O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti samariddin elmirzayev



Download 15,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/226
Sana21.04.2022
Hajmi15,21 Mb.
#568906
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   226
 
o‘z vazifalarini bajarmaganda yoki zarur tarzda 
bajarmaganda; 

uzoq vaqt kasal bo‘lish, yashash joyining o‘zgarishi 
yoki boshqa sabablar natijasida u o‘z vazifalarini bundan keyin 
bajarishi mumkin bo‘lmaganda ozod qilinadi. 
11.3. Aksiyadorlik jamiyatlarida davlat
ishtirokining amaldagi holati 
Aksiyadorlik jamiyatlarida davlatning ishtiroki birinchi 
navbatda davlatning yoki davlat xo‘jalik boshqaruvi organ (xo‘jalik 
birlashma)larining aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalidagi 
ishtiroki bilan belgilanadi. Ustav kapitalida davlatning ishtiroki 
mavjud aksiyadorlik jamiyatlari quyidagicha guruhlanadi: 
- ustav kapitali to‘liq davlat mulki hisobiga shakllantirilgan 
aksiyadorlik jamiyatlari; 


237 
- ustav kapitalida davlat ulushi mavjud aksiyadorlik 
jamiyatlari; 
- ustav kapitali xo‘jalik birlashmalari (davlat xo‘jalik 
boshqaruv organlari) mulki hisobiga shakllangan aksiyadorlik 
jamiyatlari; 
- ustav kapitalida xo‘jalik birlashmalari ulushi mavjud 
aksiyadorlik jamiyatlari; 
- ustav kapitalida davlat va xo‘jalik birlashmalari ulushi 
mavjud aksiyadorlik jamiyatlari.
Ustav kapitali to‘liq davlat mulki hisobiga shakllantirilgan 
aksiyadorlik 
jamiyatlari 
davlat 
yagona 
aksiyador 
bo‘lgan 
aksiyadorlik jamiyatlari hisoblanadi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, 
bunday aksiyadorlik jamiyatlari mamlakatimizda mavjud.
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
2016-yil 
17- 
oktabrdagi PQ-2635-sonli “Davlat ulushi ustuvor bo‘lgan 
aksiyadorlik 
jamiyatlarida 
korporativ 
boshqaruvni 
yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan 
oddiy aksiyalari 100 foizga davlatga tegishli bo‘lgan strategik 
ahamiyatga ega aksiyadorlik jamiyatlari sifatida quyidagilar 
belgilandi: 
1. «O‘zbekneftegaz» milliy xolding kompaniyasi. 
2. «O‘zbekenergo» aksiyadorlik jamiyati. 
3. «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati.
4. «O‘zbekiston havo yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati. 
5. «O‘zbektelekom» aksiyadorlik jamiyati. 
6. «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyati.
7. «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyati.
8. Aksiyadorlik tijorat bank «Xalq banki». 
Bunda «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi va 
«Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasi qayta tashkil 
etish yo‘li bilan aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilishi belgilangan. 
2017-yil 
1-dekabr 
holatiga 
mamlakatimizda 
610 
ta 
aksiyadorlik jamiyati mavjud bo‘lib, unda davlat ulushi mavjud 
aksiyadorlik jamiyatlari – 172 ta; xo‘jalik birlashmalari ulushi 
mavjud aksiyadorlik jamiyatlari – 318 ta; davlat va xo‘jalik 
birlashmalari ulushi mavjud bo‘lmagan aksiyadorlik jamiyatlari esa 
153 tani tashkil etgan (11.3-rasm). Aynan shu sanada respublika 


238 
bo‘yicha umumiy aksiyadorlik kapitali 47,71 trillion so‘mni tashkil 
etgan holda uning 38,12 trillion so‘mlik qismi, ya’ni 79,9 foizi 
davlatga tegishlidir. Umumiy holda aksiyadorlik jamiyatlarining 75 
foizida davlat va (yoki) davlat xolding kompaniyalari (xo‘jalik 
birlashmalari) ulushi mavjud. 
11.3-rasm. 

Download 15,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish