O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti samariddin elmirzayev


Davlatning korporativ boshqaruvdagi ishtiroki



Download 15,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/226
Sana21.04.2022
Hajmi15,21 Mb.
#568906
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   226
Davlatning korporativ boshqaruvdagi ishtiroki
afzalliklari va kamchiliklari 
 
Afzalliklari
Kamchiliklari
1. Strategik ahamiyatga ega iqtisodiyot 
soha va tarmoqlarida samarali davlat 
nazorati o‘rnatiladi; 
2. Strategik muhim tarmoqlarning 
rivojlanishi 
uchun 
shart-sharoit 
yaratiladi; 
3. Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni 
amalga oshiradi; 
4. 
Yirik 
aksiyadorlik 
jamiyatlari 
bankrotligining 
oldi 
olinadi 
va 
tugatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi; 
5. Davlat byudjeti soliqlardan boshqa 
daromadlariga ega bo‘ladi; 
6. Monopoliya tartibga solib turiladi va 
narxlar barqarorligi ta’minlanadi; 
7. Professional boshqaruv amalga 
oshiriladi va boshqalar. 
1. Davlatning haddan tashqari ko‘p 
aralashuvi 
korporativ 
tuzilmaning 
mustaqilligini chegaralaydi; 
2. Oltin aksiya asosida veto qo‘yish 
huquqining berilishi qarorlar qabul 
qilishning ortga surilishiga olib keladi; 
3. Veto qo‘yish huquqi davlat vakili 
tomonidan 
qaror 
qabul 
qilish 
aralashtirib 
yuborish 
holatlari 
uchraydi.
4. 
Aksiyadorlik 
jamiyatlariga 
investorlarning qiziqishlari nisbatan 
past bo‘ladi; 
5. Xususiy mulkdorlar sinfining 
shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi; 
6. Boshqa aksiyadorlarning huquqlari 
chegaralanishiga olib keladi; 
7. 
Dividend 
amaliyotlari 
deyarli 
kuzatilmaydi va boshqalar. 
- aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalida ma’lum bir ulushga 
egalik qilish. Bunda davlat o‘z egaligidagi aksiyalarning ustav 


226 
kapitalidagi ulushiga mos tarzda ovoz berish orqali korporativ 
boshqaruvda ishtirok etadi. Agarda aksiyalar ulushi asosida 
kuzatuv kengashi yoki taftish komissiyasi a’zolarini ko‘rsatish 
vakolatiga ega bo‘lsa aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida 
kuzatuv kengashiga yoki taftish komissiyasiga o‘z nomzodlarini 
taqdim etadi va kumulyativ ovoz berishda ishtirok etadi; 
- oltin aksiya amaliyotini joriy etish. Mazkur amaliyotda davlat 
ustav kapitalida hech qanday ulushga ega bo‘lmasdan yoki 
aksiyalar nazorat paketiga egalik qilmagan holda korporativ 
boshqaruvda o‘z vakili orqali qarorlar qabul qilishga ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Davlatning korporativ boshqaruvdagi, umuman korporativ 
tuzilmalar 
faoliyatidagi 
ishtiroki 
qator 
afzalliklarga 
va 
kamchiliklarga ega (11.1-jadval). 
Davlatning korporativ boshqaruvdagi ishtiroki strategik 
ahamiyatga ega iqtisodiyot soha va tarmoqlarida samarali davlat 
nazorati o‘rnatish orqali ijtimoiy-iqtisoiy taraqqiyot uchun muhim 
tarmoqlarning rivojlantirish imkonini beradi. Iqtisodiyotda tarkibiy 
o‘zgarishlarni amalga oshirish orqali davlat aholi turmush 
farovonligini oshirishga intiladi. Keltirilayotgan bu jihatlarga 
erishish uchun esa mamlakatda yirik aksiyadorlik jamiyatlari 
faoliyat yuritishi muhim hisoblanadi. Chunki yirik aksiyadorlik 
jamiyatlari faoliyati aholi bandligi va daromadliligi ta’minlanishida, 
davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi shakllanishida, keskin 
xalqaro raqobat sharoitida mamlakat eksport salohiyatini 
oshirishda va hokazolarda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shu 
boisdan yirik aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatida, korporativ 
boshqaruvida davlatning ishtiroki moliyaviy-iqtisodiy inqiroz 
holatlarida ular bankrotligining oldini oladi va tugatilishiga yo‘l 
qo‘yilmaydi. Bunga misol sifatida 2008-yilda boshlangan jahon 
moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida Amerika qo‘shma shtatlarida 
milliy avtokontsernlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ustav 
kapitaliga davlat ulushini kiritish amaliyoti qo‘llanilganligini 
keltirishimiz 
mumkin. 
Dunyodagi eng 
rivojlangan 
davlat 
hisoblangan Amerika qo‘shma shtatlarida bunday amaliyotning 
qo‘llanilishini mamlakatning eksport salohiyatini saqlab qolish, 
tashqi ishlab chiqaruvchilarning amerika bozorini egallashlariga 


227 
yo‘l qo‘ymaslik, mamlakatda ishsizlik darajasining oshib ketishiga 
yo‘l qo‘ymaslik, davlat byudjeti daromadlari qisqarishining oldini 
olish kabilarga qaratilgan chora-tadbir sifatida baholashimiz 
mumkin. Shu o‘rinda yirik aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan 
to‘lanadigan soliqlar va majburiy to‘lovlar davlat byudjeti 
daromadlarining 90 foizdan ortig‘ini tashkil etishini ham qayd etish 
lozim. Bunda davlat ishtiroki yirik aksiyadorlik jamiyatlari 
tomonidan to‘lanadigan dividendlarning ham bir qismiga egalik 
qilish orqali davlat byudjetining soliqlardan boshqa daromadlarini 
oshirishga imkon beradi. Yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda 
tabiiy monopoliyalarni tartibga solish orqali davlat narx 
barqarorligini ta’minlashi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-
quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etishini ham qayd etish zarur. 
O‘z navbatida bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning 
korporativ boshqaruvdagi faol ishtiroki ma’lum bir muammoli 
holatlarga sabab bo‘lishi mumkin. Xususan, davlatning korporativ 
tuzilmalar faoliyatiga haddan tashqari ko‘p aralashuvi tadbirkorlik 
subyekti sifatida korporativ tuzilmaning mustaqilligini chegaralaydi. 
Bunda oltin aksiya asosida veto qo‘yish huquqining berilishi 
qarorlar qabul qilishning ortga surilishiga olib keladi va bu, o‘z 
navbatida tezkor moliyaviy qarorlar qabul qilish shart bo‘lib turgan 
bir vaqtda korporativ tuzilma faoliyat samaradorligi pasayishiga olib 
keladi. Shuningdek kuzatuv kengashi majlislari va aksiyadorlar 
umumiy yig‘ilishlari ma’lum bir qarorlariga veto qo‘yish huquqi 
davlat vakili tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri qaror qabul qilish bilan 
chalkashtirib yuborilish holatlari ham uchrab turadi. Bu masalalar 
o‘z navbatida davlat ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlariga 
investorlar 
qiziqishlarini 
keskin 
pasaytiradi. 
Boshqa 
aksiyadorlarning huquqlari chegaralanishi natijasida norozilik 
holatlari va korporativ nizolar yuzaga keladi. Qo‘shimcha ravishda 
xususiy mulkdorlar sinfining shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan erishilgan foydaning yangi 
loyihalarga muntazam yo‘naltirilishi tufayli dividend amaliyotlari 
deyarli kuzatilmaydi.
Har bir mamlakatda yuqorida keltirilgan kamchiliklardan kelib 
chiqqan holda hamda xususiy sektorni keng rivojlantirish 
maqsadida davlatning korporativ boshqaruvdagi ishtirokini 


228 
kamaytirishga harakat qiladi. Shundan kelib chiqqan holda 2017–
2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasida 

Iqtisodiyotda davlat ishtirokini 
kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning 
ustuvor mavqeyini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va 
tarkibiy islohotlarni davom ettirish

Download 15,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish