O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti raximov shavkat turdimurodovich


- rasm. Akvapaneldan foydalanib karkas qoplamali tashqi devor namunasi



Download 3,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/78
Sana19.04.2022
Hajmi3,99 Mb.
#562466
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   78
Bog'liq
Beton va temir beton

 
3.12- rasm. Akvapaneldan foydalanib karkas qoplamali tashqi devor namunasi. 
Qurilishda qo‘llanilayotgan gips materiallari va buyumlari nomenklaturasi 
xilma-xildir va quyidagi asosiy turlarini o‘z ichiga oladi:
1) devor detallari (bloklar, toshlar);
2) inshootlarning konstruktiv elementlari (pardevor plitalari, pol va shiftlar 
uchun plitalar);


101 
3) qoplama materiallari - 
gipsli quruq suvoq (GKQ), gips panellari (GКP) 
turli ko‘rinishdagi qurilish konstruktsiyalarini qoplash uchun, gipstolali plitalar 
(GTQ) yig‘ma pol,pardevorlar, va osma shiftlarni yasash uchun.
4) arxitektura-dekorativ detallar;
5) qurilish qorishmalari, shuvoq aralashmalari, yelimlar.
КNAUF kompaniyasi qurilish gipsidan olingan buyumlardan foydalanish 
asosida anchagina qurilish materiallari va buyumlari nomenklaturasini 
kengaytirib, uning sifatini ham oshirishga erishdi. Shu bilan birga, to‘plamiy 
tizimlarini ham kengaytirdi, bu esa bino va inshootlarning inter`erlarini bezashda 
turli xil pardozlash imkoniyatlarini yaratdi.
КNAUF to‘plamiy tizimlarining asosiy konstruksion va pardozlash 
materiallari bo‘lib ekologik toza sinklangan temirdan turli xildagi profillar 
ko‘rinishidagi elementlar; yuqori sifatli dekorativ pardoz materiallari qoplangan 
gips kartonli listlar, tarkibida yuoqri effektivli issiqlik o‘tkazmaydigan 
materiallari bor gips kartonli listlar, tovushdan himoya qiladigan 
perforatsiyalangan gips kartonli listlar. Bu mahsulotlar, turli xildagi quruq 
suvoqlash qorishmalari, quruq va qo‘llanishga tayyor shpaklyovkalar, 
gruntovkalar, tekislovchi aralashmalar, yelimlar, germetiklar kabi qo‘shimcha 
materiallar bilan boyitilgan. 
КNAUF pardevorlar to‘plamiy tizimlari qurilish me’yorlari va 
qoidalarining, doimiy va vaqtinchalik yo‘qlarning ta’siriga, shu bilan birga 
shamol va seysmik kuchlar ta’siriga, nisbatan mustahkamlik va bikrlik talablariga 
javob berishi kerak. Bundan tashqari, ular issiqlik va tovush izolyatsiyasi bo‘yicha 
kerakli sifatni ham ta’minlashi kerak, shu bilan birga qo‘llanish joylari doirasida 
yong‘in-texnik me’yorlarni, yong‘in xavfi sinfini va olovga turg‘unlik 
chegaralarini qoniqtirishi lozim.
Albatta, pardevorlarning gipskarton va gipstolali qoplamalarining yuzalari 
yuqori sifatga, gigienik talablarga javob berishi, yuqori namlikga ega bo‘lgan 
sharoitlarda va atrof-muhitning boshqa ta’sirlarida (harorat, biologik va kimyoviy 
nurash) ishlash uchun talab etilgan xossalarga ega bo‘lmog‘i kerak.


102 
Xuddi shunday talablarga, karkas va mahkamlash elementlari ham javob 
berishi kerak. Shunday qilib, 
КNAUF karkas-qoplama pardevorlarining to‘p-
lamiy tizimlari 
КMvaК 25-02-2003 «Binolarning issiqlik himoyasi»ga binoan 
quruq, normal va nam rejimli xonalarda ekspluatatsiya qilishga mo‘ljallangan.
Кarkas-qoplama pardevorlari metal yoki yog‘och karkaslardan va karkasga 
mahkamlangan GKQ yoki GVL qoplamalaridan tashqil topgan. Pardevorlarning 
issiqlik va tovush izolyatsiyasi oshirish uchun qoplamalar orasidagi bo‘shlikni 
issiqlik-tovush izolyatsiyali material, odatda, mineral yoki shisha momig‘i bilan 
to‘ldiriladi.
Pardevorlarning karkasiga GKQ va GVL larni mahkamlash 
Кarkasga GKQ va GVL lar 250 mm dan oshmagan qadamdagi o‘zikesar 
vintlar (shuruplar) yordamida mahkamlanadi. Vintlar GVL larning chekkasidan 
va karton bilan yelimlangan GKQ larning chekkasidan 10 mm.dan kam 
bo‘lmagan, GKQ ning kesilgan qirrasidan esa 15 mm masofada joylashishi kerak. 
Bunda birta usto‘nga ikkita GKQ ni mahkamlaganda qo‘shni vertikal qatorlarda 
joylashgan vintlar shaxmat tartibida, orasi kamida 10 mm masofada (vertikal 
bo‘yicha) joylashtirilishi lozim.
Ikki qatlamli qoplashda birinchi qatlamdagi listlarni mahkamlashda 
vintlarning qadamini 3 marta ko‘paytirish mumkin. Pardevorlar konstruksiya-
larini uch qatlamli qoplashda, ulardagi vintlar qadamini Quyidagicha qabul 
qilinadi: birinchi qatlam uchun 750 mm gacha, ikkinchi – 500 mm gacha, 
uchunchi – 250 mm.gacha (3.13-rasm).


103 

Download 3,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish