O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti raximov shavkat turdimurodovich


-rasm. «Stena» markazining Durakoat fasadbop qoplamalari



Download 3,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/78
Sana19.04.2022
Hajmi3,99 Mb.
#562466
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   78
Bog'liq
Beton va temir beton

3.10.-rasm. «Stena» markazining Durakoat fasadbop qoplamalari:
a – Rustika; b – Veneto. 
Oynasimon-sayqallangan marmar yoki Venetoni imitatsiya qiluvchi yuqori 
sifatli qoplamani olish uchun «lyuks» sinfli venetsian suvog‘ini ishlatish mumkin
(3.10-rasm, 
b
).


97 
Turli materiallardan bajarilgan uylar fasadining uzoqqa chidamliligini 
oshirish yo‘llaridan biri ularni bo‘yash hisoblanadi. Bunda yuzalarni tayyorlash 
va bo‘yoqlarni tanlash masalasi muhim ahamiyatga ega. 
Binoning tashqi ko‘rinishini yangilash uchun g‘ishtni, boshqa ko‘pchilik 
tashqi qurilish materiallari singari yorilishidan, ko‘chishidan havfsiramasdan 
bo‘yash mumkin. 
G‘isht devorlarni bo‘yash uchun 100%-li akrilli dispersiya asosidagi yuqori 
sifatli bo‘yoqlar tavsiya etiladi. Buning sababi ularning bug‘ o‘tkazuvchanligi va 
ishqoriy muhitga turg‘unligidir. 
G‘ishtning o‘zi kimyoviy neytral hisoblanadi, biroq g‘isht terimining 
qorishmasi ishqoriy bo‘lishi mumkin. Ta'mirlash uchun yangi qurilish 
qorishmasini ishlatgandan so‘ng bo‘yoqchilik ishlarini bajarishdan oldin 
qorishma ishqoriyligining pasayishini kamida bir oy kutish maqsadga muvofiq. 
Aks holda bo‘yoqda plyonka hosil qiluvchi moddaning destruksiyasi sodir 
bo‘ladi, bu esa tashqariga sho‘r chiqishi, qoplamaning yorilishi va ko‘chishiga 
olib kelishi mumkin. 
pH ko‘rsatkichining katta miqdorlariga turg‘un bo‘lgan yuqori sifatli akrilli 
bo‘yoqlar yangi bajarilgan suvoqqa atigi 3 hafta o‘tishi bilanoq surtish 
imkoniyatini beradilar, chunki ular himoyalovchi to‘siq yaratib, lok-bo‘yoq 
qoplamasi orqali tuzlar eritmasining singib o‘tishiga va shu orqali binoning tashqi 
ko‘rinishining buzilishiga to‘sqinlik qiladilar. 
Bunday bo‘yoqlarning narxi tashqi ishlar uchun mo‘ljallangan oddiy 
bo‘yoqlarning narxidan yuqoriroq bo‘lgani bilan vaqt va mablag‘larni iqtisod 
qilish imkoniyatini beradi, chunki tez-tez ta'mirlash ishlarini bajarishga ehtiyoj 
qolmaydi. 
Suvoq qilingan sirtlarni ham bo‘yash ruxsat etiladi, biroq bunda shuni 
e'tiborga olish lozimki, suvoq qorishmalarining tarkibiga ko‘pincha ohak va 
boshqa ishqoriy materiallar kiradi. Moyli, alkidli va vinil-akrilli bo‘yoqlar ushbu 
maqsadlar uchun muvofiq kelmaydi, chunki ular ishqorlarning ta'siriga chidamli 
emas va ularni bevosita suvoqlangan sirtlarga surtish tavsiya etilmaydi. 


98 
Ko‘pchilik ishlab chiqaruvchilar bo‘yashdan oldin suvoq qilingan sirtlarga 
30 kunlik muddat dam berishni tavsiya etadilar. Ushbu vaqtning ichida ishqoriy 
komponentlarning sirtdagi dastlabki yuqori miqdori yetarlicha past darajaga 
tushadi va gidratatsiyalanish jarayoni hisobiga yuqori mustahkamlikka erishadi. 
Bo‘yashni qisqaroq muddatlarda bajarishga ehtiyoj bo‘lgan hollarda 100%-
li akril dispersiyasi asosidagi akrilli bo‘yoqlarni ishlatish lozim, chunki ularda 
bog‘lovchi va pigment o‘rtasidagi nisbatning yuqoriroq bo‘lishi sho‘r chiqishi 
holatini ancha to‘xtatib turadi. Natijalarning yanada yaxshiroq bo‘lishiga erishish 
uchun yangi suvoq qilingan joylarga akrilli germetik yoki gruntovka qatlamini 
surtish tavsiya etiladi. G‘ovak va notekis sirtlarni eng yaxshisi purkagich 
yordamida yoki uzun-vorsli valiklar bilan bo‘yash lozim. Akrilli bo‘yoqlarni 
surtishdan oldin eski sirtlarni namlash tavsiya etiladi, ayniqsa germetiklovchi 
qatlam surtilmagan hollarda. Bu akrilli bo‘yoq tez qurishining oldini oladi, tez 
qurish esa bo‘yoqning chidamliligini pasayishiga olib keladi. 
Toshdan qurilgan binolar, uzoqqa chidamli fasadlarga ega bo‘lsa-da, tashqi 
yoriqlar paydo bo‘lishiga moyil bo‘ladi va ularga suv kirishi ehtimoli bor. Ushbu 
muammoni yechish uchun bo‘yoqlarning yangi avlodi qo‘llanilmoqda. Ular 
devorlar uchun elastik polimer qoplamalar (ESP) deb nomlanadi. ESP ning 
tarkiblari elastik hususiyatga ega bo‘ladi va yoriqlar bo‘ylab cho‘zilish 
qobiliyatiga ega. Bu qoplamaning uzoqqa chidamliligi va bir jinsliligini 
ta'minlaydi va toshli binoga yanada ko‘rkam tashqi ko‘rinish beradi. Ular 
devorlarni atmosfera gazlaridan shamol bilan keltiriluvchi namlikdan 
himoyalaydilar va shuning uchun ularni qurilish amaliyotida qo‘llashga bo‘lgan 
talab doimo ortib bormoqda. 

Download 3,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish