O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti samariddin elmirzayev


Davlat va korporativ tuzilmalar o‘rtasidagi soliq va



Download 15,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/226
Sana21.04.2022
Hajmi15,21 Mb.
#568906
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   226
 Davlat va korporativ tuzilmalar o‘rtasidagi soliq va 
majburiy ajratmalar bilan bog‘liq munosabatlar tizimi
57
 
Bundan tashqari korporativ tuzilmalar davlat bilan ishchi va 
xodimlarning daromadidan jismoniy shaxslardan olinadigan 
daromad solig‘i, pensiya fondiga majburiy sug‘urta badallari, 
aksiyadorlar (ta’sischilar) uchun dividend solig‘ini to‘lash bilan 
bog‘liq munosabatlarga ham soliq agenti sifatida kirishadi. 
Shuningdek, O‘zbekistonda ayrim yirik korporativ tuzilmalar 
57
Муаллиф томонидан тайёрланди. 
MAHSULOT SOTISHDAN TUSHUM 
Mahsulot sotishdan sof tushum 
Yalpi foyda 
Asosiy faoliyatdan olingan foyda 
Umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda
 
Soliq to‘langungacha olingan foyda
 
SOF FOYDA 
Qo‘shilgan qiymat solig‘i
Boshqa egri soliqlar 
Davlat maqsadli 
jamg‘armalariga majburiy ajratmalar
Y
er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun 
soliq 
Yuridik shaxslardan olinadigan yer 
solig


Yagona ijtimoiy 
to

lov 
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig


Yuridik shaxslarning mol-mulkiga 
solinadigan soliq 
Aksiz solig‘i


223 
tomonidan qo‘shimcha foyda solig‘i ham to‘lanadi. Ushbu soliq 
belgilangan rejalarga nisbatan mahsulot narxining oshishi hisobiga 
olingan qo‘shimcha foydaga nisbatan soliq olinadi. Demak, ushbu 
soliq bo‘yicha ham davlat bilan moliyaviy munosabatlar yuzaga 
keladi. 
Bizning fikrimizcha soliqlar va majburiy ajratmalar bilan 
bog‘liq munosabatlar tizimini tadqiq etish, ularning korporativ 
tuzilmalar moliyaviy holatiga ta’sirini baholash hamda ular bo‘yicha 
to‘lovlar ketma-ketligini o‘rganib chiqish, korporativ tuzilmalarda 
soliqlarni rejalashtirish jarayonini samarali tashkil etishda 
imkoniyat yaratadi. 
Korporativ tuzilmalar va davlat o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy 
munosabatlar o‘ziga xos xususiyatga ega. Bu bo‘yicha Q.Yaxyoyev 
nafaqat korporativ tuzilmalar, balki barcha soliq to‘lovchilar va 
davlat o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar haqida to‘xtalib, “soliq 
to‘lovchi va davlat o‘rtasida bu yerda qarama-qarshi manfaat yotadi. 
Davlat iloji boricha o‘z xizmatlari uchun ko‘p soliq olishni istaydi, 
to‘lovchilar esa iloji boricha kam soliq to‘lashni istaydi”
58
– deya, 
ta’kidlab o‘tadi. Demak, davlat va korporativ tuzilmalar o‘rtasidagi 
soliq munosabatlarini o‘rganish, bundagi qarama-qarshiliklarni 
samarali tartibga olish, ham korporativ tuzilmalar ham davlat 
manfaatlariga 
salbiy 
ta’sir 
etmaydigan 
soliqqa 
tortish 
mexanizmlarini joriy qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi 
PF-4720-sonli “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ 
boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 
Farmoni ham kelgusida soliq munosabatlarining o‘zgarishiga ta’sir 
ko‘rsatadi. Xususan ushbu Farmonga muvofiq aksiyadorlik 
jamiyatlari boshqaruv xodimlari sifatida jalb qilingan xorijiy 
mutaxassislarning mehnatga haq to‘lash fondidan yagona ijtimoiy 
to‘lov to‘lash, xorijiy mutaxassislarning boshqaruv xodimlari 
sifatidagi faoliyatidan olgan daromadlari daromad solig‘i, to‘lov 
manbaidan olinadigan daromad solig‘i, shuningdek byudjetdan 
tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘lanadigan fuqarolarning 
majburiy sug‘urta badallaridan ozod etish belgilandi. Bu esa, o‘z 
navbatida, 
korporativ 
tuzilmalarda 
zamonaviy 
boshqaruv 
58
Қ

ҳ
ёев. Соли
қ
назариясидаги долзарб масалалар 
ҳ
а
қ
ида. Молия илмий журнали. 2010 йил, 2-сон. 
54-56 бетлар. 


224 
uslublarining joriy etilishiga hamda korporativ tuzilmalar va davlat 
o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy munosabatlarning samarali tashkil 
etilishiga zamin yaratadi. 

Download 15,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish