birinchidan,
maxsus qurilish mashina va uskunalarining qimmat turishi ulardan
unumli va samarali talabini qo`yadi;
ikkinchidan,
qurilish mashina va uskunalaridan qurilish ishlarini bajarishda faqat
tegishli bosqichlarda va maqsadlarda ishlatilishi ular ish faoliyatini har bir qurilish
obyekti bo`yicha hisobini olib borishni taqozo etadi;
uchinchidan,
ularning qurilish maydonchalariga yetkazib kelinishi, o‗rnatilishi
va ishlatilishi ma‘lum texnika va mehnat xavfsizliklari shartlariga qat‘iy amal
qilishni, maxsus tayyorgarlikni, kasbiy mahoratni, shuningdek bu maqsadlar uchun
qo‗shimcha sarf-xarajatlarni talab qiladi.
Qurilish mashinalari va uskunalarini ekspluatatsiya qilish xarajatlari, odatda, ular
hisobot davrida qaysi ob‘ektda ishlatilgan bo‗lsa, o‗sha ob‘ekt tannarxiga kiritiladi.
Agar hisobot davrida qurilish mashinalari va uskunalaridan bir nechta ob‘ektlarda
foydalanilgan bo‗lsa, u holda ushbu xarajatlar qurilish ob‘ektlari o‗rtasida maxsus
hisob-kitob asosida taqsimlab chiqiladi. Xarajatlarni qurilish ob‘ektlari o‗rtasida
taqsimlab chiqish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
dastlab hisobot davrida qurilish mashinalari va uskunalariga sarflangan jami
xarajatlar ularning har biri bo‗yicha yuqorida keltirilgan buxgalteriya yozuvlari
asosida topib olinadi;
qurilish mashinalari va uskunalarining hisobot davrida barcha ob‘ektlarda
ishlagan jami ish vaqti (mashina/soat) bildirgi-naryadlar va ma‘lumotnomalar
asosida topiladi;
mashina va uskunalarning 1 soatlik ishiga to‗g‗ri keladigan xarajat summasi
topiladi, buning uchun jami xarajatlar jami ishlangan mashina/soat miqdoriga
bo‗linadi;
bir soatga to‗g‗ri keluvchi xarajatlarni mashina va uskunalarni har bir qurilish
ob‘ektida haqiqatda ishlagan vaqtiga ko‗paytirish yo‗li bilan ular tannarxiga
kiritiladigan xarajatlar summasi topiladi.
Xarajatlarni pasaytirishning asosiy yo`nalishlaridan biri, bu ishlab chiqarish va
mehnatni tashkil etishni takomillashtirishdir. Ushbu yo`nalish ishlab chiqarishda
yo`qotishlarni kamaytirish yo`li bilan xarajatlarni pasaytirish bu esa o`z navbatida
jonli mehnatni iqtisod qilishga ya`ni ishlab chiqarish unumdorligini oshishiga olib
keladi. Mehnat unumdorligi bilan o‘rtacha ish haqi uzviy bog‘liqlikka ega. Mehnat
unumdorligini o‘sishi ish haqini ham ortishiga olib keladi. Korxonada ishni to‘g‘ri
tashkil etish, moddiy rag‘batlantirish tizimini to‘g‘ri tashkil etish tufayli mehnat
unumdorligi ortadi. Korxona mehnat unumdorligini o‘sish darajasi o‘rtacha ish haqini
o‘sish darajasi bilan taqqoslanadi.
Mehnat unumdorligini ish haqiga nisbatan yuqori darajada o‘sishi mahsulot
tannarxidagi ish haqini ulushini pasayishiga olib keladi. Natijada mehnat
unumdorligining o‘sishini har bir foiziga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha ish haqini o‘sish
darajasi rejada belgilangan ko‘rsatkichlar bilan taqqoslanib, uning o‘zgarish sabablari
aniqlanadi.
Mehnat unumini ish haqining o‘sishidan yuqori bo‘lishi va buni ta‘minlanishi
iqtisodiy qonuniyat hisoblanadi. Negaki, ish haqini ishlar bajarish hajmini
oshirmasdan oshirib bo‘lmaydi.2
Shu sababli korxonalar ish haqi fondini va uning bazasini tartibga solishda ishlar
bajarish hajmining solishtirma baholardagi o‘sishiga muhim ahamiyat beriladi.
Xulosa va takliflar
Bitiruv malakaviy ish mavzusi ―Ishlab chiqarish xarajatlarining buxgalteriya
hisobi va auditi‖ bo‘lib, mavzuni yoritishda ―406-IQMP‖ UK si ma‘lumotlaridan
foydalanildi. Korxonaning asosiy faoliyati markazlashgan va blokirovkali
avtomatlashgan boshqaruv nazorat bo`yicha qurilish-montaj ishlarini bajarish,
yordamchi faoliyati esa asosiy faoliyati uchun kerakli bo`lgan maxsus temir beton
maxsulotlarini ishlab chiqarish. O‘rganilgan davrda korxona bo‘yicha texnik
iqtisodiy ko‘rsatkichlarini tahlil qilish natijasida ularning oshganligini ko`rish
mumkin. Korxonaning boshqa korxonalar bilan birgalikda bajargan ish hajmi 2015-
yilda 2013-yilga nisbatan 22,1% ga, 2014-yilga nisbatan 34,3% ga oshgan. 2014-
yilda qolgan ikki yilga nisbatan bajarilgan ish hajmi kamaygan, bunga sabab korxona
ish hajmi katta bo`lgan buyurtmalar asosida ishlar bajaradi. Jami bajarilgan ish
hajmining 90% dan ortiq qismini korxona o‘z kuchi bilan bajargan. Bu albatta ijobiy
ko‘rsatkichdir, chunki korxona o‘z kuchi bilan ish bajarsa, xizmatlardan tushayotgan
tushum ulushi ham yuqori bo‘ladi. Mehnat unumdorligi ko`rsatkichi 2015-yilda
2013-yilga nisbatan 6,4% ga, 2014-yilga nisbatan 23% ga oshgan. Mehnat
unumdorligi oshishi korxona bo‘yicha ish xajmining oshishi hisobiga amalga oshgan.
Bu albatta ijobiy natija, chunki korxonaning mehnat unumdorligi qancha yuqori
bo`lsa, uning doimiy faoliyati yaxshilanishini ta`minlaydi.
Bitiruv malakaviy ishi mavzusi korxonada ishlab chiqarish xarajatlariga oid
bo‘lib, korxonada bajarilgan ishlar, ko`rsatilgan xizmatlar tannarxini tashkil etuvchi
ishlab chiqarish xarajatlari summasi 2013-2015-yillarda 2014-yilga nisbatan ko`proq
hajmdagi ishlarni bajarilganligi sabab bo‘lgan. Uch yillik kuzatuv natijalariga ko`ra,
ishlab chiqarish xarajatlarining eng katta qismlarini ya`ni o`rtacha 38% ini ish haqi
xarajatlari va 15% ini moddiy xarajatlar tashkil etgan. Korxonada ishlab chiqarish
xarajatlari bajarilgan ish hajmiga munosib tarzda sarflangan. Shunday ekan korxona
ishlab
chiqarish xarajatlari
sarfini
faqatgina,
kichik
miqdorda bo`lsada
22222kamaytirishga erishish mumkin. Buning uchun quyidagi keltirilgan vazifalarni
amalga oshirish lozim:
Moddiy xarajatlardan ya‘ni qurilish materillari, yoqilg‘i moylash materiallari,
elektrenergiyadan samarali foydalanish;
Asosiy vositalar, texnika texnologiya, inshootlardan samarali foydalanish,
ularni yangilash va korxonaga yangi texnikalarni kiritish va h.k
Bu o‘z navbatida nafaqat temir yo‘l transporti balki mamlakatning barcha
xizmat ko‘rsatish tarmoqlaridan foydalanuvchilar uchun ham katta ahamiyat kasb
etadi. Temir yo‘l transportida tashish tannarxini pasaytirish yo‘llarini aniqlash uchun
avvalo korxonalar va temir yo‘l transporti kompaniyasi bo‘linmalarining xo‘jalik
faoliyatini chuqur va kompleks tahlil qilish zarurdir.
2014-yil auditorlik tekshiruvi natijalaridan xulosa qilib aytish mumkinki,
korxonada ishlab chiqarish xarajatlarining buxgalteriya hisobi belgilangan me`yoriy
xujjatlarga muvofiq aniq va to`g`ri yuritilgan. Korxona umumiy xarajatlarining 60-
62% dan yuqori qismini asosiy ishlab chiqarish xarajatlari tashkil etgan bo`lsa,
yordamchi ishlab chiqarish xarajatlarining ulushi 15-17% ini tashkil etgan. Davr
xarajatlari 2013-2015-yillarda o`zgarishsiz ya`ni 23% ni tashkil etgan. Xar bir
xarajatlar tarkibi o‘rganilganda, asosoy ishlab chiqarish xarajatlari tarkibida ish haqi
xarajatlari, moddiy xarajatlar: material, xom-ashyo, yoqilg`i moylash materiallari,
elektr energiya va boshqa xarajatlar katta qismni tashkil etgan. Yordamchi ishlab
chiqarish xarajatlari tarkibida ham eng katta ulushni ish haqi va moddiy xarajatlar
tashkil etgan. Korxonada mehnatga haq to‘lash xarajatlarning oshishiga asosiy
sabablardan biri bu Respublikada Prezidentimiz tomonidan aholini ijtimoiy
himoyalash maqsadida eng kam ish xaqi stavkasini oshirishidadir, bu bilan
proportsional ravishda yagona ijtimoiy to‘lov xarajatlari ham oshgan.
Umuman olgadna, tahlil natijalariga ko‘ra shuni aytish mumkinki, korxona
bo‘yicha umumiy iqtisodiy va moliyaviy xolat ijobiy darajada, korxonada xarajatlarni
buxgaltiriya xisobi me‘yoriy xujjatlar va belgilangan trtib bo‘yicha olib boriladi.
Bitiruv malakaviy ishini yozishdan qo`yilgan maqsaddan kelib chiqib va
bajarilgan ishlarning natijalariga tayangan holda quyidagi takliflar tavsiya etiladi:
1.
Ish haqi fondi tarkibidagi unumsiz xarajatlarni kamaytirish, ya`ni
qo`shimcha to`lovlarni mehnat unumdorligining oshishiga o ‗z xissasini
qo‘shgan ishchilarga munosib tarzda to`lash;
2.
Korxona moliyaviy natijasini yanada yaxshilash borasida yordamchi
ko‘makchi faoliyati bo‘yicha qo‘shimcha xizmat turlarini talabdan kelib
chiqqan holda ishlab chiqish.
3.
Korxonada yangi mijozlarni jalb qilish maqsadida korxon va korxona
mijozlariga qulaylik yaratish maqsadida korxona veb saytini yaratishni
tafsiya etaman.
4.
Korxona hisob siyosatida belgilagan holda 2510 – ―Umumishlab chiqarish
xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar‖ dan foydalanishlari tavsiya etaman
5.
Korxonada ishlab chiqarish xarajatlarining sintetik hisobini har bir
buyurtmachi uchun alohida olib borishlari kerak. Misol uchun ShCH-1,
ShCH-2, ShCH-3 uchun bajarilgan ishlarga:
2011- ShCH-1
2012- ShCH-2
2013- ShCH-3
Natijada har bir buyurtmachiga bajarilgan qurilish-montaj ishlari xajmi
hamda tannarxini aniq bilib olish imkonini beradi.
Alohida buyurtmachilari bo‘yicha ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga
olish va mahsulotlar tannarxini aniqlash, moliyaviy natijaga daxldor bo‘lgan
elementlarni iqtisodiy jarayonlarning turi, o‘rni, joyi va javobgarlik
bo‘yicha hisobga olinishi va nazorat qilinishi korxonaning moliya - xo‘jalik
faoliyatini boshqarishda muhim hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Karimоv I.A. «O`zbеkistоn Rеspublikasining 2015 yilgi iqtisоdiy va ijtimоiy
rivоjlanish natijalari va 2016 yilgi vazifalar to`ғrisida» -Toshkent 2015yil.
3. O`zbеkistоn Rеspublikasi buxgaltеriya hisоbining milliy standartlari Mоliya
Vazirligi va Davlat Sоliq Qo`mitasi –Toshkent. 2014 yil.
4. O`zbеkistоn Rеspublikasining Sоliq Kоdеksi- Toshkent. 2014 yil.
5.“Mahsulоt (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sоtish xarajatlarining tarkibi
hamda mоliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to`ғrisida” 54- sоnli Nizоm, 1999
yil, 5 fеvral
6. “Buxgalteriya hisobiga doir nizomlar”-T.2014y.
7. Красов А.П. «Бухгалтерский учет основной деятельности железных дорог»-
M.Транспорт, 2008 йил.
8. G’ulomova G’.G’. “Buxgaltеriya hisоbini mustaqil o`rganish uchun qo`llanma”-
Toshkent. 2010 yil.
9. A.V. Vahоbоv, A.T. Ibrоhimоv, N.F. Ishоnqulоv “Mоliyaviy va bоshqaruv tahlili” –
Toshkent. 2005yil.
10.Н.И.Силаев,
Ғ.К.Абдуллаева
“Анализ
хозяйственной
деятельности
предприятий железнодорожного транспорта” –Tошкент 2010йил.
11. Karimоv A, Ismоilоv F, Avlоqulоv A, «Buxgaltеriya hisоbi» -Toshkent. 2004yil.
12. I. Оchilоv, J. Qurbоnbоеv “Mоliyaviy hisоb” – Toshkent.2004yil.
13. M. To`laxo`jaеva “Audit” 1, 2 tоm. –Toshkent. 2008 yil.
14.Jo`raеv N., Bоbоjоnоv О., Abduvaxidоv F., Sоtvоldiеva D. Mоliyaviy va Bоshqaruv
xisоbi. Darslik. -Toshkent. 2007 yil .
15.Jo`raеv N., Xоlbеkоv R., Abduvaxidоv F., Ilxоmоv I. Buxgaltеriya xisоbi, iktisоdiy
taxlil va audit. Darslik. -Toshkent.2007 yil.
16.Jo’rayev M.J., Abduvohidov F.T., Sotiboldiyeva D.A. Moliyaviy va boshqaruv hisob
-Toshkent. Iqtisod-moliya darslik. 2010yil.
18. E.F. Gadoev, I.X. Golisheva, Sh.U. Haydarov “Foyda solig`i” –Toshkent. Norma.
2011y.
19. E.F. Gadoev, I.X. Golisheva, Sh.U. Haydarov “Bilvosita soliqlar” - Toshkent.
Norma. 2011y.
Internet saytlari
1.Ziyonet.uz
2.Stat.uz
3.Norma.uz
4.Lex.uz
5.my.Gov.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |