O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti raximov shavkat turdimurodovich



Download 3,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/78
Sana19.04.2022
Hajmi3,99 Mb.
#562466
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   78
Bog'liq
Beton va temir beton

Nazorat uchun savollar: 
1. Gipsokartonlarga qanday talablar qo‘yiladi?
2. Gipsokarton listlari ishlab chiqarish texnologiyasini tushuntiring. 
3. Gipsokarton listlari yurtimizda qaysi firmalar tomonidan ishlab chiqariladi? 
4. Gipsokarton listlari tarkibini keltiring. 
5. Gipsokarton listlarini tayyorlashda qanday asbob-uskunalar ishlatiladi? 
 
 
3.3. Qurilish qorishmalari uchun to‘ldiruvchilar, turi, xususiyatlari 
 
Respublika xalq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari orasida qurilish 
materiallari salmoqli o‘rin egallaydi. Bu esa o‘z xomashyo bazasiga egaligimiz, 
sanoat, qurilish materiallari va uy joy konstruksiyalariga bo‘lgan yuqori ehtiyoj 
va malakali mutaxassislarning borligi bilan belgilanadi.
Respublikamizda temir-beton konstruksiyalarini g‘ovak to‘ldiruvchilar 
asosidagi yengil betonlardan tayyorlash talab qilinadi. Toshkent arxitektura 
qurilish instituti professori L.M.Botvina va uning shogirdlari tomonidan 
Respublika xomashyo bazasi asosida sun'iy g‘ovak to‘ldiruvchilar (keramporit, 
barxan qumlari asosida olinadigan yengil to‘ldiruvchilar, kamporit, karboporit va 
boshqalar)ni ishlab chiqarish texnologiyalari ishlab chiqilgan. Bu sun'iy g‘ovak 
to‘ldiruvchilarni ishlab chiqarish va ulardan samarali beton va konstruksiyalarini 
olish dolzarb vazifadir. Bular ma'lum miqdorda binolarni yengillashtirish 
masalalarini hal qiladi. Konstruksiyalarini yengillashtirish armatura va sement 
miqdorini tejashga, konstruksiyalarni ko‘ndalang kesimini kamayishiga va 
ularning oralig‘ini uzaytirishga olib keladi.
Beton to‘ldiruvchilarini ishlab chiqarishni rivojlantirishda asosiy 
yo‘llanmalar qo‘yidagilar bo‘lishi kerak: to‘ldiruvchilar sifat darajasi va 
samarasini oshirish; ishlab chiqarishda mehnat sarfini kamaytirish, yuqori sifatli 
to‘ldiruvchilarni ko‘plab ishlab chiqarishni tashkil etish, beton to‘ldiruvchilarini 
ishlab chiqarish texnologiyasini tubdan yaxshilash uchun eng zamonaviy 


118 
texnologik jarayonlarni keng ko‘lamda tadbiq qilish; yuqori unumdor avtomatik 
uskunalarni ishlatish; to‘ldiruvchilar hossalarini aniqlashda xomashyo 
mahsulotlarning sifatini boshqarish va nazorat sistemasini eng sifatlisini qo‘llash; 
hisoblash texnikasidan keng foydalanish; chiqindiga chiqarmaydigan va 
resurslarni tejamlash texnologiyasini qo‘llash; sanoat chiqindilari va ikkilamchi 
mahsulotlarni keng ko‘lamda qo‘llash; ishchi, energiya va material resurslarini 
tejamkorligini oshirish maqsadida ishlab chiqarish rezervlaridan foydalanish 
darkor. Beton to‘ldiruvchilari asosiy qurilish materiallari hisoblanadi. Ularni 
ishlab chiqarish kun sayin o‘sib bormoqda. Kapital va umuman qurilishdagi 
asosiy masala, bu to‘ldiruvchilarni ishlab chiqarish va qo‘llashni 
takomillashtirish, sifatini yaxshilash hamda ilmiy-texnik yutuqlarni qurilishda 
qo‘llash.
Beton deb bog‘lovchi moddalar, suv, mayda va yirik to‘ldiruvchilarning 
ma'lum proporsional miqdorlarda olingan qorishmani yaxshilab aralashtirish, 
zichlashtirish va qotishi natijasida olingan sun'iy tosh materialiga aytiladi. Sement 
va to‘ldiruvchi orasida kimyoviy ta'sirlashuv yuzaga kelmaydi (avtoklav ishlov 
berish orqali olinadigan silikat betonlardan boshqa). Shuning uchun 
to‘ldiruvchilarni inert ashyolar deb ataydilar. Biroq, ular beton xususiyati va 
tarkibiga ta'sir qiladi va bu ta'sirni beton tarkibini loyihalashda hisobga olish 
taqazo etiladi. To‘ldiruvchi sifatida asosan mahalliy tog‘ jinslari va ishlab 
chiqarish chiqindilari (shlaklar va boshqalar)dan foydalaniladi. Bunday arzon 
to‘ldiruvchilardan foydalanish betonning narxini arzonlashtiradi, chunki 
to‘ldiruvchi betonning 85-90% ni, sement esa 10-15% hajmini tashkil etadi. 
Keyingi yillarda qurilishda g‘ovak sun'iy to‘ldiruvchilardan tayyorlangan yengil 
beton keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda. G‘ovakli to‘ldiruvchilar beton zichligini 
pasaytiradi, bu esa uning issiqlikni tutib qolish xususiyatini yaxshilaydi. 

Download 3,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish