11.1-rasm.
Davlat va korporativ tuzilmalar o‘rtasidagi o‘zaro
moliyaviy munosabatlar guruhlari
Yuqoridagi 1.2-rasmda ko‘rinib turibdiki, davlat va korporativ
tuzilmalar o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy munosabatlar guruhlariga
korporativ tuzilmalarning davlat byudjetiga soliqlar to‘lash bilan
bog‘liq moliyaviy munosabatlar, byudjetdan tashqari maqsadli
fondalarga majburiy ajratmalarni to‘lash bilan bog‘liq moliyaviy
munosabatlar, davlat va korporativ xaridlarni amalga oshirish bilan
bog‘liq moliyaviy munosabatlar, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan
korporativ tuzilmalarni davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirish,
turli xil investitsiyalar kiritish bilan bog‘liq moliyaviy munosabatlar,
korporativ tuzilmalar ustav kapitalida davlatning ishtirok etishi
bilan
bog‘liq moliyaviy
munosabatlar,
qimmatli
qog‘ozlar
operatsiyalarini tashkil etish bilan bog‘liq moliyaviy munosabatlar,
korporativ tuzilmalar faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish
bilan bog‘liq moliyaviy operatsiyalar, korporativ tuzilmalarga ayrim
holatlarda jarima va sanktsiyalar qo‘llash bilan bog‘liq va boshqa
moliyaviy munosabatlar kiradi.
Korporativ tuzilmalar va davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar
tizimini unda davlatning ishtirokiga qarab shartli ravishda ikki
Davlat va korporativ tuzilmalar
o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy
munosabatlar
Byudjetdan tashari maqsadli
fondlarga majburiy ajratmalarni
to‘lash bilan bog‘liq munosabatlar
Korporativ tuzilmalar ustav
kapitalida ishtirok etish bilan
bog‘liq moliyaviy munosabatlar
Soliq munosabatlari
Investitsiya kiritish bilan
bog‘liq munosabatlar
Faoliyatni litsenziyalash
va tartibga solish
Davlat xaridi bilan
bog‘liq moliyaviy
munosabatlar
Davlat byudjetidan
moliyalashtirish
Boshqa moliyaviy
munosabatlar
Jarima va sanksiyalar
bilan bog‘liq
munosabatlar
Qimmatli qog‘ozlar
bilan bog‘liq
munosabatlar
220
guruhga ajratishimiz mumkin. Birinchi guruh: davlat ulushiga ega
korporativ tuzilmalar va davlat o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy
munosabatlar, ikkinchi guruh: davlat ulushiga ega bo‘lmagan
korporativ tuzilmalar va davlat o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy
munosabatlar.
Davlat ulushiga ega korporativ tuzilmalar va davlat o‘rtasidagi
o‘zaro moliyaviy munosabatlar tizimining tarkibiy qismi sifatida bir
tomondan ushbu turdagi korporativ tuzilmalar tomonidan
davlatning turli darajadagi byudjetlariga soliqlar, majburiy
ajratmalar, dividendlar va boshqa ko‘rinishdagi mablag‘larning
yo‘naltirilishi bilan bog‘liq moliyaviy munosabatlarni, boshqa
tomondan davlat ushbu turdagi korxonalarning egasi sifatida uning
taraqqiyoti uchun turli imtiyozlar, byudjetdan turli maqsadlar
uchun turli ko‘rinishdagi mablag‘lar, xususan, pul mablag‘lari,
asosiy vositalar, investitsiyalar yo‘naltirish bilan bog‘liq moliyaviy
munosabatlarni keltirishimiz mumkin. Shuni ta’kidlash lozimki,
davlat ulushiga ega korporativ tuzilmalar va davlat o‘rtasidagi o‘zaro
moliyaviy munosabatlar ko‘lami mustaqillik yillarida davlat
mulkining xususiylashtirilib kelinayotganligi sababli kamayib
borayotganligi bilan xarakterlanadi. Ushbu ilmiy qarashlarimizning
birgina tasdig‘i sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2015-yil 24-apreldagi PF-4720 sonli “Aksiyadorlik jamiyatlarida
zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmoniga muvofiq 2015-yil 1-iyulidan
aksiyadorlik va boshqa xo‘jalik jamiyatlari nomlarida ularning ustav
kapitalida davlat ulushidan qat’i nazar “davlat” so‘zidan
foydalanishga yo‘l qo‘yilmaslik belgilanganligini keltirishimiz
mumkin.
Ikkinchi guruhga mansub korporativ tuzilmalar va davlat
o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy munosabatlar ham umumiy moliya
tizimining muhim va ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi. Ushbu
moliyaviy munosabatlar tizimining asosiy tarkibiy qismi sifatida,
davlat byudjetiga soliqlar va majburiy ajratmalarning borib tushishi
va davlat tomonidan korporativ moliya subyektlariga turli imtiyozlar
taqdim etilishi bilan bog‘liq moliyaviy munosabatlar kiritiladi.
Bundan tashqari ushbu moliyaviy munosabatlar tizimiga davlat
qimmatli qog‘ozlarining oldi-sotdisi, korporativ tuzilmalar taraq-
221
qiyoti uchun davlat investitsiyalarining kiritilishi, eksport-import
operatsiyalarida davlatning ishtiroki, valyuta operat-siyalarining
tartibga solinishi, korporativ tuzilmalar faoliyat va sohalariga
qonunchilik orqali o‘zgartirishlar, cheklashlar yoki ta’qiqlashlar
kiritilishi, davlat mulkining ijaraga berilishi yoki xususiylashtirilishi
kabilar bilan bog‘liq moliyaviy munosabatlarni ham kiritish
maqsadga muvofiq.
Korporativ tuzilma va davlat o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy
munosabatlar tizimining samarali tashkil etilishi, ayniqsa
korporativ moliya subyektlari tomonidan puxta o‘ylangan
qarorlarning qabul qilinishi juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Chunki korporativ tuzilmalarda yuzaga keladigan barcha moliyaviy
muammolarni hal etishda korporativ tuzilma egalari, davlat
ulushiga ega korxonalarda esa yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
moliyaviy tangliklarni bartaraf etishda korporativ tuzilma egalari
qatorida davlat ham ishtirok etadi.
Korporativ tuzilma va davlat o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy
munosabatlar tizimida soliq munosabatlari bozor iqtisodiyoti
sharoitida muhim ahamiyat kasb etishi bois, korxonalar va davlat
o‘rtasidagi soliq munosabatlari to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tish
maqsadga muvofiq. Korxonalar va davlat o‘rtasidagi soliq
munosabatlari korxonalarda mahsulot (ish, xizmat) sotishdan
tushumdan tortib, to sof foyda shakllangungacha bo‘lgan oraliqda
davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlarga soliqlar va
majburiy ajratmalar to‘lanishi bilan xarakterlanadi (11.2-rasm).
Davlat va korporativ tuzilmalar o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy
munosabatlarni tadqiq etishda soliqlar va investitsiyalar bilan
bog‘liq moliyaviy munosabatlarga e’tibor qaratilgan.
Korporativ tuzilma va davlat o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy
munosabatlar tizimida soliq munosabatlari bozor iqtisodiyoti
sharoitida muhim ahamiyat kasb etishi bois, soliq munosabatlari
to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiqdir. Davlat va
korporativ tuzilmalar o‘rtasidagi soliq munosabatlari moliyaviy
natijalar shakllanishi nuqtayi nazaridan qaralganda korporativ
tuzilmalarda mahsulot (ish, xizmat) sotishdan tushumdan tortib, to
sof foyda shakllangungacha bo‘lgan oraliqda davlat byudjeti va
222
byudjetdan tashqari fondlarga soliqlar va majburiy ajratmalar
to‘lanishi bilan xarakterlanadi (2-rasm).
11.2-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |