O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti samariddin elmirzayev



Download 15,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/226
Sana21.04.2022
Hajmi15,21 Mb.
#568906
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   226
Majoritar aksiyadorlar 
1. 
2. 
...
 
1. 
2. 
...
 
 
2. Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasi tashkil etilishi va faoliyat 
mexanizmi bo‘yicha quyidagi jadvalni to‘ldiring. 
Minoritar aksiyadorlar 
Majoritar aksiyadorlar 
1. 
2. 
...
 
1. 
2. 
...
 
 
 
 


216 
 
 
XI bob. DAVLAT ULUSHI MAVJUD AKSIYADORLIK 
JAMIYATLARIDA KORPORATIV BOSHQARUV 
 
11.1. Davlat va korporativ tuzilmalar o‘rtasidagi moliyaviy 
munosabatlarning iqtisodiy mohiyati 
 
Bugungi jahon iqtisodiyotidagi integratsiyalashuv va moliyaviy 
globallashuv sharoitida mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi va 
aholi turmush farovonligining yuksalishi mamlakat moliya 
tizimining barqarorligiga va rivojlanishiga bevosita bog‘liqdir. 
Moliyaviy munosabatlarning markaziy bo‘g‘ini sifatida davlat va 
korporativ tuzilmalar o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy munosabatlar 
moliya tizimida muhim o‘rin egallashidan kelib chiqqan holda 
bunday moliyaviy munosabatlarni samarali tashkil etish muhim 
ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun davlat va korporativ 
tuzilmalar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarni o‘rganishda, avvallo 
umumiy moliyaviy munosabatlarni, korporativ moliya nazariyalarini 
puxta va har tomonlama o‘rganishimiz maqsadga muvofiqdir. 
Korporativ moliya nazariyalarini o‘rganish o‘z navbatida bizga 
korporativ moliyaviy munosabatlarni hamda ularni samarali tashkil 
etish yo‘nalishlarini ochib berishga keng imkoniyat yaratib beradi. 
Shundan kelib chiqqan holda fikrimiz avvalida korporativ moliya va 
umumiy moliyaviy munosabatlar xususida to‘xtalib o‘tamiz. 
Fikrimiz avvalida moliyaviy munosabatlarning o‘zi to‘g‘risida 
to‘xtalib o‘tish lozim, deb o‘ylaymiz. Moliyaviy munosabatlar 
iqtisodiy munosabatlarning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, turli 
darajadagi 
iqtisodiy 
tizimlar 
subyektlari 
o‘rtasidagi 
pulli 
munosabatlarni 
o‘zida 
aks 
ettiradi. 
Bunday 
moliyaviy 
munosabatlarga 
davlatlararo 
moliyaviy 
munosabatlar, 
korxonalararo moliyaviy munosabatlar, moliyaviy muassasalararo 
moliyaviy munosabatlar, aholi o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar, 
davlat va korxona o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar, davlat va 
aholi o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar va hokazolar kiradi. 
Korporativ moliyaviy munosabatlar, ularning o‘ziga xos 
xususiyatlari, tashkil etish mexanizmi, korporativ moliyaviy 
munosabatlarni samarali tashkil etish, xususida mamlakatimiz va 


217 
xorijiy davlatlardagi iqtisodchi olimlar va ilmiy tadqiqotchilar 
tomonidan atroflicha o‘rganilgan. Shundan kelib chiqqan holda 
ayrim iqtisodchi olimlarning korporativ moliya va umumiy moliyaviy 
munosabatlarga qaratilgan ilmiy qarashlarini keltirib o‘tamiz. Bu o‘z 
navbatida ilmiy tadqiqot ishi mavzusining iqtisodiy mohiyati 
ochilishiga 
xizmat 
qiladi. 
Frantsiyalik 
professorlar 
Pierri 
Vernimmen, Paskal Kuiri, Maurizo Dallochio, Yaan Le Fur va 
Antonio Salvilar ham muallifligida tayyorlangan “Korporativ moliya: 
nazariya va amaliyot” nomli darslikda - “Korporativ moliya, bu – pul 
oqimlari va boylikni ko‘paytirish konsepsiyalariga tayanadi, 
korporativ moliyada eng asosiy masala pul mablag‘larining vaqt 
bo‘yicha qiymatlarini aniqlash hamda kompaniya kapitalini oshirish 
bo‘lib hisoblanadi
51
” – deb, keltirilgan.
Amerikalik iqtisodchi olimlar R.Breyli, S.Mayers va F.Allenlar 
hammuallifligida tayyorlangan “Korporativ moliya printsiplari” 
nomli darslikda, “Korporativ moliya – kompaniya biznes qiymatini 
oshirishga yo‘naltiriladigan pulli munosabatlardir, korporativ 
moliyaning bosh maqsadi esa kompaniya biznes qiymatini 
maksimallashtirish”
52
, - deya ta’riflar keltirilgan. 
Rossiyalik iqtisodchi olim Yu.M.Chebotar o‘z ilmiy tadqiqot 
ishlarida - “Korporativ moliya (korporatsiya moliyasi) xo‘jalik 
subyektlari va(yoki) ularning birlashmalari moliyaviy resurslarini 
shakllantirish, taqsimlash va foydalanish jarayonida yuzaga 
keladigan pulli munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatlarini aks 
ettiradi
53
”- deya, o‘ziga xos ta’rif keltirib o‘tadi. 
Korporativ moliya korporativ tuzilmalar moliyaviy-xo‘jalik 
faoliyatini yuritish jarayonida yuzaga keladigan barcha pulli 
moliyaviy munosabatlar tizimini anglatadi. Bunda korporativ 
tuzilma doirasida pul fondlarini shakllantirish va taqsimlash, 
ulardan foydalanish jarayonlari korporativ moliyaning asosi sifatida 
xizmat qiladi.
N.Tursunova tomonidan korporativ moliyaga alohida e’tibor 
qaratilgan, ya’ni “Korporativ moliya esa bevosita korporativ 
51
Pierre Vernimmen, Pascal Quiry, Maurizio Dallocchio, Yann Le Fur, Antonio Salvi. Corporate Finance: 
Theory and Practice. Copyright . 2005 John Wiley & Sons Ltd, The Atrium, Southern Gate, Chichester, 
West Sussex PO19 8SQ, England. 1032 p., 29th page. 
52
R.A.Brealey, S.C.Myers, F.Allen “Principles of Corporate Finance”, 11th Global Edition. 1341 p. 65
-
p. 
53 Чеботарь Ю.М. Корпоративные финансы и корпоративный контроль: монография /— М.: 
Автономная некоммерческая организация «Академия менеджмента и бизнес-администрирования», 
2016 — 250 с., C. 8. 


218 
tuzilmalar faoliyatida yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlarni 
qamrab oladi”
54

Yuqorida keltirilgan iqtisodchi olimlarning fikrlarini o‘rganib 
chiqqan holda korporativ moliyaning mohiyatini quyidagicha 
ifodalash lozim deb hisoblaymiz: “Korporativ moliya – xo‘jalik 
yurituvchi subyektlarning korporativ shakldagi tuzilmalarni tashkil 
etishdan ko‘zlangan asosiy maqsadga erishish hamda ta’sischilar 
kapitalini oshirishni ta’minlash uchun turli pul fondlarini 
shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq pulli 
munosabatlar yig‘indisidir
55
”. 
Korporativ tuzilmalar va davlat o‘rtasidagi moliyaviy 
munosabatlar tizimi haqida fikr yuritilganda, avvalo davlat moliyasi 
va korporativ moliya va ular har ikkalasining umumiy moliyadagi 
tarkibiy tuzilishi ko‘z oldimizga keladi. Korporativ moliya va davlat 
moliyasi umumiy moliya tizimining asosiy tarkibiy qismlari 
hisoblanadi. Krassimir Petrov o‘zining “Financial management” 
nomli video ma’ruzasida
56
moliyaning tarkibiga korporativ moliya, 
moliyaviy iqtisodiyot, investitsiya, uy xo‘jaligi moliyasi va davlat 
moliyasi kiritilishini ta’kidlab o‘tadi. Bizning fikrimizcha esa moliya 
o‘z ichiga davlat moliyasi, korporativ moliya, moliyaviy iqtisodiyot va 
uy xo‘jaligi moliyasini oladi. Investitsiya esa ulardan har birining 
tarkibida mavjuddir.
Davlat moliyasi, korporativ moliya, moliyaviy iqtisodiyot va uy 
xo‘jaligi moliyasining har biri har doim bir-biri bilan chambarchas 
bog‘liq holda o‘zaro moliyaviy munosabatlarga kirishadi. Moliyaviy 
iqtisodiyot umumiy iqtisodiyotning tarkibiy qismi bo‘lib, o‘z ichiga 
moliya bozori, moliya institutlari, moliyaviy instrumentlarni oladi. 
Mamlakatimizda moliyaviy iqtisodiyot tushunchasi o‘rnida ko‘p 
holatlarda moliyaviy sektor tushunchasi qo‘llaniladi.
Davlat va korporativ tuzilmalar o‘rtasidagi moliyaviy 
munosabatlar umumiy moliya tizimining eng muhim va ajralmas 
qismi bo‘lib, bunday munosabatlar o‘z ichiga soliq, majburiy 
ajratmalar, davlat investitsiyalari, davlat qimmatli qog‘ozlari, 
54
Турсунова Н. Корпоратив молияни бош
қ
аришда молиявий таъминотни самарали ташкил этиш 
йўллари. Монография. – Т.: “И
қ
тисод-Молия”, 2017. – 152 б., 9-бет. 
55 Муаллифлик таърифи. 
56
https://www.youtube.com/watch?v=mX9nd0eQ-6g (Krassimir Petrov - Financial Management - 
Lecture 01) 


219 
litsenziyalash, davlat xaridi, jarima va sanktsiyalarning qo‘llanilishi 
hamda boshqa munosabatlarni o‘z ichiga oladi (11.1-rasm). 

Download 15,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish