajat moddalari bo‗yicha ularning maqsadi va
vujudga kelish joylariga qarab guruhlanishini hamda bevosita yoki bilvosita yo‗l
bilan mahsulot (ish, xizmat)larning har bir turiga olib borilishini bilishi zarur.
Mahsulot
(ish,
xizmat)lar
tannarxini
hisoblashni
tekshirishda
auditor
quyidagilarning to‗g‗riligini aniqlaydi:
mahsulot ishlab chiqarish (ish, xizmat) uchun qilinadigan xarajatlarning
turkumlanishini;
xarajatlarni kalkulyatsiya moddalari bo‗yicha hisobga olish va hisobdan
chiqarish (taqsimlash);
tugallanmagan ishlab chiqarishni aniqlash;
bilvosita sarflarni taqsimlash;
xarajatlarni hisobga olish va mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxini
hisoblash usullarini qo‗llash;
ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishga doir schyotlarning o‗zaro
bog‗lanishini tuzish;
ishlab chiqarish xarajatlarining yig‗ma, analitik va sintetik hisobini
yuritishni;
xarajat schyotlari bo‗yicha analitik va sintetik hisob yozuvlarining bosh
daftar hamda balansdagi yozuvlarga mos kelishi.
Auditorning vazifasi korxona hisob siyosatida qabul qilingan va amalda
qo‗llanilayotgan
bilvosita
sarflarni
taqsimlash
usulining
to‗g‗riligini
tasdiqlashdan iborat.
Korxonada barcha ishlab chiqarish xo`jalik muomalalari turlari bo`yicha
buxgalteriya yozuvlari – O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 23.10.2002
yilda № 1181-1 bilan ro`yxatga olingan Buxgalteriya hisobi milliy standarti № 21
―Xo`jalik yurituvchi subyektlar moliya xo`jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi
schyotlari rejasi va uni qo`llash bo`yicha yo`riqnoma‖ talablariga mos ravishda
qayd etilgan.
Balans schyoti 2000 ―Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari‖ ning ―Korxona
xarajatlari to`g`risida‖ gi 3-M shakl hisoboti 011-satrida hamda balans schyoti 9100
―Sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi‖ da qaydlari audit tekshiruvidan
o`tkazilganda farqlar aniqlanmadi. Moliyaviy va statistik hisobotlarda bajarilgan
ishlar tannarxi xarajatlari 3 103 032 ming so`m ko`rsatilgan.
2.3-jadval
Korxona xarajatlarining auditorlik tekshiruvi natijalari*
Xarajatlar guruhlari
O`z kuchi
BQMI
tannarxi
3-М skakl
Statistik
hisobot
Audit tahlili Farq
Xom ashyo va materiallar xarajati
YoMM xarajati
Elektr energiya xarajati
Ish haqi xarajatlari
Ijtimoiy sug`urta ajratmalari
Asosiy vosita va nomoddiy aktivlar
amortizatsiya ajratmalari
Boshqa xarajatlar
Ishlab chiqarish tannarxi-jami
Davr xarajatlari
Jami xarajatlar
*Manba: 406-IQMP UK ning 2013-yil ―Auditorlik hisoboti‖
406-IQMP UK asosiy faoliyati ―O`zbekiston temir yo`llari‖ AJ tizimida
signalizatsiya, markazlashgan va avtomatlashgan blokirovkali boshqaruv nazorat
bo`yicha qurilish-montaj ishlarini bajarishdan hamda xar hil xizmatlar ko`rsatishdan
daromad olgan.
Korxonaning asosiy faoliyatidan tashqari boshqa daromad va xarajatlari
mavjud bo`lib, bu foydalinmayotgan asosiy vosita va binolarni ijaraga berish ishlari
bilan shug`ullangan. Shu davrda amalga oshirilgan daromadlari bo`yicha O`zbekiston
Respublikasi BHMS larida belgilangan talablar asosida ish yuritib kelgan.
Korxonada barcha ishlab chiqarish xo`jalik muomalalari turlari bo`yicha
buxgalteriya yozuvlari – O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 23.10.2002
yilda № 1181-1 bilan ro`yxatga olingan Buxgalteriya hisobi milliy standarti № 21
―Xo`jalik yurituvchi subyektlar moliya xo`jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi
schyotlari rejasi va uni qo`llash bo`yicha yo`riqnoma‖ talablariga mos ravishda
qayd etilgan.
III Bob. Korxonada ishlab chiqarish xarajatlarini optimallashtirish yo`llari
3.1. Ishlab chiqarish xarajatlari hajmiga ta`sir etuvchi omillar
Xarajatlar har qanday korxonaning moliyaviy natijalari holatiga ta‘sir etuvchi
asosiy omillardan biri hisoblanadi. Shunday ekan, korxonaning moliyaviy natijasi
ijobiy ko‘rsatkichga ega bo‘lishi uchun, korxona xarajatlarini kamaytirish lozim.
Buning uchun avvalo, xarajatlarning umumiy hajmiga ta‘sir etuvchi omilarni
o‘rganib chiqish maqsadga muvofiqdir. Avvalo, shuni aytib o‘tish kerakki, har bir
temir yo`l tarmoq korxonasining moliyaviy ko‘rsatkichi ―O‘TY‖ AJ yakuniy
moliyaviy natijasiga ta‘sir qiladi.
Ishlab chiqarish xarajatlari hajmiga va uning o‘zgarishiga ta‘sir etuvchi
omillarni xarajatlar kalkulyatsion moddalarining har bir turi bo‘yicha quyidagicha
tarkiblash mumkin:
1. Ishlab chiqarishga doir moddiy xarajatlar :
Xom-ashyo va materiallar;
Chet tashkilotlar bajargan ishlab chiqarish tarzidagi ishlar va xizmatlar;
Yoqilg`ilar;
Yoqilg`i moylash materiallari;
Ehtiyot qismlar;
Qurilish materiallari;
Idish va idishbop materiallar;
Inventar va xo`jalik jihozlari;
Boshqa materiallar;
Barcha turdagi energiya.
2. Ishlab chiqarish tarzidagi ish haqi to`lash xarajatlari (sutkaliksiz):
2.1. Korxonada qo‗llaniladigan mehnatga haq to‗lash shakllari va tizimlariga muvofiq
ishbay narxlar;
2.2. Tarif stavka, tarif razryad va okladlar;
2.3. Me‘yordan ortiqcha va dam olishda ishlagan kunlari va vaqtlari miqdori;
2.4. Miqdor ko‗rinishida to‗lanadigan mahsulot qiymati;
2.5. Amaldagi qonunlarga muvofiq, rag`batlantirish xarakteridagi to‗lovlar:
mukofotlar, kasb mahorati uchun tarif stavkalari, har chorakda hisoblanadigan oylik
maoshga qo‗shimchalar miqdori;
2.6. Tungi smenada, dam olish kunlari, mehnat sharoiti og`ir va zararli bo‗lganligi
uchun to‗lanadigan to‗lovlar miqdori.
3. Ishlab chiqarishga tegishli bo‗lgan ijtimoiy sug‗urtaga :
3.1. Amaldagi qonunlar bo‗yicha xodimlar mehnatiga haq to‗lash xarajatlaridan
majburiy ajratmalar stavkalari – ijtimoiy sug`urta organlariga, nafaqa fondiga, davlat
bandlik xizmatiga va tibbiy sug`urta organlariga;
3.2. Davlatga qarashli bo‗lmagan nafaqa fondlariga, ixtiyoriy tibbiy sug`urtaga va
boshqa ixtiyoriy sug`urta turlariga ajratmalar stavkalari va miqdorlari.
4. Ishlab chiqarishga doir asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning
amortizatsiyasi:
4.1. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar boshlang`ich qiymati, tugatish qiymati va
foydalilik muddati;
4.2. Amortizatsiyasi hisoblash usullari.
5. Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar:
5.1. Ishlab chiqarish hodimlarini va aktivlarini majburiy va ixtiyoriy sug`urta qilish
summasi;
5.2. Ishchi xodimlar xizmat safariga to`lanadigan haq miqdori;
5.3. Idoradan tashqari, yong`inga qarshi va soqchilik qo`riqlash xizmati ;
5.4. Ta`mirlash ishlari zaxirasiga ajratmalar miqdori;
5.5. Operativ ijara bo`yicha yillik stavka miqdori;
5.6. Ishlab chiqarish xodimlarining vaqtincha mehnatga layoqatsizligi bo`yicha
nafaqalar miqdori;
5.7. Ishlab chiqarish jarayoniga oid boshqa ta‘sir etuvchi omillar.
Quyidagi 3.1-jadvalda asosiy ishlab chiqarish xarajatlariga omillar ta‘sirini
aniqlashda har bir ta‘sir birligining ulushdagi ko`rsatkichlari keltirilgan.
3.1-jadval
Asosiy ishlab chiqarish xarajatlariga ta`sir etuvchi omillar ulushi*
Ko`rsatkichlar nomi
2013-yil
2014-yil
2015-yil
ming.so`m
Ulush
i,%
ming.so`m
jami
%
ming.so`m
jami
%
1.Asosiy ishlab chiqarish
xarajatlari-jami
1.1.Ish haqi xarajatlari
1.2.Ijtimoiy sug`urtaga
ajratmalar
1.3.Moddiy xarajatlar
1.4.Asosiy vositalar va
nomoddiy aktivlar
amortizatsiyasi
1.5.Boshqa xarajatlar
*Manba: Korxona hisobot ma`lumotlari 2013-2015-yillar
Yuqoridagi jadvaldan ko`rinib turibdiki, 3 yillik kuzatuv natijasida ham asosiy
ishlab chiqarish xarajatlarining katta qismini ish haqi va moddiy xarajatlar tashkil
etgan.
Quyidagi 3.2-jadvalda yordamchi ishlab chiqarish xarajatlariga omillar ta‘sirini
aniqlashda har bir ta‘sir birligining ulushdagi ko`rsatkichlari keltirilgan.
3.2-jadval
Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlariga ta`sir etuvchi omillar ulushi*
Ko`rsatkichlar nomi
2013-yil
2014-yil
2015-yil
ming.so`m
jami
%
ming.so`m
jami
%
ming.so`m
jami
%
1.Yordamchi ishlab
chiqarish xarajatlari-jami
1.1.Ish haqi xarajatlari
1.2.Ijtimoiy sug`urtaga
ajratmalar
1.3.Moddiy xarajatlar
1.4.Asosiy vositalar va
nomoddiy aktivlar
amortizatsiyasi
1.5.Boshqa xarajatlar
*Manba: Korxona hisobot ma`lumotlari 2013-2015-yillar
3.2-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, yordamchi ishlab chiqarish xarajatlarining
jami hajmidagi ulushini 2013-yilda moddiy xarajatlar, 2014-2015-yillarda ish haqi
xarajatlari tashkil etgan.
3.3-jadvalda jami xarajatlar ichida ish haqi xarajatlari qancha foizni tashkil
etishi, hamda uning tarkibida asosiy va yordamchi ishlab chiqarishdagi ishchilarga
to`langan ish haqi xarajatlarining ulushlari keltirilgan.
3.3-jadval
Ish haqi xarajatlarining jami xarajatlar tarkibidagi ulushi*
Ko`rsatkich nomi
2013
2014
2015
2015-yilning O`zgarish
2013-yilga
nisbatan
2014-yilga
nisbatan
(+;-)
(%)
(+;-)
(%)
1.Ish haqi xarajatlari,
mln.so`m
jami xarajatdagi
ulushi(%)
jumladan:
1.1.Asosiy ishlab
chiqarishdagi ishchilar
ish haqi xarajatlari,
mln.so`m
ish haqi xarajatlaridagi
ulushi(%)
1.2.Yordamchi ishlab
chiqarishdagi ishchilar
ish haqi xarajatlari,
mln.so`m
ish haqi xarajatlaridagi
ulushi(%)
Jami xarajat, mln.so`m
Jami xarajatlar foizi
*Manba: Korxona xarajatlari to`g`risidagi hisoboti
3.3-jadvaldan ko`rinib turibdiki, 2013-2015-yillarda jami xarajatlar tarkibida ish
haqi xarajatlarining ulushi salkam 38 % ni tashkil etgan. Shundan o`rtacha 32% ini
asosiy ishlab chiqarishdagi, 6,3% ini esa yordamchi ishlab chiqarishdagi ishchilarga
to`langan ish haqi xarajatlari tashkil etgan. Ish haqi xarajatlari 2015-yilda 2013-yilga
nisbatan 24,6% ga oshgan bo`lsa, 2014-yilga nisbatan 22,1% ga oshgan.
Bunga ta‘sir etuvchi quyidagi omillar miqdor jihatdan hisoblanadi.
1. Ishlab chiqarish hajmini o‘zgarishi;
2. Ishchilar sonini o‘zgarishi;
3. Bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik ish haqini o‘zgarishi.
Korxonaning jami xarajatlari tarkibida shuningdek moddiy xarajatlar kata
ulushni tashkil etadi. Material xarajatlar mahsulot hajmining o‘zgarishiga ta‘sir
qiluvchi o‘zgaruvchan xarajatlar hisoblanadi. Shu sababli ularning o‘zgarishini
o‘rganishda, albatta, o‘zaro aloqadorlik darajasiga ham ahamiyat berish talab etiladi.
Bunda har bir so‘mlik mahsulot hajmiga to‘g‘ri keladigan yoki ishlab chiqarish
xarajatlarining material sig‘imi ko‘rsatkichlariga muhim e‘tibor berilishi lozim.
Quyida keltirilgan rasmlarda 2015-yilda korxona bo‘yicha jami moddiy
xarajatlar tarkibi keltirilgan.
3.4-rasm. Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari tarkibidagi moddiy xarajatlarning ulushi
3.5-rasm. Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari tarkibidagi moddiy xarajatlarning ulushi
Alohida olingan mahsulotlar ishlab chiqarish tannarxini aniqlashga hisob-
kitoblarning muhim ob‘ekti sifatida qaraladi. Bunda mahsulot tannarxining to‘g‘ri
aniqlanishiga ahamiyat beriladi. Mahsulotlar tannarxini aniqlash va hisobga olish,
moliyaviy natijaviylikni tarkibli o‘rganish bilan birga, foydaning shakllanish
qatorlarini to‘g‘ri baholash imkonini beradi. Bir xildagi mahsulot turlarini ishlab
chiqaradigan korxonalarda mahsulot tannarxini qiyosiy tahlili va uning natijalari
iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirishga xizmat qiladi.
3.2. Ishlab chiqarish xarajatlarini optimallashtirish yo`llari
Xarajatlarni doimiy ravishda pasaytirib borish korxona foydasini oshirishning
asosiy vositasi bo`lib xizmat qiladi. Zero bajarilgan qurilish-montaj ishlarining
tarkibini asosiy elementlari bu xarajat va foydadir. Binobarin, xarajatlar qanchalik
qisqarib borsa, shunga mos foyda miqdori oshib boradi. Lekin, korxona xarajatlarini
kamaytirish murakkab masala hisoblanadi. Chunki, har bir korxona yuqorida aytib
o`tilganidek, qilgan bir so`mlik xarajatiga qarab foyda oladi. Bizning
mamlakatimizda buxgalteriya hisobida ―xarajatlar‖ tushunchasini o`rniga ko`pincha
―tannarx‖ tushunchasi ishlatilib kelinadi. Tannarx ishlab chiqarish xarajatlarini
yig`indisidan iborat bo`ladi. Mahsulot tannarxi tarkibi har bir tarmoqda o`ziga xos
xususiyatga ega.
Ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirishning asosiy yo`nalishlaridan biri bu
fan-texnika taraqqiyotining yutuqlaridan oqilona foydalanishga erishishdir. Fan-
texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanish mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan,
xom-ashyo materiallaridan yoqilg`i resurslaridan yanada to`laroq foydalanishga
imkon beradi. Shuningdek, yangi unumdorligi yuqori bo`lgan, samarador mashina,
dastgoh va yangi texnologik jarayonlar yaratilishi, uni ishlab chiqarishga joriy etish
pirovard natijada korxonada ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga sharoit
yaratadi. Fan-texnika taraqqiyotining XX asr ikkinchi yarmidagi o`ziga xos jihati
prensipial yangi texnologik ishlab chiqarish usuliga o`tishi bilan xarakterlanadi.
Uning mavjud texnologik ishlab chiqarish usullaridan ustunligi faqat nisbatan yuqori
iqtisodiy samaradorligida emas, balki, sifat nuqtai nazaridan yangi moddiy ne`matlar
va xizmatlarni ishlab chiqarish imkoniyatlaridadir. Qurilish tashkilotlarida maxsus
mashina va uskunalar ish faoliyatini alohida hisobga olib borishning obyektiv va
subyektiv sabablari mavjud. Ularning asosiylariga quyidagilarni kiritish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |