Oilaviy uchrashuv, oilaviy yig‘ilish (family assembly) va oilaviy
kengashning amal qilish xususiyatlari
Bosqich
Holati
Oilaning
a’zolari
Soni
Yig‘ilishlar
soni
Asosiy faoliyati
Oilaviy
uchrashuv
(family
meeting)
1-
bosqich
Norasmiy Butun oila
(a’zolik
uchun
qo‘shimcha
shartlar
qo‘yilishi
ham
mumkin)
Ozchilik
a’zolar
Odatda 6-
12 ta a’zo
Biznesning
rivojlanish
bosqichiga
bog‘liq.
Odatda
deyarli
haftalik
Oilaning
qadriyatlari va
qarashlarini
birlashtirish
Yangi biznes
g‘oyalarni
muhokama qilish
va yaratish
Keyingi biznes
boshqaruvchilarini
tayyorlash
Oilaviy
yig‘ilish
(family
assembly)
2-3-
bosqich
Rasmiy
Butun oila
(a’zolik
uchun
qo‘shimcha
shartlar
qo‘yilishi
ham
mumkin)
Oilaning
kattaligi
va a’zolik
shartlariga
bog‘liq
1 yilda 1
yoki 2
marta
G‘oyalar,
kelishmovchiliklar
va qarashlarni
muhokama qilish
va birlashtirish
Oilaga taalluqli
asosiy siyosatlarni
tasdiqlash
Oila a’zolarni
biznes masalalari
bo‘yicha o‘qitish
Oilaviy kengash va
boshqa qo‘mita
a’zolarini saylash
Oilaviy
kengash
(family
council)
2-3-
bosqich
Rasmiy
Oilaviy
kengash
tomonidan
saylangan
a’zolar
(a’zolik
uchun
tanlov
shartlari
oila
tomonidan
belgilanadi)
a’zolik
shartlariga
bog‘liq
bo‘ladi
Ideal holat
5-9 ta a’zo
1 yilda 2
dan 6
martagacha
Nizolarni hal qilish
Oilaga taalluqli
asosiy siyosatlarni
rivojlantirish
Rejalashtirish
Ta’lim
Direktorlar
kengash va
menejmentni
ishini
muvofiqlashtirish
va oila va
biznesning
balansini
ta’minlash
Direktorlar kengashi aksariyat bizneslar boshqaruvida bo‘lgani
kabi oilaviy biznesda ham markaziy boshqaruv instituti hisoblanadi.
Turli oilalarda direktorlar kengashining tuzilishi, roli, tarkibi bir-
biridan farq qiladi. Bu odatda biznesning ko‘lami, murakkabligi va
uni tashkil etgan oilaga bog‘liq holda belgilanadi. Odatda aksariyat
oilaviy
bizneslar
ularning
mavjudlik
davrining
birinchi
49
bosqichidayoq qonuniy talablarga rioya qilish maqsadida direktorlar
kengashini tashkil qilishadi. Qonun bo‘yicha kengash ruxsatini
talab etuvchi kompaniyaning moliyaviy, dividend va boshqa
jarayonlarini ma’qullash uchun direktorlar kengashini tashkil etish
zaruriy hisoblanadi. Odatda kengashlar yiliga bir yoki ikki marta
yig‘iladi (mahalliy tartiblarga asosan) va ularning faoliyat yuritishi
juda qisqa muddat davomida amalga oshiriladi. Bu holatda
kengash a’zolari o‘ziga xos tarzda oila a’zolaridan va ba’zi hollarda
ishonchli oila a’zosi bo‘lmagan menejerlardan tashkil topadi.
Biznesning egasi bo‘lgan holda ham menejmentda ham direktorlar
kengashida xizmat ko‘rsatadigan ayrim shaxslarni ham uchratish
mumkin.
Oilaviy biznes murakkablashib borgani sari, boshqaruv
samaradorligiga javob berish va kompaniyaning strategiyasini
belgilash kabi muhim masalalarda asosiy o‘rinni egallovchi
direktorlar kengashini tashkil etish shart bo‘lib qoladi. Shundan
kelib chiqqan holda kengashdan kompaniya boshqaruvida
masalalarni mustaqil hal qilish nuqtayi nazaridan yanada ko‘proq
yig‘ilishni talab qiladi. Bu oilaviy biznes direktorlar kengashi yaxshi
tashkil etilgan, ko‘proq mas’uliyatli va tashqi mustaqil direktorlar
uchun ochiq bo‘lgan holatda yuz beradi.
Biznesning manfaatlarini mukammal ta’minlovchi professional
direktorlar kengashiga o‘tishdan oldin, aksariyat oilaviy bizneslar
menejment va asosiy nazorat qiluvchi aksiyadorlardan mustaqil
ravishda ularning joriy direktorlarini tajriba va ma’lumotiga baho
beruvchi maslahat kengashini tashkil etishadi. Bu holatda,
maslahat kengashi biznes duch kelishi mumkin bo‘lgan har qanday
strategik masalalarni hal qilish maqsadida menejment va
direktorlar kengashi bilan yaqindan ishlaydi.
O‘z navbatida korporativ boshqaruv oilaviy modeli boshqaruv
tizimida alohida qo‘mitalar ham tashkil etiladi. Bunday qo‘mitalarga
misol sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin:
-
ta’lim qo‘mitasi;
-
ulushlarni qayta sotib olish qo‘mitasi;
-
lavozimlarni rejalashtirish qo‘mitasi;
-
audit qo‘mitasi va boshqalar.
Ijroiya organi oila modeli boshqaruv tuzilmasining ajralmas
qismi bo‘lib, uning faoliyat samaradorligi kompaniyaning faoliyat
nitajalari va oilaning boyligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ijroiya
50
organi biznesda joriy boshqaruvni amalga oshiradi va direktorlar
kengashi tomonidan berilgan ko‘rsatmalarni bajaradi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, odatda dastlabki davrda oilaviy
biznes korxona asoschisining o‘zi tomonidan boshqariladi va
nazorat qilinadi. Lekin bunda menejment tuzilmasi norasmiy tarzda
qolishi mumkin va qaror qabul qilish asoschining yoki bir nechta
qarindoshning qo‘lida bo‘ladi. Bunday boshqaruv tartibi kompaniya
rivojining dastlabki bosqichida yaxshi ishlaydi va bu bosqichda
asoschi kompaniya muvaffaqiyatining asosiy sababchisi hisoblanadi.
Kompaniyaning rivojlanishi, biznes operatsiyalari ko‘lami
kengayishi, boshqaruvning avloddan avlodga o‘tishi boshqaruvning
takomillashuviga, professional menejmentga hamda markazlashgan
tartibda qaror qabul qilishdan chetlanishga xizmat qiladi. Afsuski,
aksariyat oilaviy bizneslar ushbu jihatni inobatga olishmaydi va
asosiy menejment lavozimlarini ustuvor ravishda oila a’zolariga
beradi. Mazkur oila a’zolarining ko‘pchiligi malakali boshqaruvchi
bo‘lsa ham ma’lum bir vazifalarni bajarish borasida muammo
yuzaga keladi. Biznes muvaffaqiyati uchun uzoq muddatli
istiqbolda ba’zi oila a’zolarini yanada professional va mahoratli
tashqi boshqaruvchi bilan almashtirish amalga oshiriladi. Aslida
oilaviy bizneslarning professional ijroiya organiga ega bo‘lishlari
oilaviy biznesning dastlabki bosqichidanoq muhimdir.
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, oilaviy biznesda bandlik
masalasi nuqtayi nazaridan oilani yoki biznesni ustun qo‘yish
holatlari ko‘p kuzatiladi. Bunda quyidagilarga guvoh bo‘lish
mumkin (2.5-jadval).
Oilaviy biznesda mulkdorlar o‘rtasida ziddiyatlarga sabab
bo‘luvchi holatlar mavjud. Masalan, kompaniya foydasini dividend
sifatida taqsimlamasdan reinvestitsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul
qilinganda turli oila a’zolarning fikri turlicha bo‘lishi mumkin.
Oilaviy biznesda ishlaydigan mulkdor mazkur qarorga u allaqachon
kompaniyadan ish haqi olganligi bois umuman qiziqish
bildirmasligi ham mumkin. Boshqa tarafdan asosiy daromad
manbai oilaviy biznes tomonidan beriladigan dividend bo‘lgan va
oilaviy biznesda ishlamaydigan mulkdor nuqtayi nazaridan
umuman boshqacha qaraladi. Mazkur mulkdor yanada ko‘proq va
doimiy dividend olish tarafdori bo‘ladi.
51
2.5-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |