O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti samariddin elmirzayev


 Korporativ boshqaruvning oilaviy modeli



Download 15,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/226
Sana21.04.2022
Hajmi15,21 Mb.
#568906
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   226
2.5. Korporativ boshqaruvning oilaviy modeli 
]Korporativ boshqaruvning oilaviy modeli yoki oilaviy biznes 
guruhlar, dunyoning barcha mamlakatlarida amalda keng 
qo‘llaniladi. Korporativ boshqaruvning bunday tizimiga Osiyo va 
Lotin Amerikasi mamlakatlarida, Kanadada, Shvetsiya, Italiya, 
Fransiya kabi Yevropa davlatlarida tez-tez duch kelish mumkin. 
Bunda yirik korporatsiyalarni boshqarish yagona oila a’zolari 
tomonidan amalga oshiriladi. Kapital oila a’zolari o‘rtasida 
markazlashadi va taqsimlanadi, shuningdek biznes ustidan nazorat 
to‘liq oilaga tegishli bo‘ladi. 
Ko‘pchilik davlatlarda oilaviy biznes mamlakat bo‘yicha 
biznesning 70 foizidan ortiq qismini tashkil etib, iqtisodiy taraqqiyot 
va aholi bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Masalan, Ispaniyada biznesning qariyb 75 foiziga oilalar yoki oilaviy 
biznes guruhlar tomonidan egalik qilinadi va ular tomonidan 
yaratilayotgan mahsulot mamlakat yalpi ichki mahsulotining 65 


41 
foizigacha qismini tashkil etadi
18
. Braziliyada o‘tkazilgan so‘nggi 
tadqiqotlardan birida eng yirik kompaniyalar ro‘yxatidagi 200 ta 
kompaniyaning 
51,5%i 
oilalar 
nazorati 
ostida 
ekanligi 
aniqlanganligi buning yaqqol dalilidir
19
.
Oilaviy bizneslar kichik va o‘rta kompaniyalardan tortib, turli 
sohalar 
va 
mamlakatlarda 
faoliyat 
yuritadigan 
yirik 
konglomeratlarni qamrab olgan. Natijada jahonda yirik ta’sirga ega 
bo‘lgan biznes imperiyalar aynan oilalar tomonidan tashkil 
etilganligini qayd etish lozim. Bunday shajaralar va biznes 
imperiyalarga misollar sifatida quyidagilarni o‘rsatish mumkin: 
-
Kanadadagi Bronfmanlar shajarasi; 
-
Italiyada Salvatore Ferragamo, Benetton, Fiat Group, 
Agnelli biznes guruhi; 
-
Frantsiyada L’Oreal, Carrefour Group, LVMH va Michelin; 
-
Janubiy Afrikadagi Oppengeymerlar oilaviy guruhi; 
-
Janubiy Koreyada Samsung, Hyundai Motor va LG Group; 
-
Germaniyada BMW va Siemens; 
-
Yaponiyada Kikkoman va Ito-Yokado; 
-
AQShda Ford Motors Co, Koch Industries, Inc va Wal-Mart 
Stores 
-
Shvetsiyadagi Valenberglar shajarasi; 
-
Tayvanddagi Li Kay Shi oilaviy guruhi. 
Dunyodagi eng qadimiy bizneslar ham aynan oilaviy bizneslar 
ekanligi tarixiy haqiqat. Yaponiyadagi 717 yilda asos solingan 1300 
yillik tarixga ega HOSHI kompaniyasi 46 ta avlod tomonidan 
boshqarilgan va egalik qilingan yoki Takenaka Corporation 
kompaniyasi 1610-yilda, Germaniyadagi Merck kompaniyasi 1668-
yilda, Frantsiyadagi Wendel kompaniyasi 1704-yilda tashkil etilgani 
va bugungi kunda muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda
20

“Yevropa oilaviy biznes barometri – 2017” hisobotida oilaviy 
bizneslarning 34 foizi 50 yildan ortiq, 45 foizi 20-50 yil davomida 
faoliyat yuritayotganligi qayd etilganligi ham fikrimizning isbotidir
21

Shuningdek, oilaviy bizneslar biznesning asoschisi davrini hisobga 
olmaganda juda qisqa hayotiylik davriga egaligi va uchinchi 
avlodning egaligi davridagi aksariyat 95 foiz oilaviy bizneslar 
faoliyatini davom ettirmasligi (tugatilishi) ham haqiqatdir
22
. Bu 
ko‘pincha o‘sib borayotgan biznes va yirik oilaning talablariga javob 
beradigan munosib kelgusi avlodlarni tayyorlash amaliyotining va 
samarali korporativ boshqaruvning mavjud emasligi oqibatida 
18
The Family Business Network, www.fbn-i.org/fbn/main.nsf/doclu/facts 
19
Governance Challenges for Family-Owned Businesses, Practical Guide to Corporate Governance 
20
EY Family Business Yearbook 2017 
21
European Family Business Barometer, Sixth Edition, KPMG International, 2017 
22
The Family Business Network, www.fbn-i.org/fbn/main.nsf/doclu/facts 


42 
yuzaga keladi. Oilaviy bizneslar to‘g‘ri boshqaruvni ta’minlash, 
faoliyatni davom ettirishga munosib vorislarni tayyorlash, oilaviy 
ichki nizolarga yo‘l qo‘ymaslik orqali istiqbolli rivojlanishga 
erishishlari mumkin.
Bugungi kunda dunyodagi eng yirik pul tushumiga ega 
bo‘lgan oilaviy bizneslar Top – 25 taligi quyidagi jadvalda keltirilgan 
(2.1-jadval).
2.1-jadval 

Download 15,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish