O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti samariddin elmirzayev



Download 15,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/226
Sana21.04.2022
Hajmi15,21 Mb.
#568906
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   226
Banklar direktorlar kengashida o


vakillari orqali 
Monitoring va 
nazorat 
funksiyalarini 
amalga oshiradi
Qimmatli qog

ozlar 
emissiyasini tashkil 
qiladi
Ishonchnoma 
asosida aksiyalarni 
boshqaradi


36 
- xorijiy investorlarning faol ishtiroki.
Korporativ boshqaruvning german modelida direktorlar 
kengashi ikki palatali, ya’ni mustaqil direktorlardan tashkil topgan 
kuzatuv kengashi va menejerlardan iborat ijroiya organi. Ular 
o‘rtasida funksiyalar, vakolatlar, javobgarlik aniq taqsimlangan 
holda belgilab qo‘yilgan. Kuzatuv funksiyasi qaror qabul qilish 
funksiyasidan ajratilgan. 
Ikki palatali direktorlar kengashining amal qilishi autsayderlar 
manfaatlarini himoya qilishni kafolatlamaydi, shunga ko‘ra 
ko‘pincha kengash nazoratni amalga oshiruvchi emas, balki 
maslahatchi funksiyasini bajaruvchi boshqaruv raisi yonidagi organ 
sifatida ko‘zga tashlanadi.
Germaniyada 
direktorlar 
kengashining 
bosh 
maqsadi 
aksiyadorlarning alohida guruhlari manfaatlarini himoya qilish 
emas, balki umumiy holda korporatsiya raqobatbardoshligini 
oshirish hisoblanadi. 
Kengash tuzilmasi va son tarkibi korporatsiya ustavida emas, 
balki qonunchilik asosida belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra kuzatuv 
kengashi a’zolari soni 20 kishi bo‘lishi kerak va uning son tarkibi 
o‘zgarishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bank vakillari uning a’zolari bo‘lishi 
mumkin.
Aksiyadorlar soni 500 tadan kam bo‘lgan, faoliyat ko‘lami yirik 
bo‘lmagan korporatsiyalarda yalpi kuzatuv kengashi aksiyadorlar 
tomonidan saylanadi. Aksiyadorlar soni 500 tadan 2000 tagacha 
bo‘lgan o‘rta tipdagi korporatsiyalarda kuzatuv kengashi tarkibining 
uchdan bir qismi, 2000 dan ortiq aksiyadorlarga ega yirik 
korporatsiyalarda esa yarmi (20 tadan o‘ntasi)ni aksiyadorlar 
saylaydi. Kengashning qolgan a’zolari mehnat jamoasi tarkibidan va 
kasaba uyushmalari tashkilotlaridan saylanadi. Ya’ni “kuzatuv 
kengashi a’zolarining yarmi ishchi-xodimlardan shakllantiriladi”
15
va bunday yondashuv manfaatlar muvozanatiga erishish imkonini 
beradi. 
Kuzatuv kengashi ijroiya kengashi a’zolarini besh yillik 
muddatga tayinlaydi, lekin shartnoma muddatidan oldin bekor 
qilinishi mumkin. Ijroiya organi bevosita korporatsiya faoliyatiga 
javobgar sifatida umumiy nazoratni amalga oshiradi, korporatsiya 
hisobotlarini, katta miqdordagi kapital qo‘yilmalarini, strategik 
qarorlarni, aktivlarni sotib olish yoki qo‘shib olish amaliyotlarini 
tasdiqlaydi. Bunday qarorlar qabul qilish qonunga asosan tartibga 
solinadi. O‘z navbatida ijroiya kengashi (boshqaruv) menejerlardan 
tashkil topadi va kuzatuv kengashi oldida hisobdor hisoblanadi. 
15
Bob Tricker. Corporate governance: principles, policies and practices. – UK.: Oxford university press, 
2012. – P. 157. 


37 
German modelida quyidagi masalalar aksiyadorlar tomonidan 
ma’qullanishi talab etiladi:
- sof foydani taqsimlash; 
- katta miqdordagi xarajatlar to‘g‘risidagi qarorlar; 
- ustavga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish; 
- menejerlarni rag‘batlantirishning yuqori chegarasini oshirish; 
- birlashishlar, qayta tashkil etishlar va boshqalar. 
German modeli insayderlar, kompaniya menejerlarining 
samarali nazorati, yuqori barqarorlikka ega ichki va tashqi 
munosabatlar, bankrotlik riski nisbatan pastligi, turli xil nizolar 
yuzaga kelish ehtimoli pastligi bilan ham tavsiflanadi. Shuning 
uchun kompaniyalarni uzoq muddatli rivojlantirish masalalariga 
ustuvor darajada e’tibor qaratiladi. Yana bir xususiyat bu 
mutaxassislar, xususan menejerlar bilim va malakasiga juda yuqori 
darajada talablar qo‘yilganligidir.

Download 15,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish